XORAZM VILOYATI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN NO’XAT O’SIMLIGINING (CICER ARETINUM L) BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Dukkaklilar ichida no’xat o’simligi havo va tuproq iqlim sharoitlariga, qurg’oqchiligiga eng chidamli o’simliklardan biri hisoblanadi. Xorazm viloyati sharoitida no’xat o’simligi 2020 - 2023 yillarda tatqiqod maqsadida ekilgan navlari biologik va ekologik hususiyatlariga ko’ra o’sib - rivojlanishi, xosildorligi samarali ekanligi aniqlandi. O’rta Osiyo sharoitida no’xat asosan lalmi xududlarda ekiladi. Lalmi xududlarda no’xatdan olinidagan hosil bahordagi namgarchillikka bog’liq bo’ladi.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15660082
CC BY f
447-452
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ollanazarov , S., & Babajanov , I. (2025). XORAZM VILOYATI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN NO’XAT O’SIMLIGINING (CICER ARETINUM L) BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI. Universal Science Research Jurnali, 3(4), 447–452. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/106632
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus
Universal science research jurnali

Kalit so‘zlar:

Annotasiya

Dukkaklilar ichida no’xat o’simligi havo va tuproq iqlim sharoitlariga, qurg’oqchiligiga eng chidamli o’simliklardan biri hisoblanadi. Xorazm viloyati sharoitida no’xat o’simligi 2020 - 2023 yillarda tatqiqod maqsadida ekilgan navlari biologik va ekologik hususiyatlariga ko’ra o’sib - rivojlanishi, xosildorligi samarali ekanligi aniqlandi. O’rta Osiyo sharoitida no’xat asosan lalmi xududlarda ekiladi. Lalmi xududlarda no’xatdan olinidagan hosil bahordagi namgarchillikka bog’liq bo’ladi.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

XORAZM VILOYATI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN NO’XAT

O’SIMLIGINING (CICER ARETINUM L) BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ollanazarov Satimboy Boltaboyevich, Babajanov Ilyor Tajibayevich

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Annotatsiya.

Dukkaklilar ichida no’xat o’simligi havo va tuproq iqlim

sharoitlariga, qurg’oqchiligiga eng chidamli o’simliklardan biri hisoblanadi. Xorazm
viloyati sharoitida no’xat o’simligi 2020 - 2023 yillarda tatqiqod maqsadida ekilgan
navlari biologik va ekologik hususiyatlariga ko’ra o’sib - rivojlanishi, xosildorligi
samarali ekanligi aniqlandi. O’rta Osiyo sharoitida no’xat asosan lalmi xududlarda
ekiladi. Lalmi xududlarda no’xatdan olinidagan hosil bahordagi namgarchillikka
bog’liq bo’ladi.

Аннотация.

Среди бобовых культур горох является одним из наиболее

устойчивых к воздушно

-

почвенным климатическим условиям и засухе.

Установлено, что сорта нута, высаженные в научно

-

исследовательских целях в

Хорезмской области в 2020

-

2023 годах, по биологическим и экологическим

признакам являются эффективными по росту, развитию и урожайности. В

Средней Азии нут выращивают в основном в засушливых районах. В засушливых

регионах урожайность нута зависит от весенней влажности.

Annotation.

Among legumes, the pea plant is one of the most resistant to air and

soil climatic conditions and drought. In the conditions of the Khorezm region, it was
found that the varieties of pea plant planted for research purposes in 2020-2023 were
effective in terms of their biological and ecological characteristics, growth and
development, and productivity. In the conditions of Central Asia, peas are mainly
grown in arid regions. In arid regions, the yield of peas depends on spring moisture.


No’xat O'zbekistonda eng keng tarqalgan dukkakli don ekinlaridan biri. Donidan

turli taomlar tayyorlanadi, ayniqsa, sho'rva, palovga ko'p solinadi. Oq donli navlari
oziqovqat, qora donli navlari em-xashak uchun o'stiriladi.

No‘xat (

Cicer arietinum

L.), dunyodagi ikkinchi eng ko‘p iste’mol qilinadigan

dukkakli ekinlardan biri bo’lib dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida yetishtiriladi.
Bu diabetga chalinganlar uchun ne'mat bo'lib, inson salomatligiga foydali ta'sir

