ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
195
SHOLI POYASIDAN QIMMATLI MONOSAXARIDLAR OLISH
TEXNOLOGIYASI.
Urozov M. K., Aliqulova D. A.,Abdullayeva M. J., Xoliyorova U.J.
Allazov R. Y.,
Allakova M. E.
Annotatsiya: Mazkur ishda
s
anoat uchun ahamiyati kam bo‘lgan sholi
poyasidan qimmatli polisaxaridlar ajratib olish texnologiyasi keltirilgan.
Kalit so‘zlar: IS (ion suyuqligi)
,
dimetilsulfoksid karbamid, gidroliz, arabinoza,
ksiloza, glyukoza, mannoza, galaktoza, tabiiy polimer, sholi poyasi, ultratovushli
nurlanish.
Kirish.
Sholi poyasidan turli miqdordagi birikmalarni ajratib olish hisobiga
sanoatda uning o‘rnini oshirish mumkin. Ion suyuqligi yordamida qamish, payraha va
kanaf hamda boshqa o‘simliklar poyasidan birikmalarni ajratib olish imkoniyati
mavjudligi aniqlangan. Sholi poyasi tarkibidagi sellyulozaning erish jarayoni
molekular vodorod bog‘larini buzilishi bilan boradi. Lignin sellyuyulozali xom
ashyosiga IS (ion suyuqligi) sharoitida ishlov berish ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib,
sanoat miqyosida qo‘llash istiqbolli ahamiyatga ega. Buni amalga oshirish uchun IS
sifatida dimetilsulfoksid karbamid qo‘llanildi. Dimetil sulfoksid muhim
bioparchalovchi erituvchi bo‘lib boshqa vakillariga qaraganda zararli tomoni kamroq.
Kuchli erituvchi sifatida sellyullozani fraksiyalarga ajratishda yuqori samara berishi
isbotlangan.
Tadqiqot materiallari va uslubi.
Sholi poyasi Surxondaryo viloyatining sholi
etishtiradigan dalalaridan olindi. Ion suyuqligi sifatida dimetilsulfoksid karbamid
ishlatildi. Ultratovush bilan ishlov berish haroratlar intervali 80-140°C bo‘lganida va 5
dan 20 daqiqagacha ish chastotasi 45 kGs va quvvati 10, 30 va 50 Vt bo‘lgan
ultratovushli dispergator UZDN-2T yordamida amalga oshirilgan.
Sholi poyasi ion suyuqligida 5, 10, 15 daqiqa davomida 80, 110, 140°C
haroratda 10, 30, 50 Vt ultratovushli nurlanishida uch xil sharoitda ishlov berildi. Hosil
qilingan tabiiy polimerlar triftoruksus kislota yordamida gidroliz qilindi.
Tahlil va natijalar.
Olingan natijalarga qaraganda, ultratovushdan foydalanish
mahsulot unumining ortishiga yordam beradi, hamda ishlov berish muddatini
qisqartiradi. Sholi poyasini 100 °C da 15 daqiqa davomida 10 Vt quvvatda ultratovush
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
196
bilan ishlov berilganida mahsulot chiqishi 52,6% ga erishildi, oddiy sharoitda 60 daqiqa
davomida ishlov berilganida 43,1% ni tashkil qildi.
Ultratovush quvvatning 50 Vt ga oshirilsa bilan mahsulot unimi 63,1% gacha
ko‘tariladi. Ultratovush quvvatini 50 vt ga ortishi 15 daqiqa ichida gemitsellyuloza 6 %
ga, lignin 10 % ga oshishi isbotlandi. Ultratovush bilan ishlov berishda lignin va
gemitsellyuloza o‘rtasidagi o‘zaro bog‘larlarining samarali uzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Oddiy sharoitda ya’ni ultratovushsiz sholi poyasiga ishlov berish 7 soat ko‘proq vaqt
talab qilinadi. Demak ion suyuqligida sholi poyasini eritish uchun ultratovushdan
foydalanish vaqtni 5-6 soatgacha tejash imkoniyatini beradi. Sholi poyasiga oddiy
sharoitda 100°C da 1 soat davomida ishlov berishsa, 5,9 % atrofida lignin fraktsiyaga
ajraladi, agarda 10 Vt quvvatga ega ultratovushdan foydalanilsa 15 daqiqada 10%
gacha oshadi
.
