ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
182
KRIMINALISTIK IDENTIFIKATSIYA VA DIAGNOSTIKA
Mamanarov Xaitmurat
Termiz davlat universiteti, yuridik fakulteti o’qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada kriminalistik identifikatsiya va diagnostika jarayonlari
o‘rganilgan. Kriminalistikada identifikatsiya subyekt va obyektlarni aniqlashning
muhim usuli sifatida qaraladi, diagnostika esa jinoyat hodisalari va ularning sabablari
bo‘yicha xulosa chiqarish uchun ishlatiladi. Tadqiqot davomida ushbu metodlarning
nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqildi.
Kalit so’zlar.
Kriminalistik taktika, kriminalistik diagnostika, kriminalistika
tizimi, kriminalistik identifikatsiya.
Abstract
This article examines the processes of forensic identification and diagnosis. In
forensics, identification is considered an important method of identifying subjects and
objects, while diagnostics is used to draw conclusions about criminal events and their
causes. The theoretical and practical significance of these methods was examined
during the study.
Keywords.
Forensic tactics, forensic diagnostics, forensic system, forensic
identification.
KIRISH
Kriminalistika jinoyatlarni ochish va oldining olishda dalillarni topish, olish,
mustahkamlash va tadqiq etish bilan bog‘liq harakatlarni JPKga ko‘ra amalga
oshiradigan taktik-metodologik usullari, shu maqsadda qo‘llaniladigan ilmiy-texnik
vositalar va ularni joriy qilish to‘g‘risidagi fandir. Uning asosiy vazifasi tergov qilishda
va jinoyatchilikni ochishda huquqni himoya qiluvchi organlarni ilmiy asoslangan
usullar, vositalar va metodlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
“Kriminalistika” (lot. “criminal” - “jinoyat”, yunon. “logos” - “ta’limot” -
so‘zma-so‘z “jinoyat haqidagi fan” ma’nosini anglatadi) atamasi ilk marotaba XIX asr
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
183
oxiri – 1908-yilda avstriyalik olim Gans Grossning “Kriminalistika tizimi sifatida
tergovchilar uchun qo‘llanma” asarida jinoyatning tergov qilish texnikasi, taktikasi va
metodikasini o‘rganadigan fanga nisbatan qo‘llanilgan edi. Unda kriminalistikaga
jinoyat huhuqiga nisbatan yordamchi fan, jinoyat huhuqini amalga oshirishga
qaratilgan ta’limot sifatida yondashilgan.
Kriminalistikani turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atalgan – “ilmiy
politsiya”, “texnik politsiya”, “jinoiy texnika” va h.k. Bizning davrimizda ham bu
atama bir xilda qo‘llanilmaydi – bir qator mamlakatlarda u “kriminalistik texnika”
ma’nosida ishlatiladi. Kriminalistika umumiy va maxsus vazifalarni bajaradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Adabiyotlarni tahlil qilish davomida aniqlanishicha, kriminalistik identifikatsiya
va diagnostika bo‘yicha turli nazariyalar mavjud. Xususan, A. Yu. Ivanov (2019)
identifikatsiyani obyektlarni aniqlashning muhim bosqichi deb hisoblaydi, G. V.
Kravchenko (2021) esa diagnostikaning jinoyat sabablarini o‘rganishdagi rolini alohida
ta’kidlagan. Mahalliy tadqiqotchilar orasida O. Karimov (2022) ushbu usullarning sud
jarayonlarida qo‘llanilishiga e‘tibor qaratgan.
Tadqiqotda kriminalistik identifikatsiya va diagnostikaning turli usullari tahlil
qilindi. Jumladan:
Identifikatsiya usullari: daktiloskopiya, ballistik ekspertiza, biometrik
tadqiqotlar;
Diagnostika usullari: hodisa joyini tahlil qilish, ekspert izlanishlari, sud
ekspertizalari.
Ushbu metodlar nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilib, ularning samaradorligi
baholandi.
NATIJALAR
Kriminalistika tizimi to‘rtga bo‘linadi:
1.Kriminalistikaning ilmiy asoslari va metodologiyasi.
Kriminalistikaning
ushbu qismida uning ilmiy asoslari, vazifalari, metodlari, kriminalistik identifikatsiya
va diagnostika kabi masalalar o‘rganiladi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
184
2.Kriminalistik texnika.
Kriminalistik texnika – bu faqat texnika vositalarining
yig‘indisi bo‘lib qolmay, balki kriminalistikaning umumiy nazariyasi va tabiiy hamda
texnika fanlari asosida ishlab chiqilgan ilmiy qoidalar, usullar va metodlar majmuidir.
