PSIXOLOGIK KASALLIKLAR VA NEVROZ

Abstract

Psixologik kasalliklar inson ruhiyati va hissiyotlariga ta‘sir qiluvchi holatlar bo‘lib, ular turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin: genetika, stress, travma yoki atrof-muhit omillari. Psixologik kasalliklar inson ruhiyati, hissiyotlari va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi sog‘liq muammolaridir.Ushbu kasalliklarning keng tarqalgan turlari orasida depressiya, tashvish buzilishlari, shizofreniya, ikki qutbli buzilish va travmadan keyingi stress buzilishi mavjud. Bemorlar odatda kayfiyatning o‘zgarishi, stress, gallyutsinatsiyalar, ijtimoiy qo‘rquv yoki o‘z-o‘ziga qasd qilish fikrlarini boshdan kechirishadi. Muolaja odatda psixoterapiya, dorilar va sog‘lom turmush tarzini qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Psixologik sog‘liqni saqlash inson hayot sifati va jamiyatdagi faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.14569189
CC BY f
212-217
147

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shamayeva , M., Toshpo‘latova , S., & Qobilova , M. (2024). PSIXOLOGIK KASALLIKLAR VA NEVROZ. Journal of Universal Science Research, 2(12), 212–217. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/60561
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus
Universal science research jurnali

Keywords:

Abstract

Psixologik kasalliklar inson ruhiyati va hissiyotlariga ta‘sir qiluvchi holatlar bo‘lib, ular turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin: genetika, stress, travma yoki atrof-muhit omillari. Psixologik kasalliklar inson ruhiyati, hissiyotlari va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi sog‘liq muammolaridir.Ushbu kasalliklarning keng tarqalgan turlari orasida depressiya, tashvish buzilishlari, shizofreniya, ikki qutbli buzilish va travmadan keyingi stress buzilishi mavjud. Bemorlar odatda kayfiyatning o‘zgarishi, stress, gallyutsinatsiyalar, ijtimoiy qo‘rquv yoki o‘z-o‘ziga qasd qilish fikrlarini boshdan kechirishadi. Muolaja odatda psixoterapiya, dorilar va sog‘lom turmush tarzini qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Psixologik sog‘liqni saqlash inson hayot sifati va jamiyatdagi faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/

VOLUME-2, ISSUE-12

212

PSIXOLOGIK KASALLIKLAR VA NEVROZ

Shamayeva Muhabbat Baratovna

muhabbatshamayeva10@gmail.com

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchisi

Toshpo‘latova Sevinch Sheraliyevna

Sevinchtoshpolatova922@gmail.com

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali talabasi

Qobilova Mushtari Xolboyevna

mustarikobilova@gmail.com

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali talabasi

Annotasiya

Psixologik kasalliklar inson ruhiyati va hissiyotlariga ta‘sir qiluvchi holatlar

bo‘lib, ular turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin: genetika, stress, travma yoki
atrof-muhit omillari. Psixologik kasalliklar inson ruhiyati, hissiyotlari va xulq-atvoriga
ta’sir qiluvchi sog‘liq muammolaridir.Ushbu kasalliklarning keng tarqalgan turlari
orasida depressiya, tashvish buzilishlari, shizofreniya, ikki qutbli buzilish va travmadan
keyingi stress buzilishi mavjud. Bemorlar odatda kayfiyatning o‘zgarishi, stress,
gallyutsinatsiyalar, ijtimoiy qo‘rquv yoki o‘z-o‘ziga qasd qilish fikrlarini boshdan
kechirishadi. Muolaja odatda psixoterapiya, dorilar va sog‘lom turmush tarzini
qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Psixologik sog‘liqni saqlash inson hayot sifati va
jamiyatdagi faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Psixosomatika, nevroz, depsessiya, stress, psixoterapiya, emotsional

reaksiya.

