«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
TOSHKENT SHAHRIDA TARQALGAN AEGILOPS L. TURKUMI
VAKILLARINING BIOEKOLOGIYASI
Imomova A.A.
O‘zbekiston Milliy Universiteti, imomovaanoraxon0@gmail.com
Annotatsiya.
Maqola Toshkent shahrida tarqalgan
Aegilops L.
turkumiga
mansub ayrim turlarining bioekologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotlar Toshkent shahrining turli tabiiy hududlarida olib borildi. O‘simlik
na’munalarining o‘sish joylari, tuproq sharoiti va ekologik omillari tahlil qilindi.
Laboratoriya sharoitida urug‘larning unuvchanligi Petri idishlarida va termostat
yordamida o‘rganildi.
Aegilops
turlarining morfologik belgilari ham solishtirildi.
Ayrim turlar qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Ularning yashash
muhitiga tez moslashuvi kuzatildi.
Kalit so‘zlar. Aegilops L., Aegilops cylindica, Aegilops crassa, Aegilops
triuncialis,
bioekologiya, yovvoyi bug‘doy, genetik resurs, unuvchanlik, stress
omillari, sho‘rlanish, qurg‘oqchilik, ekologik monitoring, genetik moslashuv.
Annotation.
In the article is dedicated to studying the bioecological
characteristics of certain species belonging to the genus
Aegilops L.
distributed in the
city of Tashkent. Field studies were conducted in various natural areas of Tashkent.
The habitats, soil conditions, and ecological factors of the plant samples were analyzed.
In laboratory conditions, seed germination was studied using Petri dishes and a
thermostat. The morphological characteristics of
Aegilops
species were also compared.
Some species stand out for their drought resistance. Rapid adaptation to their living
environment was observed.
Keywords:
Aegilops L., Aegilops cylindrica, Aegilops crassa, Aegilops
triuncialis,
bioecology, wild wheat, genetic resources, germination, stress factors,
salinization, drought, ecological monitoring, genetic adaptation.
Аннотация.
Данная статья
посвящена изучению биоэкологических
особенностей некоторых представителей рода
Aegilops L.,
распространённых на
территории города Ташкента. Полевая работа проводилась в различных
природных зонах города Ташкента. Были проанализированы места
произрастания растений, почвенные условия и экологические факторы. В
241
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
лабораторных условиях всхожесть семян изучалась в чашках Петри
с
использованием термостата. Также проведено морфологическое сравнение видов
Aegilops.
Некоторые из них выделяются устойчивостью к засухе. Отмечена их
быстрая адаптация к условиям среды обитания.
Ключевые слова:
Aegilops L., Aegilops cylindrica, Aegilops crassa, Aegilops
triuncialis,
биоэкология, дикая пшеница, генетические ресурсы, всхожесть,
стрессовые факторы, засоление, засуха, экологический мониторинг, генетическая
адаптация.
Kirish.
Tabiat – bu hayotning beshigi, undagi har bir o‘simlik esa insoniyat
uchun yashash, oziqlanish, sog‘liq va barqarorlik manbaidir. Bugungi kunda global
miqyosda ekologik muammolar chuqurlashib borar ekan, ayniqsa, genetik xilma-
xillikni saqlash, yovvoyi o‘simliklarning ahamiyatini chuqur o‘rganish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonning ekologik boyliklari orasida
Aegilops
turkumi
o‘simliklari alohida o‘rinni egallaydi. Bu yovvoyi bug‘doysimon o‘simliklar
zamonaviy seleksiya fanining eng muhim genetik manbalaridan biri bo‘lib, ularning
bioekologik imkoniyatlari, yashash muhiti bilan uyg‘unligi va tabiiy muvozanatni
saqlashdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, Toshkent shahrining
urbanizatsiyalashgan hududlarida
Aegilops
turkumining yashashi va moslashuvi, bizga
nafaqat tabiiy seleksiya qonuniyatlarini, balki barqaror agroekotizimlar yaratish yo‘lida
kerakli tajribalarni ham taqdim etadi [9,10].
Aegilops
turkumining turli vakillari o'zlarining biologik faolligi va agronomik
xususiyatlari bilan qishloq xo'jaligi uchun katta ahamiyatga ega.
Aegilops crassa,
Aegilops cylindrica
va
Aegilops triuncialis
kabi turlar o'zining yuqori unuvchanligi va
ekotizimlarda o'ziga xos pozitsiyasi bilan e'tiborga molik [5,6].
