ZARMED
UNIVERSITETI
196
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
MAKTAB DIREKTORI O‘RINBOSARLARINING BOSHQARUV
QOBILIYATLARIGA QO‘YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR VA
ULARNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Akilov Faridun Firdavsovich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-
siyosiy fanlar fakulteti “Amaliy Psixologiya” kafedrasi assistenti
E-mail:
Annotasiya.
Ushbu maqolada maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv
qobiliyatlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar keng yoritilgan. Unda asosan,
pedagogik jarayondagi hamkorlik faoliyatini ko‘p jihatdan belgilovchi pedagog va
unga muvofiq o‘z hatti-harakati va xulq-atvorini aniqlovchi, nazorat qiluvchi
o‘quvchining ma’lum vaziyatlarda o‘zini boshqarishi, o‘z hatti-harakatlarini nazorat
qilishi, o‘z “meni”ni tarbiyalash mehnat motivlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish
ahamiyatli ekanligi, salbiy munosabatlarni yoki agressiv reaksiyalarni nomoyon qilishi,
o‘ziga bildirilayotgan munosabatlarda noqulayliklarni idrok etishi, o‘qituvchi, ota-ona
va o‘quvchining o‘zaro hamkorligining psixologik xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
tanqidiy tahlil, ijtimoiy hamkorlik, mehnat motivlari, obyekt-
subyekt, o‘z faoliyatini doimiy nazorat qilish, shaxsiy pozitsiya, respondentlar,
psixologik omillar.
Аннотация.
В данной статье широко освещены
современные требования к
управленческим способностям заместителей директора школы и их
психологическая основа
. В нем, главным образом, педагог, во многом
определяющий совместную деятельность в педагогическом процессе, и
самоуправление учащегося, определяющее и контролирующее его поведение и
поведение в соответствии с ним в определенных ситуациях, контролировать свои
действия, что важно сотрудничать в развитии трудовых мотивов для воспитания
собственного «я», предотвращать негативное отношение или агрессивные
реакции, ощущение неудобств в высказанных ему отношениях, выделены
психологические особенности взаимного сотрудничества учителя, родителей и
ученика.
Ключевые слова:
критический анализ, социальное сотрудничество,
мотивы труда, объект-субъект, постоянный контроль собственной деятельности,
ZARMED
UNIVERSITETI
197
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
личная позиция, респонденты, психологические факторы.
Abstract.
This article broadly covers the modern requirements for the
management skills of deputy school principals. It mainly covers the importance of
cooperation in certain situations, the ability of the teacher, who largely determines the
collaborative activity in the pedagogical process, and the student, who determines and
controls his own behavior and behavior in accordance with it, to manage himself,
control his own behavior, to educate his own "I", to develop work motives, to show
negative attitudes or aggressive reactions, to perceive discomfort in the relationships
expressed to him, and the psychological characteristics of the interaction between the
teacher, parents and the student.
Key words:
critical analysis, social cooperation, labor motives, object-subject,
constant control of one's own activity, personal position, respondents, psychological
factors.
Mavzuning dolzarbligi.
Maktabda yoshlar xulq-atvorida jinoyat motivlari
shakllanishi psixoprofilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘spirinlik yoshidagi
o‘quv-tarbiya jarayoni ota-ona, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘ziga xos
ko‘rinishlarini shakllantirishni taqozo etadi hamda shaxs kamoloti uchun e’tibor talab
etadigan muhim bosqich sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi
“Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va
jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi №472-sonli
Qarori qabul qilindi.
Ushbu Qarorning maqsadi aholiga ayniqsa yoshlarga sifatli psixologik xizmat
ko‘rsatish, psixologik xizmat faoliyatini boshqarishni muvofiqlashtirish, ta’lim
muassasalari bilan profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni
sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, psixologiya maktabini rivojlantirish hamda oliy
ta’limda tor ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, psixologik
markazlar tashkil etishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi
Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazini ta’limning barcha
bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish
hamda boshqarishni amalga oshiradigan Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam
ko‘rsatish Respublika markaziga aylantirildi.
