ZARMED
UNIVERSITETI
286
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
MAKTABGACHA YOSH DAVRI BOLALARIDA IRODAVIY
FAZILATLARINI TARBIYALASH YOʻLLARI
Nazarova Dilnoza Oʻrazaliyevna
Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Yazdankulova Jasmina, Mirsaidova Zaynura
Zarmed universiteti 1-kurs talabalari
Annotatsiya.
Bolalar irodalarini rivojlantirish uchun muhim omillardan biri bu
didaktik, qoidali o'yinlardir. Bu o'yinlarda bolalar, o'yin yakuniga qo'yilgan yutuqqa
erishish uchun yoki boshqalardan o'tish va o'yin natijasiga qiziqqani uchun qoidaga
rioya qilishi kerak va shu joyda bolaning irodasi kerak bo'ladi.Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarda iroda kun davomida shakllantirib, rivojlantirib boriladi. Ush bu
maqolada bolalarda iroda sifatlarini shakllantirishda ota-ona va pedagoglarga turli
tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha yosh, irodaning shakllanishi, irodali bola, didaktik
oʻyinlar, ertak va hikoyalar.
Аннотация.
Одним из важных факторов развития воли у детей являются
дидактические игры, основанные на правилах. В этих играх дети должны
следовать правилам, чтобы в конце игры достичь цели или превзойти других,
быть заинтересованными в результате игры, и здесь необходима воля ребенка. У
детей дошкольного возраста воля формируется и развивается в течение всего дня.
В статье даются различные рекомендации родителям и педагогам,
способствующие формированию волевых качеств у детей.
Ключевые слова:
дошкольный возраст, формирование воли, волевой
ребенок, дидактические игры, сказки и рассказы.
Abstract.
One of the important factors for the development of children's will is
didactic, rule-based games. In these games, children must follow the rules in order to
achieve the goal set at the end of the game or to pass others and be interested in the
result of the game, and this is where the child's will is needed. In preschool children,
the will is formed and developed throughout the day. In this article, various
recommendations are given to parents and educators in the formation of will qualities
in children.
ZARMED
UNIVERSITETI
287
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Key words:
preschool age, the formation of will, a strong-willed child, didactic
games, fairy tales and stories,
Iroda - bu odamning o'z faoliyati va psixik jarayonlarini o'zi boshqarishda
namoyon bo'ladigan qobiliyati. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat
kishidan mustahkam irodani talab qiladi.Iroda-insonning o'z hatti-harakatlarini ongli
ravishta boshqari, nazorat qilib tartibga solish. Iroda bu insonni bir ish qilishda o'sha
ishni bajarishga undovchi,oxiriga yetkazishga turtki bo'luvchi ongli hissiyot.
Insonda irodani rivojalntirish va kuchaytirish bolalikdan boshlanadi. Bu esa
bosqichma - bosqich amalga oshiriladi. Bolalikdan boshlab irodani rivojlantirish uchun
e'tibor qaratilmasa, bu keyinchalik o'z ta'sirini koʻrsatadi va bola ulg'aygan sari oldidan
chiqqan to'siqlarga irodasi zayiflik qilib bola o'zini oʻrtga tortishi ham mumkin va o'zi
uchun oson va doim jonining qiynalmasligini, mashaqqat chekmasligini o'ylashni
boshlaydi va bu bora - bora yomon oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Irodali bola deganda – barcha oʻyin turladida mashaqqatlarga chidamli, doim
oldinga intiluvchi, har kimning ham so'zini o'ziga olib ortga chekinmaydigan, xatosini
bilib tan oluvchi va uni tuzatishga chin dildan harkat qiluvchi, kattalarni hurmat
qiluvchi, kichiklarni izzat qiluvchi, qisqa qilib aytganda oʻz maqsadi yoʻlida
chekinmaydigan shaxslarga aytishimiz mumkin.
