MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA KADRLAR VA MUTAXASSISLAR MIGRATSIYASI

Annotasiya

Ushbu maqolada madaniyat va san’at sohasidagi kadrlar va mutaxassislarning migratsion jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot va fikrlar keltirilgan.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15026314
CC BY f
31-35
26

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Viktor Alimasov, & Sаmiyev Bаxtiyor Norbobo о‘g‘li,. (2025). MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA KADRLAR VA MUTAXASSISLAR MIGRATSIYASI . Universal Science Research Jurnali, 3(3), 31–35. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/72312
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada madaniyat va san’at sohasidagi kadrlar va mutaxassislarning migratsion jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot va fikrlar keltirilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

31

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA KADRLAR VA MUTAXASSISLAR

MIGRATSIYASI

Ilmiy rahbar: Viktor Alimasov,

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori,

falsafa fanlari doktori

Sаmiyev Bаxtiyor Norbobo о‘g‘li,

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

“Mаdаniyаt vа sаn’аt muаssаsаlаrini tаshkil etish

hаmdа boshqаrish” tа’lim yо‘nаlishi 3-bosqich tаlаbаsi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada madaniyat va san’at sohasidagi kadrlar va

mutaxassislarning migratsion jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot va fikrlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

madaniyat va san’at sohasi, migratsion jarayon, qo‘nimsizlik, sayyor

truppa, ansambl, ijodiy kolektiv, teatr, mehnat migratsiyasi.

Abstract:

This article provides detailed information and opinions about the

migration processes of personnel and specialists in the field of culture and art.

Keywords:

the field of culture and art, migration process, dissatisfaction, traveling

troupe, ensemble, creative collective, theater, labor migration.

Hozirgi kunda madaniyat va san’at sohasida kadrlar qo‘nimsizligi bir qator ijtimoiy

omillar bilan bog‘liq ularga:

malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj;

Ish sharoitining ko‘ngildagidek emasligi;

Kadrlarnarning nokoppitentligi;

Kasb-kor malakasining joylarda talab yetilmasligi;

maoshning yuqori emasligi kabi masalalar kiradi.

Kadrlar qo‘nimsizligi tufayli madaniyat va san’at sohasidagi oliy ma’lumotli kadrlar

11-12% atrofidadir. Ularning 37-38%ni esa o‘rta maxsus bilimli xodimlar tashkil etadi.
Demak, madaniyat va san’at sohasidagi mutaxassislarning deyarli yarmi maxsus
ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslardir. Bu xol kadrlar qo‘nimsizligini ko‘rsatibgina
qolmay, mutaxassislar migratsiyasidan ham dalolat beradi [1].


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

32

Mutaxassislar

migratsiyasi

deganda madaniyat va san’at sohasidagi

mutaxassislarning shahardan qishloq tumanga borishi yoki qishloq joylaridagi san’at
xodimlarining shaharlarga jalb etilishi nazarda tutiladi [2]. Shu paytgacha mutaxassislar
migratsiyasi deyilganda shaharlik madaniyat va san’at sohasi xodimlarining qishloqlarda
o‘tkaziladigan madaniy ommaviy tadbirlarga jalb etilishi nazarga tutilgan. Masalan,
tuman va qishloqlarda o‘tkaziladigan ommaviy oilaviy tantanalarga, shaxs yubiliylariga,
nikoh to‘ylariga shaharlik san’atkorlar jalb etilgan, ular ushbu tadbirlarni uyishtirish
rejalashtirish va buyurtmachilarga manzur tarzda tashkil etib berish vazifalarini
bajarishgan. Buni vaqtinchalik migratsiyas deb, atasa bo‘ladi. Vaqtinchalik migratsiya
shaharlik san’atkotlarni tuman va qishloqlarga borib, ommaviy madaniy tadbirlarni
uyushtirishning samarali yo‘llaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Biroq keyingi paytlarda qishloqdagi san’atkorlarni yoki folklor-etnogrfik

