SAMARQANDDA TEMURIYLAR DAVRIDA BUNYOD ETILGAN ME’MORIY OBIDALAR

Abstract

Mazkur maqolada Sohibqiron Amir Temur va uning vorislari davrida bunyod etilgan inshootlar, ularning qurilish jarayoniga guvoh bo’lgan mualliflar va keying davrlarda temuriylar davri tarixiy yodgorliklarini o’rgangan tadqiqotchilarning asarlari, fikr hamda mulohazalari tahlili to’g’risida so’z boradi.

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mamatkulova , S. (2024). SAMARQANDDA TEMURIYLAR DAVRIDA BUNYOD ETILGAN ME’MORIY OBIDALAR. Journal of Universal Science Research, 2(9), 38–46. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/58876
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada Sohibqiron Amir Temur va uning vorislari davrida bunyod etilgan inshootlar, ularning qurilish jarayoniga guvoh bo’lgan mualliflar va keying davrlarda temuriylar davri tarixiy yodgorliklarini o’rgangan tadqiqotchilarning asarlari, fikr hamda mulohazalari tahlili to’g’risida so’z boradi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

38

SAMARQANDDA TEMURIYLAR DAVRIDA BUNYOD ETILGAN

ME’MORIY OBIDALAR.

Mamatkulova Shaxnoza Raxmonkulovna

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Sohibqiron Amir Temur va uning vorislari

davrida bunyod etilgan inshootlar, ularning qurilish jarayoniga guvoh bo’lgan
mualliflar va keying davrlarda temuriylar davri tarixiy yodgorliklarini o’rgangan
tadqiqotchilarning asarlari, fikr hamda mulohazalari tahlili to’g’risida so’z boradi.

Kalit so’zlar va iboralar:

Amir Temur,

temuriylar,

Samarqand, Bibixonim, Saroy

Mulk Xonim,

Shoxi Zinda, Go’ri Amir, Ruxobod, Cho’pon ota,

jom’e masjidi, koshin,

maqbara.

ПАМЯТНИКИ АРХИТЕКТУРЫ, ПОСТРОННЫЕ В ПЕРИОД

ТЕМУРИДОВ В САМАРКАНДЕ.

Аннотatsiя:

В данной статье рассказывается о сооружений построенных

в эпоху Сахибкирона Амира Темура и его преемников, анализу работ, мнений и
комментариям авторам которые были свидетелями их строительства и
изучавшим исторические памятники тимуридского периода в последующие
периоды.

Ключевые слова и фразы:

Амир Темур, Тимуриды, Самарканд, Биби-Ханым,

Сарай-Мульк-Ханым, Шахи-Зинда, Гори-Амир, Рухабад, Чупан ата, соборная
мечеть изразец, мавзолей.

ARCHITECTURAL MONUMENTS ESTABLISHED DURING THE

PERIOD OF TEMURIS IN SAMARKAND.

Abstract:

This article is about the analysis of the constructions built during the

era of Sahibqiron Amir Temur and his successors, the authors who witnessed their
construction process and the researchers who studied the historical monuments of the
Timurid period in the following periods, opinions and comments.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

39

Key words and phrases:

Amir Temur, Timurid, Samarkand, Bibi-Khanym, Saray-

Mulk-Khanym, Shakhi-Zinda, Gori-Amir, Rukhabad, Chupan ata, mosque, tile,
mausoleum.

Kirish.O’rta Osiyo me’morlchigining oltin asri sifatida Amir Temur va uning

avlodlari davrini ko’rsatish mumkin. Temur va temuriylar davrida qurilish ishlari,
me’morchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlanadi. Amir Temur, uning avlodlari
mashxur imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bog‘u-rog‘lar, suv inshootlari barpo
etirganligi bilan ham mashxurdirlar.

Mavzuga oid adabiyotlarning sharhi.Maqolada Amir Temur davri bunyodkorlik

ishlari guvohi bo’lgan Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshox, Klavixo, XIX asr oxiri va
XX asrlarda faoliyat olib borgan sharqshunoslar hamda O’zbekiston Milliy arxiv
fondlari materiallaridan foydalanildi.