Hech kimda iroda tug'ilganidan boshlab rivojlangan bo'lmaydi, bu o'sish
jarayonida rivojlantiriladi. Inson tug'ilganda iroda 1-2 % bo'lishi mumkin, masalan
bolaning och qolganida ona tomondan berilgan sutni to'yguncha emishi, bunga misol
bo'la oladi.
Bola 1-2 yoshga yetganda yurishga harakat qilishi yokida yurishni boshlashi,
kattalarning qilma, yema, tegginma, o'tir va shunga o'xshash buyruqlarini oz qismda
bo'lsada bajarishi bolaning irodasini rivojlantirishga yordam beradi. 3 yoshda
bog'chaga borish davrida bolada yangi muhit bu uning irodasi rivojiga katta ta'sir
ko'rsatadi. 3-4 yoshlar kichik guruhlarda xotira yaxshi rivojlanmaganligi uchun bu
yoshda bolalar tarbiyachilar tomonidan berilgan og'zaki buyruqni oxirigacha
yetkazmasdan o'zlarining ko'zlariga yaxshi ko'ringan ish bilan mashg'ul bo'ladilar.
O'rta va katta guruh bolalari, 5-6 yoshda esa xotira va iroda qisman
rivojlanganligi sababli kattalar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishlari mumkin.
Maktabga tayyorlov guruh bolalari esa ulardagi xotira, iroda va qat'iyat jadal
rivojlangan bo'ladi shu sababli tarbiyachi va boshqa katta shaxslar tomonidan berilgan
topshiriqlarni to'laqonli yakuniga yetkazib bajaradilar.
ZARMED
UNIVERSITETI
288
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Bog'cha yoshidagi bolalarda irodaviy harakatlarning rivojlanishida, ular
nutqining tobora o'sib borishi, juda katta ahamiyatga ega. Pedagoglar va ota-onalar turli
yoshdagi bolalarga og'zaki suratda turli xil vazifalarni topshiradilar, bolalar ayni
chog'dagi yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo'yib kattalarning topshirgan vazifalarini
bajarishlari kerak. Ana shunday topshiriqlar berish orqali bolalarda ixtiyoriy
harakatlarni o'stirib borish mumkin. Lekin og'zaki topshiriqlarni bog'cha yoshidagi
hamma bolalar ham bir xil bajaravermaydilar. Bolalardagi irodaviy harakatlani
rivojlantirish maqsadida ularni o'z-o'ziga xizmat qilish, guruhda navbatchilik qilish,
poliz ekinlari, gullarni ekish va ualrni parvarishlash, tabiat burchaklarida navbatchilik
qilsih kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur.
Bolalar irodalarini rivojlantirish uchun muhim omillardan biri bu didaktik,
qoidali o'yinlardir . Bu o'yinlarda bolalar, o'yin yakuniga qo'yilgan yutuqqa erishish
uchun yoki boshqalardan o'tish va o'yin natijasiga qiziqqani uchun qoidaga rioya qilishi
kerak va shu jog'da bolaning irodasi kerak bo'ladi.Shunda bolaning irodasi qay daraja
rivojlanayotganini bilish mumkin.
Bolalardagi irodaviy harakatlarni rivojlantirish maqsadida ularga ertaklar,
hikoyalar, xalq og'zaki yoki adiblarimiz asarlarini o'qib berib misol qilib ko'rsatishimiz
va sahna ko'rinishi qilib bolalarni shu qahramonlarning o'rnilariga o'zlarini qo'yib
ko'rishlariga zamin yaratishim mumkin. Masalan ertaklardan ''Toshbaqa va quyon
''ertagidagi toshbaqa marraga yetib borish yo'lida qilgan sabr va irodasi, o'zbek xalq
asarlaridan ''Alpomish'' kabi afsonalarni hikoya qilib berishimiz mumkin.
Iroda, tug'ilganda bo'lmaydi keyinchalik rivojlantiriladi va u bir kunda
mustahkamlanmaydi aksincha hayot davomida har doim u rivojlantiriladi va
mustahkamlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Sh. Sodiqova “Maktabgacha pedagogika” darslik, T.: 2023 y
2.
Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi 2022 y