Bunda daliliy obyektlarni topish, saqlash, qayd etish, tadqiq etish va jinoyatning oldini
olish uchun protsessual qonunga muvofiq ulardan foydalanish maqsad qilib qo‘yilgan.
3.Kriminalistik taktika.
Tergov taktikasi – bu kam kuch, vosita va vaqt sarflab
yuqori samaraga erishish maqsadida jinoyatni tergov qilish, ochish va oldini olishda
qo‘llaniladigan kriminalistikaning umumnazariy qoidalari, mantiq, psixologiya, sud
etikasi va boshqa ilmiy bilimlardan foydalanishga asoslangan dastlabki tergovning
taktik usullari va metodlarining tergovni rejalashtirishning majmuidir.
4. Jinoyatlarning alohida turlarini tergov qilish metodikasi.
Jinoyatning
alohida turlarini tergov qilish – bu jinoyatning har bir turiga tegishli o‘ziga xos
xususiyatlarni hisobga olib tergov qilish, ularni ochish va oldini olishda qo‘llaniladigan
ilmiy qoidalar, texnik vositalar, taktik usullar va metodik qoidalar (tavsiyalar)
majmuidir. Qo‘llaniladigan vositalar, usullar va tavsiyalar bir jinoyatni tergov qilishda
samarali bo‘lishi mumkin.
Kriminalistik identifikatsiya uch bosqichdan iborat:
1. Obyektni topish - jinoyat joyida yoki tergov jarayonida dalil sifatida
foydalaniladigan obyektlarni aniqlash.
2. Obyektni tavsiflash - obyektning xususiyatlarini to‘liq tahlil qilish va ularni
hujjatlashtirish.
3. Obyektni taqqoslash va aniqlash - topilgan obyektni avvalgi ma’lumotlar bilan
solishtirish orqali identifikatsiya qilish.
Identifikatsiya qilinadigan obyektlar:
- Jinoyatchilar: shaxsiy belgilar (barmoq izlari, DNK, suratlar, ovoz yozuvlari).
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
185
- Asbob-uskunalar: qurollar, transport vositalari va boshqalar.
- Izlar va dalillar: barmoq izlari, oyoq kiyim izlari, o‘q izlari va shunga
o‘xshashlar.
Kriminalistik identifikatsiya shaxsiy yoki predmetli bo‘lishi mumkin. Shaxsiy
identifikatsiya shaxsning o‘ziga xos belgilari orqali aniqlanadi (masalan, barmoq
izlari), predmetli esa asbob yoki vositalar orqali amalga oshiriladi.
1-diagramma. Kriminalistik identifikatsiya va diagnostikasining asosiy
bosqichlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
186
1-rasm. Kriminalistik identifikatsiya turlari.
XULOSA
Kriminalistik diagnostikaning elementlari boshqa tergov harakatlarini
o‘tkazganda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tergovchining tintuv qilinayotgan, so‘roq
qilinayotgan shaxsning xulq-atvori, so‘roq paytidagi reaksiyalari ustidan kuzatuvi
diagnoz sxemasi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak: belgilar tahlili, taxmin qilish, uni
teshirish ijobiy rol o‘ynaydi.
Kriminalistik identifikatsiya va diagnostika jinoyatlarning oldini olish va fosh
etish jarayonlarida muhim o‘rin tutadi. Ushbu usullarni zamonaviy texnologiyalar bilan
birlashtirish orqali ularning samaradorligini oshirish mumkin. Kelajakda ushbu
metodlarni yanada rivojlantirish jinoyat tekshiruvini yangi bosqichga olib chiqishi
kutilmoqda.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/
VOLUME-2, ISSUE-12
187
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Bazarova D.B., Astanov I.R. Kriminalistika va ekspertiza. Darslik. – T.:
TDYuU, 2019. – 300 b.
2.
Kriminalistika. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYuU, 2018. –
553 b.
3.
Kriminalistika. Uchebnik. Kollektiv avtorov. –T.: TGYuU, 2018. – 516 s.
4.
Kriminalistika: Darslik / T.B.Mamatqulov, I.Astanov va boshq. – T.:
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015.
5.
Mamatkulov T.B., Djumanov SH.T., Turgunov U.T. va boshq.
Kriminalistik taktika: Darslik. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013.
– 218 b.
6.
Kriminalistika. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYuU, 2018. –
515 b.
7.
Kolenko Y.V. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Akademiyasi boshlig‘i, Xidoyatov B.B. - TDYU Jinoyat huquqi va kriminologiya
kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent. https://e-library.namdu.uz/2018..pdf
8.
M.Rustamboyev, A.Norboyev. Kriminalistika. Darslik. Toshkent: 2002.
TDYU https://e-library.namdu.uz/B.pdf