Аннотация

Психологические расстройства – это состояния, которые влияют на

психику и эмоции человека и могут возникать по разным причинам: генетике,
стрессу, травме или факторам окружающей среды. Психологические


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/

VOLUME-2, ISSUE-12

213

расстройства — это проблемы со здоровьем, которые влияют на психику, эмоции
и поведение человека. Распространенные типы этих расстройств включают
депрессию, тревожные расстройства, шизофрению, биполярное расстройство и
посттравматическое стрессовое расстройство. Пациенты обычно испытывают
перепады настроения, стресс, галлюцинации, социальную тревогу или мысли о
самоубийстве. Лечение обычно включает психотерапию, медикаментозное
лечение и здоровый образ жизни. Психологическое здоровье оказывает
непосредственное влияние на качество жизни и деятельности человека в
обществе.

Ключевые слова:

Психосоматика, невроз, депрессия, стресс, психотерапия,

эмоциональная реакция.

Psixologik kasalliklarning asosiy turlari 1. Tashvish va xavotir buzilishlari

(Anxiety Disorders), haddan tashqari xavotirlanish, qo‘rquv yoki stress holati.Turlari:
umumiy xavotir buzilishi, vahima xurujlari, ijtimoiy fobiya.
2. Depressiya: Uzluksiz xafalik, qiziqishning yo‘qolishi, charchoq va o‘z joniga qasd
qilish fikrlari.
3. Ikki qutbli buzilish (Bipolar Disorder) Odamda kayfiyatning haddan tashqari
ko‘tarilishi (maniakal faza) va tushkunlik (depressiv faza) o‘rtasida o‘zgarishi.
4. Shizofreniya haqiqatni noto‘g‘ri qabul qilish, gallyutsinatsiyalar, paranologik fikrlar
va boshqalar.
5. O‘z-o‘zini boshqarish buzilishlari oziq-ovqat bilan bog‘liq buzilishlar (anoreksiya,
bulimiya). O‘yinbozlik, qaramliklar (giyohvandlik, spirtli ichimlik).
6. Obsessiv-kompulsiv buzilish takrorlanuvchi bezovta qiluvchi fikrlar (obsessiyalar)
va bu fikrlarni еngishga urinish uchun amalga oshiriladigan harakatlar.
7. Travmadan keyingi stress buzilishi. Stressli voqeadan keyin yuzaga keladigan
qo‘rquv, xavotir.
8. Hissiy beqarorlik (Borderline Personality Disorder) kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi,
o‘zini boshqara olmaslik va haddan tashqari impulsivlik.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/

VOLUME-2, ISSUE-12

214

Psixologik kasalliklar turli xususiyatlarga ega va ularning har biri alohida

belgilarga ega. Ular orasida eng keng tarqalganlardan biri depressiya va stressdir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Yer sharida depressiya

bilan ro‘yxatga olinganlar soni 160 mil.dan ortiq. Biroq aksariyat mutaxassislar
fikricha, depressiya bilan kasallangan har uch bemorning biri vrach nazoratida turdi,
xolos. Biroq boshqa bir mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kassallanganlar sonini
aniqlash mushkul. Chunki depressiya turli hil klinik ko‘rinishlarda namoyon
bo‘lmoqda va hamma vaqt ham tashxis to‘g‘ri bo‘lib chiqavermaydi. Buning ustiga
depressiya bilan og‘rigan bemorlarning hammasi ham psixiator va psixologlarga
murojaat qilavermaydi.

Depressiya

– Bu kasallik insonning ruhiy holatini sezilarli darajada pasaytiradi.

Depressiya bilan og‘rigan odamlar qayg‘u, umidsizlik va hayotdan qoniqmaslik
holatiga duch keladilar. Ular o‘zlarini izolyatsiya qilishlari, jismoniy holatlari
yomonlashishi mumkin. Depressiya ko‘pincha stress, kimyoviy disbalanslar yoki
genetik omillar bilan bog‘liq. Stress esa bu odamning psixologik va jismoniy
resurslariga ortiqcha talablar qo‘yilganida paydo bo‘ladigan ruhiy va jismoniy holat.
Stress hayotimizning turli omillariga javob sifatida yuzaga kelishi mumkin va uning
natijasida insonning kayfiyati, fikrlari, jismoniy holati va xulq-atvori o‘zgaradi. Stress
salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin va turli vaziyatlarda, masalan, ishda, oilada yoki
shaxsiy hayotda yuzaga keladi. Stress va depressiya o‘rtasidagi bog‘liqlik juda kuchli
bo‘lishi, chunki stress — depressiyaning rivojlanishiga olib kelishi yoki uni
kuchaytirishi mumkin. Biroq, bu ikkala holat turli psixologik va jismoniy tajribalardir,
va har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Emotsional reaksiya: Stress va depressiya o‘z
ichiga salbiy hissiyotlarni olib keladi. Stress ko‘pincha tashvish, xavotir, asabiylashish
kabi hissiyotlarni keltirib chiqaradi, depressiya esa umidsizlik, qayg‘u, va o‘zini yomon
his qilishni yuzaga keltiradi. Har ikkala holatda ham odamlar o‘zlarini yomon his
qilishadi, kayfiyat pasayadi va ijtimoiy faoliyatlardan cheklanadilar.

