«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UDK:633,8/9:577.4
EKSTREMАL TUPROQ IQLIM SHАROITLI АGROT
SENOZ UCHUN
NOАNАNАVIY
(CHENOPODIUM QUINOA)
Chenopodium quinoa)
OʼSIMLIGI
Eshmurodova Mavluda Qodiraliyevna.,
Naralieva Nasiba Mamanovna.
Turgunboyev Abdulazizbek Xayitboy o ‘li.
Don va don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti doktoranti.
eshmurodovamavluda52@gmail.com
ADU. Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri., b.f.d. professor.
АDU tayanch doktoranti
Annotasiya:
Butun dunyoda suv va tuproq sho‘rlanish darajasi har xil bo‘lgan
chekka hudud tuproqlarida almashlab ekishda sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli
muqobil o‘simliklarni qo‘llash yoki bunday sharoitda yetishtirish qiyin yoki imkonsiz
bo‘lgan an‘anaviy ekinlarni almashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
So‘nggi yillarda dunyo miqosida agrosenozlardagi yuqoridagi kabi muammolarni hal
etishda
quinoa
(Chenopodium quinoa Willd)
psevdodon o‘simligiga e‘tibor
kuchaymoqda. Bu o‘simlikdan ekstremal tuproq va iqlim sharoitlariga yaxshi
moslashgan ko‘p maqsadli agrosanoat ekinlari sifatida foydalanish mumkin.
Kalit so‘zlar
: global cho‘llanish, tuproqlarning degradatsiyasi, muqobil ekin,
tuproqlarning degradatsiyasi, alternativ, psevdodon, galofit
Абстракт:
Во всем мире считается целесообразным использовать
альтернативные соле
-
и засухоустойчивые растения в севооборотах на
маргинальных почвах с различным уровнем содержания воды и засоленности
почвы или заменять традиционные культуры, выращивание которых в таких
условиях затруднительно или невозможно. В последние годы все больше
внимания уделяется псевдоподиуму
—
растению киноа (Chenopodi
um quinoa
Willd) для решения вышеуказанных проблем в агроценозах по всему миру. Это
растение может использоваться как многоцелевая агропромышленная культура,
хорошо приспособленная к экстремальным почвенно
-
климатическим условиям.
362
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Ключевые слова:
глобальное
опустынивание, деградация почвы,
альтернативная культура, деградация почвы, альтернатива, псевдоподия,
галофит
Abstract:
In recent years, it has been considered advisable to use alternative salt-
and drought-resistant plants in crop rotations in marginal areas with different levels of
soil and water salinity, or to replace traditional crops that are difficult or impossible to
grow in such conditions. In recent years, more and more attention has been paid to
pseudopodium - the quinoa plant (Chenopodium quinoa Willd) to solve the above
problems in agrocenoses around the world. This plant can be used as a multi-purpose
agro-industrial crop, well adapted to extreme soil and climatic conditions.
Key words:
global desertification, soil degradation, alternative culture, soil
degradation, alternative, pseudopodium, halophyte
Dunyo miqyosida global cho ‘llanishni kuchayishi, biologik xilma-xillik va
barqaror rivojlanishga jiddiy ta ‘sir ko ‘rsatadi. Yer yuzining iqimi quruq hududlarini
ahvoli tobora yomonlashib,bu holat odamlarga va atrof-muhitga salbiy ta‘sir
ko‘rsatmoqda.[2]
Bugungi kunda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish uchun yangi oziq-ovqat
manbalarini izlash va ulardan foydalanish kunni
ng dolzarb мasalalridan hisoblanadi.
Bunday manbalardan biri qadimiy
qinoa (Chenopodium quinoa)
o ‘simligidir.
So‘nggi yillarda butun dunyoga noyob donli mahsulotlardan un, jele, choy va
noyob dorivor o ‘simliklardan balzalar, tabiiy ichimliklar taklif qiluvchi organik tabiiy
mahsulotlar yetkazib beruvchi tarmog‘ faol rivojlanmoqda. Shunday o‘simliklardan
biri unutilgan va qadimiy ekinlardan biri hisoblangan, hozirgi vaqtda dunyoda keng
miqyosda yetishtirilishi yo‘lga qo‘yilayotgan donli o‘simlik quinoadir.
Suv resurslarining kamayib borayotganligi sababli, bu xavf-hatarlarlar ortib
bormoqda. Yaylovlar unumdorligining pasayishi, o‘simlik qoplamini kamayishi,
unumdor tuproqlardan to‘gr‘i foydalanmaslik, sho‘rlanish, botqoqlanish, va tuproq
unumdorligining pasayishini asosiy sabablari bo‘lib, jiddiy muammolarni keltirib
chiqaradi.
