Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
327
QURITILGAN TOMAT MAHSULOTLARINI SAQLASHDA
QADOQLASH USULLARINING OZUQAVIY MODDALAR
SAQLANISHIGA TA’SIRI
A. M. Nazarov
Toshkent davlat agrar universiteti tadqiqotchisi
M.A.Boltayev
Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti
E-mail:murodbek.boltaev.78@
mail.ru
M.R.Umaraliyeva
Toshkent davlat agrar universiteti 21-40 guruh talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada quritilgan tomat mahsulotlarini qadoqlash
va saqlash davomida ozuqaviy moddalar — likopin, karotinoidlar va S vitaminining
saqlanish dinamikasi tadqiq qilindi. Turli qadoqlash usullari (oddiy polietilen,
vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash (MAP) va biopolimer qadoqlash)
ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash usuli eng
samarali bo‘lib, ozuqa moddalarini 12 oygacha yuqori darajada saqlab qolish
imkonini berdi. Vakuum qadoqlash ham samarali bo‘lib, qisqa muddatli saqlash
uchun qulay ekanligi aniqlandi. Odatiy polietilen esa faqat qisqa muddatli iste’mol
uchun mos keladi.
Kalit so‘zlar: Quritilgan tomat, likopin, karotinoidlar, askorbin kislota,
qadoqlash texnologiyasi, gazli muhitda qadoqlash (MAP), vakuum qadoqlash,
biopolimer qadoqlar, nutritiv moddalar, antioksidantlar, ozuqa moddalari
saqlanishi.
Аннотация. В данной статье изучена динамика сохранения пищевых
веществ — ликопина, каротиноидов и витамина С — в процессе упаковки и
хранения сушёных томатных продуктов. Рассмотрено влияние различных
методов упаковки (обычный полиэтилен, вакуумная упаковка, упаковка в
модифицированной газовой среде (MAP) и упаковка в биополимеры).
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
328
Результаты показали, что упаковка в модифицированной атмосфере
наиболее эффективно сохраняет питательные вещества на протяжении 12
месяцев. Вакуумная упаковка также показала хорошие результаты при
краткосрочном хранении. Обычный полиэтилен подходит только для
кратковременного использования.
Ключевые слова: Сушёные томаты, ликопин, каротиноиды,
аскорбиновая кислота, технология упаковки, упаковка в модифицированной
газовой среде (MAP), вакуумная упаковка, биополимерные упаковки,
нутрицевтические вещества, антиоксиданты, сохранение питательных
веществ.
Abstract.This article investigates the preservation dynamics of key
nutraceutical components — lycopene, carotenoids, and vitamin C — during the
packaging and storage of dried tomato products. The effects of various packaging
methods (conventional polyethylene, vacuum packaging, modified atmosphere
packaging (MAP), and biopolymer packaging) were analyzed. Research findings
revealed that MAP is the most effective method for maintaining high nutrient
retention over 12 months. Vacuum packaging also demonstrated satisfactory results
for medium-term storage, while conventional polyethylene packaging was only
suitable for short-term consumption.
Keywords: Dried tomatoes, lycopene, carotenoids, ascorbic acid, packaging
technology, modified atmosphere packaging (MAP), vacuum packaging, biopolymer
packaging, nutraceutical compounds, antioxidants, nutrient retention.
KIRISH
O‘zbekiston bugungi kunda pomidor etishtirish bo‘yicha dunyoda 14
o‘rinda turadi. Keyingi yillarda yurtimizda o‘rtacha 70 ming gektarga yaqin
maydonda pomidor etishtirilib gektaridan 35-40 tonna hosil olishga erishilmoqda.
Umumiy hisobda 2 mln tonnadan ortiq pomidor etishtirilmoqda. Bu degani yurtimiz
aholisining jon boshiga o‘rtacha 80 kg atrofida to‘g‘ri keladi degani Shuning uchun
pomidor etishtirish mamlakat uchun katta milliy iqtisodiy ahamiyatga ega
hisoblanadi. Pomidorning boshqa muhim jihatlaridan biri S vitaminiga boyligidir.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
329
Pomidor mevalari yuqori ozuqaviy, ta’m va parhez fazilatlari bilan ajralib turadi.
Pomidor mevalari S vitaminining ajoyib manbai (30-35 mg). Bundan tashqari,
pomidor mevalarida B1 (anevrin), B2 (riboflavin), B3 (pantotenik kislota), foliy
kislotasi, PP (nikotinik kislota, provitamin A (karotin), kaliy, natriy, kalsiy, magniy,
fosfor tuzlari vitaminlari mavjud., temir, yod va boshqa foydali moddalar.