ansambllarni shaharlardagi ko‘riklarga, tadbirlarga va yubiliylarga jalb etish, tajribasi
shakllanmoqda. Masalan, “Boysun”, “Shalola”, “Besh qarsak”, “Gulyor”, “Omonyor”,
“Gulchehralar”, “Doston”, “Besperde”, “Orzu”, “Yor-yor”, “Chavgi”, “Mohi sitora” va
boshqa ko‘plab ansambllar shularga jalb etiladi. Aynan shu paytlarda, ular tadbirlar tashkil
etiladigan joylarda turib qoladi, xatto haftalab, o‘n kunlab yoki oylab shaharlarda yashab
qoladi. Ushbu davr ichida ular shahar madaniyati va urbanizatsiyasi bilan tanishadi,
o‘zining ashula va raqslari bilan, shahar aholisiga madaniy xizmat qiladi. Bu ham
vaqtinchalik migratsiyasiga kiradi. Bizning fikrimizcha migratsiya uzoq muddatli,
cheklangan muddatli, qisqa muddatli va uch kun, bir hafta, bir oy davom etadigan
ko‘chish jarayonlaridir.

Demak, sayyor truppalar, ansambllar, ijodiy kolektivlar ham vaqtinchalik migratsiya

orqali madaniy xizmatlar ko‘rsatadi. Migratsiyani ko‘chib ketish tarzida tushunmaslik
kerak, u kasb-korni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, vaqtincha va qisqa muddatga
ko‘chishdir.

Madaniyat va san’at sohasida qisqa muddatli migratsiya ko‘p uchraydigan oddatiy

holdir. San’atkor va ijodkorlar o‘z funksiya va vazifalarini bajarish uchun turli hududlarga
borib, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatadi. Bu ularning qisqa muddatli migratsiyasiga
misol bo‘la oladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

33

Madaniyat va san’at sohasi xodimlari va mutaxassislari ba’zan oylab gastrollarga

chiqadi, bu paytda ular mehmonxonalarda turishsada mahalliy aholining turmush
madaniyati, laxjalari, urf-odatlari, to‘y va bayramlari, fikrlash tarzi bilan tanishadilar. Shu
bilan birga, ular umummilliy harakterga ega boʻlgan, madaniyat va san’at boyliklarini
mahalliy aholi o‘rtasida targ‘ib etadi. Masalan, respublika O‘zbek Milliy Akademik
drama teatri jamoasi 2023-2024-yillarda gastrollarda bo‘lgan, mahalliy joylarga chiqib,
nafaqat spektakllar ko‘rsatgan, shuningdek madaniy ommaviy harakterga ega bo‘lgan
ijodiy uchrashuvlar o‘tkazgan. Shuningdek, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat
musiqali teatri ham 2023-2024-yillarda gastrollarda bo‘lgan. Mazkur tadbirlarni
migratsiya deyish no o‘rin, biroq ularda migratsiyaga xos bo‘lgan elementlar borligini
inkor qilib, bo‘lmaydi.

Birinchidan

, ularda mehnat migratsiyasiga xos bo‘lgan jihatlar bor. Mehnat

shartnomasi asosida hududlarga chiqish va haftalab, hatto oylab hududlarda yashashga,
ishlashga va madaniy funksiyalarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Mehnat shartnomasida
odatda ushbu shart-sharoitlar qayd etiladi.

Ikkinchidan,

mehnat migratsiyasida manfaatdorlik va buyurtmachi talabini bajarish

zarur bo‘ladi. Ushbu talab, madaniyat va san’at sohasidagi gastrollarda o‘z aksini topadi.

Uchinchidan,

madaniyat va san’at xodimlari ba’zan xalqaro migratsiyaga xos

funksiyalarni bajarishadi. Masalan, O‘zbekiston Prezidentining PQ–64-son qaroriga
asosan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri 2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan rejaga binoan 2022-yildan buyon xorijiy gastrol safarlarini tashkil
etib kelmoqda. Jumladan, 2022-yilda Koreya Respublikasining Tegu, Pusan, Kochang,
Pxyontxek shaharlari bo‘ylab hamda Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida,
shuningdek, 2023-yilda Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida, Rossiyada,
Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida, Belarus Respublikasining Minsk shahrida
hamda 2024-yilning 13-14-mart kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida
xorijiy gastrol safarlari amalga oshirildi [3]. Shuningdek, 2024-yilning 13-aprelidan 10-
noyabriga qadar Turkiyaning 16 ta (Adana, Shanliurfa, Bursa, Samsun, Trabzon, Furgon,
Nevshehir, Erzurum, Chanakale, Gastroantep, Anqara, Konya, Istambul, Diyarbakir,
Izmir, Antalya) hududida bo‘lib o‘tayotgan “Türkiye Kültür Yolu Festivali” Xalqaro
san’at festivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