Shunga ko‘ra, o‘quvchilar ta’limi va ularni tarbiyalash, hamda kasbga
ZARMED
UNIVERSITETI
198
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
yo‘naltirish jarayonida zaruriy holat sifatida ota-ona, o‘qituvchi va o‘quvchi
hamkorligini hamda profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari shaxsiy pozisiyadan
bir qator munosabat tizimi orqali baholashga to‘g‘ri keladi.
Bunda, birinchidan, qaysidir o‘rinlarda munosabatning “obyekt-subyekt”,
ikkinchidan, "subyekt-obyekt” tizimi ko‘rinish olishi, uchinchidan, "subyekt-subyekt"
tizimi tarzida o‘rin egallashi lozim, degan mulohaza bilan ushbu holatni uyg‘unlashtirib
olamiz. Ammo pedagogik jarayondagi hamkorlik faoliyatini ko‘p jihatdan belgilovchi
pedagog va unga muvofiq o‘z hatti-harakati va xulq-atvorini aniqlovchi, nazorat
qiluvchi o‘quvchining ma’lum vaziyatlarda o‘zini boshqarishini, albatta, tadqiq etish
maqsadga muvofiq. Biz ushbu holatni pedagogik hamkorlik sharoitida o‘qituvchi bilan
o‘quvchi munosabatlarining affektiv jihatlarini tadqiq etishni lozim topdik. Ushbu
muammo yuzasidan ayrim psixologik tahlillar beramiz.
Bu borada tadqiqot metodikasi sifatida Ch.D.Spilberger-Yu.L.Xaninning o‘z-
o‘zini baholash metodikasiga murojaat qildik. Metodika va uning tatbiq etish tartibi va
xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan.
Ma’lumki, o‘quvchilarni tarbiyalash jarayon murakkab va turli xil vaziyatlarga
boydir. Bunda o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchining o‘zaro tushunishi, bir-birini idrok
etishi, bir-birini qabul qilish yoki qila olmasligi, yuz beradigan vaziyatlarni haqqoniy
baholay olmaslik masalalari, qadriyatlar tizimida anglash mumkin va anglab
bo‘lmaydigan hollarni kuzatilishi, empatiyaning yetishmasligi, muloqot maromini
belgilay olmaslik, o‘smirning motivasion yo‘nalganligi, dunyoqarashi va maqsadining
mos kelmasligi hamda oxir-oqibat shaxsning kamolot darajasi bilan bog‘liq ko‘pgina
muammoli jihatlar ko‘zga tashlanadi. Shu sababli ham o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi
hamkorligining psixologik tavsifini muayyan vaqt uchun keskin belgilashning o‘zi
ancha munozarali munosabatni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak.
Shunday ekan, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘zlarini turli vaziyatlarda, xulqiy hamda
shaxsiy jabhadan hatti-harakatlarini qanday baholashlari mumkin, degan savol tug‘iladi. Bunda
metodikaning shkalalari xususiyati borasidagi mualliflarning fikrlariga yana bir bora to‘xtash
orqali asosiy tadqiqot natijalariga murojaat etishga to‘g‘ri keladi.
Yu.L.Xaninning ta’kidlashicha, bezovtalanish holati yoki vaziyatli bezovtalanish (VB)
bir xil narsa, yani odamning ko‘pincha ijtimoiy-psixologik stressorlarga (salbiy
munosabatlarni yoki agressiv reaksiyalarni kutishi, o‘ziga bildirilayotgan
munosabatlarda noqulayliklarni idrok etishi, o‘zini-o‘zi hurmatlashga nisbatan tajovuz
holatlarga duch kelishi va boshqalarga) nisbatan munosabatida namoyon bo‘ladigan har
xil reaksiyalar hisoblanadi.