Nevroz

— bu psixologik va ruhiy salomatlikning buzilishi bo‘lib, odamning

hissiy holati, fikrlash usuli va xulq-atvorida turli buzilishlar paydo bo‘ladi. Nevroz


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/

VOLUME-2, ISSUE-12

215

ko‘pincha uzoq davom etgan stress, tashvish, qo‘rquv yoki travmalar natijasida
rivojlanadi. Bu holat jismoniy kasalliklar bilan bog‘liq emas, balki asosan psixologik
sabablarga asoslanadi. Nevroz bilan og‘rigan odamlar ko‘pincha o‘zlarini past
baholashadi, doimiy xavotirda yoki umidsizlikda bo‘ladilar va kundalik hayotdagi
oddiy vazifalarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Nevrozning belgilari:
Nevrozning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: tashvish va bezovtalik,doimiy xavotir
va bezovtalik hislari.

Kayfiyat o‘zgarishlari, ruhiy holatning tez-tez o‘zgarishi, umidsizlik, g‘azab yoki

qayg‘u hissi. Jismoniy simptomlar: Yurak urishi, nafas siqishi, bosh og‘rig‘i va
oshqozon muammolari kabi fizik alomatlar. Konsentratsiya qilishda qiyinchilik:
Fikrlarni to‘plash va ularni aniq ifodalashda mushkul bo‘lish.Ijtimoiy izolyatsiya:
Odamlar bilan muloqot qilishni qiyinlashtiradigan o‘zini yakkalanib his qilish.

Nevrozning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: Stress, ish yoki oila va boshqa

hayotiy o‘zgarishlarga bog‘liq stresslar. Psixologik travmalar, masalan, oila a‘zosi
yo‘qotilishi yoki jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik .Genetik omillar: Agar oila a‘zolarida
nevroz bo‘lgan bo‘lsa, bu kasallik boshqalarda ham rivojlanishi mumkin. Kimyoviy
disbalans: Miyada neyrotransmitterlar (masalan, serotonin) darajasidagi o‘zgarishlar
nevrozni yuzaga keltirishi mumkin.

Psixosomatika

— bu ruhiy holatlarning jismoniy kasalliklar yoki alomatlar

yuzaga kelishiga ta‘sirini o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalishdir. Psixosomatika so‘zi
yunoncha "psyche" (ruh) va "soma" (tana) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bu
tushuncha insonning ruhiy va jismoniy holatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
ifodalaydi. Psixosomatika kasalliklari insonning psixologik holatlari, his-tuyg‘ulari,
stressi va tashvishlari jismoniy alomatlar yoki kasalliklarga aylanishini ko‘rsatadi.

Psixosomatik kasalliklarga masalan: stress, xavotir va tashvish bosh og‘rig‘iga

olib kelishi mumkin. Bunday holatda, bosh og‘rig‘i odatda psixologik bosim yoki
emotsional kuchlanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Oshqozon va ichak kasalliklari: Qayg‘u,
stress, xafaqonlik yoki depressiya oshqozon-ichak tizimiga ta’sir qilishi mumkin.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/

VOLUME-2, ISSUE-12

216

Masalan, og‘riqli oshqozon, ich ketishi yoki qabziyat psikosomatik sabablar tufayli
yuzaga kelishi mumkin.