34

teatri ham mehmon jamoa sifatida ishtirok etishdi. Ular, ushbu davlatlarda bo‘lib,
xorijliklarga madaniy xizmatlar ko‘rsatgan, spektakklar namoyish etgan. Xalqaro
migratsiya talablariga muvofiq san’atkorlarimiz xorijga chiqib, u yerlardagi madaniy
meros va san’atdagi innovatsion usullar bilan bevosita tanishgan, gastrol paytida tajriba
almashish va o‘zbek milliy opera va balet san’atini xorijda targ‘ib etish, tashqi migratsiya
talablaridan xolis bo‘lishi mumkin emas edi. Ijodiy gastrollar qisqa vaqtli migratsiyalarga
kiradi. Xatto ularni madaniy-ijodiy migratsiya deb, atasa ham bo‘ladi.

2022 – 2026 yillarda milliy, jahon opera va balet asarlarini sahnalashtirish bo‘yicha

alohida reja tasdiqlanib, bugungi kunda 6,6 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan “Alisher
Navoiy”, “Maskarad bali” operalari, “Jaloliddin Manguberdi” baleti sahnalashtirildi. Har
yili “Yosh vokal ijrochilari”, “Yosh balet ijrochilari” va“Dirijor, rejissyor va
baletmeysterlar” respublika ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi belgilandi va o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida
2022 yilda “Opera va balet san’ati” xalqaro festivali o‘tkazildi [4].

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, madaniyat va san’at sohasidagi

migratsion jarayonlar tom ma’nodagi migratsiya emas, ularda qisqa vaqtli migratsiyaga
xos belgilar mavjud. Sohamizdagi kadrlar qo‘nimsizligi ham, aslida mana shu omil bilan
bog‘liq. Bugun madaniyat va san’at sohasi xodimlari mobil, harakatchan bo‘lishi zarur.
Bozor iqtisodiyotining bu talabi esa, ularni turli hududlarga borib, u yelarda yashab,
haftalab, oylab madaniy xizmatlar ko‘rsatishga majbur qiladi. Demak, madaniyat va
san’at sohasidagi qisqa vaqtli migratsion jarayonlarni salbiy voqelik sifatida baholash
mumkin emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Alimasov V, Samiyev B. Madaniyat va san’at sohasida kadrlar qo‘nimsizligi va
mutaxassislar migratsiyasi. “Ijodiy parvoz” gazetasi. 2024-yil noyabr № 11 (138) 3-
bet.

2.

Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga
ta’siri: muammo va yechimlar [Matn] // -Sirdaryo: Ziyo Nashr-Matbaa, 2024. -344 b.

3.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Turkiyadagi
gastrol safari davomida “Türkiye Kültür Yolu Festivali” Xalqaro san’at festivalida
ishtirok etishi haqida PRESS-RELIZ.

https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/23341

.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

35

4.

https://t.me/madaniyatvazirligi

.

5.

Samiyev, Baxtiyor. "INNOVATIVE DEVELOPMENT OF CULTURE AND ART."
Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.5 (2024): 522-525.

6.

Baxtiyor, Samiyev. "THEORETICAL ANALYSIS OF THE CURRENT ACTIVITY
OF CULTURAL CENTERS IN UZBEKISTAN." International Multidisciplinary
Journal for Research & Development 11.05 (2024).

Bibliografik manbalar

Alimasov V, Samiyev B. Madaniyat va san’at sohasida kadrlar qo‘nimsizligi va mutaxassislar migratsiyasi. “Ijodiy parvoz” gazetasi. 2024-yil noyabr № 11 (138) 3-bet.

Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar [Matn] // -Sirdaryo: Ziyo Nashr-Matbaa, 2024. -344 b.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Turkiyadagi gastrol safari davomida “Türkiye Kültür Yolu Festivali” Xalqaro san’at festivalida ishtirok etishi haqida PRESS-RELIZ. https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/23341.

https://t.me/madaniyatvazirligi.

Samiyev, Baxtiyor. "INNOVATIVE DEVELOPMENT OF CULTURE AND ART." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.5 (2024): 522-525.

Baxtiyor, Samiyev. "THEORETICAL ANALYSIS OF THE CURRENT ACTIVITY OF CULTURAL CENTERS IN UZBEKISTAN." International Multidisciplinary Journal for Research & Development 11.05 (2024).