SHE’RIYAT ORQALI INSONLARDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada she`riyatning ekologik tarbiyani shakllantirishdagi o`rni, badiiy asarlar orqali inson qalbida tabiatga mehr, ekologik ong va ma`suliyat hissini uyg`otish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ekologik muammolar sharoitida she`riyat orqali yosh avlodda ekologik tarbiyani skakllantirishning samarali usullari ko`rsatib o`tilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
67-70
7

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sattarova, F., Salayev, U., & Xudarganova, O. (2025). SHE’RIYAT ORQALI INSONLARDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI. Universal Science Research Jurnali, 3(4), 67–70. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/102663
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Kalit so‘zlar:

Annotasiya

Ushbu maqolada she`riyatning ekologik tarbiyani shakllantirishdagi o`rni, badiiy asarlar orqali inson qalbida tabiatga mehr, ekologik ong va ma`suliyat hissini uyg`otish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ekologik muammolar sharoitida she`riyat orqali yosh avlodda ekologik tarbiyani skakllantirishning samarali usullari ko`rsatib o`tilgan.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O`UK 504.06:37.033:82-1

SHE’RIYAT ORQALI INSONLARDA EKOLOGIK TARBIYANI

SHAKLLANTIRISH YO`LLARI

F.Y.Sattarova.,U.G‘.Salayev., O.Q.Xudarganova

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, katta o‘qituvchi

fazilatsattarova@gmail.com

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, o‘qituvchi

ulugbek-salayev@mail.ru

.,

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, talaba

xudarganovaoygul34@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada she`riyatning ekologik tarbiyani

shakllantirishdagi o`rni, badiiy asarlar orqali inson qalbida tabiatga mehr, ekologik ong
va ma`suliyat hissini uyg`otish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ekologik muammolar
sharoitida she`riyat orqali yosh avlodda ekologik tarbiyani skakllantirishning samarali
usullari ko`rsatib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

she`riyat, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, ekologik ong,

ekologik ma`suliyat

Аннотация:

В статье анализируется роль поэзии в формировании

экологического образования, а также возможности воспитания любви к природе,

экологической сознательности и чувства ответственности в сердце человека

посредством произведений искусства. Показаны эффективные методы

воспитания экологического воспитания у подрастающего поколения через

поэзию на фоне экологических проблем.

Ключевые слова:

поэзия,

экологическое образование, экологическая

культура, экологическое сознание, экологическая ответственность

Abstract:

This article analyzes the role of poetry in the formation of ecological

education, the possibilities of awakening love for nature, ecological awareness and a
sense of responsibility in the human heart through works of art. Effective methods of
instilling ecological education in the younger generation through poetry in the face of
environmental problems are shown.

67


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Key words:

poetry, ecological education, ecological culture, ecological

awareness, ecological responsibility

Hozirgi kunda ekologik inqiroz davrida insonlarning tabiatga bo`lgan

munosbatini o`zgartirish orqali ekologik muammolarni hal qilish mumkin.
Ma`lumotlarga qaraganda tabiat ne`matlari yildan yilga qisqarmoqda, bundan
ma`lumki atrof-muhitni asrash kundan kunga dolzarb masalaga aylanmoqda. Buning
uchun avvalo dunyodagi barcha kishilarni ekologik dunyoqarashini o`zgartirish ya`ni
tabiat haqidagi bilimlarini oshirish, tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo`lish
kerak ekanligini uqtirishdir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ekologik madaniyatni
shakllantirishda ma`naviyat, ong va tarbiyaning birligi haqida alohida urg`u bergan:
“Odamzodning ruhiy dunyosi tabiat bilan uyg`un bo`lsa, jamiyat ham sog`lom
bo`ladi”[1]

Ekologik tarbiy albatta oiladan boshlanishi lozim qolaversa maktabgacha ta`lim,

maktab ta`limi, oliy ta`lim va oliy ta`limdan keyin ham ekologik bilimlar berilishi
lozim. Qanchalik ekologik tarbiya va madaniyat shakllansa shunchalik tabiat bilan
bog`liq muammolar kamayib boradi. Ekologik tarbiya va madaniyatni shakllantirishda
she`riyatning o`rni ham beqiyosdir. Tabiat mavzusida yaratilgan she`rlar inson qalbiga
bevosita ta`sir qiluvchi vosita sifatida ekologik qadriyatlarni singdiradi.

