Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
316
O'QUVCHILARNING FANLARGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI
SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Shadmanova Muslimaxon Djamaliddinovna
Guliston tumani 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya. Oʻqituvchilarni eng koʻp qiynaydigan, oʻzidan qoniqmaslik
hissini tuydiradigan va kuydiradigan narsa – oʻquvchining darsga qiziqmasligi.
Bugun bolalarni chalgʻituvchi, xayolini jamlab olishiga xalaqit beruvchi narsalar
koʻp. Bu oʻqituvchilar oldiga ham yangidan yangi vazifalar qoʻymoqda. Endi ular
oʻquvchilari darsga qiziqishi, taʼlimga motivatsiyalari saqlanib qolishi uchun turli
yangi usullarni oʻylab topishi lozim.
Kalit so’zlar: raqamli o’yinlar, “gamification”, kognitiv rivojlanish, “ miya
o’yinlari”, inklyuziv ta’lim, autizm, disleksiya.
KIRISH
Oʻquvchilarni darsga “qaytarish” uchun avvalo ularni darsdan “olib ketgan”
muammoni aniqlab olishimiz zarur. Yaʼni oʻquvchi nima uchun darsga qiziqmayapti
degan savolga javobimiz boʻlishi kerak. Buning uchun anketa, soʻrovnoma
(istasangiz, anonim tarzda) oʻtkazish, ular bilan alohida suhbatlashish, dars
jarayonini kuzatish kabi usullardan foydalansak boʻladi. Har bir usul haqida
qisqacha maʼlumot beramiz:Oʻquvchilar bilan dars jarayoni, undagi kamchilik va
yutuqlar haqida ochiq muloqot qilish muammolarni aniqlashda yaxshi samara
beradi. Muloqotni savol-javob, yaʼni har bir oʻquvchidan mulohaza tinglash yoki
turli mashgʻulotlar koʻrinishida oʻtkazish mumkin.
Oʻquvchilarning darsga qiziqmasligiga sabablar bisyor. Quyida ulardan eng
keng tarqalgan hamda asosiy sabab sifatida koʻrsatiladiganlarini koʻrib chiqamiz.
Motivatsiya yetishmasligi. Har qanday jarayon amalga oshishi uchun
motivatsiya muhim. Garchi taʼlim olish insonning muhim ehtiyojlaridan biri boʻlsa-
da, bunga ham inson oʻzida motivatsiya topa olishi kerak. Koʻpincha oʻquvchilar
darsda oʻrganayotgan mavzularining amaliy foydasini tushuna olmaydi. Kelajakda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
317
bu bilimlardan qanday foydalanish mumkinligini tasavvur qilolmaydi. Shu
sabablarga koʻra, ular darslarni keraksiz deb hisoblay boshlaydi va oʻrganishga
motivatsiyasi soʻnadi. Oʻqituvchilar oʻzlari berayotgan bilimning muhim va amalda
kerakli ekanini tushuntirib berishi motivatsiyani uygʻotishi mumkin.
Mavzularning murakkabligi. Oʻquv dasturi yoki dars materialining
murakkabligi, bolaga nisbatan tushunarsiz tarzda tayyorlangani oʻquvchini darsdan
uzoqlashtiradi. Ayrim oʻquvchilar mavzuni bir necha marta tushunmagandan keyin
oʻzining muvaffaqiyatsiz ekanini tan oladi va darslarga boʻlgan qiziqishi
pasayadi.Baribir oʻrgana olmayman degan qarash shakllanib qoladi.
Shaxsiy
muammolari. Oʻquvchining
oilasida, doʻstlari davrasida,
maktabdan tashqari faoliyatida duch keladigan stresslari, muammolari taʼlim
jarayoniga eʼtibor qaratishga toʻsqinlik qilishi mumkin. Bunday hollarda uning ruhiy
holatini yaxshilash uchun psixolog yordami zarur boʻladi.
Oʻqituvchining dars oʻtish uslubi. Darsning qanday tashkil etilishi ham
oʻquvchilarning qiziqishiga eng koʻp taʼsir oʻtkazuvchi omillardandir. Agar
oʻqituvchi darsni monoton, bir usulga tayanib qolgan holda oʻtsa, oʻquvchilar bir
necha darsdan keyin zerikadi. Darslarning qiziqarli, interaktiv va turfa metodlar
bilan oʻtilishi (bir darsning ichida koʻplab metod emas, har bir dars uchun alohida
metod, almashib qoʻllash uchun) oʻquvchilar qiziqishini ushlab turadi.
Texnologiyaga bogʻlanmaslik. Bugungi kun bolalari texnologiyalar ichida
katta
boʻlmoqda.
Agar
darslaringizda
zamonaviy
texnologiyalardan
foydalanmasangiz, oʻquvchilarning qiziqishini ushlab turish qiyinlashadi. Shu
sababli turli interaktiv vositalar, taʼlim platformalari, video, audio resurslardan
foydalanib, darsni boyitish haqida oʻylashingiz zarur. Ulardan har bir darsingizda
foydalanmasligingiz mumkin, ora-orada qoʻllash ham oʻquvchilarni qiziqishda
ushlab tura oladi.
Oʻqituvchiga nisbatan simpatiyaning yoʻqligi. Agar oʻquvchi oʻqituvchini
yoqtirmasa, adolatsiz deb hisoblasa, uning darsiga ham qiziqmay qoʻyadi. Yaʼni
oʻquvchining darsga boʻlgan munosabati uning oʻqituvchiga boʻlgan munosabati
asosida shakllanadi. Shuning uchun ham falon ustozning darsiga hammamiz
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
318
kelardik, jim oʻtirib tinglardik degan gaplarni koʻp eshitamiz. Bunda oʻqituvchining
qattiqqoʻlligi emas, adolatli ekani, oʻquvchilarning fikriga qiziqishi va ular bilan
doʻst sifatida gaplasha olishi, ularga maktab hayotidan tashqari masalalarda ham
foydali maslahatlar bera olishi asosiy oʻrinda turadi.
