ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
36
HIKOYADA DAVR VA INSON MUNOSABATLARI TASVIRI
Shukurova Bahor Boltayevna-Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar
universiteti katta o‘qituvchisi,Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya.
Adabiy-badiiy jarayon taraqqiyoti, so‘z san’atining yangi davrga
qadam qo‘yishi hikoya strukturasida shakl va mazmun jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz
berayotganini ko‘rsatadi. Bunday hodisa, shu jumladan, o‘zbek nasrida namoyon
bo‘lmoqda. Bunday evrilishlar, nafaqat hikoya, shuningdek, yirik epik shakl sanalgan
roman badiiy qurilmasida ham ko‘rinyapti. Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining keyingi
bosqichlari, xususan, milliy Mustaqillik yillarida badiiy matn hududida tasvir
obyektivligiga e’tiborning birmuncha oshganligini ko‘rsa bo‘ladi. Bunday ijodiy-poetik
yangilanish Shukur Xolmirzayev, Erkin A’zam, Nazar Eshonqulning hikoyachilik
borasidagi izlanish va tajribalarida ham ko‘rinadi. Maqolada ayrim hikoyalar tadqiqi
orqali kichik epik janr namunalarida inson obrazidagi asosiy xususiyatlar – uning
shaxsiyati, ichki dunyosi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi faoliyati kabi ko‘pgina omillar
bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
hikoya strukturasi, tasvir obyektivligi, badiiy matn, Erkin A’zam,
Nazar Eshonqul “Stupka”, “Aralashqo‘rg‘on”, “Maymun yetaklagan odam”.
Ma’lumki, so‘z san’atining barcha janrlarida inson hamisha markaziy o‘rinda
turgan, hozir ham shunday tamoyil davom etmoqda. Badiiy adabiyotda, xususan, kichik
epik janr namunalarida inson obrazidagi asosiy xususiyatlar – uning shaxsiyati, ichki
dunyosi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi faoliyati kabi ko‘pgina omillar bilan bog‘liq.
Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining keyingi bosqichlari, xususan, milliy Mustaqillik
yillarida badiiy matn hududida tasvir obyektivligiga e’tiborning birmuncha oshganligini
ko‘rsa bo‘ladi. Bunday ijodiy-poetik yangilanish Erkin A’zam, Nazar Eshonqulning
hikoyachilik borasidagi izlanish va tajribalarida ham ko‘rinadi.
Yozuvchi Erkin A’zamning “Stupka”, “Aralashqo‘rg‘on”, Nazar Eshonqulning
“Maymun yetaklagan odam” kichik epik asarlaridagi inson tasvirida bunday yangicha
harakat ko‘zga tashlanadi. Bu o‘rinda ko‘rilayotgan muammoni “Stupka” hikoyasi
misolida ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
37
Bu hikoyaning asosiy personaji – Marina ismli sovet davrida Voronejdan o‘zbek
yurtiga “baynalminal” tilni o‘rgatish uchun muallim sifatida yuborilgan ayol. U Arslon
degan “arslondek devqomat, ko‘kragi baland, errayim, chapani” yigitga turmushga
chiqadi. Yigit aslida ammasining qiziga ko‘ngil qo‘ygan, amma nima uchundir unga bu
qizni turmushga bermaydilar. Shu sabab keyin ham baxti chopmay, ancha vaqt bo‘ydoq
yashab yuradi. Oxir-oqibat, o‘qituvchilik qilib yurgan va o‘ziga “royishroq” tuyulgan rus
qizi (Marina)ga to‘ysiz uylanib, yashay boshlaydi. Hikoyada yozilganidek, “nomusga
qolgan ota bir tovoq osh bilan ularni musulmonchasiga nikohlab qo‘yadi”
1
. Bu sovet
