ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
85
INGLIZ HIKOYALARI TARJIMASIDA YO‘L QO‘YILADIGAN
XATOLAR
Matchanova Mohinur Otabek qizi
Urganch Innovation University, o‘zbek va xorijiy Filologiyasi kafedrasi,
stajor-o‘qituvchisi
Otaxonova Gulasal Boboxon qizi
Urganch Innovation University, Filologiya va tillarni o‘qitish:
ingliz tili ta’lim yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Hozirgi kunda talaba yoshlarimizning jahon adabiyotiga bo‘lgan
qiziqishlari natijasida ko‘plab chet el adabiyotlari turli tillarga tarjima qilinyapti va uni
tarjima qilish jarayonida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yilyapti. Ushbu maqolada ingliz
hikoyalarini o‘zbek tiliga yoki boshqa tillarga tarjima qilish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan
xatolar haqida qisqacha tushuntirishlar olib borilgan.
Kalit so‘zlar:
simpatiya, kompleks, konnotatsiya, tarjima, idioma, frazeologizm,
kontekst.
Annotation:
Nowadays, as a result of the interest of our students in world literature,
many foreign literatures are being translated into different languages, and many mistakes
are being made in the process of translating them. This article provides a brief explanation
of the mistakes that are made in the process of translating English stories into Uzbek or
other languages.
Key words:
sympathetic, complex, connotation, translation, idiom, phraseology,
context
Аннотация:
В настоящее время в результате интереса наших студентов к
мировой литературе многие зарубежные литературы переводятся на разные языки,
при етом в процессе перевода допускаются многочисленные ошибки. В этой статье
есть позднее обьяснение ошибок, которые допускаются в процессе перевода
внглийских рассказов на узбекский или другие языки.
Ключевые слова:
Симпатия, комплекс, коннотация, перевод, идиома,
фразеология, контекст
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
86
Ingliz hikoyalarini tarjima qilish jarayonida turli xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Bu kamchiliklar hikoya tilini tushinarli bo‘lishiga halaqit beribgina qolmay, asosiy
mazmun mohiyatni ham yo‘qqa chiqarishi mumkin. Quyida eng keng tarqalgan xatolar
va ularning sabablari haqida ma’lumot berib o‘tiladi:
1.
Lug‘aviy xatolar
Lug‘aviy xatolar tarjima jarayonida eng ko‘p uchraydigan kamchiliklardan biri
bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi:
a.
So‘zlarning noto‘g‘ri ekvivalentini tanlash
Ba’zan tarjimon ingliz tilidagi so‘zning noto‘g‘ri sinonimini tanlaydi yoki unga mos
kelmaydigan, muqobil bo‘la olmaydigan so‘zlardan foydalanadi. Misol uchun,
“Sympathetic”
1
– “rahmdil degan ma’noni bildiradi, lekin ba’zan “simpatiya” deb
noto‘g‘ri tarjima qilinadi. “Complex” – “murakkab” degan ma’noni bildiradi, lekin
“kompleks” deb noto‘g‘ri tarjima qilinishi mumkin.
b.So‘zma-so‘z tarjima qilish
Ba’zi so‘z yoki iboralarni so‘zma-so‘z tarjima qilish matnning mantiqiy bog‘liqligini
buzadi. Ingliz tili turli xil iboralar, frazalar, frazali fe’llar va shunga o‘xshash qo‘shma
so‘zlarga boy bo‘lib, ularni ayrim tarjima qilish matn mazmunining buzilishiga olib
keladi. “Make up one’s mind”
2
– “qaror qabul qilish” degani, lekin so‘zma-so‘z “o‘z
fikrini yaratish” deb tarjima qilinsa, ma’no yo‘qoladi. “Time flies”
3
- “vaqt tez o‘tadi” deb
tarjima qilinishi kerak, lekin so‘zma-so‘z “vaqt uchadi” desak, tushunarsiz bo‘lib qoladi.
c.Ko‘p ma’noli so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish
Ko‘p ma’noli so‘zlarning qaysi kontekstda qanday tarjima qilinishini tushunmaslik
muammolarni keltirib chiqaradi. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, biror bir so‘z o‘zi
alohida qo‘llanilsa boshqa ma’no, fraza yoki qo‘shma so‘zlar tarkibida qo‘llanilsa
boshqacha ma’no hosil qiladi. “Light” so‘zi “yorug‘lik”, “yengil” ma’nolariga ega. Agar
“light food”
4
iborasini “yorug‘ taom” deb tarjima qilsak, bu noto‘g‘ri tarjima hisoblanadi.