Tadqiqot metodologiyasi.Maqola tayyorlashda tahliliy, tanqidiy va bayon etish

usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar. Temur va temuriylar o’z saltanatida masjid, madrasa, saroylar

bunyod ettirish bilan bir qatorda musulmonlar uchun muqaddas qadamjolarni
obodonlashtirish ishlariga ham katta e’tibor qaratishgan.

Shunday muqaddas joylardan diqqatga sazavori, qadimiyrog’i bu Shoxi-Zinda

maqbarasi va uning atrofida qurilgan yodgorliklar majmuasidir. Samarqanddagi aziz
insonlar dafn etilgan Shohi Zinda-“Tirik shox,” maqbaralar majmuasi shaxarning
janubiy qismida joylashgan bo’lib, musulmonlarning muqaddas ziyoratgoxlaridan
biridir. [15:30]

Shohi Zinda nomi Muhammad (sav) payg‘ambarning amakivachchalari Qusam

ibn Abbos nomi bilan bog‘liq. Qusam ibn Abbosning Samarqandda shahid bo’lganligi
Abu Toxirxo’janing “Samariya” asarida aytib o’tilgan bo’lib, unga ko’ra Qusam ibn
Abbos Xuroson hokimi etib tayinlangan Sa’id bin Usmon bilan Movorounnahrga keldi.
Said bin Usmon harakatlari bilan Samarqand aholisi musulmon qilindi. Hijriy 56
yildagi jangda Qusam xalok bo’lganligi, Banu Nojiya qabristonida g’or yonida
ko’milganligi ta’kidlangan [2:29].

Turkiston tashrif buyurgan S. Gramenskiy va V. Oshaninlar Shohizinda

maqbarasi haqida shunga o’xshash ma’lumot qoldirishgan. Ular mahalliy aholi
tomonidan aytilgan rivoyatlarga tayanib, Qusam ibn abbos hozirgacha tirik, maqbara
ichida yashaydi, shu sababdan Amir Temur bu tabarruk zot uchun qurdirgan maqbarasi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

40

“Shohizinda” ya’ni “Tirik shoh” deya nomlangan, deya esdaliklarida qayd etishgan
[5:1016].

Tarix va afsona ana shu tariqa bir-bir bilan uyg‘unlashib ketgan.
Amir Temur hokimiyatga kelgach Shohizinda majmuasi me’morchiligida ham

katta o‘zgarishlar bo’ldi. Amir Temur bu yerdagi ko‘pgina, xarobaga aylangan
inshootlarning o‘rniga yangisini qurdi, ko‘plarini qayta ta’mirladi, Qusam ibn Abbos
qabri ustiga hashamatli qabrtosh o‘rnattirdi. Shuningdek, sohibqironning buyrug‘i bilan
bu yerda yangi masjid ham barpo qilindi. Shohizinda me’morchilik majmuasi turli
davrlarda xukmdorlar hukmdorlar va amaldorlar tomonidan barpo qilingan maqbaralar,
masjid va madrasalardan iborat murakkab yodgorlik ekanligini ta’kidlab o’tish joizdir.

Arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko’ra Qusam ibn Abbos maqbarasi XI asrda

qurilgan. XI-XII asrlarda uning yaqinida Tamgʻachxon madrasasi va yana ikkita
maqbara bunyod etilgan. XIII asrda bu binolar mo'g'ullar tomonidan vayron qilingan,
ammo ilohiy bo’lgan asosiy ziyoratgohni buzishga qo’rqishadi. 1331 yilda ziyorathona
qayta tiklandi. 1360-yilda uning yonida bir nechta maqbaralar qurilgan. Ammo Shoxi-
Zinda majmuasining asosiy bunyodkorlik ishlari Amir Temur davrida amalga
oshirilgan. XIV asrning 70-80 yillarida asosiy ziyoratgohdan pastga qadimiy
Afrosiyobning qal’a devorlarigacha cho’zilgan yo’lak bo’ylab maqbaralar quriladi.
Ularning hammasi bir honali, peshtoqli gumbazli ko’rinishga ega bo’lgan [6:72].