Bugungi kunda pomidorni saqlashning eng istiqbolli usullaridan biri uni
quritib saqlashdir. O‘zbekistonda bu usul juda kam qo‘llaniladi. Pomidorlarni
quritish dunyoda keng tarqalgan. Quritilgan pomidorlar oziq-ovqat yoki
ziravorlarga qo‘shiladigan kukunlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Pomidorlar
asosan butunligicha, teng yarmigi bo‘linib yoki har xil bo‘laklarga bo‘linib
quritiladi. Pomidorlar bizning sharoitda asosan quyoshda quritiladi. Quyoshli kunlar
kam mamlakatlarda ko‘pincha har elektr quritkichlarda quritiladi. Quritilgan
pomidorlar qadoqlangan holda saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5388-son
“O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2018 yil 10 oktyabrdagi PQ-3978-son
«Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini
oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Farmoni va 2019 yil 29
iyuldagi PQ-4406-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va
oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Qarori ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy
hujjatlardagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan. Bu dissertatsiya tadqiqoti ham
aynan shu vazifalarning amalga oshirilishiga muayyan hissa qo‘shadi.
Tadqiqotimiz likopin saqlanish dinamikasi bo‘yicha tahlili bilan davom
ettirishdan oldin likopin haqidv qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Likopin (C₄₀H₅₆) –
karotinoidlar guruhiga mansub, to‘yinmagan uglevodorod bo‘lib, uzoq zanjirli
polien tuzilishiga ega. Uning molekulasida 11 ta kon’yugirlangan ikki bog‘ mavjud
bo‘lib, bu xususiyat likopinga kuchli antioksidant xususiyat beradi. Struktura
formulasi -CH=CH-CH=CH-CH=CH- Likopin – α-karotin va β-karotindan farqli
ravishda, A vitaminiga aylanmaydi, ammo uning antioksidant ta’siri ancha yuqori.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
330
Likopin asosan xom tomat mahsulotlarida ya’ni mevasida 3,0-7,0 mg/100g bo‘lsa
quritilgandan keyin esa mahsulotda likopin btr necha barobar yuqori bo‘lishi
kuzatildi(40,0-60 mg/100g). Bundan xulosa qilishimiz mumkinki quritilgan tomat
mahsulotlari eng yuqori konsentratsiyada likopin saqlovchi manba hisoblanadi.
Likopin – tomat mahsulotlarining biologik qiymatini belgilab beruvchi
asosiy antioksidant modda hisoblanadi. U nafaqat mahsulotning organoleptik
ko‘rinishini (qizil rang) ta’minlaydi, balki kanserogen va kardioprotektor ta’siri
sababli ham tibbiy jihatdan muhim moddalar toifasiga kiradi. Quritilgan tomatlarda
likopin miqdorining saqlanishi qadoqlash usuliga bog‘liq (1-jadval).
1-jadval
Likopin saqlanishi natijalari.,%. (M ± SD, n = 3)
Qadoqlash usuli
3 oy (%)
6 oy (%)
9 oy (%)
12 oy (%)
Odatiy polietilen
68.0 ± 1.5 52.3 ± 1.8 —
—
Vakuum qadoqlash
82.1 ± 1.2 75.4 ± 1.5 67.2 ± 1.6 —
Gazli muhitda qadoqlash
89.3 ± 1.0 84.2 ± 1.1 79.0 ± 1.3 72.4 ± 1.4
Biopolimer qadoqlash
75.0 ± 1.3 66.0 ± 1.5 —
—
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash (MAR – Modified
Atmosphere Packaging) usuli likopinni saqlashda eng yaxshi natijaga erishildi. Bu
usulda 12 oy davomida likopin saqlanishi 72.4 ± 1.4% ni tashkil etdi, bu esa boshqa
usullarga nisbatan aniq ustunlikni ko‘rsatadi.
Gazli muhitdagi yuqori samaradorlikning asosiy sababi – kislorod
miqdorining kamligi va azotning barqaror muhit yaratishi orqali oksidlanish
jarayonlarini sekinlashtirishidir. Likopin molekulasi kislorod ta’sirida tez
parchalangani uchun bunday muhit uni uzoq muddat saqlashga imkon beradi (1-
rasm).
