"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
500
“O‘ZBEK TILIDAGI “DO‘PPI” LEKSEMASI ISHTIROK ETGAN MILLIY-
MADANIY BO ‘YOQDORLIKGA EGA FRAZEOLOGIK IBORALARNING
TAHLILI”
Rustamova Shohzodabonu Jahongir qizi
1-kurs magistratura talabasi,
Ingliz tilshunosligi kafedrasi,
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Ilmiy rahbar: Mamatova Feruza Maxammadovna
O‘zbekiston Milliy universtiteti
Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
feruzahon26@gmail.com
Annotation:
Phraseological units in the Uzbek language reflect the national
spirit and the life experiences of the people. The word “do‘ppi” (traditional Uzbek
skullcap) is one of the key components in such phraseological expressions. It appears
in numerous idioms, reflecting the cultural and social characteristics of the Uzbek
people. This article analyzes phraseological units containing the word “do‘ppi,”
exploring their meanings, usage contexts, and national features. These expressions not
only highlight the richness of the Uzbek language, but also emdiv the way of life and
values of the nation.
Key words:
Doppi, idiom, national, mentality, values, social values.
Аннотация:
Фразеологические единицы в узбекском языке отражают
национальный дух и жизненный опыт народа. Слово «доппи» (узбекская
традиционная тюбетейка) является одним из основных компонентов таких
фразеологических выражений. Оно встречается во многих идиомах,
отражающих культурные и социальные особенности узбекского народа. В
данной статье рассматриваются фразеологические единицы с участием слова
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
501
«доппи», их значения, сферы употребления и национальные особенности. Эти
выражения, с одной стороны, демонстрируют богатство узбекского языка, а с
другой — отражают образ жизни и ценности народа.
Ключевые слова: Тюбетейка, идиома, национальный, менталитет,
ценности, социальный.
Annotatsiya:
O‘zbek tilidagi frazeologik birliklar milliy ruhni va xalqning
hayotiy tajribasini aks ettiradi. “Do‘ppi” so‘zi ham ana shunday frazeologizmlarning
asosiy qismlaridan biridir. U ko‘plab iboralarda ishlatilib, o‘zbek xalqining madaniy
va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiradi. Ushbu maqolada “do‘ppi” so‘zi ishtirok etgan
frazeologik birliklar tahlil qilinadi, ularning ma’nolari, qo‘llanilish doirasi va milliy
xususiyatlari o‘rganiladi. Bu iboralar, bir tomondan, o‘zbek tilining boyligini ko‘rsatib,
boshqa tomondan, xalqning turmush tarzini, qadriyatlarini ifodalaydi.
Kalit so‘zlar:
Do‘ppi, ibora, milliy, mentalitet, qadriyat, ijtimoiy.
Xalqning turmushidagi jarayonlar va shunga suyanuvchi obraz va predmetlar
asosida shakllangan frazeologik birikmalar ushbu millat mentaliteti va madaniyatining
ko‘zgusidir [1]. O‘zbek tilidagi “do‘ppi” so‘zi ko‘plab frazeologik birliklarda
ishlatiladi va bu iboralar xalqimizning dunyoqarashi, hissiyoti va madaniyati haqida
qimmatli ma’lumotlar beradi. Quyidagilar o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan “do‘ppi”
so‘zi ishtirok etgan iboralarga misollardir.
1. Do‘ppisini osmonga otmoq.
Ma’nosi: Juda xursand bo‘lish, quvonchini
yashirmaslik. Misol: “Sizni qarang, men “to‘rt” olsam, do‘ppimni osmonga otgan
bo‘lardim!” (O. Yoqubov, “Muqaddas”) [2]. Bu ibora o‘zbek xalqining quvonchni
oshkora ifodalashga bo‘lgan moyilligini ko‘rsatadi. Do‘ppining osmonga otilishi
tasviriy tarzda baxtiyorlikni, erishilgan muvaffaqiyatni ifodalaydi. Milliy-madaniy
jihatdan o‘zbek xalqida xursandchilik va quvonchni jamoaviy tarzda, oshkora
ifodalash qadriyatiga katta e’tibor beriladi. Bu ibora, shuningdek, kuchli ijtimoiy
aloqalar va birgalikdagi quvonchni ifodalaydi.
2. Do‘ppisi tor kelmoq.
Ma’nosi: Ilmiy imkonsizlik, og‘ir holatga tushish. Misol:
“Azim boyvachcha Xolxo‘janing joniga ora kiradi… do‘ppisi tor kelib qolganida,
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
502
ikkinchi magazindan pora uchun gurunch olganini gapirgan edi.” (A. Muhiddin,
“Qitmir”) [3]. Bu iboraning milliy-madaniy xususiyati shundaki, ibora o‘zbek tilida
kishining cheklangan holatga tushishini, ya’ni qiyin ahvolda bo‘lishi inson do‘pissi tor
kelgan payttagi noqulaylik va qiyinchilik bilan qiyoslanadi. Do‘ppi, bu yerda,
insonning tashqi holatini (bosh kiyimi tor kelish) ichki ruhiy ahvoli bilan bog‘lash
orqali uni simvolik tarzda ifodalash imkonini beradi.