mafkurasi muttasil targ‘ib etib doimo rag‘batlanib turgan “millatlararo oila” edi. Bunday
munosabat yoxud oila Oybekning “Qutlug‘ qon”, Sharof Rashidovning “Bo‘rondan
kuchli”. Asqad Muxtorning “ Po‘lat quyuvchi “ poemasida tasvirlangan. Aslida bunday
aloqa-bog‘lanishlar nafaqat siyosiy-mafkuraviy, shuningdek, axloqiy-ma’naviy nuqtayi
nazardan inkor etilmagan. Bag‘rikeng va olijanob xalqimiz o‘zga yurtlardan kelib, milliy
xonadonlarga kelin bo‘lib tushgan o‘zga tilli xotin-qizlarni o‘z davrasiga qo‘shgan, ularga
kamsitish va begonalik bilan qaralmagan. Bunday ayollarning ko‘pchiligi sharqona
turmushga ko‘nikib, o‘zbeklashib ketishgan, ulardan iste’dodli va millatimiz koriga
yaraydigan azamat yigitlar, dilbar va sarishtali qizlar tug‘ilgan. Biroq, yuqorida bayon
etilgan hollarga qaramay, soxta mafkura targ‘iboti va siyosiy maqsadlar asosida
tashkillashtirilgan bunday nikohlar bevosita yoxud bilvosita shaxs fojialarini ham yuzaga
keltirgan.
Erkin A’zam hikoyasida mana shunday fojialardan quyidagilar tasvirlangan:
1.
Milliy muhitdan uzilish fojiasi.
Asar bosh qahramoni Marina bir guruh
tengdoshlari qatorida davr siyosati targ‘ibi va da’vati tufayli O‘zbekistonning chekka
tumanlaridan biriga “baynalminal” tilni mahalliy aholi orasida yoyish maqsadida
yuborilgan. Tabiiyki, u shu joyning shart-sharoitlari, imkoniyatlari doirasida yashay
boshlaydi. O‘zbek yigitiga turmushga chiqadi, “sariq atlasdan ko‘ylag-u lozim kiyib,
binoyidek yanga bo‘lib ketdi”
2
. Bunday qaraganda, uni o‘z baxtini topdi, deb hisoblash
mumkin. Maktabda muallima, qishloqdoshlar orasida hurmat-e’tiborga ega. Ammo eri
dunyodan o‘tib, nafaqaga chiqqach, o‘zini yolg‘iz-notаvon seza boshlaydi. Ba’zan
tushlariga bolaligi, yoshligi o‘tgan vatanini, unda o‘tgan umri, yurtdoshlarini eslay
1
Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.262.
2
Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.262
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
38
boshlaydi. Garchi yangi muhiti unga, u esa bu joylarga ko‘nikkan bo‘lsa-da, ona yurt
sog‘inchi keksa ayolga azob berayotganini kitobxon sezib turadi. Asarda bu tuyg‘uning
sabablari va boshqalar haqida muallif tomonidan hech gap aytilmagan. Shunga qaramay,
badiiy matnning ruhi, badiiy konsepsiyasi ishoralari keksayayotgan ayol qalbida kuchli
og‘riq bo‘lib tug‘yon urayotgani ayonlashadi. U dugonasi Lena bilan hasratlashayotganda
bu haqda shunday deydi:
“Tug‘ilgan yurtini kim sog‘inmaydi. Lekin sog‘inganda, borganda nima? Chol-u
kampir allaqachon oyoq uzatib bo‘lgan; birgina singlisi bor edi, Nastya. U ham eridan
ajralib, chet ellik bittasiga ilashib ketgan. Portugaliyada yashaydi – yo‘q hisobi endi”.
3
Bu
mulohazalarda vatandan uzoqlikkina emas, vatansizlik fojiasi ham aks etadi.
Qahramonning singlisi yurtini butunlay tark etib, Portugaliyada yashayotgan ekan, uni
endi yo‘q deb hisoblasa bo‘ladi. Vatan inson tug‘ilib o‘sgan joygina emas, undagi
qardoshlik rishtalari, yaqin odamlarning mustahkam ittifoqi demakdir. Shunday rishtalar
va ittifoq bo‘lmas ekan, Vatan ham yo‘q. Marina fojiasining o‘nglanmasligi sababi
shundaki, u endi o‘zi sog‘ingan Vataniga qaytib borishi keraksizligini ham tushunadi.