To‘g‘ri tarjima – “yengil taom”.
d.So‘zlarning qo‘shimcha ma’nolarini e’tiborga olmaslik
1
Oxford Dictionary
–
2024
–
feeling, showing, or expressing sympathy
2
Oxford idioms dictionary
–
To make a firm decision after considering different options.
3
BBC Learning English - Time seems to go by very fast, especially when you are busy or enjoying yourself.
4
BBC Learning English - It means food that is easy to digest, not heavy or greasy, and usually low in fat and calories.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
87
Ba’zi so‘zlarning konnotatsiyasi (qo‘shimcha ma’nosi) mavjud bo‘lib, tarjima
qilayotganda buni hisobga olish kerak.“Childish” va “childlike” so‘zlari ikkalasi ham
“bolalarga xos” degan ma’noni bildiradi, lekin “childish” – salbiy ohangda (nodonlik,
beg‘amlik), “childlike” esa ijobiy ohangda (soda, samimiy) ishlatiladi.
e.Sinonimlarni noto‘g‘ri tanlash
Ingliz tilida bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlar ko‘p, lekin ularni noto‘g‘ri almashtirish
tarjimaning sifatsiz bo‘lishiga olib keladi. “Job” va “work” ikkalasi ham “ish” degan
ma’noni bildiradi, lekin “job” – aniq kasb yoki lavozimni anglatadi, “work” esa umumiy
ish jarayonini bildiradi. Lug‘aviy xatolarni oldini olish uchun tarjimon so‘zlarning
kontekstdagi ma’nosini to‘g‘ri tushunishi, sinonimlar va ko‘p ma’noli so‘zlarni yaxshi
bilishi, shuningdek, so‘zma-so‘z tarjimadan qochishi kerak.
2.
Idiomalar va frazeologizmlarni noto‘g‘ri tarjima qilish
Ingliz tilida ko‘p uchraydigan idiomalar va iboralar bevosita tarjima qilinsa, noto‘g‘ri
tushuncha paydo bo‘lishi mumkin. Idiomalar va frazeologizmlarni noto‘g‘ri tarjima
qilishga quyidagi asosiy xatolar kiradi:
1.So‘zma-so‘z tarjima qilish
Ko‘pgina idiomalar va frazeologik birikmalarni bevosita tarjima qilish natijasida ularning
haqiqiy ma’nosi yo‘qoladi.“Break a leg”
5
– “Omad tilayman” degani, lekin uni so‘zma-
so‘z “Oyog‘ingni sindir” deb tarjima qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. “Hit the sack” – “Uxlash
uchun yotmoq” degani, lekin so‘zma-so‘z “Xaltani ur” deb tarjima qilinsa, tushunarsiz
bo‘lib qoladi.
2.Kontekstga mos kelmagan tarjima
Ba’zan tarjimonlar idiomaning to‘g‘ri ma’nosini bilib turib, uni noto‘g‘ri joyda
ishlatishadi, bu esa mantiqiy xatoga olib keladi. “Spill the beans”
6
– “Sirni oshkor qilish”
degani. Agar bu iborani “loviya to‘kmoq” deb tarjima qilsak, o‘quvchi uni tushunmaydi.
“Let the cat out of the bag”
7
– “Sirni oshkor qilish” degan ma’noni bildiradi, lekin
“Sumkadan mushuk chiqarmoq” deb tarjima qilinsa, noto‘g‘ri bo‘ladi.
3.Idiomani to‘g‘ri ekvivalent bilan almashtirmaslik
Ba’zi holatlarda tarjimonlar idiomaning o‘zbek tilidagi ekvivalentini topmasdan, uni
bevosita so‘zma-so‘z tarjima qilishadi. Holbuki , har bir tilning o‘ziga xos ifodalari
5
Oxford idioms
–
a way to wish someone good luck, especially before a performance or important event.
6
Oxford idioms
–
to reveal a secret or tell something that was meant to be kept private.
7
Oxford idioms
–
to reveal a secret or surprise by accident.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
88
bo‘ladi.“A piece of cake” – “Juda oson” degani, bu iborani “Bir bo‘lak tort” deb tarjima
qilish noto‘g‘ri, buning o‘rniga “qo‘l uchida bajariladigan ish” kabi ekvivalent toppish
kerak.“Out of the blue”
8
– “Kutilmaganda” degani, agar “Ko‘kdan tashqari” deb tarjima
qilinsa, hech qanday ma’no chiqmaydi.