Lignin va gemitsellyulozalardan ajratish natijasida termik ishlov berishdan keyin
hamda vodorod bog‘lari to‘rining mustahkamligini zaiflashuvi hisobiga TS
fraksiyasidagi
gidrolizlanadigan
polisaxaridlarning
ulushi
ortadi.
Natijada,
polisaxaridlarning miqdorini kamayishiga qaramasdan, fraksiyaning kislotali
gidrolizidan keyin monosaxaridlarning chiqishi ko‘payadi (1-jadval).
1-jadval. TS fraksiyalarining gidrolizatlarida monosaxaridlarning miqdori
Sharoitlar,
°C/s
Tarkibi, % mass.
Jami, %
mass.
Ara
Xyl
Man
Gal
Glc
100/1
4,60
26,80
0,03
0,55
13,00
44,98
120/1
6,00
24,60
0,03
1,05
18,00
49,68
140/1
4,80
24,30
0,20
1,52
19,80
50,62
150/1
5,70
23,03
0,01
1,55
25,20
55,49
140/2
6,70
25,60
0,35
2,43
28,80
63,88
Monosaxaridlarning chiqishini oshishi sellyulozaning gidrolizi hisobiga olingan
bo‘lib, bu 100
o
C (1s) da gidrolizatlardagi glyukoza ulushini 28,9 % dan boshlab
oshirishga va 150
o
C (1s) da 45,4 % gacha ortishini ta’minlaydi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
197
1-rasm. TS gidrolizlanishida monosaxaridlarning miqdori
Texnik sellyuloza TS dan ksiloza va glyukoza monosaxaridlarining miqdori
ko’proq ajralishi 1-rasmda yaqqol namoyon bo’lgan.
Kislotali gidrolizda sellyulozaning reaksiyaga kirishish qobiliyatini o‘sishi uni
lignin va gemitsellyulozadan tozalash natijasi va termik ishlov berishda kristallsimon
sellyulozani amorf ko‘rinishiga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
120
o
C dan yuqori haroratlarda ajratilgan TS fraksiyalari tarkibida
gemitsellyulozalarning miqdorini kamayishi fraksiya gidrolizatlarining tarkibini tahlil
qilish ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi. Tadqiq qilinayotgan haroratlar intervalida
arabinoza va ksiloza ulushlari monosaxaridlarning umumiy miqdoridan 69,8 dan 51,8
% gacha kamayadi. TS fraksiyasi uchun gidrolizning eng katta chuqurligini 140 °C (2
s) da olinishi lignin miqdorining kamligi va sellyuloza tuzilishidagi qo‘shimcha
yumshoqligi sabab bo‘lishi mumkin. Fraksiyadagi polisaxaridlarning miqdori 82,1 %
(37 % a.s.m.) ni tashkil etib, kislota bilan gidrolizlanadiganlar ulushiga 78 % to‘g‘ri
keladi. Olingan gidrolizatda glyukozaning miqdori ksilozaga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Gemitsellyuloza texnik sellyulozaga qaraganda triftor sirkali kislota bilan
osonlikcha gidrolizga beriladi. 2-jadvalda keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, GS
fraksiyalarini gidrolizlashda olingan monosaxaridlarning umumiy chiqishi 73 dan 81
% ga qadar o‘zgarib, ammo shu paytning o‘zida TS fraksiyalarining gidrolizatlarida
monosaxaridlarning miqdori birlik fraksiyaning 64 % dan ko‘pini tashkil qilmaydi.