Markaziy Osiyo regionidagi ushbu muammolarni hal qilish uchun olimlar ishlab
chiqarish tizimlarini diversifikatsiya qilishni tavsiya qilmoqalar. Ular suv va tuproq
sho‘rlanish darajasi har xil bo ‘lgan chekka hudud tuproqlarida almashlab ekishda sho‘r
va qurg‘oqchilikka chidamli muqobil ekinlarni qo‘llash yoki bunday sharoitda
363
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
yetishtirish qiyin yoki imkonsiz bo‘lgan an‘anaviy ekinlarni almashtirish maqsadga
muvofiq deb hisoblaydilar.
Masalan, sho‘rga chidamli jo‘xori (Sorghum bicolor) va tariq (Pennisetum
glaucum) kabi ekinlar suvni kam talab qiladi va qurg‘oqchilik va issiqlikka juda
chidamli. Bu ekinlar bir vaqtning o‘zida ikkita muammoni hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, ular g‘alla va yem-xashakni barqaror etishtirishni ta‘minlaydi;
ikkinchidan, ular eroziyaning oldini olish va tuproq unumdorligini oshirishga yordam
beradi. Jo‘xori va tariqning bu hususiyatlari ayniqsa sho‘rlangan va qurg‘oqchilika
moyil bo‘lgan tuproqlar uchun qulay hisoblanadi.[3]
Ammo, so‘nggi yillarda dunyo miqosida agrosenozlardagi yuqoridagi kabi
muammolarni hal etishda boshqa o‘simlikka e‘tibor kuchaymoqda bu - quinoa
(Chenopodium quinoa Willd) psevdodon o‘simligidir. Bu o‘simlikdan ekstremal tuproq
va iqlim sharoitlariga yaxshi moslashgan ko‘p maqsadli agrosanoat ekinlari sifatida
foydalanish mumkin.[5]
Ayni shu xususiyatlarini bilgan holda biz ilmiy tadqiqot ishimizda bu
o‘simlikning bioekologiyasi, mamlakatimizning turli tuproq – iqlim sharoitlari va
ekologik omillarining quinoa hosildorligiga ta‘sirini o‘rganib uni asoslashni o‘z
oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Quinoa- Amaranthaceae (lat. Amaranthaceae) oilasi, Chenopodwdeae (lot.
Chenopodwdeae) kenja oilasi, Meri (lat. Chenopodium) jinsining Quinoa (lot.
Chenopodium quinoa Willd.) turidir.
Quinoa(Chenopodium quinoa Willd) iqlim o‘zgarishlariga oson moslasha oladi
va suvni tejaydi, bu esa Markaziy Osiyoda oziq-ovqat ishlab chiqarish
muammolarining kuchayib borayotgan bugungi sharoitida uni ajoyib alternativ
o‘simlik ekanligini ko ‘rsatadi.
Quinoa – sho‘rlanishga, hatto dengiz suvlarida topilgan sho‘rlanish darajalariga
teng bo‘lgan darajada bardoshli bo‘lgan galofit ekindir. Quinoa unumdorligi past
bo‘lgan tuproqlarda, shu jumladan qumda va yillik yog‘ingarchilik miqdori past
bo‘lgan hududlarda ham o‘sish qobiliyatiga ega.
Quinoa(Chenopodium quinoa Willd)ni oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishdan
tashqari, uning donalaridan parrandalarni, shuningdek yashil biomassasi va o‘simlik
qoldiqlaridan chorva mollarini samarali boqish uchun ham foydalanish mumkin.
364
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
U taxminan 7000 yil oldin Titikaka ko ‘li havzasida madaniylashtirilgan va u
yerdan janubdagi boshqa hududlarga tarqalgan.U oqsilga, muhim aminokislotalar,
lipidlar va minerallarga boy bo ‘lgan to ‘yimli donlari uchun butun dunyo miqyosida
tobora ko ‘proq yetishtirilmoqda.
Quinoa (Chenopodium quinoa Willd)ning genotipik guruhlari urug ‘lari
(panikula)ning rangi
Quinoa turli xil abiotik omillarga nisbatan yuqori tolerantlik xususiyatiga egadir.