ZARMED
UNIVERSITETI
199
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Metodikaning ikkinchi shkalasi, yani shaxslilik bezovtalanish (ShB) har xil
stressorlar ta’sirini ifodalovchi individual tafovutlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni
beruvchi dispozisiya, xususiyat va xislatlarni aks ettiradi. Bu yerda vaziyatli
bezovtalanish ortganda va har xil vaziyatlarda o‘z "Men"iga tajovuzni idrok etishida
insonning nisbatan barqaror munosabati (ShB) nazarda tutiladi. Shu sababli ham
shaxslilik bezovtalanish ko‘p jihatdan odamning, xususan o‘smirning oldingi
tajribalariga bog‘liq holda ifodalanadi. Ammo o‘smir shaxsiy bezovtalanishni
boshqarishda esa muttasil vaziyatli bezovtalanishni boshdan kechirishga to‘g‘ri keladi.
Natijalarga murojaat etib ko‘raylik. Bugungi kunda o‘qituvchi va o‘quvchilar
hamkorlik faoliyati yoki ularning munosabatlarida vaziyatli va shaxslilik
bezovtalanishlar qanday o‘ringa ega?
Vaziyatli bezovtalanish (VB) va shaxslilik bezovtalanishlar (ShB) metodika
xususiyatiga ko‘ra, boshqa-boshqa aniqlash mezonlariga ega bo‘lgan shkalalar
hisoblanadi. Chunki VB o‘quvchida asosiy masalaning ayni damda qanday xis
etilishini, ShB esa odatiy tuyg‘ularni baholovchi shkalalar sanaladi (1-jadval).
Tadqiqot ishida o‘quvchilarning vaziyatli va shaxslilik bezovtalanishi bo‘yicha
natijalarida faqat beshinchi sinf VB bilan boshqa sinflar (35-40 yosh) ko‘rsatkichlari
nisbatan farq qilganligi (48,52 yo 5,65; r<0,05) kuzatildi. Bu esa o‘quvchilarning ta’lim
tizimining yuqori bosqichiga ko‘tarilganligi, yangi o‘quv reja va dasturlarning nisbatan
ancha murakkablashganligi, fan o‘qituvchilari jamoasining yangilanganligi, yangi
muhit va shaxslararo munosabatning boshqa shakllariga moslashish, o‘quvchilarga
talab va ularga taklifiy munosabatlarning murakkablashganligi, guruh a’zolari
tomonidan o‘quv-tarbiya jarayonlariga bo‘lgan munosabatlarning o‘zgarganligi,
o‘zining guruhdagi shaxsiy "Men"ini aniqlashda xayrixohlik yuzaga kelayotganligi,
ularda birmuncha bo‘lsa-da, o‘rtacha bezovtalanish yuz berayotganligini kuzatish
mumkin. Bu esa ikkinchi tomondan aynan ushbu 30-35 yoshli maktab director
o’rinbosarlarning shaxslilikka daxldor bezovtalanishida xam yuqori ko‘rsatkich (50,34
yo 5,94; r<0,05) kuzatilishiga sabab bo‘ldi.
ZARMED
UNIVERSITETI
200
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
1-jadval
O‘quvchilarning o‘zini- o‘zi baholash natijalari bo‘yicha ko‘rsatkichlari
30-35 yosh
35-40 yosh
40 va undan yuqori
Vaziyatlilik
Shaxslilik
Vaziyatlilik
Shaxslilik
Vaziyatlilik
Shaxslilik
M
+ o
48,52± 5,65*
50,34±5,94
*
37,74±5,64
33,75±
6,12
28,32±6,85
25,82±
4,72
*R<0,05
O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi baholash natijalari
Yuqorida aytib o‘tilganidek, hali 30 yoshdagi rahbarlarining boshlang‘ich
sinfdan yuqori sinfga yoki ta’limning murakkab va mas’uliyatliroq jarayoniga o‘tishi
bilan bog‘liq vaziyatlar ularda ham VB ham ShB yuqori darajada ekanligini
ko‘rsatmoqda. Haqiqatdan ham, yangi o‘quv reja va dasturlarning nisbatan ancha
murakkablashganligi, fan o‘qituvchilari jamoasining yangilanganligi, yangi muhit va
shaxslararo munosabatning boshqa shakllariga moslashish, ya’ni, atrofdagi
odamlarning o‘smir yoshdagilarga nisbatan e’tiborliroq bo‘layotganligi, guruh a’zolari
tomonidan o‘quv-tarbiya jarayonlariga bo‘lgan munosabatlarning o‘zgarganligi
o‘quvchilarga o‘qituvchilar, ota-onalari va jamoatchilik tomonidan ta’sir ko‘rsatuvchi
sifatida yangi talablar qo‘yilishi ularda bezovtalanishning kuchayishini ta’minlovchi
omillardir. Bu esa 30 yoshdagi rahbarlar oldida hamkasblari hamda guruh a’zolari
bilan yaqinlashish va hamjihatlikka kelishish uchun mas’uliyatni his etish,
0
10
20
30
40
50
60
48,52
50,34
37,74
33,75
28,32
25,82
Вазиятли безовталаниш
Шахсли безовталаниш
ZARMED
UNIVERSITETI
201
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
hozirjavoblikni va shaxsiy pozisiyaga ega bo‘lishlikni taqozo etadi.