447


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

ko'rsatadigan

A, C, E, K, B1-B3, B5, B6, B9 vitaminlari va minerallar (Fe, Zn, Mg va

Ca) kabi muhim oziq moddalarning ajoyib manbaidir. 2050 yilga kelib, dunyo aholisi
9 milliarddan oshib ketishi mumkin va millionlab odamlarni boqish uchun no'xat ishlab
chiqarishni ko'paytirish kerak, chunki bu bug'doy uniga sog'lom alternativa va diabetga
chalinganlar uchun foydalidir.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqatning ekologik xavfsizligi va

resurslari kam bo'lgan kichik fermerlarning hayoti uchun juda muhim bo'lgan dukkakli
o'simlik hisoblanadi. Biotik va abiotik stressga chidamli navlarni yaratishda ajoyib
yaxshilanishlarga erishilgan bo'lsa-da, hali ham ko'plab kamchiliklar mavjud va buni
amalga oshirish uchun no'xat etishtirishga genomik texnologiyalarni kiritish, shunga
muonan turli iqlim sharoitlarga mos navlarni takomillashtirgan xolda yetishtirishni
rivojlantirish talab qilinadi.

No’xat yetishtirish Xorazi viloyati sharoitida shu kungacha ilmiy asoslangan

xolda ekib yetishtirilmagan. 2020 yildan boshlab no’xatning 6 ta navini ekish
muddatlari va ko’chat qalinligining xosildorlikka tasirini o’rganish maqsatida PSU
ilmiy tadqiqot tajriba maydonlarida ekib o’rganilmoqda. 2023 yilgacha tajriba uchun
ekilgan noxat vavlarining Xorazm viloyati sharoitiga biologik va bioekologik
moslanishlari fenologik va biologik kuzatuvlardan ma’lum bo’ldiki, Xorazm viloyati
sharoitida yetishtirish orqali 29-30 sentenergacha xosil olish mumkin ekanligi
isbotlandi.

No'xat –

Cicer

aretinum

L.

bir yillik o'tsimon o'simlik.

Ildizi

100-150 sm

chuqurlikka kirib boradi. Yon ildizlari yaxshi rivojlangan.

Poyasi

tik, sershox, bo'yi 60-

80 sm ga etadi.

Barglari

murakkab, toq patsimon, chetlari mayda tishsimon 11-17 ta

barglardan iborat. O'simlik bezchali dag'al tuklar bilan qoplangan. Tuklardan ajralib
chiqadigan organik kislotalar no'xatni zararkunandalar (no'xat qurti, biti) dan saqlaydi.

Gullari yakka, barg qo'ltig'ida hosil bo'ladi, mayda, rang-barang oq, qizil, pushti

va boshqa ranglarda bo’ladi. Dukkagi pufaksimon bo'rtgan, tuxumsimon cho'ziq,
rombsimon, sertuk, yorilmaydi, pishganda somonsimon bo'lib sarg'ayadi. Urug'i
burchakli, qo'y boshiga o'xshaydi, cho'zinchoq tumshuqli yoki yumaloq bo'ladi. Bir
dona dukkakda 1-2 ta urug'lari bo'ladi, 1000 urug' vazni 100-600 g.
Issiqqa talabchan, ayniqsa, gullash va pishish fazalarida. U sovuqqa ham chidamli
bo’lib O'zbekiston sharoitida qishlab chiqadigan shakllari, navlari bor. Urug'lari 2-5

0

S

haroratda ko'kara boshlaydi. Maysalari 11

0

S sovuqqa chidaydi. Qurg'oqchilikka va

448


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

yuqori haroratga chidamli. O'zbekistonning tog'li mintaqasida va umuman seryog'in
yillari askoxitoz, fuzarioz singari zambrug' kasalliklari bilan zararlanadi. Bruxus
qo'ng'izidan kam zararlanadi, ammo no'xat qo'ng'izidan kuchli zararlanadi. Ular no'xat
urug'larini kuchli zararlaydi, ayniqsa, sug'oriladigan erlarda, desis yoki zolon bilan
ishlanadi. Dukkaklari pishganda yorilmaydi.

O'zbekistonda bo'z, o'tloq-bo'z, o'tloq tuproqlarda yaxshi o'sadi. Sho'rga

chidamsiz ammo nisbatan sho’rlanishga ega bo’lgan Xorazm viloyati sharoitida o’sib
rivojlanishi va xosil berishi aniqlandi.

Ekish muddatlari.

No'xat erta bahorgi ekin. U erta bahori don ekinlari bilan bir

vaqtda ekiladi. Tuproqni urug' ekiladigan qatlamida harorat 6-7

0

S ga etishi urug' ekish

uchun eng qulay muddat hisoblanadi. Respublikamizning janubiy viloyatlarda no'xat
fevralning oxirgi va martning birinchi o'n kunliklarida ekiladi. No'xat qator oralari
o’tracha 45 yoki 60 sm qilib ekiladi. No'xat urug'lari qator oralari 60 sm, o'simliklar
oralig'i 6 sm qilib ekilganda urug' hosili 25 s/ga etgan yoki qator oralari 45 va 70 sm
qilib ekilgandagina nisbatan hosildorlik 3-4s/ga oshgan. Tajribalarining ko'rsatishicha
tuplar oralig'i 6 va 9 sm ekilganda eng yaxshi natijalar olingan. Bunda ekish me`yori
gektariga 60 va 80 kg ni tashkil qiladi.