2-jadval. GS fraksiyalarining gidrolizatlari monosaxaridlarining tarkibi
0
20
40
60
80
100
120
140
Ara
Xyl
Man
Gal
Glc
Texnik sellyuloza fraksiyalarining
gidrolizatlarida monosaxaridlarning miqdori
100/1
110/1
130/1
140/1
150/2
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
198
Sharoitlar, °C/s
Tarkib, % mass.
Jami, %
mass.
Ara
Xyl
Man
Gal
Glc
100/1
6,01
66,00
0,11
1,60
4,60
78,32
120/1
5,92
64,21
0,15
1,28
6,01
77,57
140/1
6,70
56,50
0,12
2,29
7,70
73,31
150/1
7,20
53,80
0,24
2,81
11,70
75,75
140/2
6,52
66,30
0,23
2,61
5,50
81,16
Monosaxaridlarning yetakchi komponentlaridan biri ksiloza hisoblanib, bu
gemitsellyuloza fraksiyalari tarkibidagi ksilanning ko‘p miqdorda ekanligini taxmin
qilishga imkon beradi. Ishlov berish haroratlarini o‘sishida ksilozaning miqdorini
kamayishi furan hosilalarining hosil bo‘lishi bilan kechadigan ikkilamchi o‘zgarishlar
va kimyoviy jarayonlarning qator boshqa ingibitorlari sabab bo‘lishi mumkin.
2-rasm. GS gidrolizlanishida monosaxaridlarning miqdori
GS gidrolizi monosaxaridlarida ksiloza (Xyl) ning miqdori salmoqli ekanligi 2-
rasmda keltirilgan. Arabinozaning miqdori esa harorat va ishlov berish davomiyligiga
bog‘liq emas va 5,9 dan 7,2 % gacha oraliqda bo‘ladi. Shunga o‘xshash miqdor
glyukozada uchraydi. Juda ham kam miqdorda galaktoza va mannoza ham aniqlangan.
GS fraksiyalarini gidrolizlashda monosaxaridlarlarning maksimal darajada chiqishi
0
50
100
150
200
250
300
350
Ara
Xyl
Man
Gal
Glc
Tarkib, % mass.
Gemisellyuloza fraksiyasi gidrolizatlarida
monosaxaridlarning miqdori
100/1
120/1
140/1
150/1
140/2
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
199
sholi poyaga dimetilsulfoksid muhitida 140 °C da 2 soat davomida ishlov berilganidan
keyin olingan va fraksiyaga nisbatan 81,2 % ni tashkil etgan.
Triftoruksus kislota eritmasi bilan gidrolizlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy
polimerlarning ulushi texnik sellyuloza (TS) fraksiyasi tarkibidagi massaning taxminan
64% ni tashkil qiladi. Gidrolizning monosaxaridlari tarkibida glyukoza, ksiloza va
arabinozaning nisbatan yuqori miqdori qayd etilgan, fraksiyada gemisellyuloza (GS)lar
mavjudligidan dalolat beradi [5]. Ksiloza va arabinoza GS fraksiyasida ikkinchisi
asosiy monosaxaridlardir, chunki gidrolizat fraksiyasidagi glyukoza miqdori 5% dan
oshmaydi. GS fraksiyasi tarkibida massaning 80% dan ko‘prog‘ini triftoruksus kislota
eritmasi bilan gidrolizlanib arabinoza, ksiloza, glyukoza, mannoza va galaktoza hosil
qiladigan tabiiy polimerlar tashkil qiladi.
3-jadval - 100°C (15 min, 50 Vt) ultratovushli issiqlik bilan ishlov berishdan
so‘ng ajratilgan polisaxarid fraksiyalarining gidrolizatlari monosaxaridlarining
tarkibi.
Fraksiya
Fraksiya
rentabelligi
%.
Monosaxaridlar, % og‘irlik.
