QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO'JALIGIDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR

Аннотация

Maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligidagi yutuq va kamchiliklari bayon etilgan bo'lib, bunda Qoraqalpog'iston Respublikasi dehqonchilik tarmoqlari xususan paxtachilik, donli ekinlar haqida ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Dehqonchilik yerlaridan qanday darajada hosil olinishi yoritib berilgan.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
372-375
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Z.I.Bozorboyev, & M.E.Qurambayeva. (2025). QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGIDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR. Журнал универсальных научных исследований, 3(4), 372–375. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/106613
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus
Universal science research jurnali

Ключевые слова:

Аннотация

Maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligidagi yutuq va kamchiliklari bayon etilgan bo'lib, bunda Qoraqalpog'iston Respublikasi dehqonchilik tarmoqlari xususan paxtachilik, donli ekinlar haqida ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Dehqonchilik yerlaridan qanday darajada hosil olinishi yoritib berilgan.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO'JALIGIDAGI

YUTUQ VA KAMCHILIKLAR

Z.I.Bozorboyev, M.E.Qurambayeva

Navoiy Davlat Universiteti

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti

Annotatsiya.

Maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligidagi

yutuq va kamchiliklari bayon etilgan bo'lib, bunda Qoraqalpog'iston Respublikasi
dehqonchilik tarmoqlari xususan paxtachilik, donli ekinlar haqida ma'lumotlar keltirilib
o'tilgan. Dehqonchilik yerlaridan qanday darajada hosil olinishi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar:

Qoraqalpog'iston Respublikasi, dehqonchilik, qishloq xo'jaligi,

paxta, sholi, bug'doy, nukus 2, lazer, alanga

Аннотация.

В статье описаны достижения и недостатки сельского

хозяйства Республики Каракалпакстан, приведены сведения об отраслях

сельского хозяйства Республики Каракалпакстан, особенно о выращивании

хлопка

и

зерновых

культур.

Объяснен

уровень

урожайности

сельскохозяйственных земель.

Ключевые слова:

Республика Каракалпакстан, земледелие, сельское

хозяйство, хлопок, рис, пшеница, нукус 2, лазер, аланга.

Abstract.

The article describes the achievements and shortcomings of the

agriculture of the Republic of Karakalpakstan, and provides information about the
agricultural sectors of the Republic of Karakalpakstan, especially cotton and grain
crops. The level of yield from agricultural land is explained.

Key words:

Republic of Karakalpakstan, farming, agriculture, cotton, rice,

wheat, nukus 2, laser, alanga

Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi hududining 37%i

boshqacha qilib aytganda 1/3 qismini egallaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi
xojaligining asosi agrosanoat majmuyidan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi
Qizilqum cho’lining shimoli-g’arbiy, Ustyurt platosing janubi-sharqiy qismi va
Amudaryo deltasida joylashgan. Bu hududlarning ko’p qismi cho’lda joylashgan. Bu
hududda obikor dehqonchilik mehnat va mablag’ni ko’proq talab qiladi.

372


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari-paxtachilik, sholichilik va polizchilikdir.

Qoraqalpog’iston Respublikasi ekin maydonlarining katta qismida paxta va g’alla
yetishtiriladi. Bunday o’simliklar ko’p miqdorda suvni talab qiladi. Jumladan, 1gektar
paxta maydoni Quyi Amudaryo hududida 16-17 ming m

3

suvni talab qiladi. Bu 16 000

tonna suv demakdir. 16 000 tonna suv esa aholisi 2mln kishi bo’lgan Respublika
aholisining 3 kunlik zahirasidir. Ma’lumot o’rnida inson 1 kunda o’rtacha 2-3 litrgacha
suv ichishi kerak. Ya’ni suvga bo’lgan talab yuqori. Bu esa yildan yilga qurg’oqchilik
ortayotgan dunyo uchun qolaversa O’rta Osiyo uchun katta isrofgarchilikdir. Endi
butun qishloq xo’jaligida intensiv qishloq xo’jaligiga o’tish vaqti keldi. Jahon
mamlakatlari allaqachon bunday intensiv qishloq xo’jaligi samarasini ko’rsatib
bermoqda. Masalan dehqonchilikda ilg’or hisoblangan AQSH va Isroil kabi davlatlarda
paxta dalalarida har bir gektar yerga atigi 2-3 ming m

3

suv ishlatilmoqda. Bunday bir

paytda biz har gektarga 16-17 ming m

3

va undan ham ko’proq suv sarflamoqdamiz.

Demak bundan bilish mumkinki biz katta isrofgarchilikka yo’l qo’ymoqdamiz. 7-8
gektarga yetadigan suvni 1 gektarga oqizib isrof qilyabmiz. Bunday isrofgarchilikning
oldini olish uchun bir nechta tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Masalan jahonda
sinalgan tomchilatib sug’orish tizimini olaylik. Bu usul orqali sug’orish o’simlik uchun
doimiy namlik yetarli bo’lishiga sabab bo’ladi. Tomchilatib sug’orish-dalaga emas,
balki o’simlikka suv beradi. Tomchilatib sug’orish 30-50 % suv sarfini kamaytiradi,
hosildorlikni orttiradi va begona o’tlarning o’sishining oldini oladi. Bu tizim orqali
oson o’g’itlash ham mumkin bo’ladi. O’g’it aynan o’simlikkagina yetib boradi. Aynan
bu tizim ochiq dala uchun juda ham mos tizimdir. Shu intensiv tizim orqali avvalo suv
sarfini kamaytiramiz va ekologiya yaxshilanishiga katta hissa qo’shamiz. 2050-yilga
borib O’rta Osiyo mamlakatlari katta ekologik xavflarni boshdan kechirishi mumkinligi
ta’kidlanmoqda. O’rta Osiyoning suvdan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi
jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sakkiz baravar past ekanligi aniqlangan. Bu esa
kelajakda cho’llanish xavfini keltirib chiqaradi. Umuman butun boshli Yer yuzida
ekologik xavflar avj olayotgan bir paytda O’rta Osiyo mamlakatlari uchun jiddiy xavf
tug’diradi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq xo’jaligida donli ekinlar alohida o’rin

tutadi.Donli ekinlar orasida bug’doy yetakchilik qiladi.Respublika dalalaridan 2022-yil
173685,8 tonna bug’doy yig’ib olingan.Bu bor yo’g’i O’zbekiston Respublikasi
umumiy hosilining 2,77%ini tashkil qilgan. 19485000 (19.5 mln) kishilik (2022-yil)

