ISHSIZLIK SABABLARI VA UNI HAL QILISH YO‘LLARI

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil qilinib, uning sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan. So‘nggi yillarda ishsizlik darajasi sezilarli pasaygan bo‘lsa-da, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish va mehnat migratsiyasi kabi omillar hali ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% bo‘lgan ishsizlik 2024-yilga kelib 5,8% gacha tushgan. Bu hukumatning bandlikni oshirishga qaratilgan islohotlari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish natijasida erishilgan yutuqdir

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
188-195
30

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ismoilov Shohnur Ozod o‘g‘li. (2025). ISHSIZLIK SABABLARI VA UNI HAL QILISH YO‘LLARI . Журнал универсальных научных исследований, 3(4), 188–195. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/81676
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil qilinib, uning sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan. So‘nggi yillarda ishsizlik darajasi sezilarli pasaygan bo‘lsa-da, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish va mehnat migratsiyasi kabi omillar hali ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% bo‘lgan ishsizlik 2024-yilga kelib 5,8% gacha tushgan. Bu hukumatning bandlikni oshirishga qaratilgan islohotlari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish natijasida erishilgan yutuqdir


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

188

ISHSIZLIK SABABLARI VA UNI HAL QILISH YO‘LLARI

Ismoilov Shohnur Ozod o‘g‘li

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-kurs talabasi

ismoilovshohnur07@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil qilinib, uning

sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan. So‘nggi yillarda ishsizlik darajasi sezilarli
pasaygan bo‘lsa-da, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish va mehnat migratsiyasi
kabi omillar hali ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
2021-yilda 9,6% bo‘lgan ishsizlik 2024-yilga kelib 5,8% gacha tushgan. Bu hukumatning
bandlikni oshirishga qaratilgan islohotlari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va
investitsiyalarni jalb qilish natijasida erishilgan yutuqdir. Biroq, hududiy tafovutlar va
texnologik taraqqiyot tufayli ba’zi kasblar yo‘qolmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish
zaruratini oshiradi. Maqolada ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha samarali strategiyalar,
jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy kasblarga moslashish kabi
yo‘nalishlar taklif etiladi.

Kalit so‘zlar: ishsizlik, bandlik, mehnat bozori, texnologik o‘zgarishlar, iqtisodiy

islohotlar, O‘zbekiston.

1.Kirish:

Hozirgi kunda ishsizlik nafaqat alohida shaxslar, balki butun jamiyat uchun dolzarb

muammolardan biri hisoblanadi. Ishsizlik tushunchasi Xasanov N.N. va boshqalarning
tarifiga ko‘ra, bu iqtisodiy faol aholining bir qismi munosib ish topa olmaganda yuzaga
keladigan jarayondir. Ishsizlik inson manfaatlariga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy
ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biridir. Ko‘plab odamlar uchun ishini yo‘qotish
oilasining turmush darajasining pasayishiga, shaxsiy hayotdagi tangliklarga va inson
ruhiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Hozirgi iqtisodiy hayotda ishchiga bo‘lgan talab unga bo‘lgan taklifdan kamligini

sababli ishsizlik yuzaga keladi. Iqtisodiyotda umumiy talab va taklif muvozanati buziladi,
bozor talabining pasayishi mehnatga bo‘lgan ehtiyojning ham kamayishiga olib keladi.
Natijada, ishchi kuchining bir qismi ortiqcha bo‘lib qoladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan
malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, malakasiz mehnatga ehtiyoj kamayadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

189

Iqtisodiyotda ishsizlik sabablarini o‘rganishning asosiy maqsadi – bandlikni

yaxshilash orqali mamlakatda mehnat kuchini kengaytirish va aholining turmush
darajasini yanada oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir. Bu esa puxta tuzilgan
strategik qadamlar va islohotlarni talab qiladi.