Tashqi omillar. Telefon, ijtimoiy tarmoq, videooʻyinlar oʻquvchilarning
darsga boʻlgan qiziqishini “oʻldir”ishi bor gap. Chunki ular chalgʻituvchi
xususiyatga ega, oʻquvchi fokusni darsga qarata olmaydi. Bundan tashqari,
oʻquvchilar qayerdadir ishlashi, tuni bilan uxlamasdan turli boshqa mashgʻulotlar
bilan shugʻullanishi mumkin. Bular oʻquvchining charchashiga olib keladi va
darslarda befarq oʻtirishiga sabab boʻladi. Bunday holat kuzatilganda maktab
maʼmuriyati, ota-ona bilan hamkorlikda yechim izlash eng toʻgʻri yoʻl.
Oʻquvchilardagi muammolarni, darsga qiziqmaslik sabablarini oʻrganib
chiqqanimizdan keyin ularga qarshi choralar qoʻllashimiz zarur. Yuqorida
oʻquvchining darsga qiziqmasligiga olib keluvchi asosiy omillarni sanadik. Shuni
hisobga olish kerakki, odatda bu omillar yakka-yakka holda emas, aralash boʻlib
uchraydi. Bir oʻquvchida omillarning bir nechtasi toʻplangan boʻladi. Shuning uchun
ham ularni bartaraf etish haqida soʻz ketganda har bir omilga alohida yechim izlash
toʻgʻri yoʻl emas.
Ta’lim jarayonida bolaning o‘qishga bo‘lgan ichki rag‘batini uyg‘otish -
motivatsiya muhim ahamiyatga ega. Motivatsiya o‘quvchiga g‘ayrat beradigan,
xatti-harakatini boshqaradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan holat sifatida tavsiflanadi.
Motivatsiya holati maqsadlarni o‘z ichiga oladi va faollikni talab qiladi. Maqsadlar
esa harakatni yuzaga keltiradi hamda o‘quvchi o‘z qiziqishlarini aniqlab olishiga
xizmat qiladi. Shu tariqa uzoq vaqt muayyan mashg‘ulot bilan band bo‘lish boladagi
qat’iyatni shakllantiradi.
XXI asrga kelib ta’lim berishda pedagoglar o‘quvchilarning ta’lim olishga
bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otishning yangidan-yangi yo‘llarini o‘ylab topdilar.
Jumladan, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi “Loyiha
asosida o‘rganish”, interaktiv o‘quv muhitini ta’minlovchi “Moslashtirilgan
sinfxona”, “Kichik guruhlarda ishlash” kabi pedagogik yondashuvlar. Shular
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
319
qatoriga XXI asrda yangi o‘qitish usuli ham qo‘shildi - “gamification” yoki raqamli
o‘yinlar orqali o‘qitish. Dars jarayonida mavzuni tushuntirishda o‘yinlardan shu
vaqtgacha ham foydalanib kelingan. Misol uchun, harakatda yashiringan so‘zni
topish- “Iztopar”,”Quruvchi”,”Sirli so’z”,”Notog’ri jumla” kabi sinf o‘yinlari.
Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘yinga asoslangan ta’lim berish jarayoni o‘quvchi diqqatini
o‘ziga bog‘lab, bolalarda ko‘nikma va malakani rivojlantiradi.
O‘quvchining o‘zlashtirishini tushirib yuboradigan omillardan biri o‘zining
qobiliyatsizligidan
qo‘rqishidir.
Gemifikatsiya
metodi
o‘quvchilarning
qobiliyatsizlik qo‘rquvini kamaytiradi. Muvaffaqiyatsizlik o‘rganishning ajralmas
qismidir, ammo ko‘pincha sinfxonasida muvaffaqiyatsizlik o‘quvchi uchun
sharmandalik va xijolat manbai bo‘lib qoladi. O‘n yoshli bolaning bir necha marta
muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa ham, videoo‘yinlarni qayta-qayta
o‘ynayotganiga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, demak o‘yinlar o‘rganishdagi
muvaffaqiyatsizlik oqibatida yuzaga keladigan qo‘rquv hamda uyalish hissini
o‘zgartiradi. Bolalar o‘rganish jarayonida nafaqat muvaffaqiyatsizlikni qabul qilib,
yana harakat qiladilar, balki qiziqishni o‘rganishning bir qismiga aylantiradilar.
Gemifikatsiyadagi yana bir jihat - o‘yinning darajalarga bo‘linishi va keyingi
bosqich o‘tish jarayoni, shuningdek, keyingi bosqichga ularni nima kutib turganiga
nisbatan qiziqish ham o‘rganuvchini olg‘a chorlaydi.
XULOSA
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, raqamli o’yinlar orqali o’qitish
o’quvchilarda o’ziga bo’lgan ishonchni tarbiyalaydi, o’rganishga bo’lgan qiziqish
ichki motivatsiyani uyg’otadi,o’qibo’rganish jarayonida yuzaga kelgan
qiyinchiliklarni yengib o’tishda turtki vazifasini o’taydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
A.I. Kuramshin, Periodicheskiy zakon / D.I. Mendeleyev - M.: AST, 2018
2.
Russler, N.: Gamification in inklusivem E-Learning. Master Thesis.
Humboldt-University Berlin.
3.
https://www.realinfluencers.es/en/2019/05/09/8-21st-century-
methodologies/ Internet materiallari