3. Do‘ppining tagida odam bor.
Ma’nosi: Odamlarning ichki dunyosi va tashqi
ko‘rinishining farqini ko‘rsatish. Misol: “Bundan keyin bunaqa gapni sekinroq
gapiringlar, do‘ppining tagida odam bor-a.” (S. Ahmad, “Qadrdon dalalar”) [3]. Bu
ibora xalqimizning insonlarni tashqi ko‘rinishidan ko‘ra ichki sifatlariga ko‘proq
e’tibor berishini ko‘rsatadi. Do‘ppi, shunday qilib, tashqi ko‘rinishni anglatib,
shaxsiyatni yashirishning imkoniyatlarini ta’kidlaydi. Shuningdek, bu yerda
gapirganda ehtiyot bo‘lish, ya’ni ko‘rganlarimiz har doim ham haqiqat bo‘lavermasligi
ham ta’kidlanadi.
4. Do‘ppining tagidakkina.
Ma’nosi: Juda kichik, kichik bir joyda mavjud
bo‘lgan narsani ifodalash. Misol: “Bizning Qamishkapa do‘ppining tagidakkina joy
bo‘lsa ham, bu yerda turli toifa odamlar bor…”(P. Tursun, “O‘qituvchi”) [3]. Bu ibora
kichik joylarning ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida kichik
joylar va hamda ularda yashovchi turli odamlar o‘rtasidagi aloqalar muhim o‘rin tutadi.
Ushbu ibora kichkina narsalarni ifodalash orqali o‘zbek xalqi madaniyatidagi qanoat
tushunchasini ham ilgari suradi.
5. Do‘ppisini yerga qo‘yib.
Ma’nosi: O‘z fikrlarini bir joyga yig‘ib, mushohada
qilish, ochiq gapirish. Misol: “Uyga qaytgan-u, do‘ppisini yerga olib qo‘yib o‘ylagan:
“Nimaga shoshilyapman, elburutdan bo‘ynimga to‘rva-xalta ilib nima qilaman?”’’(J.
Abdullaxonov, “To‘yga kelinglar”) [3]. Milliy-madaniy tahliliga ko‘ra, bu ibora
odamlarning o‘z fikrlarini joyiga qo‘yib, asosli qarorlar qabul qilishga bo‘lgan
e’tiborini aks ettiradi. Shuningdek, xalqimizda mas’uliyatli fikrlash va qaror qabul
qilishda hushyor bo‘lish qadriyatining mavjudligini ko‘rsatadi.
6. Do‘ppini yarimta qilib.
Ma’nosi: Yengil, beparvo kayfiyatda bo‘lish. Misol:
“Sessiya, sessiya deb qo‘rqitishadi, sessiyasi hech gap emas ekan-ku”, – deb, do‘ppini
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
503
yarimta qilib yurishuvdi.”(P. Qodirov, “Uch ildiz”) [3]. Bu ibora xalqimizning
befarqlik va yengil kayfiyatni ifodalashda ishlatadigan qiziqarli ifodalardan biridir.
Do‘ppining yarimta qilinishi, ya’ni uni qiyshaytirib kiyish, o‘ziga xos shaklda
beparvolikni ifodalaydi. Lekin do‘ppisi yarimtalik har doim ham fazilat emas, u
o‘zidan bexabarlikka , turli mashaqqat va qiyinchiliklarga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ushbu ibora o‘zbek xalqining soda sifati va fikrlashidagi ijobiylikni ham
ifodalashi mumkin. Iboralar xalqning tajribalarini va mafkuraviy tushunchalari tufayli
uning madaniyatini aks ettiradi va frazeologik birliklarning katta qismini har bir
millatning o‘ziga xos bo‘lgan odatlari va madaniy xususiyatlarini namoyon qiladi [4].
Bundan kelib chiqadiki, “Do‘ppi” so‘zi o‘zbek tilida faqat bosh kiyim sifatida emas,
balki ijtimoiy, madaniy va psixologik holatlarni tasvirlovchi muhim frazeologik birlik
sifatida ishlatiladi. Har bir ibora milliy mentalitet, xalqning hayotiy qadriyatlari va
turmush tarzini aks ettiradi. O‘zbek xalqining tilida do‘ppi leksemasi ishtirok etgan
frazeologizmlari o‘ziga xos boylikni va madaniyatni tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Adashulloyeva Gulnoza Muhaybinovna. Tojik va o‘zbek tillarida shaxs
xususiyatini ifodalovchi frazeologizmlarning qiyosiy-tipologik tahlili. Filologiya
fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand. 2018. 23-b.
2.
Shavkat Rahmatullayev. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. “O‘qituvchi”
nashriyoti. Toshkent. 1978. 77-b.
3.
Shavkat Rahmatullayev, Nizomiddin Mahmudov, Zulxumor Xolmanova, Iqbol
O‘razova, Kamola Rixsiyeva. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2022. 147-148-b.
4.
Yu Fang. Cultural characteristics in idiom translation. School of International
Education, Chifeng University, Chifeng, China. Atlantis Press. 2017. 1-p.