2.Adabiyotlar sharhi:

Ishsizlik va bandlik masalalari ko‘pgina olimlar ilmiy izlanishlarida o‘z aksini

topgan. Jumladan, Sh.M.Ortiqov (2024) xorijiy mamlakatlarda bandlikni ta’minlash
masalalarini statistik tahlilni amalga oshirgan bo‘lsa, N.X.Turopova (2023)
O‘zbekistonda ishsizlikning hududlar taqsimotida o‘rganib, tahlil qilgan.

F.D.Hojiqulova, O.Eshquvvatov (2023), J.Karimov (2022) lar izlanishlarida

mehnat bozoriga sun’iy intellektning tasirini tadqiq etganlar.

Ishsizlikka umumiy ta’sir etuvchiomillar va yechimlarni, shuningdek,

O‘zbekistonda o‘tgan yillarda sodir bo‘lgan ishsizlikka oid ayrim holatlar va ularga
qo‘llanilgan yechimlar, hozirgi paytda sodir bo‘layotgan ishsizlikning sabablari va ularni
bartaraf etishga yondashilgan yechimlarni ilmiy asoslab beradi [A.Shomurodov (2023),
S.Muxamedov (2025)].
Shu bilan birga, Karimova (2022), M.Hasanova (2024) tomonidan olib borilgan
tadqiqot O‘zbekiston yoshlarida ishsizlik sabablarini o‘rganib, malaka va ta’lim
tizimining mehnat bozoriga mos emasligi natijasida yoshlar orasida ishsizlik kuchayishini
ta’kidlagan. F.Doniyorova (2018), D.Turg‘unboyeva (2024), Cyberleninka.ru. (2024) lar
esa ishsizlikning oshishiga asosiy sababi tashqi migratsiya bilan bog‘liq deb hisoblaydi.

Arthur H.Goldsmith (1996) ishsizlikning ruhiy salomatlik va ijtimoiy

munosabatlarga ta’sirini o‘rganib, uzoq muddatli ishsizlikning insonlarning ruhiy va
ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir qilishini aniqlashgan. Shuningdek, Usmonova V.B.
fikricha, ishsizlik darajasi oshgani sari, jinoyatchilik va oilalarda notichlik ham oshib
boradi.

Musurmankulova G.(2024), Raxmatullayeva Sh. va Sadriddinova S.(2024)

fikrlariga ko‘ra, yoshlarni texnologiyalar rivojlanishi bilan mos keladigan yangi kasblarga
o‘qitish, davlatda ishchilarning malakasi oshishiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar
va ishsizlar uchun bepul yoki subsidiyalangan kasb-hunar kurslarini tashkil etish.
(X.D.Aliyev, 2022)

Mazkur tadqiqotlarning natijalari, ulardagi ilmiy asoslangan takliflar, amaliy

tavsiyalar va xulosalarga qo‘shilgan holda aytish joizki, aholini ish bilan bandligi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

190

ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni yechish va bu bo‘yicha statistik tahlillarni
amalga oshirgan holda masalani hal etishning tashkiliy, iqtisodiy va institutsional
jihatlarini ilmiy jihatdan yanada tadqiq etish, shuningdek innovatsion yondashuvlarni
ishlab chiqish lozim.


3.Tadqiqot metodologiyasi:
3.1. Tadqiqot ma’lumotlari

Ushbu maqola aniq va foydali xulosaga kelish maqsadida faqatgina ishonarli va

rasmiy manbalardan World Bank, Stat.uz saytlari ma’lumotlaridan foydalanadi. Tadqiqot
2000-2024-yilgi ma’lumotlarni muxokama qiladi.

3.2. Tadqiqot usuli

Tadqiqot ishsizlik sabablari va unga yechimlarni chuqur o‘rganish maqsadida PEST

tahlil usulidan foydalangan holda amalga oshirildi.

4.Tahlil va natijalar:

Tadqiqot davomida PEST tahlil usuli doirasida turli ma’lumotlar to‘plandi. Olingan

natijalar shuni ko‘rsatadiki, ishsizlik sabablari va yechimlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka bir
qator omillar ta’sir ko‘rsatmoqda.