4.Frazeologik birikmalarni yetarlicha tushunmaslik
Frazeologik birikmalar har doim ham aniq tarjima qilinavermaydi, tarjimon ularning
ma’nosini to‘liq anglamasa, noto‘g‘ri tarjima qiladi.“Bite the bullet”
9
– “Qiyin vaziyatga
bardosh berish” degan ma’noni anglatadi, lekin “O‘qni tishlash” deb tarjima qilinsa,
tushunarsiz bo‘ladi.“Burn the midnight oil”
10
– “Kechasi bilan ishlash” degani, agar
“Tunda moy yoqib yoqish” deb tarjima qilinsa, asl ma’no yo‘qoladi.
5.Tarjima jarayonida idiomani tushurib qoldirish
Ba’zan tarjimonlar murakkab frazeologizmlarni tushunmagani yoki ularni tarjima qila
olmagani sababli, matndan olib tashlashadi. Bu esa matnning umumiy mazmuniga zarar
yetkazishi mumkin. Ingliz tilidagi idioma va frazeologizmlarni to‘g‘ri tarjima qilish uchun
tarjimon ularning haqiqiy ma’nosini va o‘zbek tilidagi ekvivalentlarini bilishi kerak.
Shuningdek, har bir iboraning kontekstga mos kelishiga e’tibor qaratish lozim.
3.
Madaniy tafovutlarni hisobga olmaslik
Ingliz hikoyalarini tarjima qilishda madaniy tafovutlarni e’tiborga olmaslik matnning
tushunarsiz yoki mantiqsiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday xatolar quyidagi
asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi:
1.Madaniy jihatdan begona tushunchalarni tushuntirmaslik
Har bir jamiyat o‘ziga xos an’ana, urf-odat va tushunchalarga ega. Agar tarjima jarayonida
ushbu madaniy jihatlar tushuntirilmasa, o‘quvchi matnni to‘g‘ri tushunmaydi.
Thanksgiving Day
11
– AQSHda nishonlanadigan muhim bayram. Agar uni so‘zma-so‘z
“Shukronalik kuni” deb tarjima qilsak, o‘quvchi uning asl mohiyatini tushunmaydi. Uni
“Amerikaliklarning oilaviy minnatdorchilik bayrami” deb tushuntirish foydali bo‘lishi
mumkin. Prom night – G‘arb mamlakatlarida o‘rta maktab bitiruvchilarining rasmiy
8
Oxford Learner’s Dictionaries –
something happening unexpectedly or without warning.
9
Oxford Learner’s Dictionaries –
to do something difficult or unpleasant that you have been avoiding.
10
Oxford Learner’s Dictionaries –
to work late into the night, especially when studying or working on something
important.
11
Thanksgiving day is a national holiday celebrated mainly in the United States and Canada, where people give thanks for
the harvest and blessings of the past year.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
89
kechasi. Uni bevosita “prom kechasi” deb tarjima qilish tushunarsiz bo‘lishi mumkin.
O‘zbek madaniyatiga moslashib, “Bitiruv kechasi” deb berish yaxshiroq.
2.Ovqat va ichimlik nomlarini bevosita tarjima qilish
Ba’zi inglizcha taom nomlarini so‘zma-so‘z tarjima qilish noto‘g‘ri tushunchaga olib
keladi. “Pancake” – “Krepkalar” yoki “blinchik” deb tarjima qilish mumkin, lekin
“Qozoncha keks” deb tarjima qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. “Fish and chips”- “Qovurilgan baliq
va kartoshka” deb tarjima qilish kerak, lekin “Baliq va chipslar” deb berish noto‘g‘ri
bo‘ladi.
3.Pul birliklarini bevosita tarjima qilish
Turli mamlakatlarning valyutalarini tarjima qilishda ularning qiymatini tushuntirish
lozim. “Five dollars” – Agar “besh dollar” deb yozilsa, bu o‘zbek o‘quvchilari uchun faqat
miqdorni bildiradi. Lekin “taxminan 60 000 so‘m” deb izoh berish yanada tushunarli
bo‘lishi mumkin. “A penny for your thoughts” – “Sening fikrlaring uchun bir tiyinga
tayyorman” deb tarjima qilish mantiqsiz, bu idiomaning ma’nosi “Sening nima
o‘ylayotganingni ayt” bo‘ladi.