Arabinoza Ksiloza Mannoza Galaktoza Glyukoza
Fraksiya ТS
Fraksiya GS
63.6
20.7
5,90
7,10
27,30
67,80
0,44
0,19
2,09
1,65
24,10
4,80
Jadvalda berilgan ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki sholi poyasidan olingan
polisaxaridlardan TS fraksiyasi 63,6% ni, GS fraksiyasi esa 20,7% ni tashkil qilgan.
Polisaxaridlarning monosaxaridlarga parchalanish foizidan ko‘rish mumkinki
monosaxaridlarning yetakchi komponentlaridan biri ksiloza hisoblanib (27,30 va 67,80
%), bu gemitsellyuloza fraksiyalari tarkibidagi ksilanning ko‘p miqdorda ekanligini
taxmin qilishga imkon beradi.
Xulosa.
Tadqiqot natijasida ultratovush quvvati 50 Vt da 15 daqiqa davomida
100°C da ishlov berilganda texnik sellyuloza, gemisellyuloza va lignindan 71,2% gacha
tozalangandi. Shu bilan birga fraksiyaning unumdorligi 47,5% ni tashkil etdi. Bunda
shu narsa ma’lum bo‘ldiki, dastlabki sholi poyasi tarkibidagi sellyuloza miqdori ham
47,5% atrofini tashkil qilgan bo‘lsa sholi poyasi tarkibidagi birikmalar ion suyuqligi
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
200
yordamida ultratovush bilan ishlov berilganda 90% dan yuqori darajada mahsulot
ajratib olingan.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Axmedov O‘ral Choriyevich., Urozov Mustafokul Kulturayevich., Aliqulova
Diloram Abduraxmonovna. Dimetilsulfoksid karbamid asosida sholi poyasini
parchalab tabiiy polimerlar olish texnologiyasi. O’zbekiston qishloq va suv
xo’jaligi. Agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnal. ISSN 2181-502X.5-
son,09.05.2024.44-45 betlar.
2.
Aliqulova D.A., Durmanova S.S. Kimyoviy birikma bo’lgan ion suyuqligi
ishtirokida tabiiy polimerlarning olinishi. Qo’qon davlat pedagogika instituti
“Kimyo ta’limi, fan va ishlab chiqarish integrasiyalari” xalqaro konf.II-sho’ba
to’plami.22-may,2024 yil.32-34 bet.
3.
Aliqulova D.A., Abdullayeva M.J. Dimetilsulfoksid karbamid asosida sholi
poyasidan monosaxaridlar olish texnologiyasi. Qo’qon davlat pedagogika instituti
“Kimyo ta’limi, fan va ishlab chiqarish integrasiyalari” xalqaro konf.II-sho’ba
to’plami.22-may,2024 yil.30-32 bet.
4.
O’. Ahmedov., M.Urozov., D.Aliqulova. Sholi poyasiga dimetilsulfoksid karbamid
asosida ishlov berish texnologiyasi. Agro ilm. agrar-iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnal.
2024. May.3-son. ISSN 2091-5616. “Nur ziyo nashr” MCHJ. Toshkent. 41-42 b.
5.
Аliqulova D.A., Oqnazarova Sh. X., Safarova F. Y. Sholi poxoliga issiqlik bilan
ishlov berish sharoitlari. Journal of universal science research. ISSN (E): 2181-
4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Termiz,
Issue-3 270-278 betlar.
6.
Аliqulova D.A., Urozov M.К., Pardayev I.A., To‘rayev X. A. Sholi poxoli
tarkibidagi past molekulyar og‘irlikdagi moddalarni ekstraktsiyalash texnologiyasi.
Technical science research in Uzbekistan. ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib
Impact
Factor:
9.576
/
2024
VOLUME-2,
ISSUE-3.
HTTP://UNIVERSALPUBLISHINGS.COM
. 152-160 b.