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
331
1-rasm. Quritilgan tomat xom ashyosini turli usullarda qadoqlanib
saqlash davomida likopinni o‘zgarishi,%
Vakuum qadoqlashda
, 9 oydagi saqlanish darajasi 67.2 ± 1.6% ni tashkil
etdi. Bu natija qoniqarli bo‘lsa-da, gazli muhitdan kamroq samara beradi. Sababi –
vakuumda kislorod minimallashsada, u to‘liq yo‘q qilinmaydi, hamda barer
materiallarga bog‘liq o‘zaro ta’sir hali mavjud bo‘ladi.
Biopolimer qadoqlarda
, 6 oyda likopin miqdori 66.0 ± 1.5% gacha tushgan.
Bu qadoqning ekologiya jihatidan afzal tomoni bor, ammo uning kislorod
o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgani bois, antioksidant moddalar tezroq parchalanadi.
Odatiy polietilen qadoqda
esa likopin miqdori 3 oyda 68.0 ± 1.5%, 6 oyda
esa 52.3 ± 1.8% gacha tushib ketgan. Bu usul mahsulotni saqlash uchun eng
samarasiz usul ekanini ko‘rsatadi.
Karotinoidlar - tabiiy pigmentlar bo‘lib, ular meva-sabzavotlardagi sariq,
norang va qizg‘ish ranglar uchun javob beradi. Ular
antioksidant
sifatida
organizmda
erkin radikallar
ga qarshi kurashadi, hamda ayrim turlari (β-karotin)
A
vitamini
ga aylanadi. Quritilgan tomat mahsulotlaridagi karotinoidlar tarkibi
mahsulotning biologik qiymatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Karotinoidlar
saqlanishi natijalari bo‘yicha tahlil natijalari quyidagilardan iborat bo‘ldi
(2-
jadval).
68
52,3
0
0
82,1
75,4
67,2
0
89,3
84,2
79
72,4
75
66
0
0
0
20
40
60
80
100
3 ой (%)
6 ой (%)
9 ой (%)
12 ой (%)
Одатий полиэтилен
Вакуум қадоқлаш
Газли муҳитда қадоқлаш
Биополимер қадоқлаш
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
332
2-jadval
Karotinoidlar saqlanishi natijalari., %. (M ± SD, n = 3)
Qadoqlash usuli
3 oy (%)
6 oy (%)
9 oy (%)
12 oy (%)
Odatiy polietilen
65.2 ± 1.4
50.1 ± 1.7
—
—
Vakuum qadoqlash
78.3 ± 1.3
71.2 ± 1.5
63.0 ± 1.6
—
Gazli muhitda qadoqlash
84.6 ± 1.1
80.3 ± 1.3
75.2 ± 1.4
68.5 ± 1.6
Biopolimer qadoqlash
70.4 ± 1.3
60.2 ± 1.4
—
—
Gazli muhitda qadoqlash (MAP)
usuli eng yuqori samaradorlikni
ko‘rsatdi. 12 oy davomida karotinoidlar miqdori
68.5 ± 1.6%
darajasida saqlandi.
Modifikatsiyalangan atmosferada (80% N₂ + 20% CO₂) oksidlanish jarayonlari
sekinlashgani tufayli, karotinoidlarning parchalanishi kamaydi.
Vakuum qadoqlash
ham yuqori samara ko‘rsatgan: 9 oyda karotinoidlar
saqlanishi
63.0 ± 1.6%
ni tashkil etdi. Havo chiqarib tashlangan muhitda kislorod
ta’siri minimallashgani buni ta’minladi (2-rasm).
2-rasm. Quritilgan tomat xom ashyosini turli usullarda qadoqlanib
saqlash davomida karotinoidlarni o‘zgarishi,%
Biopolimer qadoqlar
ekologik tozaligiga qaramay, 6 oyda karotinoid
miqdori
60.2 ± 1.4%
gacha tushgan. Bu qadoq materiallarining yuqori gaz
o‘tkazuvchanligi va tashqi muhit ta’siriga bo‘ysunishi bilan izohlanadi.
Odatiy polietilen qadoqda
esa 6 oydagi ko‘rsatkich
50.1 ± 1.7%
gacha
pasaygan. Bu usulning samaradorligi past bo‘lib, mahsulotdagi karotinoidlar tez
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
Одатий полиэтилен
Вакуум қадоқлаш
Газли муҳитда қадоқлаш
Биополимер қадоқлаш
9 ой (%)
6 ой (%)
3 ой (%)
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
333
parchalangan.
