KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR XOTIRASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Аннотация

Ushbu maqolada inson idrok etgan barcha ma’lumotlarni xotirasida saqlashi bilish jarayonining samaradorligini belgilab berishi. Shu nuqtai nazardan xotira muammosi qadimdan turli falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar obyekti haqida so‘z borgan.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://zenodo.org/records/14620220
CC BY f
283-287
35

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Jumayev , X. (2024). KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR XOTIRASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Журнал универсальных научных исследований, 2(12), 283–287. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/60570
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada inson idrok etgan barcha ma’lumotlarni xotirasida saqlashi bilish jarayonining samaradorligini belgilab berishi. Shu nuqtai nazardan xotira muammosi qadimdan turli falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar obyekti haqida so‘z borgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-12

283

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR XOTIRASINI

RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Jumayev Xushboq Soatmumin o‘g‘li

Termiz davlat pedagogika instituti, Boshlang‘ich ta’limda matematika va ona tili

kafedrasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) katta o‘qituvchisi

Annotatsiya

.

Ushbu maqolada

inson idrok etgan barcha ma’lumotlarni xotirasida

saqlashi bilish jarayonining samaradorligini belgilab berishi. Shu nuqtai nazardan
xotira muammosi qadimdan turli falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar
obyekti

haqida so‘z borgan.

Kalit so‘z:

Xotira,

katta va kichik yosh, ixtiyoriy va ixtiyorsiz, eslab qolish, esda saqlash,

idrok, tajriba.

THEORETICAL PRINCIPLES OF MEMORY DEVELOPMENT OF PRIMARY

SCHOOL STUDENTS

Jumayev Xushboq Soatmumin o‘g‘li

Termez State Pedagogical Institute, Department of Mathematics and Mother Tongue in

Primary Education, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences, Senior Lecturer

(PhD)

Abstract.

In this article, the ability of a person to remember all the information he

perceives determines the effectiveness of the cognitive process. From this point of view,
the problem of memory has long been an object of various philosophical, psychological
and pedagogical studies.

Key words:

Memory, young and old, voluntary and involuntary, remembering,

remembering, perception, experience.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ПАМЯТИ УЧАЩИХСЯ

МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

Жумайев Хушбоқ Соатмуминович

Термезский государственный педагогический институт, доктор философских

(PhD), старший преподаватель кафедры математики и родного языка

начального образования


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-12

284

Аннотация.

В данной статье способность человека запоминать всю

воспринимаемую им информацию определяет эффективность познавательного
процесса. С этой точки зрения проблема памяти уже давно стала объектом
различных философских, психолого-педагогических исследований.

Ключевые слова:

Память, молодая и старая, произвольная и непроизвольная,

припоминание, припоминание, восприятие, опыт.


Kirish.

Inson xotirasi uning tafakkuri shakllanishida, tafakkur yuritishida, faoliyatida va

umuman hayotiy faoliyati davomida muhim bo‘lgan bilish jarayonning komponentlaridan
biri hisoblanadi. Inson idrok etgan barcha ma’lumotlarni xotirasida saqlashi bilish
jarayonining samaradorligini belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan xotira muammosi
qadimdan turli falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar obyekti bo‘lib kelgan.
So‘nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning
e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan
holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha bo‘lgan jarayonlar,
holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o‘ziga
jalb qilib kelmoqda. Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni
sub'ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab
chiqish uchun ma'lum darajada muddat talab etish tabiiydir.

Tahlil va natijalar.

Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni

mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina bo‘lib
o‘tgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan
daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni goyo
ko‘rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan
beqaror, hatto o‘zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish
mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu
qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar,
malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi[1].
So‘nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning
e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan
holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha bo‘lgan jarayonlar,
holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o‘ziga
jalb qilib kelmoqda. Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-12

285

sub'ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab
chiqish uchun ma'lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat xotirada
qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson
tomonidan yaqindagina bo‘lib o‘tgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va
takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok
qilinayotgan narsalarni goyo ko‘rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu
jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o‘zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus
tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan
ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash,
axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi.
Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. A.A.Smirnov,
P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko‘rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina
samarali bo‘lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki
xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda
tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib
bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo‘yilmaydi-yu, lekin matn
ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif
etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo‘lganligi aniqlangan. Maxsus
vositalar va oqilona usullarni qo‘llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan
iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega[3].
A.A.Smirnov o‘tkazgan tajribasida shuni ko‘rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan
rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar
samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni
takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o‘zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi.
Kuzatishlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil
ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks
holda o‘quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish
bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o‘sishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘quv materiallarining ma’nosiga tushunib
esda olib qolish yo‘li oqilona yo‘l bo‘lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish
jarayonidan o‘zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-12