Buyuk shoirlarimiz Alisher Navoiy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlarning

asarlarida tabiat obrazlari orqali inson va muhit o`rtasidagi uyg`unlik ifodalanadi.
Masalan, Erkin Vohidovning “O`zbekiston-osmonim musaffo” she`rida muhitning
pokligi yurtning timsoli sifatida ko`rsatiladi.[2]

Shoirlar tabiatni jonli obrazda ko`rsatish orqali o`quvchi qalbida muhabbat va

ma`suliyat uyg`otadi. Bu holat o`quvchilarda ekologik ong va estetika uyg`otishga
xizmat qiladi

Ekologik mavzudagi she`rlar asosida insho yozish, mushoira o`tkazish va

dramatik sahnalarni qo`llash orqali o`quvchilarda ekologik dunyoqarashni
shakllantirish mumkin.[3]

Zamonaviy shoirlar asarlarida chiqindilar, suv muammosi, havo ifloslanishi kabi

muammolar san`at tilida ifodalanadi. Bu esa ekologik mafkuraning keng tarqalishiga
xizmat qiladi.

She`rlar orqali insonlarda atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorlik, go`zallikka mehr

va muhofaza qilish zarurligi shakllantiriladi.

68


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Ta`lim muassasalarida ekologik mavzudagi she`rlar asosida tashkil etilgan badiiy

kechalar, insholar, sahna ko`rinishlari orqali o`quvchilarda yoki talabalarda ekologik
tarbiya berishning samaradorligi ortadi. O`quvchilarning yoki talabalarning o`zlari
tomonidan yozilgan ekologik mavzudagi she`rlar ularning ekologik fikrlash darajasini
oshiradi.

Tabiat haqidagi she`rlarni ko`proq targ`ibot qilish orqali ham yaxshi natijalarga

erishsa bo`ladi. Masalan, bunday she`rlarni tadbirlar o`tkazish orqali yoki she`rni
pechat variantini davlat muassasalariga yoki mahalla orqali har bir uyga osib qo`yilsa,
bu sh`erlarni o`qigan har bir insonda tabiatga bo`lgan ma`suliyat hissi uyg`onsa ajab
emas.

Quyida mualliflardan biri oliygoh talabasi Xudarganova Oygul tomonidan

yozilgan tabiat haqida she’rlarni taqdim qilamiz o‘ylaymizki bu she’rlarni o‘qigan har
bir insonda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘onadi.

O‘rmon

O‘rmonlarni kesmanglar

Kislorodni to‘smanglar

Daraxtlarni kesib siz

Xaddingizdan oshmanglar

Chiqindi

Chiqindini tashlamang

Aziz ko‘z-u qarog‘im
Chiqindini tashlasang

Bo‘lar holim-harobim

Yog‘och ko‘mir yoqilg‘i

Sifatida ishlatmang

O‘rmonlarni kesibsiz

Xilma-xillik yo‘qotmang.

Buni bilgin azizim,

Chiqindini tashlama

Ko‘cha-kuyda yurganda

Ko‘ngillarni g‘ashlama

Ko‘chat ek

Ko‘chat eksang bolajon,

Toza bo‘lar hammajon

Ko‘chat eksang bolajon,

Obod bo‘lar hammayon

Nihol eking bobojon,

Bo‘lsin nihol hammayon

Gullar eking momojon,

Gullab bitsin barcha yon

69


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, she`riyat inson qalbiga yo`l topuvchi eng

kuchli vositalardan biridir. U orqali insonlar ongida atrof-muhitga nisbatan ma`suliyat
hissini uyg`otish, tabiatga nisbatan mehr-muhabbatni shakllantirish mumkin. Shuning
uchun ham ekologik tarbiyada badiiy adabiyot, ayniqsa she`riyatning ahamiyati
beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent.Ma`naviyat, 2008
yil. 45-46 betlar

2.

E.Vohidov. Tanlangan asarlar-T.:2010 yil. 77-78betlar

3. Jo`rayev.S. She`riyat va tabiat obrazlari-T.:O`qituvchi-2011 yil. 62-70 betlar

70

Bibliografik manbalar

I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent.Ma`naviyat, 2008 yil. 45-46 betlar

E.Vohidov. Tanlangan asarlar-T.:2010 yil. 77-78betlar

Jo`rayev.S. She`riyat va tabiat obrazlari-T.:O`qituvchi-2011 yil. 62-70 betlar