No'xat urug'lari chigit ekadigan SChX-4, SXU-4, SPU-6 m seyalkalarida ekilishi

mumkin. Urug'lar SPCh-6 M, SPCh-8, SUK-24 seyalkalarida ekilganda ekish sifati
yuqori bo'lib, urug'lar sonini aniq tashlash mumkin. No'xat urug'lari 5-7 sm chuqurlikka
ekiladi. Ekish chuqurligi tuproq holati, urug'lar yirikligiga qarab 4-8 sm o'zgarishi
mumkin.

No’xat o’simligining botanik tasnifi:

No’xat (Cicer) burchoqdoshlar

(Fabaceae) oilasiga mansub bir yillik o’simlik bo’lib 27 tadan ortiq turni o’z ichiga
oladi. Bu turlarning ko’pchiligi Hindistonda uchraydi. Uning 27 turidan faqat bir turi
Cicer arietimum L ekiladi (Miroshnichenko, Pavlova 1953). No’xatning ko’plab
mahalliy nomlarini uchratish mumkin, jumladan: no’xat, naxo’t, naxot, nuxut
(O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Armanistonda),
baraniy gorox, puzirnik, mozgovoy goroshok, pupatiy gorox, moxnatka (Ukrainaning
Qrim viloyatida va Rossiyaning boshqa hududlarida) va hakozo.

Dukkagining uzunligi 2,0–3,5, eni 1,0 1,7 sm gacha boradi. Urug’ining o’lchami

9,0–12,0 mm uzunlikda, eniga 7,0–9,0 mm kenglikda bo’ladi. Bu guruhdagi navlarning

449


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

o’suv davri 77–140 kunga teng bo’ladi. Bu no’xat navlari Osiyoda: Eron, Hindiston,
Afg’oniston, Suriya, Falastinda, O’rta
Osiyoda, Afrika qit’asining Jazoir, Marokash, Tunis, G’arbiy Yevropaning
Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Bolgariya, Chexiya va Slovakiya hamda
Amerika qit’alarida ekiladi.

Mayda urug’li no’xat o’simligining barglari, gullari, urug’lari odatda mayda

bo’ladi. Bu navlarning urug’lari oq–pushti, qizil–siyohrang, ko’k-qora ranglarda
uchraydi. Bu guruh navlar ertapisharlik xususiyati bilan yirik urug’li navlardan ajralib
turadi. Jumladan, Eronda ekiladigan mayda urug’li navlarining eng qisqa vegetasiya
davri mavjud bo’lib, u 64 kunga teng bo’ladi.

G.M.Popova (1937) ning sistematikasiga ko’ra no’xat turi, to’rtta kenja turga

bo’linadi:
1. Sharqiy (sharqqa oid)–orientale G.Pop.;
2. Osiyo–asiaticum G.Pop.;
3. Yevropa-Osiyo–eurasicum G.Pop;
4. O’rta yer dengizi–mediterraneum G.Pop.

Kenja turlarni aniqlashda rangi, shakli, urug’ining katta-kichikligi, o’lchami kabi

morfologik belgilari olingan. No’xatning 13 ta ekologik gruhi mavjud bo’lib, shundan
5 tasi (O’rta Osiyo, kichik Osiyo, O’rta Yevropa, Janubiy Yevropa va Afg’oniston)
keng tarqalgan. O’zbekistonda no’xatning Osiyo turi keng tarqalgan.

“Malxotra”

no‘xat navi. O‘simlik butasimon, yig‘iq shaklda, balandligi poyasi

yarimshtamp, to‘g‘ri tugallangan, yashil, qalin tukli. Qo‘ltiq osti gullari yakka-yakka,
yirik, oq. Dukkagi rombsimon, o‘tkir uchli, tukli. Doni burchoqsimon, g‘adir-budir,

sarg‘ish-pushti. Bir tupda o‘rtacha 80—86 dukkaktagacha
hosil qiladi. 1000 ta donning vazni 377,0 g. Kechpishar,
amal davri 108—111 kun. Yotib qolish, to‘kilish,
qurg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli,
mexanizatsiya bilan yig‘ishga yaxshi moslashgan, biologik
kuzgi nav. Don tarkibidagi oqsil miqdori 24,3 %, moy
miqdori 5,0—6,5 % ni tashkil etadi. Pishish darajasi 30
daqiqa, sifati bo‘yicha qimmatbaho no‘xat navlari guruhiga
kiradi. Gektaridan 29—40 sentnergacha hosil olish
mumkin.