4.Milliy kiyimlar va an’analarni bevosita tarjima qilish
Ba’zi kiyim yoki urf-odatlar o‘zbek madaniyatida mavjud emas. “Kimono” – Agar
bevosita “kimono” deb tarjima qilinsa, o‘quvchi bu kiyim turi haqida bilmasligi mumkin.
Uni “Yaponcha an’anaviy kiyim” deb tushuntirish maqsadga muvofiq. “Tuxedo” –
“Smokingshan” yoki “rasmiy erkaklar kostyumi” deb tushuntirilishi lozim, chunki hamma
bu so‘zni bilmasligi mumkin.
Madaniy tafovutlarni hisobga olmaslik tarjimaning sifatini pasaytiradi va o‘quvchilar
uchun matnni tushunarsiz qiladi. Tarjimon har bir madaniy jihatga mos keluvchi
ekvivalentni topishi yoki tushuntirish berishi lozim. Bu nafaqat tarjimaning aniq va tabiiy
bo‘lishiga yordam beradi, balki matnning asl ruhini saqlab qoladi.
4.
Sintaktik va Grammatik xatolar
Ingliz hikoyalarini tarjima qilishda sintaktik va Grammatik xatolar matnning mantiqiyligi
va tushunarliligiga putur yetkazadi. Quyida eng keng tarqalgan xatolar keltirilgan:
1.Inglizcha va o‘zbekcha so‘z tartibini chalkashtirish
Ingliz va o‘zbek tillarining sintaktik tuzilishi farqli bo‘lganligi uchun, tarjimonlar ba’zan
inglizcha gap tuzilishini bevosita o‘zbekchaga ko‘chirib qo‘yishadi.
2.Fe’llarning zamonlarini noto‘g‘ri tarjima qilish
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
90
Ingliz tilida zamonlar tizimi murakkabroq bo‘lib, ularni o‘zbek tiliga noto‘g‘ri tarjima
qilish natijasida matnning ma’nosi buzilishi mumkin.
3.Noto‘g‘ri zamir va olmosh ishlatish
Ingliz tilida zamirlar (pronouns) va olmoshlar aniq tartibga ega. Ularni noto‘g‘ri qo‘llash
tushunmovchiliklarga olib keladi.
4.Artikllarni noto‘g‘ri qo‘llash yoki tushurib qoldirish
Ingliz tilida artikllar (a, an, the) kata ahamiyatga ega. Ularni noto‘g‘ri ishlatish yoki
tarjimada butunlay tushirib qoldirish xatolardan biridir.
5.To‘g‘ri bog‘lovchilarni ishlatmaslik
Ingliz tilidagi bog‘lovchilar (because, although, however, since, whereas) noto‘g‘ri
tarjima qilinsa, gaplar orasidagi mantiqiy bog‘liqlik buziladi.
6.Noto‘g‘ri majhul nisbat (passive voice) ishlatish
Ingliz tilida majhul nisbat (Passive voice) keng qo‘llanadi. Tarjima vaqtida uni noto‘g‘ri
ishlatish tushunarsizlikka olib keladi.
7.So‘zlarning noto‘g‘ri shaklini ishlatish
Fe’l, ot va sifatlarning noto‘g‘ri shakllarini ishlatish tarjimaning sifatsiz bo‘lishiga olib
keladi.
Sintaktik va Grammatik xatolar tarjimaning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Tarjimonlar so‘z
tartibi, zamonlar, majhul nisbat, artikllar va bog‘lovchilarni to‘g‘ri qo‘llashga e’tibor
berishlari kerak. Shuningdek, tarjima qilingan matn tabiiy va o‘qishga qulay bo‘lishi
muhim.
5.
Badiiy uslubni yo‘qotish
Ingliz hikoyalarini tarjima qilish jarayonida badiiy uslubni saqlab qolish muhim
ahamiyatga ega. Tarjimon hikoya muallifining ovozi, uslubi va hissiyotlarini yetkazmasa,
asarning ta’sir kuchi pasayadi. Quyida badiiy uslubni yo‘qotishga sabab bo‘ladigan asosiy
xatolar keltirilgan.
1.So‘z va iboralarning oddiylashib ketishi
Badiiy asarlarda ishlatilgan obrazli ifodalar yoki poetic iboralarni haddan tashqari
soddalashtirish natijasida hikoya o‘z jozibasini yo‘qotishi mumkin.