Amir Temurning oila a’zolari, saroy ayonlari Hazrati Qusam ibn Abbos

maqbarasi yaqinida ko’milishni sharaf bilishib, o’zlariga naqshinkor, takrorlanmas
obida-maqbaralar qurdirishdi. Bu obidalarni chet eldan-Erondan, Hindistondan,
Shomdan kelgan ustalar hamda mahalliy me’morlar hamkorligida qurishadi va
ta’mirlashadi. Amir Temurdan so’ng uning ishlarini nabirasi Ulug’bek mirzo davom
ettiradi [9:35-36].

Shoxi Zinda majmuasi xalq orasida shunchalik mashhur va ilohiy qadamjo

bo’lganki, 1901 yil iyul oyida bu majmuaning koshinlari ko’chirib olinishi to’g’risida
Rossiya imperatorlik arxeologiya komissiyasi xulosasi bo’lishiga qaramasdan,
mahalliy xalqning g’azabidan qo’rqib Samarqand harbiy gubernatori bu ishni
qilmaslikni imperatordan iltimos qilib xat jo’natadi [20:1-6].

Temur davrida mashxur Ruxobod maqbarasi hamda Temuriylar sulolasiga ta’luqli

bo’lgan Go’ri Amir maqbarasi qurilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

41

Bir-biri yaqin masofada joylashgan bu maqbaralar bir o'qda joylashgan bo'lib,

gumbazlari Samarqandning yam-yashil daraxtlari ustidan ko’rinib turadi.

Ko’rinishidan oddiy, ammo ulug’vor bu obidani Amir Temur XIV asrning 80-

yillarida bunyod qildirgan. Ushbu maqbara to’rtburchak asosga ega bo’lib uning ustiga
sakkiz qirrali yana bir qavat bino qilingan, uning ustida esa gumbaz barpo
qilingandir. Ushbu yodgorlikning Ruhobod deb nomlanishini sababi, rivoyatlarga
ko’ra maqbaraning gumbazi qurilayotgan paytda unga payg’ambarimiz
Muhammad(sav)ning muborak sochlaridan bir necha tolasi mis idishga solinib
qo’yilgan. Shu sababli ushbu obida “Ruxobod”, deb atala boshlangan. Manbalarga
ko’ra, ushbu maqbaraning yonidagi masjid qadimda xalq orasida “Muyi muborak”
deb nomlangan [15:106]. Ruxobod maqbarasiga Samarqandda yashagan ulug’
zotlardan biri, tasavvufning ko’zga ko’ringan namoyandasi shayx Burxoniddin
Sog’arjiy, u zotning o’gillari va avlodlari, dafn etilgan. Shayx Nuriddin Basirning
izdoshi Burhoniddin Sog’arji 80-yillarda vafot etgan. Temur Shayx qabri ustiga
maqbara qurishni buyuradi. Ruxobod - g'ishtdan qurilgan, kub, sharsimon bir gumbazli
bino bo'lib, markazlashtirilgan tarkibga ega. Asosiy arkasimon fasad o'yilgan, sirlangan
terakota plitalari bilan qoplangan [3:48].

1907 yil oktabr oyida bo’lgan zilzila natijasida maqbarada mavjud yoriqlar

ko’payib, shuvoqlari to’kilib tushgan [21:51].

Go‘ri Amir maqbarasi jahonga mashhur va O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob

asari sifatida e’tirof etiladi.

Maqbara qurilishi 1403 yilda boshlangan, Mirzo Ulug‘bek davrida tugallangan

bo’lib Amir Temur va temuriylar xilxonasiga aylantirilgan.