286

Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi
odamlarda ham ma’nosiga tushunib o‘zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam
miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to‘g‘ri, Meymon fikriga ko‘ra, inson ulg‘ayishi
bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin
ma’noga ega bo‘lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi.
Shunga o‘xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to‘plangan bo‘lib, bu haqda
boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o‘z aksini topgan[5].
A.A.Smirnov ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlarda va ma’no kasb etuvchi so‘zlardan
tuzilgan material asosida tekshirish o‘tkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va
ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va
mazmunsiz materiallarni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib
qo‘yilgan. Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda
ustunligi lekin, ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda
kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz bo‘g‘inlar nafaqat kichik yoshdagi
bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bo‘g‘inlardan tuzilgan
materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz
bo‘g‘inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog‘lay oladilar. Shuning uchun ularda
bolalarga nisbatan kuchliroq ma’no kasb etadi. Shuningdek, ma’no anglatmaydigan
materialni o‘zlashtirish jarayoni tez ko‘chadi, mahsuldorroq bo‘ladi. Ma’nosiz
materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir. Esda
olib qolishga hech qanday yo‘nalish berilmay, materialni yaxshi olib qolinishi kishining
jadal faoliyati bilan bog‘liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga
amalga oshadi[7]. A.A.Smirnov ma’noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun
еngil ko‘chishi ularning yosh xususiyatlariga bog‘liq narsa emasligini ta’kidlab o‘tadi.
Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go‘yo ma’nosi yashirinib yotgandek
qabul qiladilar. Matn ma’nosining noma’lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish
mazmunini izlashga talabchanlikni uyg‘otadi.
Odatda ma’nosiz so‘zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda
puxtaroq eslab qolinadi. O‘zbek psixolog olimi E.G‘.G‘oziev tomonidan xotira
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilad Shu o‘rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak,
ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. "Indvidning o‘z
tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-12

287

deb ataladi". Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.G‘.G‘oziyev tomonidan
xotira tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni
bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va
produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks
ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish
hissidan iborat psixik jarayon.

Xulasa.

Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan:

1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning
yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog‘liqdir;
2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati
emasdir;
3) so‘zlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Jumayev, X. (2023, May). KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR

IJODIY

TAFAKKURINI

RIVOJLANTIRISHNING

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI. In International Scientific and Practical Conference on Algorithms
and Current Problems of Programming.
2.

Khushbok

JUMAYEV.

(2023).

REGULATIONS

OF

MEMORY

DEVELOPMENT IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. World Bulletin of Social
Sciences, 27, 116-119.
3.

Khushbok Jumayev. (2023). METHODS AND PRINCIPLES OF MEMORY

DEVELOPMENT OF STUDENTS OF JUNIOR SCHOOL AGE. Open Access
Repository, 9(10), 199–203.
4.

Khushbok Jumayev. (2023). PREPARATION FOR MOTHER TONGUE

EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF MEMORY OF CHILDREN OF
PRIMARY SCHOOL AGE. E Conference Zone, 1–7.
5.

Ruzikulovna, S. D. (2021). The Importance of Personal Value Approach

Methodology in Primary School Literacy Classes. JournalNX, 7(11), 78-82.
6.

Ruzikulovna, S. D. (2023). Analysis of the Level of Valuable Approach to Primary

Class Students. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education, 2(4), 227-
230.
7.

Dilfuza Shabbazova. (2023). PSYCHOLOGICAL-PEDAGOGICAL FACTORS

OF IMPROVING THE LITERACY OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS
BASED ON A PERSONAL VALUE APPROACH. Academia Science Repository, 4(05),
12–19.

Библиографические ссылки

Jumayev, X. (2023, May). KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. In International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming.

Khushbok JUMAYEV. (2023). REGULATIONS OF MEMORY DEVELOPMENT IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. World Bulletin of Social Sciences, 27, 116-119.

Khushbok Jumayev. (2023). METHODS AND PRINCIPLES OF MEMORY DEVELOPMENT OF STUDENTS OF JUNIOR SCHOOL AGE. Open Access Repository, 9(10), 199–203.

Khushbok Jumayev. (2023). PREPARATION FOR MOTHER TONGUE EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF MEMORY OF CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE. E Conference Zone, 1–7.

Ruzikulovna, S. D. (2021). The Importance of Personal Value Approach Methodology in Primary School Literacy Classes. JournalNX, 7(11), 78-82.

Ruzikulovna, S. D. (2023). Analysis of the Level of Valuable Approach to Primary Class Students. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education, 2(4), 227-230.

Dilfuza Shabbazova. (2023). PSYCHOLOGICAL-PEDAGOGICAL FACTORS OF IMPROVING THE LITERACY OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS BASED ON A PERSONAL VALUE APPROACH. Academia Science Repository, 4(05), 12–19.