Masalan: “The moonlight danced on the waves, whispering secrets of the night”
jumlasining to‘g‘ri tarjimasi “Oy nuri to‘lqinlar ustida raqs tushib, tun sirlarini
pichirlayotganday edi” shaklida bo‘ladi. Lekin uni xato tarjima qilib “Oy nuri to‘lqinlar
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
91
ustida edi va kechki sirlarni aytayotgan edi” deyilsa ma’no unchalik tushunarli bo‘lmaydi.
Shu tarzda badiiy ifoda saqlab qolingan.
2.Metafora va tashbehlarni noto‘g‘ri tarjima qilish
Metaforalar va tashbehlar badiiy matnning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, ularni
so‘zma-so‘z tarjima qilish asarning go‘zalligini buzadi.
Misol uchun “His heart was a stone” jumlasini so‘zma-so‘z tarjima qilsak “Uning yuragi
tosh edi” bo‘ladi, lekin bunday tarjima qilsak hech qanday ma’no chiqmay qoladi. Uning
asl ma’nosi “U yuragi muzdek sovuq odam edi” desak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yurakning toshga o‘xshatilishi – hissizlikni bildiradi, bu ma’no aniqroq ifodalandi.
3.Badiiy atmosferani yo‘qotish
Muallif yaratgan muhit va hissiyotlarni tarjima davomida yetkazmaslik matnning ta’sirini
kamaytiradi. Misol uchun: “A thick fog hung over the silent town, swallowing the last
flickers of light” jumlasining xato tarjimasi “Shaharga tuman tushgan edi va u oxirgi
chiroqlarni yutib yubordi” shaklida bo‘lsa ko‘pchilikka tushunarsiz bo‘ladi. Agar “Qalin
tuman jimjit shahar ustiga cho‘kib, oxirgi miltirayotgan chiroqlarni yutganday edi”
shaklida tarjima qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
4.Dialoglarning jonli uslubini yo‘qotish
Badiiy asarlardagi qahramonlarning so‘zlashish uslubi ularning xarakterini aks ettiradi.
Agar tarjimada bu o‘ziga xoslik yo‘qolsa, personajlar zerikarli bo‘lib qoladi. Masalan: “I
ain’t got no time for this, he grumbled” iborasini so‘zma-so‘z tarjima qilsak “Men buning
uchun vaqtim yo‘q, dedi u” deb tarjima qilinadi lekin bunda ma’no unchalik aniq
bo‘lmaydi. Shuning uchun “Menda bu gaplarga vaqt yo‘q, deb g‘udrandi u” desak ma’no
aniqroq bo‘ladi. Bu yerda “ain’t got no” iborasi qo‘pol va og‘zaki nutqqa xos. Oddiy
tarjima buni yo‘qotadi, lekin “Bu gaplarga vaqt yo‘q” shaklida tarjima qilish
qahramonning nutq uslubini saqlab qoladi.
5.Matnning ritmi va emosional ta’sirini yo‘qotish
Badiiy matnning ritmi va ohangdorligi ham muhimdir. Agar tarjimon iboralarni haddan
tashqari o‘zgartirsa yoki cho‘zib yuborsa, bu hikoyaning hissiy ta’sirini pasaytiradi. “The
wind howled through the trees, sending shivers down my spine” jumlasini xato tarjima
qilsak “Shamol daraxtlar orasidan o‘tib ketdi va mening orqamdan titroq o‘tkazdi”
deyiladi, lekin bu xato chunki bunday tarjimada o‘quvchiga tushunarsiz bo‘lib qolishi
mumkin. Agar jumlani “Shamol daraxtlar orasida uvillab, orqamdan titroq yugurtirdi”
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
92
desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu yerda tarjimada “howled” so‘zining hissiy ta’siri “uvillab” deb
berilgani sababli, badiiy mazmun saqlangan.
6.She’riy va poetic ifodalarni yo‘qotish
Ba’zi hikoyalarda muallif poetic til ishlatadi. Agar tarjimon buni oddiy qilib tarjima qilsa,
asarning jozibasi yo‘qoladi.
7.Tarjimada hissiyot va urg‘uni noto‘g‘ri yetkazish
Badiiy hikoyalarda muallif urg‘u bergan joylarni e’tiborsiz qoldirish yoki noto‘g‘ri talqin
qilish matnning ohangini o‘zgartiradi.