Mirzo Ulug’bek Samarqand taxtiga kelgach mamlakatda madaniyat va qurilish

ishlarini rivojlantirib yuboradi. Mirzo Ulug'bek buyuk bobosiga hurmat yuzasidan
mavjud sakkiz qirralik maqbarani temuriylar avlodlari dafn qilinadigan maqbaraga
aylantiradi. Maqbara bitgach, Amir Temurning ma’naviy ustozi Mir Sayid
Barakaning jasadi shu maqbaraga ko’chiriladi va Sohibqironning bosh tomoniga
dafn etiladi. Maqbaraga Mironshoh Mirzo, Shoxruh Mirzo, Shayx Sayyid Umar,
Mirzo Ulug’bek va Ulug'bekning go’dakligida vafot etgan ikki farzandi - Abdulloh
va Abdurahmonlar ham dafn qilingan. Ulug'bek tomonidan binoning ichi yangidan
bezatildi, maqbara sahdiga dahmalar qo'yilib, atrofi nafis marmar toshdan panjara bilan
o’raldi. Maqbaraga 1424 yildan boshlab uning sharq tomoniga taqab qurilgan ko'p


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

42

gumbazli galereya orqali kiriladi. Maqbaraning g'arb va janub tomonlari yondosh
qilib qurila boshlagan, lekin bitmay qolgan ulkan imoratlarning tiklanishi Mirzo
Ulug'bek hukmronligining so’nggi yillariga tuo’g’ri kelishi taxmin qilinadi [15:26].

XVIII asrda eron shoxi Nodirshox Buxoro va Xiva xonlari ustidan g’alaba

qozongach, Go’ri Amir maqbarasidagi nefrit qabrtosh va Bibixonim masjididagi quyma
darvozalarni olib ketishni maqsad qiladi. Maqbaradagi qabrtoshni olish vaqtida uni to’rt
bo’lakga bo’ladi. Ammo bu buyumlarni olib ketmasdan, Temur haqiga fotiha o’qib,
ularni o’z joyiga qaytarishni buyuradi [13:29].

1880 yilda V.Radlov tomonidan “Srednayaya Zeravshanskaya dolina” nomli

maqolasida ham maqbara to’g’risida qimmatli ma’lumotlar uchraydi [4:80].

XX asr boshlariga kelib maqbaraning axvoli ancha xarob axvolga kelib qoladi.

Jumladan 1903 yil 14-iyunda nashr etilgan “Asxabat” gazetasida maqbaraning
minorasi qulab tushganligi haqida habar nashr etilgan [18]. Bu xabarni aniqlash, va
talofotlarni bartaraf etish uchun Samarqand harbiy gubernatori tomonidan ishchi guruh
tuziladi [21:13-14].

Maqbarani tiklash va ta’mirlash uchun mustaqil O’zbekiston hukumati tomonidan

katta mablag’ ajratilib, 1994-1996 yillarda katta hajmdagi ishlar olib borildi.

Samarqand yodgorliklari orasida ko‘pchilik tarixchi va arxeologlarni o‘ziga jalb

qilgan, qurilishi ko‘plab rivoyat va afsonalarga sababchi bo‘lgan, o‘zining ulug‘vorligi
bilan ajralib turuvchi yodgorlik bu Bibixonim masjididir.

Bibixonim masjidining qurilishi to‘g‘risida o‘sha davr tarixchilari anchagina

ma’lumot qoldirishgan. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”sida Amir Temurni
islom dini himoyachisi sifatida tasvirlab, “Allohga sajda qilinadigan yerlarni Allohga
va oxiratga ishonadigan kishilar qurishi lozimligini, payg‘ambarimiz Muhammad
(s.a.v) kimda kim Alloh yo‘liga masjid qursa, Alloh uning uchun jannatda bir uy
quradi” degan so‘zlarini asoslab, “Amir Sohibqiron hazrat kofirlari munkirlarni
yo‘qotishdan va buzuqchilarga qarshi jihoddan forig‘ bo‘lib, humoyun uzangilar u
diyorlardan Samarqand tomon ravona bo‘lgach, dorulmulk Samarqandda bir jome’
masjidi qurib, bu xayrli ish bilan qudrat egasiga yaqinlikga erishish niyatini
qat’iylashtirdi” [12:276].

Nizomiddin Shomiyning zamondoshi ibn Arabshox ham o‘z asarida Bibixonim

masjidi qurilishi haqida ma’lumot berib, Amir Temur Hindiston yurishida juda chiroyli,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

43

oq marmardan ishlov berilgan jome’ ko‘rganligi, bu jome’ Amirga yoqib qolganligidan
Samarqandda shunday jome’ qurishni niyat qilganligini qayd ettirgan [8:314].