373


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisi kishi boshiga oz miqdorni tashkil etadi.Ya’ni bu
bir yil uchun kishi boshiga 89 kg bug’doy demakdir.Demak bundan kelib chiqib aytish
mumkinki Respublika boshqa viloyatlardan va qo’shni mamlakatlardan bug’doy
import qilishiga to’g’ri keladi.Yig’ib olingan bug’doy dalalaridan unumli foydalanish
uchun qayta ekinga tayyorlanadi.Ko’p hollarda bug’doylardan bo’shagan ekin
maydonlariga asosan sholi va boshqa ozuqa mahsulotlari ekiladi.Afsuski ba’zi bir
fermerlar ekin maydonlarini tezda tozalash va qayta ekishga tayyorlash uchun ekin
maydonlariga o’t qo’yib bug’doy xashaklarini yoqib yuboradi.Bu esa atmosferaga katta
miqdorda zararli tutunlarning chiqishiga sababchi bo’ladi.Nafaqat atmosferaga balki
tuproqning meliorativ holatining buzilishiga ham olib kelishi mumkin.Bu holat
ekiladigan o’simliklarning unib chiqishi va xosiliga ham ta’sir o’tkazmay qolmaydi.

Aholi qadimdan Amudaryo suvidan unumli ravishda foydalanib kelgan.Ayniqsa

daryo vohalarida sholi ekish bilan shug’illanib o’z umrini kechirgan.Hozirgi vaqtga
kelib insonlar suvdan nooqilona foydalanmoqda.Qishloq xo’jaligida ko'p miqdorda
suvni isrof qilmoqda. Respublika qishloq xo’aligida sholichilik ham katta salmoqqa
ega. 2022-yil hisob-kitoblariga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati
bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi sholi hosilining 55,64%ni ya'ni mos ravishda
57,8ming tonna va 142,0ming tonna hosilini bergan. Qoraqalpog'iston Respublikasida
yetishtirilgan sholi jon boshiga nisbatan 29,66 kilogrammni tashkil etadi. Bu hudud
asosan, “Nukus 2'', “Lazer'' va “Alanga'' kabi sholi navlarini yetishtiradi. Yig'ib olingan
hosil butun O'zbekiston Respublikasi hududlari bo'ylab tarqatiladi. Quyi Amudaryo
o'lkasidagi aholi qadimdan chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar.Tabiiyki chorvani
ozuqalantirishda aholi bug'doy va sholi somonlaridan ham foydalanadi. Ayniqsa , yig'ib
olingan somonlar chorvani qish oylarida ozuqalantirishda samarali foyda beradi.
Bundan tashqari aholi sholi somonini o'g'it sifatida ham foydalanishi mumkin. Sababi
1tonna sholi somonida 12 kilogramm kaliy, 8 kilogramm azot va 1 kilogramm fosfor
mavjud. Sholidan olinadigan guruch juda ham kaloriyaga boy mahsulot hisoblanadi.
Ya'ni 100 gramm guruchda 400 kaloriya mavjud. Normal sharoitda 1 kishi kunlik 2000-
2500 kaloriya iste'mol qilishi kerak. Umuman olganda sholi Quyi Amudaryo
o'lkasidagi aholi uchun ham tibbiy ham iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi.



374


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Musayev P.G', Musayev J.P, O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi 8-
sinf darslik. ''SHARQ'' nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2019-yil 6-nashr
Toshkent. 165-169 betlar.
2. Idrisov X.A, Xabibullaev A.M Sholi seleksiyasi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot
natijalarini tahliliy o'rganish. ''SCIENCE AND INNOVATION'' xalqaro ilmiy jurnali,
2022-yil 3-son ISSN: 2181-3337, Toshkent. 277-bet .
3. Allamuratov S., Matkarimov S. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy-iqtisodiy
geografiyasi. – Nukus: Qoraqalpoq universiteti nashriyoti, 2020.
4. Jo‘rayev O., Xolmatov M. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. – T.: “Fan
va texnologiya”, 2021.

Internet manbalari:

1.

https://stat.uz/uz/

2.

https://www.healthline.com/health/how-much-water-should-I-

drink#recommendations

3.

https://eabr.org/en/analytics/special-reports/regulation-of-the-water-and-energy-

complex-of-central-asia/

375

Библиографические ссылки

Musayev P.G', Musayev J.P, O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi 8-sinf darslik. ''SHARQ'' nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2019-yil 6-nashr Toshkent. 165-169 betlar.

Idrisov X.A, Xabibullaev A.M Sholi seleksiyasi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o'rganish. ''SCIENCE AND INNOVATION'' xalqaro ilmiy jurnali, 2022-yil 3-son ISSN: 2181-3337, Toshkent. 277-bet .

Allamuratov S., Matkarimov S. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy-iqtisodiy geografiyasi. – Nukus: Qoraqalpoq universiteti nashriyoti, 2020.

Jo‘rayev O., Xolmatov M. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2021.