Hikoyada taqdiri Marinaga o‘xshash va yaqin bo‘lgan Lena degan rus ayoli voqea
tizimida ishtirok qiladi. Uning dugonasidan farqli ravishshda eri hali tirik, ikki o‘g‘li va
qizi bor, roviy qayd etganidek, “obod-orasta hovlisi, yashnab turgan bog‘i”
4
bor. Shunga
qaramay. bu ayol ham o‘zini “sho‘rpeshana” deb hisoblaydi. “Men bechoraning boradigan
manzilim ham yo‘q, sog‘inadigan kishim ham. Yetimxonada o‘sgan bir benavo bo‘lsam”
5
,
- deydi u. Chindan ham Marinada boy berilgan bo‘lsa-da Vatan, vafot etib ketgan esa-da,
sog‘inadigan ota-ona yodi bor. Lena esa na ota-onasi, na tug‘ilgan manzilini biladi. U ham
o‘z milliy muhitidan uzilgan, bu yo‘qotishni hatto hozirgi oilasi ham to‘la-to‘kis bosa
olmasligini yurak-yurakdan his qiladi. Vatan va ajdodsizlik uning fojiasidir.
2.
Milliy muhitga bog‘liq ravishda ona tilining tabiiy muhitidan mosuvolik
fojiasi.
Hikoya qahramoni yoshlik chog‘idayoq milliy til muhitidan ajralgan bo‘lsa-da,
dastlab bu yo‘qotish unga deyarli sezilmagan. Chunki sovet davrida rus tili davlat tili
hisoblanar, radio, televideniyeda aksar eshittirish, ko‘rsatuvlar shu tilda berilardi. Buning
ustiga, Marina maktabda o‘z ona tili va adabiyotidan dars bergan, bu esa ona lisoni bilan
3
Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.266.
4
Эркин Аъзам. Ўша асар. – Б.265.
5
Эркин Аъзам. Ўша асар. – Б.266.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
39
aloqasini saqlab turishga imkon beradi. Ammo zamon kelib, zulm saltanati sanalgan
ittifoq parchalanadi. Marinaning yoshi o‘tib, nafaqaga chiqadi. Oldingi yillarda yoshlik
havaslari, yonida madadkor erining borligi tufayli ona til muhitidan uzoqdaligi
bilinmagan. Hayot tajribasidan ma’lumki, inson keksalik mavsumiga qadam qo‘ydimi,
bolalik, u bilan bog‘liq makon-manzillar, yaqin qarindoshlar yodga tushaveradi, armonlar
yangilanadi. Ayniqsa, ona tildan ayrilish armoni yurakka cheksiz azob-og‘riq beradi.
Hikoya badiiy konsepsiyasida ona tilidan uzoqlashish qahramon hayoti va taqdiridagi
ustuvor fojiadir, degan nuqtayi nazar markazga qo‘yilgan. Hikoyada bejiz “Stupka” deb
sarhavha qo‘yilmagan. Bu lug‘aviy birlik rus tiliga mansub bo‘lib, tilimizga kirib
kelmagan, shu boisdan uni milliy tilimizda qo‘llash “varvarizm” hisoblanadi.
Varvarizm o‘zga tildan olinadi, u til sofligini buzadigan so‘z yoki nutq qurilmasi
bo‘lib, o‘zlashgan leksikaning eng kam qo‘llanadigan turiga mansub. Transliteratsion
tarzda yoki hatto o‘zga yozuvda qo‘llanishi mumkin. Odatda “mahalliy kolorit” yoki
“moda ehtiyoji”ni hisobga olib, uslubiy maqsadda istifoda etiladi.