1403 yilda Temurbek xuzuriga kelgan Kastiliya va Leon elchisi Rui Gonsales de

Klavixo, Bibixonim masjidi borasida, Kan’o Bibixonimning volidasi sha’niga
quriladigan masjid shaxardagi eng muhim bino bo‘lishi lozimligini, podshox ishdan
norozi bo‘lib, devorlarni qaytadan qurishni buyurganligini, ishni tezlashtirish uchun
qurilishning bir qismini shaxsan o‘zi nazoratga olganligini o‘z esdaliklariga muhrlagan
[14:194].

Abu Toxirxo‘janing “Samariya” asarida ham bu jome’ to‘g‘risida ma’lumotlar

uchraydi. Hususan, bu masjid shaharning shimol tomonida Dari ohanin darvozasi
yaqinida joylashganligi, Amir Temurning Hindistondan olingan o‘ljalarni to‘qson bir
filga yuklab olib keltirgani, xijriy 801 yilda masjid qurilishi boshlanganligi bayon
qilingan [1:24].

O‘rta Osiyo ruslar tomonidan bosib olingach, nafaqat bu hududning moddiy

boyliklari, balkim madaniy va ma’naviy boyliklari ham imperiyada qiziqish uyg‘otdi.
Bunga quyida keltiriladigan bir qancha manbalarni misol qilishimiz mumkin.

I.Geyerning 1909-yilda nashrdan chiqgan “Turkestan” asrarida Samarqand

tarixiy obidalari haqida ma’lumot berilib, Bibixonim masjidiga ham to‘xtalib o‘tadi.
Geyer Bibixonim masjidi haqida yozar ekan bir vaqtlar bu inshoot uzunligi 44, eni 35
metr bo‘lgan, to‘liq marmar bilan qoplangan ulkan hovli bilan o‘ralganligini aytib
o‘tgan. Geyer masjid qurilishini yoritar ekan sharq mualliflari Sharafiddin Ali Yazdiy,
Abu Tohirxojalarning asarlariga ham murojaat qiladi. Ali Yazdiy va Tohirxo‘jalarning
yozishicha, masjid qurilishida Hindiston, Fors va Azarbayjondan keltirilgan 200 nafar
ustalar ishlagan, 500 nafar ishchi tog'lardan toshlarni qazib olib, yo’nib, naqsh solib,
fillar yordamida qurilish joyiga yetkazishgan. Qurilishni nazorat qilish shahzodalar
zimmasiga yuklatiladi, Temurning o'zi ham qulay fursat tug’ilganda shaxsan o’zi
qurilishga borib turgan, uning bu tashriflari qurilish jarayonini tezlashtirgan [7:247].

Ya.P.Sankulskiy-“Putivoditel

po Samarkandu s opisaniyem drevnix

pamyatnikov” nomli risolasida yodgorlikni quyidagicha ta’riflaydi. –“Bibixonim
masjidi Temur tomonidan suyukli rafiqasi, Qozon-Sultonxonning qizi, amir Musoning
singlisi, xalq orasida “Mexribon” taxallusini olgan Saroy Mulk Xonim uchun 801 yilda
(1399) qurdirilgan… Garchi xaroba holatda bo'lsa-da, masjid binosi Samarqanddagi
qadimiy me'morchilikning eng yaxshi namunasidir. Bino Yog'och panjara bilan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

44

o'ralgan, panjaraning janubiy tomon oxirida masjidning asosiy binosi; shimoliy
tomonda, masjidga ro‘para asosiy peshtoq joylashgan” [16:35].

Binoning devorlari mustahkam g'ishtdan maxsus sement bilan terilgan.

Devorning 2 arshga yaqin pastki qismi kulrang marmar bilan qoplangan. Masjidning
tepa qismida hamma joyi moviy rang sirlangan koshinlar bilan qoplangan ulug‘vor
gumbaz turibdi. Masjidning ichi gips bilan suvalgan bo‘lib, suvoq go‘zal va murakkab
naqshlar bilan o‘yib bezatilgan.