Yurak muammolari: Stress va bezovtalik yurak urishini tezlashtirishi, qon

bosimini oshirishi va yurak kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Bu holat
psixosomatik holatlarning jismoniy alomatlari sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Mushaklar tarangligi: Stress va qayg‘u mushaklarning taranglashishi va spazmlarini
keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat ko‘pincha bel va bo‘yinda og‘riqlarga olib keladi.
Uyqusizlik: ruhiy holatlar, ayniqsa, ortiqcha stress va xavotirlar uyqusizlikka olib
kelishi mumkin. Stressdan tug‘ilgan tashvishlar uyquni buzishi va organizmning
tiklanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Psixosomatik kasalliklar ko‘pincha odamning
ruhiy holatiga yoki emotsional holatiga javob sifatida paydo bo‘ladi.

Psixoterapiya:

Kognitiv-behavioral terapiya (KBT), yoga , sayr qilish va boshqa

psixoterapiya shakllari yordamida nevrozning sabablarini aniqlash va ruhiy holatni
yaxshilash mumkin.

Dori-darmonlar: Antidepressantlar, tashvishni kamaytiradigan vositalar va boshqa
dori-darmonlar ko‘pincha davolashda qo‘llaniladi. Stressni boshqarish usullari: Yoga,
meditatsiya, nafas olish mashqlari va jismoniy faollik nevrozni engillashtirishga
yordam beradi. Nevroz va psixosomatika o‘rtasidagi bog‘liqlik shundaki, nevrozning
psixologik omillari (stress, tashvish va beqarorlik) jismoniy kasalliklarga
(psixosomatik simptomlar) aylanishi mumkin. Psixosomatik kasalliklar, o‘z navbatida,
nevrozning jismoniy namoyon bo‘lishidir.

Xulosa qilib aytganda, Nevroz va psixosomatika o‘rtasidagi bog‘liqlik shundaki,

nevrozning psixologik omillari (stress, tashvish va beqarorlik) jismoniy kasalliklarga
(psixosomatik simptomlar) aylanishi mumkin. Psixosomatik kasalliklar, o‘z navbatida,
nevrozning jismoniy namoyon bo‘lishidir. Nevroz va psixosomatika o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni tushunish, davolashda samarali yondashuvlar va yordam choralarini
ko‘rish uchun muhimdir. Psixologik kasalliklar insonning psixik holatini, fikrlash va
hissiyotlar bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga oladi. Ular turli omillar, jumladan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/

VOLUME-2, ISSUE-12

217

genetika, atrof-muhit, stress, va o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarga bog‘liq ravishda
rivojlanishi mumkin. Psixologik kasalliklar jismoniy sog‘liqni ham ta‘sir qilishi
mumkin, shuning uchun ularga vaqtida e‘tibor berish va davolash muhimdir.
Davolashning samarali usullari, masalan, psixoterapiya, dorilar va qo‘llab-quvvatlash
tarmoqlari, kasallikni boshqarish va uning oldini olishda katta yordam beradi.
Psixologik salomatlikni saqlash, shaxsiy rivojlanish va jamiyatda barqarorlikni
ta’minlash uchun ham muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. “Umumiy psixalogiya” I.Ivanov M.E.Zufarova, Toshkent – 2008-y. 43-45- b
2. “Tibbiyot psixologiyasi” Zarifboy Ibodullayev, Toshkent – 2012-y. 271-280-b
3. “Asab va ruhiyat” 4- nashr Zarifboy Ibodullayev, Toshkent – 2019-y.168-b
5. O‘Z.ME

Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil “Depressiya”.

6.

https://uz.wikipedia.org/wiki/

7. Baratovna, S. M. (2022). Zamondosh ayol-Qorayeva Xosiyat timsolida o‘quvchi-
qizlarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish. Boshqaruv va etika qoidalari onlayn ilmiy
jurnali, 2(1), 133-138.

References

“Umumiy psixalogiya” I.Ivanov M.E.Zufarova, Toshkent – 2008-y. 43-45- b

“Tibbiyot psixologiyasi” Zarifboy Ibodullayev, Toshkent – 2012-y. 271-280-b

“Asab va ruhiyat” 4- nashr Zarifboy Ibodullayev, Toshkent – 2019-y.168-b

O‘Z.ME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil “Depressiya”.

https://uz.wikipedia.org/wiki/

Baratovna, S. M. (2022). Zamondosh ayol-Qorayeva Xosiyat timsolida o‘quvchi- qizlarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish. Boshqaruv va etika qoidalari onlayn ilmiy jurnali, 2(1), 133-138