Uning aynan shu xususiyati qishloq xo‘jaligidagi turli agroekologik zonalarga
moslashish qobiliyatini ta‘minlab, issiq quruq cho‘llarda va nisbiy namligi 88% gacha
bo‘lgan tropik hududlarda -8 ° C dan o‘sishiga imkon beradi. Uning 40 °C va dengiz
sathidan 4000 m balandlikdagi tog‘li hududlarda, ishqorli va gidrooksidli tuproqlarga
moslashuvi, pH 4,5 dan 9,06 gacha bo ‘lgan tuproqlarda yetishtirish imonini beruvchi
ajoyib moslanish belgilariga ega.
Quinoa qurg‘oqchilikka chidamli ekin bo‘lib, yiliga 200 mm dan kam
yog‘ingarchilik bo‘lgan iqlimi quduq hududlarda yuqori sho‘rlanishga chidamli va
fakultativ galofit hisoblanadi.
Quinoa (Chenopodium quinoa Willd) urug‘lari (panikula) ning rangi Oq,
binafsha, qizil, pushti, sariq, to ‘q sariq, jigarrang, kulrang, qora, qizil 3qava oq, qizil
va pushti, qizil va sariq, yashil, qizil va yashil rangacha bo ‘lishi mumkin Quinoa -
atrof-muhit sharoiti va genotipiga qarab balandligi 0,20 dan 3 m gacha bo ‘lgan bir
yillik otsi o ‘simlik, gullash davomiyligi esa 50-70 kundan iborat bo ‘lib.O ‘simlikning
quruq vazni 365,5g gacha, urug ‘ning vazni1,15g - 77,9g ( bir tup o ‘simlikda ) tashkil
etadi.[3]
365
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Ilmiy tadqiqot ishlarimizning dala tajribalarini Аnd
ijon viloyati, Bo ‘ston tumani,
“Bo‘ston o ‘rmon innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish” –MChJ ga qarashli, G ‘olib
MFY ning sug ‘oriladigan bo ‘z tuproqlarida olib bordik.
Dala tajribalarimiz 4 qaytariqdan iborat xolatda bir yarusda joylashtirildi. Bizga
ma‘lumki tuproq introdutsient o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta‘sir etuvchi
muxim edafik omil xisoblanadi. Introdkutsiya qilinayotgan o‘simliklar ham tuproqning
fizik-kimyoviy xossalariga va agrotsenozda mavjud barcha biotik tarkibiy qismlarga
ta‘sir etadi. Shu maqsadda kinoa urug‘larini ekishdan oldin mazkur tuproqning
kimyoviy va fizik xolatlarini o‘rganish maqsadida tuproqning 0-25-240 sm gacha
bo‘lgan qatlamidan na‘munalar oldik va laboratoriya taxlillarini o‘tkazdik. Taxlillar
natijasiga ko‘ra tajriba maydoninig tuprog‘i 2- darajali kuchsiz sho‘rlangan, o‘rta
qumoq tuproq ekanligi aniqlandi. Kinoa unumdorligi past bo ‘lgan qumli tuproqlarda,
pH 4,5 = 4,8 dan pH = 9,6 gacha bo ‘lgan tuproqlarda o‘sa oladigan o‘simlik bo‘lganligi
uchun mazkur tuproqqa urug‘ ekish rejalashtirildi.
Уруғ
сони
,
дона
Вариан
т лар
Кузатув
кунларида
униб
чиқган
ниҳоллар сони, дона
Уруғ
унувчанлик
жами %
V
%
3
кун
5
кун
10
кун
15
кун
20
кун
25
Кун
30
кун
100
10°С
4,1
12,2
17,5
-
-
-
17,5 ± 1,21 %
13,8
100
15°С
1,1
8,3
16,4
22,7
28,6
-
-
28,6 ± 2,97 %
14,8
100
20°С
5,4
11,7
22,4
37,5
58,2
71,4
-
71,4 ± 1,68 %
3,4
100
25°С
6,5
18,4
39,7
62,9
78,9
93,7
-
93,8 ± 1,2 %
2,01
100
30°С
32,7 47,7
59,1
65,5
-
-
-
65,5 ± 3,39 %
7,2
100
35°С
30,2 45,44
-
-
-
-
-
45,44 ± 3,6%
11,9
*V–
Вариация
Tadqiqotimizning tajriba maydoniga kinoa urug‘larini ekish maqsadida ularning
dala va laboratoriya unuvchanligini o‘rganib chiqdik. Dorivor Quinoa (Chenopodium
quinoa Willd) ning ontogenezini o‘rganish natijasida ma‘lum bo‘ldiki, urug‘larining
unuvchanlik xususiyati yuqori bo‘lib, ekish oldidan skarifikatsiya yoki stratifikatsiya
qilish shart emas. Laboratoriya sharoitida dorivor Quinoa (Chenopodium quinoa Willd)
366
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
ning urug‘ unuvchanligini eng maqbul variantini aniqlash uchun quyidagi +10
0
C,
+15
0
C, +20
0
C, +25
0
C, +30
0
C, +35
0
C haroratlarda termostatga qo‘yilib kuzatishlar olib
borildi.