Siyosiy omillarning ta’siri. (

1-rasm)

1-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlariga

muvofiq.

Manba: https://gov.uz/oz/bv

(1-rasm) da keltirilganidek, 2000-2006 yilda ishsizlik darajasi 1% dan past bo‘lgan
va bunga bir nechta sabablar mavjud.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

191

1.

O‘sha yillarda O‘zbekistonda bandlikni aniqlash usullari hozirgi zamonaviy
xalqaro me’zonlardan farq qilgan. Rasmiy bandlik ko‘rsatkichi asosan davlat
sektorida ishlayotgan va qishloq xo‘jaligida shug‘ullanayotgan aholiga
asoslangan edi.

2.

Ishchi

kuchining katta qismi

norasmiy sektorda

– dehqonchilik,

hunarmandchilik, chakana savdo va qurilish sohalarida faoliyat yuritgan.
Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tmagan holda ishlaganligi sababli, rasmiy statistika
ularni ishsiz deb hisoblamagan.

3.

Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ko‘plab o‘zbekistonliklar Rossiya va boshqa
mamlakatlarga ishlash uchun ketgan. Ularning aksariyati rasmiy statistikada
hisobga olinmagan, natijada ichki mehnat bozorida ishsizlik darajasi sun’iy
ravishda past bo‘lib ko‘ringan.

2016-yil hokimyat almashgandan keyin, sohada raqamlashtirish islohoti amalga

oshirildi. Natijada, 2018-yilda mamlakat aholisining necha foizi ishsiz ekanligi nisbatan
aniq ma’lumotlar keltirildi.




Iqtisodiy omillarding ta’siri

Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlaridan yana bittasi ishsizlik darajasidir. U

doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan va ishga kirishishga tayyor iqtisodiy faol aholi ulushini
aks ettiradi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ishsizlik darajasining pasayish kuzatilmoqda,
bu esa mehnat bozoridagi ijobiy tendensiyalardan dalolat beradi. Rasmiy statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilgacha bu ko‘rsatkich tushib brogan. Ammo, 2020-yilgi
COVID-19 pandemiya davrida zavodlarni yopilishi, ko‘plab iqtisodiy subyektlarning
ishlamasligi ishchi o‘rnini yanada qisqartirgani sababli bu sonlar 10,5% gacha oshgan.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hukumat tomonidan qabul qilingan qo‘llab-quvvatlov
choralari sababli ishsizlik darajasi keskin kamaymagan. 2022-yilga kelib esa,
pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlar to‘liq tiklanib, hatto oshgan. 2022-yilda ishsizlik
darajasi 8,9% ni tashkil etgan. Va bu o‘tgan 2021-yilga qaraganda 0,7% kamayganligini
ko‘rsatadi, ya’ni, 1,3 million

kishiga kamaygan. Keyingi 2023-yili esa ishsizlik darajasi sezilarli darajada

kamaydi. O’sha yili statistikaga ko‘ra 6,8% foizga tushgan. Bu esa o‘z o‘rnida o‘tgan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

192

yilgiga nisbatan 2,1% tushganini bildiradi. Oxirgi yili, ya’ni, 2024-yili bu ko‘rsatkich
5,8% ga yetdi. Bu esa ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hukumat tomonidan amalga
oshirilayotgan islohotlar va qo‘llab-quvvatlov dasturlari
natijasida mehnat bozorida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini bildiradi. (2-rasm)

2-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlariga

muvofiq.

