TUT IPAK QURTI PILLALARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH QURILMASINING ISHONCHLILIGI

Annotasiya

Ushbu maqolada tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini jumladan, pillalarning ipakchanligi, yetilganligi, qobig‘ining qattiqligi va massasini aniqlash qurilmasining ishonchliligi aniqlandi.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mirsaatov , R., & Xudoyberganov , S. (2024). TUT IPAK QURTI PILLALARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH QURILMASINING ISHONCHLILIGI. Universal Science Research Jurnali, 2(9), 155–159. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/58867
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini jumladan, pillalarning ipakchanligi, yetilganligi, qobig‘ining qattiqligi va massasini aniqlash qurilmasining ishonchliligi aniqlandi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

155

UO‘T: 638.271.135

TUT IPAK QURTI PILLALARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI

ANIQLASH QURILMASINING ISHONCHLILIGI

Mirsaatov R.M., t.f.d., professor,

Xudoyberganov S.B., PhD.

Toshkent davlat transport universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini

jumladan, pillalarning ipakchanligi, yetilganligi, qobig‘ining qattiqligi va massasini
aniqlash qurilmasining ishonchliligi aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

tut ipak qurti, ipakchanlik, yetilganlik, eksponensial qonun,

ishonchlilik, ishdan chiqish intensivligi.

Аннотация.

В данной статье определена надежность устройства для

определения качественных параметров коконов тутового шелкопряда, в том
числе шелконосность, зрелост, жесткость и массы.

Ключевые слова:

тутовый шелкопряд, шелконосность, зрелость,

экспоненциального закона, надежность, интенсивность отказов.

Abstract.

This article determines the reliability of the device for determining the

quality parameters of silkworm cocoons, including silkiness, maturity, hardness and
weight.

Keywords:

silkworm, silkiness, maturity, exponential law, reliability, failure

rate.

Kirish.

Yetishtirilayotgan

pillalar

hosildorligini

oshirish

va

sifat

ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda yetilmagan va nuqsonli pillalar ulushini
kamaytirish orqali xalq xo‘jaligiga keltiriladigan iqtisodiy samarani yanada oshirish
bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada “O‘zbekiston-2030”
strategiyasida, jumladan, “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini
ta’minlash (YaIM, byudjet, sanoat, investitsiya, bank, “yashil iqtisodiyot”, energetika,
transport, qishloq xo‘jaligi, eksport, monopoliyalar, IT, turizm, xizmatlar, infratuzilma,
uy-joy masalalari)” vazifalari belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash qurilmalarini ishlab
chiqish muhim o‘rin tutadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

156

Topshirilayotgan partiyalarda turli navdagi pillalarning sifat ko‘rsatkichlarini,

jumladan ipakchanligini, yetilganligini va pillalarning solishtirma hajmini pilla
qobig‘ining qattiqligi asosida yuqoriroq aniqlikda hisoblash imkonini beruvchi
takomillashtirilgan qurilmaning ishdan chiqmasdan ishlashini aniqlash zarur
hisoblanadi. Shu boisdan tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash
qurilmasining ishonchliligini hisoblash natijasida ishonchlilik ko‘rsatkichlarining
miqdoriy qiymatlari aniqlanadi.

Tadqiqot materiallari va uslubi.

Tut ipak qurti pillalarining sifat

ko‘rsatkichlarini aniqlash qurilmasini loyihalashda, uning ishonchliligini tadqiq etish
zaruriy chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ya’ni, har qanday yangi qurilmani
loyihalashda, uning ishonchliligini baholash ushbu qurilma uchun sarf – xarajatlarning
kelgusida foyda berish yoki bermasligiga javob beradigan asosiy ko‘rsatgich
hisoblanadi.

Qurilma ishonchliligini baholashda ishonchlilik nazariyasida 2 asosiy

ko‘rsatkich, ya’ni qurilmaning ishdan chiqishi va qurilmaning ishlash davomiyligi bilan
baholanadi.

Ishdan chiqish deb, biror bir elementning yoki qurilmaning to‘liq yoki qisman

ishdan chiqishi sababli texnik tavsifining o‘rnatilgan chegaradan og‘ishiga aytiladi.

Ishlash davomiyligi esa biror bir elementning ma’lum vaqt davomida texnik

tavsifini ko‘rsatilgan chegarada saqlash imkoniyati bo‘lib, u soatlar bilan o‘lchanadigan
ko‘rsatgichdir.

Tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash qurilmasi tizimning

mikroelektronika qurilmalarining ishdan chiqishlar soni taxminan quyidagicha
taqsimlanadi: loyihalashda ro‘y beradigan xatolik sababli 40-50%, ishlab chiqarishdagi
xatoliklar sababli 30-40%, foydalanuvchining noto‘g‘ri harakatlari tufayli ro‘y
beradigan ishdan chiqishlar 20-30% ni tashkil etadi. Bundan tashqari ishdan
chiqishlarning har xil sabablari 75-80% gacha bo‘lgan qismi, elementlarning ishdan
chiqishi tufayli ro‘y beradi [2-4].

Tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash qurilmasi tizimlari

elementlarining ishdan chiqmasdan ishlash ehtimolligi quyidagicha hisoblanadi (1-
rasm).

𝑃(𝑡) = ∫ 𝜔(𝑡) ∙ 𝑑𝑡

𝑡

,

(1)


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

157

bunda

t

– elementning ishdan chiqmasdan ishlash vaqti (soat),

t – ishdan

chiqish ro‘y bergunga qadar vaqt taqsimoti zichligi funksiyasi.

P(t) – t vaqt ichida ishdan chiqmasdan
ishlash ehtimolligi

q(t) – t vaqt ichida ishdan chiqish
ehtimolligi

w(t)

0

t

0

t

q(t)

P(t)

1-rasm. P(t) va q(t) larning ehtimolligini aniqlash:

Ishdan chiqish vaqtigacha bo‘lgan vaqt taqsimoti eksponensial qonun bilan

o‘zgarishini inobatga olsak u holda (1) ifodani quyidagicha yozish mumkin:

𝑃(𝑡) = 𝑒

−𝜆∙𝑡

,

(2)

bunda

– elementning ishdan chiqish intensivligi (1/soat).

Natijalar.

Tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash qurilmasini

ishlab chiqish va joriy etish muhim vazifa hisoblanishini inobatga olsak, u holda texnik
vositalarning ishonchlilik xarakteristikasiga bo‘lgan talablar yanada ortadi va o‘lchash
texnik vositalarining ishonchlilik xarakteristikasini tadqiq etishni yanada dolzarb
masalaga aylantirmoqda.

Tut ipak qurti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash qurilmasi har bir

elementining ishdan chiqish intensivligini

(

i

)

bilgan holda, konstruksiyaning

ishonchliligi haqida xulosa qilish mumkin. Bunda butun konstruksiyaning umumiy
ishdan chiqish intensivligi, undagi har bir elementning ishdan chiqish
intensivliklarining yig‘indisiga teng [5].

𝜆

𝑖

= 𝜆

0

𝐾

𝑖

𝑚

𝑖=0

,

(3)

bunda m – ishdan chiqmasdan ishlashga ta’sir qiluvchi elementlar soni;
K

i

– tuzatish koeffitsiyenti.

(3) ifodadagi ishdan chiqish intensivligi yig‘indilarini hisoblab, ishlab chiqilgan

qurilmaning 5000 soat ishlash davomidagi elementlar ishonchliligini aniqlash mumkin.

𝜆

𝑖

= ∑ 𝜆 = 12,73 ∙ 10

−6

[ 1/𝑠𝑜𝑎𝑡]

(4)


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

158

2-rasm. Elementlarning ishdan chiqmasdan ishlash ehtimolligi grafigi

2-rasmda keltirilgan grafikdan ma’lumki, ishlab chiqilgan qurilmaning 5000 soat

ishlash davomida elementlarning ishdan chiqmasdan ishlash ehtimolligi quyidagicha:

𝑃(5000) = 𝑒

−𝜆

𝑖

∗𝑡

= 𝑒

−12,73∙10

−6

∙5000

= 0,94.

(5)

Pilla mavsumi davrida qurilma agregatlari ishlaganda (5000 soat ekspluatatsiya

qilinganda) quyidagi (5) ifodadan har 100 tadan 6 ta ishdan chiqish ehtimolligi mavjud
ekanligini ko‘rish mumkin.

Xulosa.

Pilla mavsumi davrida qurilma agregatlari 5000 soat ekspluatatsiya

qilinganda, qurilma agregatlarining 6% ishdan chiqish ehtimolligi aniqlandi.
Eksperimental tadqiqotlardan ma’lumki, qurilmaning ishonchliligiga eng katta ta’sir
o‘tkazuvchi faktorlar, bu pillalarning yetilmaganligi, namligi va nuqsonligidir.
O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishidan ma’lumki, ishlab chiqilgan tut ipak qurti
pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash qurilmasi tizimining ishonchliligini
orttirish uchun, pillalar nuqsonligi bo‘lmasligi va namlik konditsion namlikka
keltirilgan bo‘lishi kerak.

ADABIYOTLAR

1.

Burkhanov, S.D. Relationship of parameters that characterize the quality

of live cocoons / Burkhanov, S.D., Mirsaatov, R.M., Khudoyberganov, S.B., Kadyrov,
B.H.
// IOP Conference Series: Earth and Environmental Sciencethis link is disabled,
2021, 677(4), 042032.

2.

Ravshanbek Mirsaatov and Sardorbek Khudoyberganov, "Development of

a non-destructive method determination of the maturity of Mulberry cocoons", AIP
Conference Proceedings 2432, 040018 (2022) https://doi.org/10.1063/5.0089646

0,60

0,65

0,70

0,75

0,80

0,85

0,90

0,95

1,00

1,05

0

5000

10000

15000

20000

25000

30000

Is

h

da

v

o

m

ida

to

'x

to

v

si

z

is

h

la

sh

eh

ti

m

o

ll

ig

i,

P

(t)

Qurilmaning ishlash vaqti, soat


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9

159

3.

