MILLIY IQTISODIYOTDA MAXSUS IQTISODIY ZONALARI FAOLIYATINI YO`LGA QO`YISH

Abstract

Ushbu maqolada Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash masalari haqida tahlil bayon qilingan.

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Primov Sirojiddin Furqat o’g’li. (2025). MILLIY IQTISODIYOTDA MAXSUS IQTISODIY ZONALARI FAOLIYATINI YO`LGA QO`YISH. Journal of Universal Science Research, 3(6), 113–117. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/110700
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash masalari haqida tahlil bayon qilingan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

113

MILLIY IQTISODIYOTDA MAXSUS IQTISODIY ZONALARI FAOLIYATINI

YO`LGA QO`YISH

Primov Sirojiddin Furqat o’g’li

TMII “Iqtisodiyot” kafedrasi Assistenti


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi

savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va
xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta
ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish
va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib,
aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim
xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash masalari haqida tahlil bayon
qilingan.

Kalit soʼzlar

: Taraqqiyot strategiyasi, eksport, import, erkin iqtisodiy zona,

iqtisodiyot, soliq, liberallashtirish, qiyosiy tahlil, sintez

Abstract:

In this article, regarding the reform of the national economy,

liberalization of foreign trade, tax and financial policy, support of entrepreneurship and
guarantee of private property integrity, organization of deep processing of agricultural
products and provision of rapid development of regions considering the ongoing work,
strengthening the social protection of citizens and reducing poverty as a priority of the
state policy, providing the population with new jobs and a guaranteed source of income,
qualified medical and educational services, decent living conditions An analysis of the
issues of provision is presented.

Key words:

Development strategy, export, import, free economic zone, economy,

tax, liberalization, comparative analysis, synthesis

Kirish:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi “2022—

2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”
PF-135 sonli farmonida inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi
va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati
institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy
faolligini oshirish, Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

114

siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini
kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda
hududlarni jadal rivojlantirish masalalariga jiddiy e`tibor berilib, fuqarolarning ijtimoiy
himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai,
malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalariga alohida e`tibor qaratilgan. O‘zbekistonda
ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda
mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati
ancha jadallashgan. Xususan, “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”,
“Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga
teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni
yaratilgan. Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-
farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga
ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-
tadbirlar ko‘rilyapti.Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini
amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun
O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $
miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan. Bundan tashqari, kichik sanoat
zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga
biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni
bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini
o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan.
Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha
soliqlardan ozod etilgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili:

Maxsus iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq

hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz
berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda 23 ta maxsus iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi
faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha
amalga oshirilishi natijasida 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Kichik sanoat
zonalarida esa 5 trillion so‘mlik 1 ming 497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod
kishining bandligi ta’minlangan. Davlatimiz rahbarining “Maxsus iqtisodiy va kichik


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

115

sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya
loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarning
yechimiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. MIZlar dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi
ahvoli. Bugungi kunda Xitoydagi maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati Statistika
ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Xitoy iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda
ikkinchi o‘rinda bo‘lib, bunga jahondagi biznes munosabatlarni zudlik bilan o‘zgartira
olganligi sababli erishgan. Arzon ish kuchi G‘arbda shippaklardan tortib mobil
telefonlargacha bo‘lgan turli mahsulotlarning narxi arzonlashishiga sabab bo‘ldi.
Qolaversa, Xitoy Afrikada eng yirik investorga aylandi, Pekin Yevropa yoki Amerikani
emas, aynan “qora qit’a"ni o‘zining asosiy hamkori hisoblaydi. Hozir Xitoy tovarlarini
dunyoning hamma joyida ko‘rish mumkin, XXI asrga kelib u chindan ham “dunyo
fabrikasi"ga aylana oldi. Jahondagi fotoapparatlarning 50%i, konditsionerlarning 30 foizi,
kir yuvish mashinalarining 25 foizi va sovutgichlarning qariyb 20 foizi aynan shu yerda
ishlab chiqarilyapti.Alohida qayd etish lozimki, Xitoy taraqqiyotida erkin iqtisodiy
zonalarning o‘rni katta bo‘lgan. Ayni paytda bu yerda to‘rtta maxsus iqtisodiy zona
faoliyat ko‘rsatmoqda Shenchjen, Chjuxay, Shantou va Syamen. Bundan tashqari, 14
ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar zonasi, xorijda tahsil olgan
mutaxassislarga mo‘ljallangan 70 dan ortiq ilmiy-texnik zona, eksportga mo‘ljallangan
mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta zona bor.

Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor hududlar
tabiiy resurslari hamda industrial salohiyatidan foydalanish va eksport tizimini
kuchaytirishga qaratilmog‘i lozim.

Aynan shu o‘rinda xorijiy investitsiyalarni jalb

etishning unumli shakli bo‘lgan zamonaviy erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish alohida
ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu yo‘nalishda jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan va
o‘z samarasini berayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni qayd etish joiz.

O’zbekistondagi maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarigi direksiyalar kredit

olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari
bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni
muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida
tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

116

yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan
ozod etilgan.

Shuningdek, bo‘sh turgan yoki samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish
binolaridan unumli foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish
maqsadida mazkur binolar negizida

kichik sanoat zonalari

tashkil etishga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Ayni paytgacha mamlakatimizda ularning soni 96 taga yetdi.

Hozirgacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha
amalga oshirilgan, 9 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat
ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat
mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel
va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida 248
loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish
rejalashtirilmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi:

Tadqiqot jarayonida Milliy iqtisodiyotni isloh qilish

borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
chuqur qayta ishlashni tashkil etish kabi maʼlumotlardan foydalanildi. Maqolada nazariy
mushohada, tizimli yondashuv, kuzatish, umumlashtirish, qiyosiy tahlil, sintez kabi
usullardan samarali qoʼllanildi.

Xulosa:

Xulosa o‘rnida aytganda, erkin iqtisodiy zona — bu yangi ishlab chiqarish

quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy
raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat
mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish maqsadida tashkil etiladigan
hududdir. Uni tuzishdan maqsad eng avvalo, mamlakatni yoki alohida olingan hududni
strategik rivojlantirishga doir vazifalarini, ya’ni tashqi savdo, umumiqtisodiy, ijtimoiy,
hududiy va ilmiy-texnik masalalarni hal qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatimiz
hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni
ta’minlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida o‘rni bor. Umuman, mamlakat
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor hududlar tabiiy resurslari
hamda industrial salohiyatidan foydalanish va eksport tizimini kuchaytirishga


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

117

qaratilmog‘i lozim. Aynan shu o‘rinda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning unumli
shakli bo‘lgan zamonaviy erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb
etadi. Aynan ushbu yo‘nalishda jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan va o‘z samarasini
berayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni qayd etish joiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-135 sonli
farmoni
2. Erkin iqtisodiy zonalar huquqi. Kamalov M., Qurbonov M. 2018.
3. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 22 dekabrdagi “Erkin iqtisodiy
zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5600 son farmoni
4. Марк Дуглас. Торговля в зоне (Зональный трейдинг)
5. Бунегина Ц. Свободная зона - портрет в интерьере страны //Деловой мир. 1992.
№123.
6. Бутенко О.В., Дайоуб Косай, Округ З.М. Совместное предпринимательство в
мировой экономике. М.: Физкультура, образование и наука, 1995.
7. Гозибеков Д.Г.,Ангелиди М.С.,Каримов Н.Г. Финансовое обеспечение
инвестиции в экономику Узбекистана. Ташкент., 1995.



References

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-135 sonli farmoni

Erkin iqtisodiy zonalar huquqi. Kamalov M., Qurbonov M. 2018.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 22 dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5600 son farmoni

Марк Дуглас. Торговля в зоне (Зональный трейдинг)

Бунегина Ц. Свободная зона - портрет в интерьере страны //Деловой мир. 1992. №123.

Бутенко О.В., Дайоуб Косай, Округ З.М. Совместное предпринимательство в мировой экономике. М.: Физкультура, образование и наука, 1995.

Гозибеков Д.Г.,Ангелиди М.С.,Каримов Н.Г. Финансовое обеспечение инвестиции в экономику Узбекистана. Ташкент., 1995.