7.
Urozov M. K., Aliqulova D. A., Abdullayeva M. J., Xotamov I. X. Sholi poyasidan
fermentativ gidroliz natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlar tahlili. медицина,
педагогика и технология: теория и практика Researchbib Impact factor:
11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел 75-80 betlar.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
201
8.
Aliqulova D. A., Abdullayeva M. J., Eraliyev S. Sh., Qarshiyev T. N.
Dimetilsulfoksid asosida polisaxaridlar olish texnologiyasi. The multidiciplinary
journal of science and texnology ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-
2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 8.848 / 2024. VOLUME-4, ISSUE-4. 2024-04-
30. 49-53 betlar.
9.
Аliqulova D.A.,
Tadjiyeva S.S., Umbarova D.R.
Sholi poyasiga ion suyuqligi
muhitida ishlov berish.
Miasto Przyszłości Kielce 2024. ISSN-L:2544-980X.
Impact factor: 9,98. 522-529 b.
10.
Аliqulova D.A.,
Tadjiyeva S.S., Umbarova D.R.
Sholi poyasiga ion suyuqligi
muhitida ishlov berish.
Miasto Przyszłości
522
Kielce 2024. ISSN-L:2544-980X.
impact factor: 9,98. 522-529 p.
11.
Аliqulova D.A, Urozov M.К., & Qurbonova R.I. (2023). 1-butil- 3-
metilimidazolxlorid asosidagi ion suyuqligi muhitida sholi somoniga termik ishlov
berish.
Journal of Universal Science Research
,
1
(1), 290–299. Retrieved from
https://universal publishings.com/index.php/jusr/article/view/101
12.
Аliqulova D.A., Urozov M.К., & Durmanova S.S. (2023). [BMIM][Cl] muhitida
sholi somoniga ultratovushli issiqlik bilan ishlov berish .
Journal of Universal
Science
Research
,
1
(2),
Retrieved
from
https://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/210.
13.
Аliqulova D.A., Urozov M.К, & Durmanova S.S. (2023). [BMIM][Cl] uhitida
sholi somoniga ultratovushli issiqlik bilan ishlov berish. journal of universal science
research, 1(2), 270–279.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7652964
14.
Urozov M.К., Аliqulova D.A, Raximov A.A, & Tojiyev S.M. (2023). Past
molekulyar og'irlikdagi moddalarni benzol, dioksan, tetragidrofuran bilan suyuqlik
ekstraktsiyasi va o'ta kritik CO
2
ekstraktsiyasi bilan ajratish. Journal of universal
science research, 1(4), 114–123.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7806592
15.
Aliqulova D.A., Mamayusupov Sh.A. Study of the Effect of Nutrition-Rich
Products on the Human Body.
Eurasian Medical Research Periodical
16.
D.A. Alikulova., M.K. Urozov., O.X. Qulmuminov, S.A. Xolmurodova.
Determination of the sorption index of polyacrylonitrile fibers. European Journal of
Humanities and Educational Advancements (EJHEA) Available Online at:
Vol. 2 No. 9, September 2021 ISSN: 2660-5589
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
202
40-44.
17.
Аliqulova D.A., Normamatov.N.D., Raximov M.S., Bobomurotov
N.N.
Sholi
poyasidan olingan sellyuloza asosidagi gidrogel kompozitsiyasining amaliy
ahamiyati. International Scientific Journal “Science and innovation” Series
Volume 1 Issue 7 October 2022 ISSN: 2181-3337 Scientists.uz. 156-160.
18.
Алиқулова Д.А, Исломбекова Н.М, Эрматов.Ш.Қ, Очилдиев Б.Б. To Improve
the Quality of Cocoon Which Was Made In Different Season and Ways by Using
Innovative Ideas and Technologies. IJARSET. International Journal of Advanced
Research in Science, Engineering and Technology. Vol. 6, Issue 11 , November
2019.