Masjid hovlisida ulkan, uzunligi 31 arshshin bo‘lgan, qavariq naqsh va arab

yozuvlari bilan bezatilgan kulrang marmardan ishlangan lavx joylashgan.

1873-yilda Turkistonga sayohat qilgan amerikalik olim, diplomat va sayyoh

Yujin Skayler Bibihonim masjidi ichida yirik marmar kitob qo‘yishgan mo‘ljallangan
lavh borligini, uni to‘qqizta qalin pastak ustunlar ushlab turishi va qadimdan unga yirik
Kur’onni qo‘yishganligi haqida ma’lumot berar ekan, musulmonlar ushbu
moslamaning ostida barcha yo‘l-yo‘riqqa amal qilib yonboshlasa, umurtqa kasalligini
davolashi mumkin deb ishonishganligini ham ta’kidlab o‘tadi [17:190-191].

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Amir Temur hokimiyatga

kelganidan keyin Samarqand va uning atrofidagi hududlarni obodonlashtirishga katta
e’tibor qaratadi. O’zi zabt etgan diyorlardan eng yaxshi ustalar, me’morlar va
quruvchilarni Samarqanddagi mashhur obidalarni bunyod etishga jalb qiladi.
Samarqanddan boshqa hududlarda ham Amir Temur va temuriylar tomonidan ko’plab
inshootlar qurdirilgan, ulardan Turkistondagi Ahmad Yassaviy, Toshkentdagi Zangi
ota, Shaxrisabzda Shamsiddin Kulol va boshqa inshootlarni misol keltirsak bo’ladi.

Vaqtlar o‘tishi bilan bu yodgorliklar tabiiy ofatlar va turli shaxslar tomonidan

vayronaga aylantirilgan. Manbalarda temuriylardan keyin kelgan qilgan hukmdorlar
hamda rus imperiyasi tomonidan bu yodgorliklarni saqlab qolish, qayta tiklash uchun
turli tadbirlar olib borilganligi aytiladi.

O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin bu holat ijobiy tomonga

o‘zgaradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yildagi “Amir
Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash» haqidagi qaroriga binoan bu me’moriy
yodgorliklarda ta’mirlash ishlari olib borilgan [19].

Asrlar o‘tgan bo‘lsada Amir Temur va uning avlodlari bunyod etgan obidalar o‘z

mahobati va go‘zalligi bilan jahon me’morchiligining asl durdonalaridan bo‘lib
turishibdi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

45

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абу Тохирхўжа Самарқандий. Самария. Тошкент. 1969 й.

2.

Abu Tohirxo’ja. Samariya. Toshkent. Kamalak. 1991 y. 29-b

3.

Axmedov B.A., Mukminova R.G., Pugachenkov G.A. Amir Temur tarixi.

- Toshkent: Fan, 1999.- b. 48.

4.

Ахмадуллин В. А. Деятельность советского государства и

духовных управлений мусульман по организatsiи паломничества (1944—1965
гг.): анализ исторического опыта и значение для современности. — М.:
Исламская книга, 2016. — С. 80.

5.

Бартольд В.В. История Туркестана (конспект лекций). М.:

Восточная литература, 1964. 1016 с.

6.

Булатовой В.А., Шишкиной Г.В. Самарканд музей под открытым

небом. Ташкент, 1986.- с. 72.

7.

Гейер И.И. Туркестан. Ташкент. 1909.

8.

Ибн Арабшох. Ажоиб ал-мақдур фи тарихи Таймур. 1-китоб.

Тошкент. “Меҳнат”. 1992 й.

9.

K.Kattayev...Shoxi Zinda(risola).Toshkent. Fan. 2006. 35-36 b

10.

Khasanova, F. (2023). History of The Formation of Baihua. Spast

Abstracts, 2(02).

11.

K.Kattayev, Q.Mamaraimov.Go’ri Amir maqbarasi va qabrtoshlar tarixi.

Samarqand 2007. 27-28 b

12.

Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в

Туркестане. Т., 1985

13.