Askorbin kislota (S vitamini) - suvda eriydigan, kuchli antioksidant modda
hisoblanadi. U organizmda immun tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, temir
moddasining so‘rilishini yaxshilaydi, va yallig‘lanishlarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ammo S vitamini juda noyob va nestabil modda bo‘lib, kislorod, issiqlik va vaqt
ta’sirida tez parchalanadi. Shuning uchun qadoqlash va saqlash sharoiti bu
moddaning saqlanishiga bevosita ta’sir qiladi. S vitamini saqlanishi tahlili
natijalari quyidagilardan iborat bo‘ldi.
(3-jadval).
3-jadval
S vitamini saqlanishi natijalari., %. (M ± SD, n = 3)
Qadoqlash usuli
3 oy (%)
6 oy (%)
9 oy (%)
12 oy (%)
Odatiy polietilen
48.0 ± 1.2
30.4 ± 1.4
—
—
Vakuum qadoqlash
64.1 ± 1.1
56.0 ± 1.3
45.3 ± 1.5
—
Gazli muhitda qadoqlash
72.2 ± 1.0
68.4 ± 1.2
60.5 ± 1.3
52.0 ± 1.5
Biopolimer qadoqlash
58.0 ± 1.1
42.2 ± 1.4
—
—
Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
gazli muhitda qadoqlash
(CO₂ + N₂) 12 oy
mobaynida
S vitamini miqdorining eng yuqori darajada saqlanishiga
erishish
imkonini berdi. 3 oydagi ko‘rsatkich 72.2 ± 1.0% bo‘lsa, 12 oyga kelib ham u 52.0
± 1.5% darajasida saqlanib turdi. Bu holat S vitaminining oksidlanish jarayonidan
yaxshi himoyalanganini ko‘rsatadi.
Vakuum qadoqlashda
, mahsulot atrof muhitdagi kislorod bilan deyarli
aloqada bo‘lmaydi. Bu holat S vitaminini parchalanishdan muhofaza qiladi.
Vakuumda 3–6 oy davomida saqlanish
ancha barqaror
(56.0 ± 1.3%), ammo 9
oyda parchalanish jarayoni boshlanadi (45.3 ± 1.5%).
Biopolimer qadoqlar
ekologik jihatdan afzal bo‘lsada, kislorod va namlik
o‘tkazuvchanligi yuqori. SHuning uchun S vitamini 6 oyda 42.2 ± 1.4% gacha
pasaydi. Bu natija polietilen qadoqqa nisbatan yaxshi, lekin gazli muhit va
vakuumdan pastroq.
Odatiy polietilen qadoqda
esa 6 oyga kelib, S vitamini miqdori
30.4 ±
1.4%
gacha tushgan. Bu holat qadoqlashdagi barer funksiyasi etarli emasligini va
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
334
oksidlanish jarayoni jadal kechayotganini ko‘rsatadi. (3-rasm).
3-rasm. Askorbin kislota (S vitamini)ni turli usullarda qadoqlanib
saqlash mobaynida o‘zgarishi.,%
Tadqiqot davomida quritilgan tomat mahsulotlarini qadoqlash va
saqlash bo‘yicha barcha tadqiqot natijalarini umumlashtirilgan holatda ko‘rib
chiqamiz va kerakli tahlillarga asoslanib eng maqbul usulni aniqlanadi.
Quyidagi quritilgan tomat mahsulotlarini turli qadoqlash usullarida saqlash
jarayonida
o‘lchangan ko‘rsatkichlar — namlik darajasi, likopin,
karotinoidlar va S vitamini miqdori bo‘yicha keng tahlil keltiriladi. Tadqiqot
natijalari 3, 6, 9 va 12 oylik intervallarda baholandi va har bir natija M ± SD
shaklida ifoda qilindi (n=3). (4-jadval).