Badiiy uslubni yo‘qotmaslik uchun tarjimon obrazli ifodalarni to‘g‘ri va poetic tarjima
qilishi kerak. Metaforalar, tashbehlar va idiomalarni so‘zma-so‘z emas, badiiy ekvivalent
bilan yetkazishi lozim. Matnning hissiyot, ohang va ritmini saqlab qolishi muhim.
Dialoglarning jonli va tabiiy chiqishiga e’tibor berishi lozim. Agar tarjimon bu jihatlarga
rioya qilmasa, asarning badiiy qiymati yo‘qolib, quruq matnga aylanib qolishi mumkin.
6.
Dialoglarni sun’iy tarjima qilish
Badiiy tarjimada dialoglarning tabiiy chiqishi juda muhim, chunki ular qahramonlarning
xarakterini ochib beradi va hikoyaning jonli bo‘lishiga yordam beradi. Agar dialoglar
sun’iy tarjima qilinsa, ular o‘quvchiga g‘alati yoki hayotdan uzoq tuyulishi mumkin.
Quyida dialoglarni sun’iy tarjima qilishga sabab bo‘ladigan asosiy xatolar keltirilgan.
1.So‘zma-so‘z tarjima qilish
So‘zma-so‘z tarjima qahramon nutqining tabiiyligini buzadi va o‘zbek tilida g‘alati
eshitiladi.
2.Og‘zaki nutqning yozma nutqqa aylanishi
Haqiqiy dialoglar ko‘pincha qisqaroq, sodda va jonli bo‘ladi. Agar tarjimon ularni
ortiqcha rasmiylashtirib yuborsa, qahramonlar g‘ayritabiiy gapirayotganday tuyuladi.
3.Qahramonning nutq uslubini hisobga olmaslik
Har bir qahramonning o‘ziga xos nutq uslubi bo‘lishi kerak. Tarjimon ularning
shaxsiyatini aks ettirmasa, dialoglar zerikarli chiqadi.
4.Noo‘rin rasmiylashtirish
Ba’zan tarjimonlar dialoglarni haddan tashqari rasmiy qilib qo‘yishadi, bu esa tabiiylikni
yo‘qotadi.
5.Tarjimada og‘zaki nutq xususiyatlarini yo‘qotish
Ingliz tilida og‘zaki nutqda qisqartmalar, jumlalarni to‘liq aytmaslik kabi jihatlar mavjud.
Agar tarjimon buni to‘liq jumlalarga aylantirib yuborsa, nutq sun’iy chiqadi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
93
6.Qahramonning emotsiyasini yo‘qotish
Qahramonlarning dialoglari orqali ularning hissiy holati ifodalanadi. Agar tarjima quruq
bo‘lsa, bu hissiyotlar yo‘qolib ketadi. Dialoglarni sun’iy tarjima qilmaslik uchun so‘zma-
so‘z tarjimadan qochish-iboralarni mantiqan to‘g‘ri o‘girish kerak. Tabiiy og‘zaki nutq
uslubini saqlash-qisqa va jonli iboralar ishlatish lozim. Qahramon xarakteriga mos nutq
tanlash-har bir personaj o‘ziga xos gapirishi kerak. Emotsiyani to‘g‘ri yetkazish-
shunchaki tarjima qilish emas, balki hissiyotlarni aks ettirish muhim.
Xulosa:
Ingliz hikoyalarini tarjima qilishda bu xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun
tarjimon so‘zlar va iboralar ma’nosini chuqur tushunishi, madaniy tafovutlarni hisobga
olishi va badiiy uslubni saqlab qolishi lozim. Faqat shundagina sifatli va o‘quvchilar
uchun tushunarli tarjima yaratish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tarjimada jargonni qo‘llash”
12
2.
“Badiiy asarlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishning lingvistik
muammolari”
3.
“Yosh tarjimonlarga tarjima jarayonida kuzatiladigan xatolar haqida tavsiyalar”
4.
A.Komilov “Badiiy tarjima masalalari”
5.
Venuti,L. – “The Translator’s Invisibility: A History of Translation”
13
6.
J.Catford – “A Linguistic Theory of Translation”
14
12
Ф
Нематова
-
Лингвоспектр
, 2024
–
lingvospektr.uz
13
L Venuti
–
2017
–
taylorfrancis.com
14
JC Catford
–
1965
–
academia.edu