Shuningdek, o‘smir o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan tadqiqot natijasining bunday
ko‘rinishi asosida VB va ShB holatini kechirish bir tomondan shaxsning subyektiv
kechinmalari, o‘z hatti-harakatlarini nazorat qilish, o‘z “meni”ni tarbiyalash uchun
ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. Shu boisdan ham ta’lim jarayonida o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan munosabatida bezovtalanishning har bir ishtirokchiga xos optimal
bo‘lgan bezovtalanish muhitini yaratishi, vaziyatli bezovtalanishni keltirib chiqaruvchi
muhim omillarni aniqlashi, tahlil qilishi va tarbiyaviy ta’sir etishda bir qarorga kelishi
lozim. Bezovtalanish to‘g‘risida T.N.Kurbatov shunday mulohaza yuritadi, ya’ni
o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida ulardagi bezovtalanish holatini
aniqlash shaxsning eng muhim xususiyati, shuning uchun bu xususiyat subyektning
xulq-atvorini ko‘p jihatdan belgilab turadi. Bezovtalanishning ma’lum darajasi tabiiy
omillarga bog‘liq bo‘lishiga qaramasdan, shaxs faolligi va harakatlarining muhim
tomoni hisoblanadi.
Har bir shaxsning o‘zida optimal yoki ixtiyor etgan bezovtalanish darajasi bor,
bu bezovtalanishni foydali bezovtalanish deb atasa bo‘ladi.
2- jadval
O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi baholash ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyatsion
munosabatlari
Sinflar
30-35 yosh
36-40 yosh
41 va undan
yuqori
Shkalalar
Vaziyatli
lik
Shaxsli
lik
Vaziyatl
ilik
Shaxsli
lik
Vaziyatl
ilik
Shaxsli
lik
35 yosh
Vaziyatlilik
1
0,442* 0,465* -0,324* -0,386* -0,131
Shaxslilik
1
-0,335
0,045
-0,052
0,16
36-40
yosh
Vaziyatlilik
1
- 0,462* -0,565
**
- 0,09
Shaxslilik
1
0,890 ** -0,083
41 va
undan
yuqori
Vaziyatlilik
1
-0,012
Shaxslilik
1
*r<0,05; ** r<0,01
Bundan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning o‘ziga nisbatan bahosining vaziyatli
sharoitlarda haqqoniyligi ularning keyingi faoliyati uchun ham ta’sirini saqlab qolishi,
ya’ni shaxsiy tajriba, shaxs shakllanishining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi natijasi deyish
ZARMED
UNIVERSITETI
202
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
mumkin. Ammo ta’lim jarayonining har bir bosqichida o‘quvchilarning shaxsiy
kamoloti tabiiy, xuddi shu sababli 30 yoshdagi vaziyatli bezovtalanish bilan 40 yoshda
vaziyatli bezovtalanish bir-birini taqozo etmagan yoki ular o‘rtasida teskari munosabat,
yani 30 yoshdagi vaziyatli bezovtalanish ularning guruhdoshlari va o‘qituvchilari bilan
kechadigan munosabatga ko‘nikishi, unga muvofiq o‘zini tayyorlash sifatida qaralsa,
ikkinchi holda 40 yoshda vaziyatli bezovtalanish odatiy sharoitdan yanada mas’uliyatli
va murakkab sharoitga o‘tish va uni yangi munosabat muhiti kutishi bilan bog‘liq
vaziyatlar ham bezovtalantirishi mumkin degan taxminni ilgari surishga to‘g‘ri keladi
(g=0,386, r<0,05). Bu esa ularda yuqori bezovtalanish yoki umuman befarqlikni ham
keltirib chiqarishi ehtimoli mavjud.
Maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyatini ijtimoiy-psixologik
tomondan amaliyotda joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot doirasidagi amaliy taklif
va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1). umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rahbar va pedagogik kadrlarini tayyorlash,
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg‘or shakllarini joriy qilish,
o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish uchun shart-sharoit
yaratishni yo‘lga qo‘yish;
2).umumta’lim tizimini o‘quv-tarbiya jarayonlari va kadrlarni tayyorlash sifatini
monitoring qilishda, ta’lim oluvchilarning bilimi ta’lim standartlari va talablariga
muvofiqligini tahlil qilish orqali yurtimizda ta’lim sifati sohasida xalqaro dasturlar va
tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkillashtirish;
3). umumta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar
o‘tkazish, ta’lim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng
foydalanish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlash;
4). umumta’lim sohasidagi ilg‘or amaliyotni o‘rganish va tizimli tahlil qilish
hamda uni respublikada joriy etish bo‘yicha kompleks chora tadbirlarni qabul qilish,
yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish.
Maktab direktori o‘rinbosarlarining vazifasi rejalashtirish, o‘quv faoliyatini
tashkillashtirish va vazifalarni pedagogik jamoa bo‘lib berishdan iborat. Undan tashqari
maktab direktori o‘rinbosarlari belgilab olingan rejalarni amalga oshirish jarayonini
boshqaradi, bo‘ysunuvchi xodimlarni faoliyatini tartibga solidi va shu orqali boshqaruv
jarayonini tashkil qiladi hamda nazorat qiladi.
Xulosalar.
O‘tkazilgan tadqiqot ishi natijalari quyidagi umumiy xulosalarni
shakllantirish imkonini berdi:
ZARMED
UNIVERSITETI
203
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
1.
Shaxsning psixologik taraqqiyoti, uning tarixiy kechishi va ontogenizda
rivojlanishi bilan bog‘liq konseptual masalalarni chuqur o‘rganishda motivasion sohani
tatqiq etish tayanch hisoblanadi. Motivasiya, odamni muayyan hatti-harakatlarni
bajarishga undash jarayoni, ko‘pincha muqobil usullarni tahlil qilish va baholashni,
tanlash va qarorlar qabul qilishni talab qiluvchi jismoniy-psixologik uyg‘unlashgan
mohiyatli murakkab harakat jarayoni bo‘lib, bu jarayon psixologik jihatdan
murakkablashib boradi va o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektning yuzaga kelgan tayanch
ehtiyojlarini qondirishga yo‘nalgan faoliyatni tanlash va uni amalga oshirish jarayonini
belgilaydi.
2.
Motivlarning falsafiy-metodologik asosi shundan iboratki, ular sabab-oqibat,
ichki murakkab bog‘lanishlar tuzilishiga ega bo‘lib, yuksak darajada rivojlangan
moddiy tizimning oliy mahsuli ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. Motivlar
tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo‘nalishda o‘rganish inson shaxsiga motivasion, irodaviy,
axloqiy, hissiy, kognitiv, regulyativ ta’sir o‘tkazishning omilkor shakllarining ilmiy
asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-sharoitlar yaratadi. Shaxsning
motiv doirasi uning ehtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional
imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi
qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarning barcha turlarini (chunonchi, motivlar,
ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalarning
ko‘rinishlari, modalliklari va shakllarini) o‘z ichiga oladi.