4-jadval
Quritilgan tomat mahsulotlarini qadoqlash va saqlash bo‘yicha barcha
tadqiqot natijalarini umumlashtirilgan holati.,%
Qadoqlash usuli
Namlik
(%)
Likopin (%)
Karotinoidlar
(%)
S
vitamini
(%)
Odatiy polietilen
3 oy
12.8
±
0.25
68.0 ± 1.5
65.2 ± 1.4
48.0 ± 1.2
6 oy
13.9
±
0.30
52.3 ± 1.8
50.1 ± 1.7
30.4 ± 1.4
Vakuum qadoqlash
3 oy
10.2
± 82.1 ± 1.2
78.3 ± 1.3
64.1 ± 1.1
48
30
0
0
64
56
45
0
72
68
60
52
58
42
0
0
0
20
40
60
80
3 ой (%)
6 ой (%)
9 ой (%)
12 ой (%)
Одатий полиэтилен
Вакуум қадоқлаш
Газли муҳитда қадоқлаш
Био-полимер қопламалар
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
335
0.18
6 oy
11.0
±
0.22
75.4 ± 1.5
71.2 ± 1.5
56.0 ± 1.3
9 oy
11.7
±
0.24
67.2 ± 1.6
63.0 ± 1.6
45.3 ± 1.5
Gazli muhit (MAP)
3 oy
9.6 ± 0.15 89.3 ± 1.0
84.6 ± 1.1
72.2 ± 1.0
6 oy
10.1
±
0.19
84.2 ± 1.1
80.3 ± 1.3
68.4 ± 1.2
9 oy
10.5
±
0.20
79.0 ± 1.3
75.2 ± 1.4
60.5 ± 1.3
12 oy
11.2
±
0.23
72.4 ± 1.4
68.5 ± 1.6
52.0 ± 1.5
Biopolimer qadoq
3 oy
11.4
±
0.20
75.0 ± 1.3
70.4 ± 1.3
58.0 ± 1.1
6 oy
12.3
±
0.26
66.0 ± 1.5
60.2 ± 1.4
42.2 ± 1.4
Namlik darajasi mahsulotning fizik barqarorligi va mikrobiologik
xavfsizligini belgilaydi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi natijalar gazli
muhitda qadoqlash usulida kuzatildi. 3 oyda namlik darajasi 9.6 ± 0.15% ni tashkil
etib, 12 oyda ham 11.2 ± 0.23% gacha etishi bilan namlik muvozanati barqaror
saqlandi.
Vakuum qadoqlash usuli ham qoniqarli samara berib, 3 oyda 10.2 ± 0.18%,
9 oyda 11.7 ± 0.24% ni tashkil etdi. Odatiy polietilen qadoq va bio-polimerlar esa
namlikni uzoq muddat barqaror saqlashda samarasiz bo‘lib chiqdi — 6 oydagi
ko‘rsatkichlar mos ravishda 13.9 ± 0.30% va 12.3 ± 0.26% ga etdi.
Likopin — tomat tarkibidagi asosiy antioksidant hisoblanib, uning saqlanishi
mahsulotning nutritiv qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Gazli muhitda
qadoqlash usuli 12 oy mobaynida ham yuqori samara berib, 72.4 ± 1.4% saqlanish
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
336
darajasini ta’minladi.
Vakuum qadoqlash 9 oygacha 67.2 ± 1.6% ko‘rsatkichni qayd etgan bo‘lsa,
biopolimer qadoqlarda 6 oydayoq likopin miqdori 66.0 ± 1.5% gacha tushgan.
Odatiy polietilen qadoqda esa 6 oyga kelib, likopin 52.3 ± 1.8% gacha kamaydi.
Karotinoidlar, jumladan β-karotin, organizmda A vitamini manbai va
antioksidant bo‘lib xizmat qiladi. Ular ham oksidlanish jarayoniga sezgir moddalar
hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash karotinoidlarning
12 oy mobaynida 68.5 ± 1.6% ni saqlab qolishga imkon bergan.
Vakuum qadoqlashda bu ko‘rsatkich 9 oyda 63.0 ± 1.6% ni tashkil qilgan
bo‘lsa, biopolimer qadoqlarda 6 oydayoq 60.2 ± 1.4% gacha pasayish kuzatilgan.
Odatiy qadoq esa eng past ko‘rsatkichni berdi: 6 oyda 50.1 ± 1.7%.
S vitamini mahsulotdagi eng nozik va tez parchalanuvchi modda
hisoblanadi. Uning saqlanishi qadoq muhitining oksidlanishdan qay darajada
himoya qilayotganini ko‘rsatadi.
Gazli muhitda qadoqlash bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi samara berdi:
3 oyda 72.2 ± 1.0%, 12 oyda ham 52.0 ± 1.5% saqlandi. Vakuum usulida 9 oyda
45.3 ± 1.5% saqlanishga erishildi. Biopolimer qadoqlarda 6 oyda 42.2 ± 1.4%, odatiy
polietilenda esa 6 oygacha 30.4 ± 1.4% gacha tushgan.
Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha gazli muhitda qadoqlash (MAP) usuli uzoq
muddatli saqlashda eng samarali ekanini ko‘rsatdi. Ushbu usul mahsulotning
ozuqaviy va biologik faol moddalarini 9–12 oygacha yuqori darajada saqlab qolish
imkonini beradi.