Bizning tajribalarimiz ko‘rsatishicha urug‘lar laboratoriya sharoitida 4-5 kunlari
unib chiqa boshladi. 12-16 kunlari urug‘palla barglari bir-biriga yopishgan holda sariq
rangda nomoyon bo‘ldi
Tadqiqotimizning laboratoriya taxlillarida Quinoa (Chenopodium quinoa Willd)
urugʼining unib chiqishi uchun optimal harorat 25°C ekanligi aniqlandi. Urugʼlar
ekilgandan keyin uchinchi kuni 6,5 ta, b
eshinchi kuni 18,4 ta, oʼn beshinchi kuni 62,9
ta, yigirmanchi kuni 78,9 ta va yigirma beshinchi kuni yesa 93,7 ta urug‘ unib chiqdi
jami ekilgan urugʼning 93,75% ini tashkil etdi. 35°
C da esa uchinchi va beshinchi
kunlari ekilgan urug‘larning 45,44% i unib chiqdi. Bu gradusda keyingi kunlari
urug‘ning unib chiqish jarayoni kuzatilmadi. Haroratning maksimal darajasi
urug‘larning unib chiqishiga salbiy ta‘sir etib, urug‘larning qurib qolishiga olib keldi.
Tajribalar natijalariga ko‘ra, Quinoa (Chenopodium qu
inoa Willd) oʼsimliklar
urug‘ unuvchanligining unib chiqishi uchun haroratning eng maqbul varianti +25
0
C
ekanligi kuzatilib, ushbu variantda unuvchanlik ko‘rsatkichi 93,8 % tashkil etdi.
Xulosa qilishimiz mumkinki, dorivor Quinoa (Chenopodium quinoa Willd)
o‘simligi urug‘ining unib chiqishiga ta‘sirini o‘rganish uning o‘sishi va rivojlanishini,
introduktsiya sharoitida o‘simlikning ontogenezi o‘rganish, o‘simliklarni muayyan
sharoitda yetishtirib va madaniylashtirib yuqori samaradorlikka erishishda muhim
ekologik omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xalqaro Quinoa yili - 2013 // Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va
qishloq xo ‘jaligi tashkiloti [Elektron resurs]. -:Kirish rejimi: http://www.fao.org.
2. Чениховец Е.А.Куиноанинг кимёвий таркиби (Chenopidium quinoa) // Россия
қўй
ва ечкичилик илмий тадқиқот институтининг илмий ишлари тўплами.
2015.Т.1. No 8. 343
-346-betlar.
3. Шечеколдина, T.В. Quinoa
- noyob ko ‘p maqsadli ekindir // Innovatsion oziq-ovqat
mahsulotlarining texnologiyasi va savdosi, No 5 (22), 2013. - 91-96-betlar.
4.Rao, N. K. (2016). “Quinoa: a future-proof crop for climate smart agriculture,” in
Global Forum forInnovations in Agriculture-2016
, ed R. Choukr-Allah (Abu Dhabi).
367
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
5.
СултановаЗ
.
С
.,
ТодеричК
.
Н
., (201 9) Vozdelyvanie Kinoa v Usloviyah Yuzhnogo
Priaral ‘ya.
Science Review
. 8(25). doi: 10.31435/rsglobal_sr/31102019/6749
6. Sultanova Z. S., Khudaibergenov Bakhtiyar, Uteuliev Janibek, Sultanov Bahadir.
(2021) Yield of Quinoa Varieties at Different Fertilization Rates. World Science. 1(62).
doi:10.31435/rsglobal_ws/30012021/7409.
https://doi.org/10.31435/rsglobal_ws/30012021/7409
7. Botir Xaitov., Aziz A Karimov., Kristina Toderich., Zulfiya Sultonova., Azimjon
Mamadrahimov., Xoliq Allanovю, Sohib Islomov.Journal of Plant Nutrition, Volume
44, 2021 – Issue 9. Adaptation, grain yield and nutritional characteristics of quinoa
(Chenopodium quinoa) genotypes in marginal environments of the Aral Sea
basin.
https://doi.org/10.1080/01904167.2020.1862200
368