Manba: https://gov.uz/oz/bv


Ijtimoiy omillarning ta’siri

Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida, shuningdek aholi bandligini

ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda
demografik holat muhim o‘rin tutadi. 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra
mamlakatimizda yashovchi doimiy aholi soni 36 mln. kishini tashkil etib, yil davomida
768,8 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko‘paygan. Bundan ko‘rinib turibdiki har yili aholi soni
o‘rtacha 700 ming kishiga ortmoqda. Aholining asosiy qismini, ya’ni 56,7 % ini mehnatga
layoqatli yoshdagilar tashkil etgan bo‘lsa, o‘z o‘rnida 31,9 % i mehnatga layoqatli
yoshdan kichiklar va 11,4% i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri
kelmoqda. O‘tgan 2022-yilda respublikamizda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 20
mln.505,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2018-yil ma’lumotlari
bilan taqqoslanganda 713,6 ming kishiga yoki 3,6 foizga ko‘payganligi kuzatildi. Bu esa

o‘z o‘rnida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni
kamaytirish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Mehnat bozorining asosiy

Yil

Ishsizlik darajasi(%)

Bandlik darajasi(%)

2019

9,0

91

2020

10,5

89,5

2021

9,6

90,4

2022

8,9

91,1

2023

6,8

93,2

2024

5,8

94,2


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

193

ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan bandlik darajasi ko‘rsatkichi ma’lum bir ish joyida
band bo‘lgan iqtisodiy faol aholi ulushini aks ettiradi. Respublikamizdagi iqtisodiy faol
aholi soniga nisbatan bandlik darajasi 2019-yilda 90,7 foizni tashkil etgan. 2022-yilga
kelib ushbu ko‘rsatkich 91,1 foizga yetganligini kuzatish mumkin (3-rasm).

3-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Manba: https://gov.uz/oz/bv

Texnologik omillarning ta’siri

Texnologik taraqqiyot, xususan avtomatlashtirish va sun'iy intellekt (SI)ning

rivojlanishi, mehnat bozoriga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda. Avtomatlashtirish natijasida
oddiy va takrorlanuvchi vazifalarni bajaruvchi ish o‘rinlari qisqarishi kuzatilmoqda.
Masalan, OECD hisobotiga ko‘ra, robotlarning joriy etilishi past malakali ish o‘rinlarining
kamayishiga olib kelgan. Xitoy misolida, past malakali ishlab chiqarish sektorida
avtomatlashtirish va xalqaro raqobat tufayli ish o‘rinlarining qisqarishi kuzatilmoqda. Bu
esa millionlab past malakali ishchilarning ishdan bo‘shashiga olib kelmoqda.

Biroq, texnologik taraqqiyot natijasida ish o‘rinlarining yo‘qolishi bilan birga,

yangi ish o‘rinlari ham yaratilmoqda. Masalan, sun'iy intellekt va avtomatlashtirish
texnologiyalari yangi kasblar va sohalarni shakllantirmoqda. Shuning uchun, texnologik
o‘zgarishlarga moslashish uchun kasbiy tayyorgarlik va qayta o‘qitish dasturlariga e'tibor
qaratish muhimdir.

Umuman olganda, texnologik omillar mehnat bozorida muayyan kasblar va malaka

darajalariga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, bu o‘zgarishlarga moslashish uchun
ta'lim va malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish zarur.

5.Xulosa va kelgusi tadqiqotlarga tavsiyalar

O‘zbekiston mehnat bozorida so‘nggi yillarda ishsizlik darajasining sezilarli

pasayishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% ni tashkil


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

194

etgan ishsizlik darajasi 2024-yilga kelib 5,8% gacha pasaydi. Bu hukumat tomonidan
amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, bandlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari natijasi hisoblanadi. Biroq, ishsizlik
muammosi hali ham dolzarb bo‘lib, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish, hududiy
tafovutlar, mehnat migratsiyasi kabi omillarni hisobga olgan holda, ishsizlik muammosini
yanada samarali hal qilish uchun kompleks yondashuv talab etiladi. Bunda kichik va o‘rta
biznesni rivojlantirish, zamonaviy kasb-hunar o‘qitish tizimini kuchaytirish, investitsiya
muhitini yaxshilash va hududiy bandlik dasturlarini kengaytirish kabi chora-tadbirlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda olib boriladigan tadqiqotlar ishsizlik
muammosining chuqur ildizlarini aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqish uchun
muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga hamda aholining farovonligini oshirishga xizmat
qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya
instituti Qo‘lyozma huquqida. Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni
bartaraf

etish

yo‘llari.