Vakuum qadoqlash ham amaliy jihatdan qo‘llashga qulay va samarali
hisoblanadi, ayniqsa 6–9 oygacha bo‘lgan davrda. Biopolimerlar ekologik tozaligi
bilan ajralib tursada, gaz va namlik o‘tkazuvchanligi tufayli moddalar saqlanishi
pastroq. Odatiy polietilen qadoqlar esa faqat qisqa muddatli saqlash uchun mos
keladi.
Tadqiqot natijalari quritilgan tomat mahsulotlarini qadoqlash va saqlashda
ilmiy asoslangan yondashuv talab etilishini ko‘rsatdi. Qadoqlash usuli nafaqat
mahsulotning tashqi ko‘rinishi va sof salomatlik standartlariga ta’sir qiladi, balki
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
337
uning foydali moddalari saqlanishi, saqlash muddati va bozorbopligiga ham bevosita
ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa
1. Likopin va karotinoidlar
— oksidlanishga sezgir moddalar bo‘lib, gazli
muhitda qadoqlashda 12 oyda ham mos ravishda 72.4% va 68.5% darajada saqlandi.
Vakuum usuli o‘rtacha natija qayd etdi, bio-polimerlar va oddiy qadoqlar esa
moddalar yo‘qotish darajasi yuqori bo‘ldi.
3. S vitamini
— eng nozik va tez parchalanuvchi modda bo‘lib, uning 12
oydagi saqlanishi faqat gazli muhitda 50% dan yuqori bo‘ldi (72.2% -52.0%).
Vakuumda 45.3% gacha, polietilenda esa 30.4% gacha tushdi.
4. Namlik darajasi
- mahsulot barqarorligi va mikrobiologik xavfsizlik
uchun muhim ko‘rsatkich bo‘lib, uning minimal o‘sishi ham gazli muhitda (9.6 →
11.2%) kuzatildi.
tavsiyalar:
1. Ekologik tozalik talab etiladigan bozorlar uchun
–
biopolimer
qadoqlar
tavsiya etiladi, lekin logistika muddati 6 oydan oshmasligi kerak.
2. Arzon va qisqa muddatli iste’mol uchun
– odatiy polietilen qadoq
maqbul, ammo 3 oydan keyin sifat yo‘qotilishi boshlanadi.
3. Ishlab chiqarish korxonalari uchun
– mahsulotni to‘g‘ri qadoqlash
texnologiyasi va muhit sharoitiga muvofiq material tanlovi muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Mirziyoev Sh. PF-158-son. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”.
Prezident Farmoni. – Toshkent, 2023 yil 11 sentyabr.
2.
Mirziyoev
Sh.
PF-5388-son
“O‘zbekiston
Respublikasida
meva-
sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
2018 yil 29 martdagi farmoni.
3.
GOST 28561-90. Produktы pererabotki plodov i ovoщey metodы opredeleniya
suxix veщestv ili vlagi – M.: izdatelstvo standartov, 2011. –5 s.
4.
Organolepticheskie metodы otsenok piщevыx produktov: Terminologiya. - M.:
Nauka, 1990.-38 s.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
338
5.
Polegaev V.I. Metodы otsenki kachestva plodov i ovoщey (Metodicheskie
razrabotki). M.:- 1978.- 66 s
6.
Fellows, P.J. Food Processing Technology: Principles and Practice. –
Woodhead Publishing, 2017.
7.
Rahman, M.S. Handbook of Food Preservation. – CRC Press, 2007.
8.
FAO. Packaging and storage of dried fruits and vegetables. – FAO Agricultural
Services Bulletin No. 127, Rome, 2004.
Anjuman ishtirokchisi talabnomasi
1. Muallif (lar) ning familiyasi, ismi,
otasining ismi
Boltayev MurodbekAllayorovich,
Nazarov
Abduqodir
Muhammadiyevich, Umaraliyeva
Muxlisa Rahmatjon qizi
2
Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni Dotsent
3
Ish / o‘qish joyi (muassasaning to‘liq
nomi, qisqartirishlarsiz), shahar
Toshkent davlat agrar universiteti,
Toshkent shahri
4
Maqola mavzusi
Quritilgan tomat mahsulotlarini
saqlashda qadoqlash usullarining
ozuqaviy moddalar saqlanishiga
ta’siri
5
Shu’ba tartib raqami
3
6
Muallifning E-maili
murodbek.boltaev.78@
mail.ru
7
Muallifning telefon raqami
(90)019-08-78