3.
Maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruvga xos ijtimoiypsixologik
xususiyatlarini shakllantirish ayni paytda maktablar faoliyatini takomillashtirishga
keng qamrovli imkoniyatlar yaratib beradi. Shu tariqa maktablardagi o‘quv jarayonini
sifat va samaradorligini oshirishga erishish natijasida kelgusida umumta’lim tizimida
tahsil olayotgan o‘quvchiyoshlarni sifatli ta’lim-tarbiya olish jarayonlarida ijobiy
o‘zgarishlar hamda natijador ko‘rsatkichlarga erishiladi. Bugungi kunda maktab
direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyati keng qamrovli jarayonga aylanib
bo‘ldi. Shuning uchun ham ulardan keng fikrlashni, o‘z ustida tinimsiz ishlashni,
jamoni faoliyatini nazorat qilishini, yuqoridan beriladigan topshiriqlarni aniq va to‘g‘ri
bajarishni talab etmoqda. Maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv jarayoni
qanchalik mukammal darajada tashkil etilsa shunchalik pedagogik jamoaning shijoati
ortadi va o‘quv faoliyatini samarali tashkil etishga bo‘lgan munosabati shakllanadi.
4.
Maktab direktor o’rinbosarlarining hayoti va faoliyatini belgilovchi yetakchi
motivlar o‘rganilganda, kundalik zarur ehtiyojlarni qondirish (92,9 %), yaxshi yashash
imkoniyatlarini qidirish va tengdoshlaridan kam bo‘lmaslik (82 %), ota-onasi va oila
ZARMED
UNIVERSITETI
204
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
a’zolariga muhtoj bo‘lmaslik (75,3 %), hayotda o‘zi xoxlayotgan narsalarga erishish,
tengqurlari o‘rtasida e’tibor qozonish, to‘laqonli yashashga intilish (64,5 %) jinoyat
motivlari shakllanayotgan o‘quvchilar hayoti va faoliyati yo‘nalishini belgilovchi eng
muhim va zarur (yetakchi) motivlar ekanligi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojatnomasi. 2022 yil 20 dekabr. // www.uza.uz
2. O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh-assambleyasining 78-sessiyasida so‘zladi nutqi.
Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohi.
2023 yil 20
sentyabr — Sputnik.
https://aniq.uz/yangiliklar/
3. A.M.Shonazarov. Taʼlim tizimi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini
shakllanishiga oid nazariy-metodologik yondashuvlar. Zamonaviy ta’lim ilmiy-amaliy
jurnal. №9 (130) 2023. ISSN 2181-6514.www.itm.uz. DOI: 10.34920/SO/VOL. 2023.
ISSUE. 9.5
4. A.M.Shonazarov. Zamonaviy rahbar kadrlarini tayyorlashning ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari. ISSN 2181-6883 “PEDAGOGIK MAHORAT” Ilmiy-nazariy va
metodik jurnal № 10, SON (2023-yil, noyabr). 97-102 betlar.
5. A.M.Shonazarov. Development of socio-psychological competence of school
principals of the general secondary education syste. science and innovation
international scientific journal volume 1 issue 8 uif-2022: 8.2| ISSN: 2181-3337
“Science
and
innovation”
xalqaro
ilmiy
jurnali.
Volume
1
Issue
8https://doi.org/10.5281/zenodo.7424124.
6. A.M.Shonazarov. Socio-psychological characteristics of competent general
education system leaders. cience and innovation international scientific journal volume
2 issue 12 december 2023 uif-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337
Safarovich Q. O. et al.
TEENAGER CHILD PSYCHOLOGY //Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 5. – С. 454-462.
7. Qodirov O.S. Umumiy psixologiya // O‘quv qo‘llanma. - Samarqand, 2022.-250 b.
8. Qodirov O.S., Sh.N.Xotamov. Ijtimoiy psixologiya // Darslik. - Samarqand, 2023.-
360 b.
9. www.ziyouz.com kutubxonasi.
10. https://kun.uz/02645322