(n.d.).

Available

at:

https://api.ziyonet.uz/uploads/books/835095/5afd62ecf0066.pdf [Accessed 27
Mar. 2025].

2.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
(2025).

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik

vazirligi

. [online] Available at: https://gov.uz/oz/bv [Accessed 27 Mar. 2025].

3.

Stat.uz. (2024).

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika

agentligi

. [online] Available at: https://www.stat.uz/uz/.

4.

World Bank (2025).

World Bank Open Data

. [online] World Bank. Available

at: https://data.worldbank.org/.

5.

Farspublishers.org. (2025).

View of O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNING

SABABLARI

VA

YECHIMLARI.

[online]

Available

at:

https://farspublishers.org/index.php/ijessh/article/view/1779/2773

[Accessed

27 Mar. 2025].

6.

Оrtiqov

Shavkat

Muxammadi

o`g`li

(2024).

O’ZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA

AHOLI

BANDLIGINI

OSHIRISH


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

195

MASALALARI.

Zenodo

.

[online]

doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10686159.

7.

Goldsmith, A.H., Veum, J.R. and Darity, W. (1996). The psychological impact
of unemployment and joblessness.

The Journal of Socio-Economics

, 25(3),

pp.333–358. doi:https://doi.org/10.1016/s1053-5357(96)90009-8.

8.

‘Yangi O’zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar:
muammolar va yechimlar’ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. (n.d.).
doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10532889.

9.

Interoncof.com. (2025).

View of ISHSIZLIK, UNING OQIBATLARI VA OLDINI

OLISH

YO’LLARI

.

[online]

Available

at:

https://interoncof.com/index.php/USA/article/view/272/270 [Accessed 27 Mar.
2025].

10.

Vasila Botirovna, U. (n.d.).

INNOVATION IN THE MODERN

EDUCATION SYSTEM 332 O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK MUAMMOSI VA
UNI HAL QILISH CHORA TADBIRLARI

. [online] Available at:

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/4708/20706/65c5b4f5663ac
___Usmonova%2BVasila%2BBotirovna%2B.pdf [Accessed 27 Mar. 2025].

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya instituti Qo‘lyozma huquqida. Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo‘llari. (n.d.). Available at: https://api.ziyonet.uz/uploads/books/835095/5afd62ecf0066.pdf [Accessed 27 Mar. 2025].

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. (2025). O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. [online] Available at: https://gov.uz/oz/bv [Accessed 27 Mar. 2025].

Stat.uz. (2024). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. [online] Available at: https://www.stat.uz/uz/.

World Bank (2025). World Bank Open Data. [online] World Bank. Available at: https://data.worldbank.org/.

Farspublishers.org. (2025). View of O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNING SABABLARI VA YECHIMLARI. [online] Available at: https://farspublishers.org/index.php/ijessh/article/view/1779/2773 [Accessed 27 Mar. 2025].

Оrtiqov Shavkat Muxammadi o`g`li (2024). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH MASALALARI. Zenodo. [online] doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10686159.

Goldsmith, A.H., Veum, J.R. and Darity, W. (1996). The psychological impact of unemployment and joblessness. The Journal of Socio-Economics, 25(3), pp.333–358. doi:https://doi.org/10.1016/s1053-5357(96)90009-8.

‘Yangi O’zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar: muammolar va yechimlar’ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. (n.d.). doi:https://doi.org/10.5281/zenodo.10532889.

Interoncof.com. (2025). View of ISHSIZLIK, UNING OQIBATLARI VA OLDINI OLISH YO’LLARI. [online] Available at: https://interoncof.com/index.php/USA/article/view/272/270 [Accessed 27 Mar. 2025].

Vasila Botirovna, U. (n.d.). INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 332 O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK MUAMMOSI VA UNI HAL QILISH CHORA TADBIRLARI. [online] Available at: https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/4708/20706/65c5b4f5663ac___Usmonova%2BVasila%2BBotirovna%2B.pdf [Accessed 27 Mar. 2025].