Aegilops turlarining ekologik sharoitlarga moslashuvi.
Aegilops
turkumiga mansub o'simliklar har xil tuproq turlari va iqlim
sharoitlarida ham yashay oladi. Bu esa ularning kuchli ekologik plastisitetga ega
ekanligini isbotlaydi. Ayniqsa,
Aegilops
cylindrica
turining sho‘r yerlar va suv
tanqisligi mavjud hududlarda ham muvaffaqiyatli unib chiqishi ularning
yashovchanligini ko‘rsatadi [1,3,4].
Aegilops crassa
esa namgarchilik darajasi yuqori
bo‘lgan joylarda kuchli o‘sish faolligini namoyon etgan. Ushbu turdagi
moslashuvchanlik ularning genetik tuzilmasi va biologik mexanizmlarining
murakkabligiga ishora qiladi.
Aegilops
turkumining ayrim vakillari ildiz tizimining
242
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
chuqur va keng tarmoq shaklida rivojlanishi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat esa ularni
suvni chuqur qatlamlardan olishga imkoniyat yaratadi. Shu orqali ular qurg‘oqchilikka
chidamli tur sifatida namoyon bo‘ladi [2,4].
Urugʻ unuvchanligi va tajriba natijalari.
Laboratoriya sharoitida unish jarayoni 4 xil harorat rejimida o‘rganildi: 10°C,
15°C, 20°C, 25°C. Har bir haroratda urug‘larning unish foizi va ularning unish tezligi
aniqlandi. Tadqiqot davomida urug‘lar Petri idishlariga joylashtirilib, namlik miqdori
doimiy ravishda saqlanib turildi. Unish foizi va haroratning ta’siri. Natijalar 1-jadvalda
keltirilgan:
1- jadval
Urug‘larning unishiga haroratning ta’sirini
HARORAT
A. cylindrica
A. crassa
A. triuncialis
+10* C
30%
25%
35%
+15* C
45%
50%
50%
+20* C
60%
70%
75%
+25* C
80%
85%
90%
Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki,
Aegilops triuncialis
turining urug‘lari 25°C
haroratda eng yuqori unish foizini ko‘rsatgan, ya’ni 90% darajasida unish amalga
oshgan. Bu harorat
Aegilops
turkumidagi urug‘lar uchun optimal sharoit bo‘lib, unish
jarayonining tezlashishiga olib keladi.
A. crassa
va
A. cylindrica
turlarida ham unish
foizi harorat oshishi bilan ortgan, lekin
A. cylindrica
turi nisbatan past unish foizini
ko‘rsatgan.
1-rasm. Laboratoriya
sharoitida A. cylindrica, A.
crassa hamda A. triuncialis
turlari urug‘larining
unuvchanligini tekshirish
.
243
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Aegilops L. turkumining genetik ahamiyati.
Aegilops
turlarining genetik xilma-xilligi ularni boshqa donli o‘simliklar,
xususan, bug‘doy bilan gibridlashtirish imkoniyatini beradi.
Aegilops triuncialis
bug‘doyning yovvoyi ajdodi hisoblanib, hozirgi seleksiya ishlarida uning genofondidan
foydalanilmoqda. Xususan, kasalliklarga chidamli, sho‘rga bardoshli va hosildor navlar
yaratishda
Aegilops
genlari muhim o‘rin tutadi.
Aegilops
turlarining genetik jihatdan
o‘rganilishi ularga oid DNK markerlar yordamida olib borilgan. Molekulyar genetik
tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir turda o‘ziga xos allellar mavjud. Bu esa
ularning genetik jihatdan mustaqil rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ularning seleksiyadagi
ahamiyati, ayniqsa, agroekologik jihatdan og‘ir sharoitlarda yuqori sifatli navlar
yaratishda dolzarbdir [8,11].
Aegilops turlarining ekologik roli va tabiiy muvozanatdagi o‘rni.
Aegilops
turkumining vakillari tabiiy landshaftlarda muvozanatni saqlovchi
o‘simliklar sifatida ahamiyatli ekanligini ko‘rsatdi. Ular tuproq eroziyasini
kamaytiradi, tuproq tarkibini boyitadi va boshqa o‘simlik turlariga yashash uchun
imkon yaratadi. Ayniqsa,
Aegilops
cylindrica ildiz sistemasi chuqur bo‘lib, u yer
qatlamini mustahkamlashda faol ishtirok etadi. Bundan tashqari, bu turdagi o‘simliklar
hasharotlar va mikroorganizmlar uchun ham muhim yashash joyi hisoblanadi. O‘z
navbatida, ular biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydi va oziq-ovqat zanjirining bir
bo‘g‘ini sifatida ekologik tizimlarda barqarorlikni ta'minlaydi [4,5,6].