Низомиддин Шомий. Зафарнома. Тошкент. “Ўзбекистон”. 1996 й.

14.

Pugachenkova G.A. Samarqand va Buxoroning qadimiy yodgorliklariga

ko'ra. Moskva, 1968.- s. 49

15.

Руи Гонсалес де Клавихо. Самарқандга-Амир Темур саройига

сайёҳат кундалиги. Тошкент. “Ўзбекистон” 2010 й

16.

Samarqand yodgorliklari. Sh. Qulmatov, A. Berdimurodov.-

Samarqand: Imom Buxoriy halqaro markazi, 2017. 26-bet

17.

Санкулский Я.П. Путиводител по Самарканду с описанием древних

памятников. 1916 й


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

46

18.

Южин Скайлер.Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва

Гулжага саёҳат қайдлари. Тошкент, “Ўзбекистон” 2019 й.

19.

“Asxabat” gazetasi 1903 y. 14-iyun, № 165

20.

lex.uz/docs/2329020

21.

O’z.R.M.A. Fond I-1, opis-11, 1902 – ish. 1-6 varaq.

22.

O’z.R.M.A. Fond I-1, opis-13, 374 – ish. 51 varaq.

23.

O‘zbekiston Milliy arxivi. Fond I-71 opis-1 delo-10

24.

O‘zbekiston Milliy arxivi. Fond I-1 opis-11 delo-817.

References

Абу Тохирхўжа Самарқандий. Самария. Тошкент. 1969 й.

Abu Tohirxo’ja. Samariya. Toshkent. Kamalak. 1991 y. 29-b

Axmedov B.A., Mukminova R.G., Pugachenkov G.A. Amir Temur tarixi. - Toshkent: Fan, 1999.- b. 48.

Ахмадуллин В. А. Деятельность советского государства и духовных управлений мусульман по организatsiи паломничества (1944—1965 гг.): анализ исторического опыта и значение для современности. — М.: Исламская книга, 2016. — С. 80.

Бартольд В.В. История Туркестана (конспект лекций). М.: Восточная литература, 1964. 1016 с.

Булатовой В.А., Шишкиной Г.В. Самарканд музей под открытым небом. Ташкент, 1986.- с. 72.

Гейер И.И. Туркестан. Ташкент. 1909.

Ибн Арабшох. Ажоиб ал-мақдур фи тарихи Таймур. 1-китоб. Тошкент. “Меҳнат”. 1992 й.

K.Kattayev...Shoxi Zinda(risola).Toshkent. Fan. 2006. 35-36 b

Khasanova, F. (2023). History of The Formation of Baihua. Spast Abstracts, 2(02).

K.Kattayev, Q.Mamaraimov.Go’ri Amir maqbarasi va qabrtoshlar tarixi. Samarqand 2007. 27-28 b

Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Т., 1985

Низомиддин Шомий. Зафарнома. Тошкент. “Ўзбекистон”. 1996 й.

Pugachenkova G.A. Samarqand va Buxoroning qadimiy yodgorliklariga ko'ra. Moskva, 1968.- s. 49

Руи Гонсалес де Клавихо. Самарқандга-Амир Темур саройига сайёҳат кундалиги. Тошкент. “Ўзбекистон” 2010 й

Samarqand yodgorliklari. Sh. Qulmatov, A. Berdimurodov.-Samarqand: Imom Buxoriy halqaro markazi, 2017. 26-bet

Санкулский Я.П. Путиводител по Самарканду с описанием древних памятников. 1916 й

Южин Скайлер.Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва Гулжага саёҳат қайдлари. Тошкент, “Ўзбекистон” 2019 й.

“Asxabat” gazetasi 1903 y. 14-iyun, № 165

lex.uz/docs/2329020

O’z.R.M.A. Fond I-1, opis-11, 1902 – ish. 1-6 varaq.

O’z.R.M.A. Fond I-1, opis-13, 374 – ish. 51 varaq.

O‘zbekiston Milliy arxivi. Fond I-71 opis-1 delo-10

O‘zbekiston Milliy arxivi. Fond I-1 opis-11 delo-817.