6
Bu ta’rifda varvarizmning til musaffoligiga putur yetkazadigan birlik ekanligi,
badiiy nutqda juda oz, shunda ham uslubiy maqsadda ishlatilishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
Biroq Erkin A’zamning biz tadqiq etayotgan asarida bu so‘z “mahalliy kolorit”ni ham,
“moda ehtiyoji”ni ham aks ettirmaydi. U muallif tomonidan butunlay boshqa maqsadda
qo‘llanilgan. Bu boshqa til zahirasida lisoniy birlik badiiy matndagi yetakchi fikrni yuzaga
chiqarish, ya’ni qahramon taqdiridagi fojiaviylikni aks ettirish niyatida hikoya tarkibiga
kiritilgan.
“Stupka” so‘zi aslida “stupa”ning kichraytirish ma’nosidagi shakli bo‘lib, rus
tilining to‘rt jildli izohli lug‘atida shunday sharhlangan: “ Metallicheskiy ili tyajyoliy
derevyanniy sosud, v kotorom tolkut chto-libo pestom” (metall yoxud og‘ir yog‘och idish
bo‘lib, unda nima (ko‘pincha don)dir so‘yilcha yordamida yanchiladi).
7
O‘zbek tiliga
stupa
o‘g‘ir,
stupka
esa o‘g‘ircha tarzida tarjima etiladi.
Bu o‘rinda milliy adibimiz tilimizga o‘zlashmagan so‘zni nega o‘z asari matnida
qo‘lladi, hatto uni sarlavhaga ham olib chiqdi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Gap shundaki,
hikoyada aynan ayollar nutqida nisbatan faol ishlatiladigan bu lug‘aviy birlik milliy tildan
uzoqlik fojiasini ko‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etgan.
6
https://ru.wikipedia.org/wiki.
7
Словарь русского языка в четырёх томах. Том IV. - Москва: Русский язык, 1988. – С.295.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
40
Hikoyada bayon qilinishicha, nafaqaga chiqib ko‘pchilikdan, mehnat jamoatsidan
ma’lum darajada uzilgan, eri vafoti tufayli yolg‘izlangan ayol uchun har oyda bir marta
ancha olisda yashaydigan dugonasi va millatdoshi Lena xonadoniga mehmonga borish
tasalli, hordiq bo‘lib qolgan. Asar muqaddimasi mana shu harakat va unga xos kayfiyat
bilan boshlangan: “Arslon akamiz dunyodan o‘tgandan so‘ng Marina yangamiz mana shu
kunni intiqib kutadigan bo‘lib qolgan. Ilgari onda-sondagina borardi, endi har oy
qatnamasa, ko‘ngli joyiga tushmaydi. Taraddudni uch-to‘rt kun oldin boshlaydi.
Markazga chiqib, sovg‘a-salom oladi”.
8
Mana shunday harakat-urinishlar ayol uchun
dugonasinikiga mehmonga borish katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatyapti. Shunga
qaramay, oxirgi mehmondorchilik hali yarim bo‘lmay turib, Marina yanganing birdan
kayfiyati buzilib ketish harakatiga tushadi. Bunga sabab: mezbon kofe donini yanchish
uchun hovonchani qidirishga tushadi. Ularning suhbati rus tilida kechayotgan bo‘lsa-da,
Lena axtargan narsasi nomini ancha eslolmay, oxiri uni o‘zbekchasini eslaydi. Ruschasi
ikkalasining ham yodiga tushmaydi. Mezbon xotin oddiy tikuvchi, lekin Marina filolog
o‘qituvchi, rus tilidan ko‘p yillar bolalarga dars bergan. Shu boisdan ona tilini ma’lum
darajada unutish fojiasini Lenaga qaraganda juda og‘ir qabul qiladi. Shu boisdan bu
xonadonni tark etib, shosha-pisha orqaga qaytadi. Bunday tasvir asar dramatizmini
kuchaytirish bilan birga, uning badiiy konsepsiyasini ravshanroq anglash imkonini beradi.