450


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Issiqlikka bo’lgan talabi.

No’xat issiqsevar o’simliklar guruhiga kiradi,ammo

urug’lari (Stepanov, 1957) +3

0

C, +4

0

C haroratda una boshlaydi, +5

0

S, +6

0

S da urug’lari

unib chiqadi. Bu haroratda unib chiqishi 20-30 kunga cho’zilib ketadi, havo harorati
+3

0

S da uchinchi, to’rtinchi kundan una boshlaydi.

No’xatning yosh

maysalari–5

0

С,

-6

0

С

sovuqqa chidamli bo’ladi.
Bahorgi qisqa muddatli
sovuqlardan kam
zararlanadi. No’xatning
issiqqa bo’lgan talabi,
unib chiqqandan pishish
fazasi boshlanguncha
oshib boradi. Masalan,
ekilgandan unib

chiqqungacha bo’lgan davrga qaraganda gullash davrida haroratni ko’proq talab qiladi
yoki gullashdan ko’ra dukkaklashda issiqlik ko’proq kerakdir. Bu davrda no’xat uchun
harorat +20

0

S dan kam bo’lmasligi kerak. I.I.Miroshnichenko, A.M.Pavlova (1933)

Toshkentda olib borgan tajribasida no’xat unib chiqqandan to pishib yetilguncha

1800-2000

0

S foydali harorat yigindisiga teng issiqlik qabul qilgan. R.R.Xusainov

(1940) ning ta’kidlashicha, no’xat pishgungacha bo’lgan vegetasiya (o’suv) davrida
1800-1850

0

S issiqlikni o’ziga qabul qilgan.

Namlikka munosabati.

Dukkaklilar ichida no’xat havo va tuproq

qurg’oqchiligiga eng chidamli o’simlik hisoblanadi. O’rta Osiyo sharoitida no’xat
faqatgina lalmi xududlarda ekiladi. Lalmi xududlarda no’xatdan olinidagan hosil
bahordagi namgarchillikka bog’liq. Bahorda yog’ingarchilik ko’p bo’lib, namgarchilik
yuqori bo’lgan yillari no’xat hosili ham yuqori bo’ladi (Bobomurodov, Umirzakov,
2005). No’xat qurg’oqchilikka chidamli o’simlik, ammo urug’larni bo’rtishi va unib
chiqishi uchun namlik miqdori yetarli bo’lishi kerak. No’xat urug’i tarkibida
bo’rtishgacha –12,2% va bo’rtgandan keyin 166,2 % miqdorda suv talab qiladigan
ayrim navlari bor. Unib chiqishi uchun ko’p nam talab qilganligi bois ham bu o’simlikni
erta bahor (fevral, mart oyi) tuproqda nam miqdori yuqori bo’lganda ekish maqbul
xisoblanadi.

451


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Foydalanilgan adabiyotlar va manbaalar

1.

Маткаримов

Ф

.

И

.,

Бабоев

С

.

К

.,

Давронов

К

.

Д

.,

Кулмаматова

Д

.

Е

.,

Тохирбоева

Д

.

У

.

Нўхат

етиштириштехнологияси

// “

Наврўз

”.

Тошкент

-

2020.

2.

Flexas J., Bota J., Loreto F., Cornic G., Sharkey T.D. Diffusive and metabolic
limitations to photosynthesis under drought and salinity in C3 plants. Plant Biol.
2004

3.

Громов А.А., Ледовский Н.В., Малышева А.В. Влияние регуляторов роста,

микроэлементов и ризоторфина на выжаваемость растений и урожайность

гороха Флагман 9. 2010

4.

Tursunov S. O‘simlikshunoslik. Toshkent. 2019

5.

https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0053/53_i_20241029_122216_
7.7.pdf

6.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

(2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

452

Bibliografik manbalar

Маткаримов Ф.И., Бабоев С.К., Давронов К.Д., Кулмаматова Д.Е., Тохирбоева Д.У. Нўхат етиштириштехнологияси// “Наврўз”. Тошкент -2020.

Flexas J., Bota J., Loreto F., Cornic G., Sharkey T.D. Diffusive and metabolic limitations to photosynthesis under drought and salinity in C3 plants. Plant Biol. 2004

Громов А.А., Ледовский Н.В., Малышева А.В. Влияние регуляторов роста, микроэлементов и ризоторфина на выжаваемость растений и урожайность гороха Флагман 9. 2010

Tursunov S. O‘simlikshunoslik. Toshkent. 2019

https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0053/53_i_20241029_122216_7.7.pdf

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.