R. Mirsaatov, S. Khudoyberganov, A. Akhmedov; Uncertainty estimation

in determination of Cocoons silkiness by thickness of their shell.

AIP Conf. Proc.

15

March 2023; 2612 (1): 050010.

https://doi.org/10.1063/5.0114683

4.

Mirsaatov Ravshanbek Muminovich, Khudoyberganov Sardorbek

Bakhodirovich Method for determining the silkiness of cocoons without cutting them
// European science. 2020. №7 (56).

5.

Mirsaatov R.M., Khudoyberganov S.B., Yurkevich N.P. Development of

a method for determining silkiness by the length of cocoons without cutting them //
Sciences of Europe. 2021. №75-1.

6.

Mirsaatov Ravshanbek Muminovich, Khudoyberganov Sardorbek

Baxodirovich. Method of determining maturity of mulberry silkworm cocoons //
International Journal of Advanced Research in Education, Technology and
Management, Vol.2, Issue 6, 2023. –pp.172-181.

7.

Бурханов Шавкат Джалилович, Мирсаатов Равшанбек Муминович,

Кадыров Бахтиёр Халилович, Худойберганов Сардорбек Баходирович. Способ и
устройство для определения шелконосности шелковичных коконов без их
взрезки // Universum: технические науки. 2021. №2-1 (83). (02.00.00; №1).

8.

Мирсаатов Р.М., Худойберганов С.Б. Способ определения

шелконосности коконов тутового шелкопряда. Ихтирога патент // Ўзбекистон
Республикаси Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк маркази. № IAP
07547, 22.11.2023 й.

9.

Худойберганов Сардорбек Баходирович, Мирсаатов Равшанбек

Муминович, Джумабаев Дилмурад Кутлимуратович. Оценка неопределенности
результатов экспериментальных исследований при определении параметров
шелковичных коконов // Universum: технические науки. 2022. №4-3 (97).
(02.00.00; №1).

10.

Боровиков С.М. Расчёт показателей надёжности радиоэлектронных

средств: учеб.-мет.пособие / С.М.Боровиков, И.Н.Цырельчук, Ф.Д.Троян. –
Минск: БГУИР, 2010. – 68с.

Bibliografik manbalar

Burkhanov, S.D. Relationship of parameters that characterize the quality of live cocoons / Burkhanov, S.D., Mirsaatov, R.M., Khudoyberganov, S.B., Kadyrov, B.H. // IOP Conference Series: Earth and Environmental Sciencethis link is disabled, 2021, 677(4), 042032.

Ravshanbek Mirsaatov and Sardorbek Khudoyberganov, "Development of a non-destructive method determination of the maturity of Mulberry cocoons", AIP Conference Proceedings 2432, 040018 (2022) https://doi.org/10.1063/5.0089646

R. Mirsaatov, S. Khudoyberganov, A. Akhmedov; Uncertainty estimation in determination of Cocoons silkiness by thickness of their shell. AIP Conf. Proc.15 March 2023; 2612 (1): 050010. https://doi.org/10.1063/5.0114683

Mirsaatov Ravshanbek Muminovich, Khudoyberganov Sardorbek Bakhodirovich Method for determining the silkiness of cocoons without cutting them // European science. 2020. №7 (56).

Mirsaatov R.M., Khudoyberganov S.B., Yurkevich N.P. Development of a method for determining silkiness by the length of cocoons without cutting them // Sciences of Europe. 2021. №75-1.

Mirsaatov Ravshanbek Muminovich, Khudoyberganov Sardorbek Baxodirovich. Method of determining maturity of mulberry silkworm cocoons // International Journal of Advanced Research in Education, Technology and Management, Vol.2, Issue 6, 2023. –pp.172-181.

Бурханов Шавкат Джалилович, Мирсаатов Равшанбек Муминович, Кадыров Бахтиёр Халилович, Худойберганов Сардорбек Баходирович. Способ и устройство для определения шелконосности шелковичных коконов без их взрезки // Universum: технические науки. 2021. №2-1 (83). (02.00.00; №1).

Мирсаатов Р.М., Худойберганов С.Б. Способ определения шелконосности коконов тутового шелкопряда. Ихтирога патент // Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк маркази. № IAP 07547, 22.11.2023 й.

Худойберганов Сардорбек Баходирович, Мирсаатов Равшанбек Муминович, Джумабаев Дилмурад Кутлимуратович. Оценка неопределенности результатов экспериментальных исследований при определении параметров шелковичных коконов // Universum: технические науки. 2022. №4-3 (97). (02.00.00; №1).

Боровиков С.М. Расчёт показателей надёжности радиоэлектронных средств: учеб.-мет.пособие / С.М.Боровиков, И.Н.Цырельчук, Ф.Д.Троян. – Минск: БГУИР, 2010. – 68с.