Xulosa.
Tadqiqot davomida Toshkent shahrida tarqalgan
Aegilops crassa, A.
cylindrica
va
A. triuncialis
turlarining bioekologik xususiyatlari chuqur o‘rganildi.
Ushbu turlar har xil ekologik sharoitlarda yashashga moslashgan bo‘lib, har biri o‘ziga
xos morfometrik va unuvchanlik ko‘rsatkichlariga ega. Laboratoriya sharoitida olib
borilgan tajribalar asosida bu turlarning harorat va tinim davriga bo‘lgan sezuvchanligi
aniqlandi.
Aegilops
turlarining seleksiya va chorvachilikda amaliy ahamiyati, ularning
yuqori genetik potensiali bilan bog‘liqdir.
Aegilops
turlarining saqlanishi in-situ va ex-
situ muhofaza choralarining uyg‘unligi orqali amalga oshirilishi lozim. Ushbu
izlanishlar O‘zbekistonda ekologik barqarorlik va genetik resurslarni himoya qilish
sohasida amaliy va ilmiy asos yaratadi.
Aegilops
— bu nafaqat genetik resurs, balki o‘ziga xos ilmiy ob’ektdir. Ular bilan
ishlash, ilmiy yondashuvni talab qiladi, sabr va izchillikni o‘rgatadi. Tabiatni tinglay
244
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
olgan kishi,
Aegilops
urug‘idan ham kelajakni eshita oladi. Bu kelajak — ilm bilan
bunyod etiladigan, barqarorlikka intilgan jamiyat kelajagidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Akman,Y. ve Darıcı, C.(1998). Bitki Fizyolojisi Kitabı s.514, 524, Ankara.
2.
Altieri, M.A., & Nicholls, C.I. (2004). Biodiversity and pest management in
agroecosystems. Springer.
3.
Anadolu üniversitesi bilim ve teknoloji dergisi anadolu university journal of
science and technology cilt/Vol.:6 Sayı/No: 1 : 81
-85 (2005)
4.
Baskin,C.C ve Baskin, J.M.(1988). Germination ecophysiology of herbaceaous
plant species in a temperate region, American Journal of Botany 75, 286-305
5.
Imirsinova A.A. . Studying of reproductive biology of some tribe species
Triticeae dum. femily Poaceae barnh. in different conditions of Uzbekistan.
IJCR, 2019;11(07), 5782-5785.
DOI:
https://doi.org/10.24941/ijcr.35926.07.2019.
6.
Imirsinova A.A. Learning The Seed Productivity And Quality Of Cereal Seeds
In Different Conditions Of Uzbekistan. Int J Sci Technol Res. 2020; volume 9,
ISSUE 03.
DOI:
7.
Çalışkan, İ. (2002). Bitki fizyolojisi Kitabı, 316, Kütahya.
8.
Iç anadolu bölgesi’nin farkli lokalitelerinden toplanan aegilops cylindrica l.
türünün çimlenmesi üzerine farkli sicaklik ve işiklandirma sürelerinin etkileri
Banu Aytül Ekmekçi (Aslanargun)
9.
Zohidov, K.Z., & Rasulova, D.T. (2018). O‘zbekiston hududida Aegilops L.
turlarining tarqalishiga iqlim sharoitining ta’siri. Ilmiy amaliy ekologik jurnal,
2(6), 33–39.
10.
Бадаева Е.Д. Исследование филогенетического родства пяти
полиплоидных видов
Aegilops L
. из кластера
U-
геномов методом
хромосомного анализа. Генетика.
– 2002. –
Т. 38.
–
№ 6.
–
С. 799
– 811.
11.
Плотникова Л.Я., Пожерукова В.Е., Мешкова Л.В. Устойчивость
интрогрессивных линий пшеницы с генами
aegilops speltoides
к бурой
ржавчине в
c
ибири и физиологические механизмы защиты растений.
«Генофонд и селекция растений», посвященная 130
-
летию Н.И. Вавилова.
г. Новосибирск. 2017. С
-22-23.
245