Milliy yozuvchi tomonidan yaratilgan har qanday badiiy barkamol ijod namunasi
uning xalqi, milliy kitobxonlari ma’rifati, ma’naviyati zarurati, ehtiyojidan kelib chiqib
yoziladi. Hozirgi davrning shart-sharoiti, migratsiya taraqqiyotiga bog‘liq holda yuzlab
millatdoshlarimiz dunyoning turli burchaklariga ishlash uchun ketyaptilar, ulardan bir
qismi o‘sha joylarda doimiy yashab qolyapti. Ularni kelajakda qanday taqdir kutishini biz
tadqiq qilayotgan asar badiiy manzara va inson qismati ifodasi orqali ko‘rsatishi bilan
ahamiyatli, deb o‘ylaymiz.
3. Befarzandlik va uning omili bilan bog‘liq fojiaviylik.
Bu zamonaviy o‘zbek
adabiyotida ancha ommalashgan mavzu bo‘lib, bu o‘rinda jadid ma’rifatparvari
Mirmuhsin Shermuhammedovning “Befarzand Ochildiboy” qissasi, taniqli adib
Shuhratning “Oltin zanglamas” romanini eslash mumkin. Oilada farzand tug‘ilmasligi
butun insoniyatga xos fojia, lekin o‘zbek xalqi azaldan bolaparvar bo‘lganidan, bu
mentalitetda mazkur fojia ko‘lamliroq va chuqurroq his etiladi. O‘zbek milliy muhiti
8
Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.258..
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
41
tarkibida yashayotgan Marina bu fojiani mazkur ko‘lam va teranlikda qabul qiladi. Shu
bilan birga, mana shunday alamli taqdir hayotidagi boshqa fojialar bilan qo‘shilib, uning
ruhiy dunyosida og‘ir asoratlarni hosil etadi.
Arslon aka va Marina yanga oilasidagi mazkur fojia asosida boshqa bir badbaxtlik
mavjud ekani syujet rivoji jarayonida oydinlashadi: “barchasi ayon bo‘ldi: akamizning
sarishtasi asli huv yoshligida, koinotga uchiladigan joylarda xizmat qilib yurganida
buzilgan ekan”.
9
Roviy tomonidan xabar tariqasida aytib o‘tilgan muxtasar sintaktik
birlikda yer yuzida o‘z naslini qoldirishdan mosuvo qilingan erkak va uning bunday
ayanchli umriga esh bo‘lgan ayol fojiasi nihoyatda ta’sirli ko‘rsаtilgan. Bu esa
yozuvchining badiiy mahoratda ancha baland darajani egallaganligidan dalolatdir.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan fojialar majmuasi mualliflar tomonidan obyektiv tasvir
mezon va me’yorlari asosida badiiy ifoda etilganki, bu yangi davr o‘zbek hikoyachiligida
sifat evrilishlari va badiiy tafakkur yangilanishlari bilan uzviy bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. Адабиётшунослик луғати. –
Тошкент: «Акаdетпаshг», 2010. – Б. 256
2.
Эркин Аъзам. Байрамдан бошқа кунлар. Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент:
Ғафур Ғулом номидаги . Адабиёт ва санъат нашриёти ,1988 . – Б.241.
3.
Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011.
– Б.262
4.
https://ru.wikipedia.org/wiki.
5.
Назар Эшонқул. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б. 352
6.
B. Shukurova. Hikoya badiiyati . Monografiya . Termiz-2024-y.
7.
B. Shukurova. Zamonaviy o’zbek hikoyachiligi poetikasi. Monografiya.Republic
of Moldova, Europe ISBN: 978-620-6-17374-8, 2023-y iyun
8.
Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп.
Илмий-назарий тадқиқотлар, адабий-танқидий мақолалар. – Тошкент:
Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. –Б. 356.
9.
Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi.Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. –B.308.
10.
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/erkin-azam/erkin-azam-aralashqorgon-hikoya.
9
Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011.. – Б.263..
