BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG’LARNI SHAKLLANTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotasiya

Ushbu maqolada byudjetdan tashqari mablag‘lar tushunchasi, ularning iqtisodiy ahamiyati hamda shakllanish manbalari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, mazkur mablag‘larni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar - huquqiy-me’yoriy baza, tashkilot menejmenti, xalqaro hamkorlik, axborot texnologiyalarining roli va jamiyatda xayriya madaniyatining rivojlanish darajasi kabi jihatlar tahlil qilingan. Maqola byudjetdan tashqari resurslardan oqilona foydalanish orqali tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Karshibaeva Salamat Norkulovna. (2025). BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG’LARNI SHAKLLANTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. Ta’limning Zamonaviy Transformatsiyasi, 19(1), 168–171. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tzatra/article/view/87146
Karshibaeva Salamat Norkulovna

O‘zbekiston respublikasi bank-moliya akademiyami magistri

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada byudjetdan tashqari mablag‘lar tushunchasi, ularning iqtisodiy ahamiyati hamda shakllanish manbalari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, mazkur mablag‘larni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar - huquqiy-me’yoriy baza, tashkilot menejmenti, xalqaro hamkorlik, axborot texnologiyalarining roli va jamiyatda xayriya madaniyatining rivojlanish darajasi kabi jihatlar tahlil qilingan. Maqola byudjetdan tashqari resurslardan oqilona foydalanish orqali tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

168

BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJETDAN TASHQARI

MABLAG‘LARNI SHAKLLANTIRISH VA ULARDAN

FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Karshibaeva Salamat Norkulovna

O‘zbekiston respublikasi bank-moliya akademiyami magistri

Annotatsiya:Ushbu maqolada byudjetdan tashqari mablag‘lar tushunchasi,

ularning iqtisodiy ahamiyati hamda shakllanish manbalari atroflicha yoritilgan.

Shuningdek, mazkur mablag‘larni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy

omillar - huquqiy-me’yoriy baza, tashkilot menejmenti, xalqaro hamkorlik, axborot

texnologiyalarining roli va jamiyatda xayriya madaniyatining rivojlanish darajasi

kabi jihatlar tahlil qilingan. Maqola byudjetdan tashqari resurslardan oqilona

foydalanish orqali tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash

imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: byudjetdan tashqari mablag‘lar, noodavlavlat ta’lim

muassasalari, shakllanish manbalari, homiylik, grantlar, to‘lovli xizmatlar,

iqtisodiy barqarorlik, tashkilot moliyasi.

Kirish

Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida moliyaviy resurslardan oqilona

foydalanish muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti asosiy moliyaviy manba

sifatida xizmat qilsa-da, ayrim hollarda byudjet mablag‘lari yetarli bo‘lmaydi. Shu

sababli, byudjetdan tashqari mablag‘lar va ularni shakllantirish manbalari dolzarb

masala sifatida maydonga chiqadi. Bugungi kunda byudjetdan tashqari mablag‘lar

nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan

va boshqa sohalarda mustaqil faoliyat yuritish imkonini beruvchi moliyaviy asosni

shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu maqolada byudjetdan tashqari mablag‘lar tushunchasi, ularning

ahamiyati, shakllanish manbalari hamda bu jarayonga ta’sir qiluvchi asosiy omillar

tahlil qilinadi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

169

Byudjetdan tashqari mablag‘ tushunchasi va ularning iqtisodiy

ahamiyati.

Byudjetdan tashqari mablag‘lar - bu davlat yoki tashkilotlar tomonidan

rasmiy byudjet doirasidan tashqarida shakllantiriladigan va ma’lum maqsadlarga

yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslardir. Ular yuridik yoki jismoniy shaxslar

tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar, xayriya mablag‘lari, homiylik yordamlari,

xalqaro grantlar, ixtiyoriy to‘lovlar yoki tadbirkorlik faoliyati orqali olinishi

mumkin.

Bunday mablag‘lar ko‘pincha quyidagi sohalarda qo‘llaniladi:

Ta’lim muassasalarida moddiy-texnik bazani yaxshilash;

Tibbiyot tashkilotlarida zamonaviy jihozlarni xarid qilish;

Ilmiy izlanishlar uchun grantlar ajratish;

Ijtimoiy himoya va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish.

Byudjetdan tashqari mablag‘lar tizimi moliyaviy mustaqillikni ta’minlash,

tashabbuskorlikni oshirish hamda resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi.

Byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish manbalari

Mablag‘lar asosan qisqa muddatli ehtiyojlarga qaratilgan bo‘lib, uzoq

muddatli rivojlanish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyat uchun yetarli

darajada ajratilmayapti. Bu esa, oliy ta’lim muassasalarining mustaqil moliyaviy

boshqaruvga ega bo‘lishiga to‘siq bo‘lmoqda.

4-jadval:

Budjet tashkilotlarida moliyaviy mexanizmning asosiy elementlari va

ularning ta’sir darajasi (SWOT tahlil asosida)

Element

Kuchli

tomonlari

Kamchiliklari Imkoniyatlar Xatarlar

Moliyaviy

rejalashtirish

Samarali

taqsimot

Budjetga

bog‘liqlik

Avtonomiya Mablag‘

yetishmasligi

Nazorat

mexanizmi

Shaffoflik

Qoidalardagi

bo‘shliqlar

Ta’lim sifati Korrupsiya


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

170

Xisobot berish Tartibli

jarayon

Qog‘ozbozlik Ishonch

orttirish

Manipulyatsiya

Byudjetdan tashqari mablag‘lar quyidagi asosiy manbalar orqali

shakllantiriladi:

To‘lovli xizmatlar:

ko‘rsatishdan tushgan daromadlarDavlat tashkilotlari,

xususan ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan aholiga pullik xizmatlar

ko‘rsatiladi. Masalan, universitetlar pullik o‘qish shakllari, qisqa muddatli kurslar

orqali daromad oladi.

Homiylik va xayriya yordamlari:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

tomonidan tashkilotlarga beriladigan beg‘araz mablag‘lar byudjetdan tashqari

resurslar hisoblanadi. Ular ko‘pincha ijtimoiy loyihalar, madaniy tadbirlar yoki

infratuzilma qurilishi uchun yo‘naltiriladi.

Grantlar va xorijiy moliyaviy yordamlar

: Xalqaro tashkilotlar, donorlar

va xorijiy hukumatlar tomonidan ajratiladigan grantlar davlat byudjetidan tashqari

moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu mablag‘lar, odatda, ma’lum yo‘nalishlar

bo‘yicha foydalanilishi shart.Tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar Ayrim

davlat tashkilotlari o‘z faoliyatiga mos bo‘lgan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi

mumkin, masalan, ishlab chiqarish, tijorat faoliyati yoki ijara asosida xizmatlar

ko‘rsatish.

Ixtiyoriy badallar va a’zolik to‘lovlari:

NNTlar va boshqa nodavlat

tashkilotlar o‘z a’zolaridan olinadigan badallar evaziga mablag‘ shakllantiradi.

Byudjetdan tashqari mablag‘lar shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar

Quyidagi asosiy omillar byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmi va sifatiga

bevosita ta’sir qiladi:

1. Huquqiy-me’yoriy baza

Byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish

va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi qonunchilikning mavjudligi va aniqligi

muhim omildir. Qonunlar ochiqlik va samaradorlikni ta’minlasa, bu jarayon yuksak

natija beradi.

2. Tashkilotlarning tashabbuskorligi va menejmenti

. Har bir muassasa

o‘z resurs bazasini mustaqil rivojlantirishga intilishi kerak. Tashkilot rahbariyati


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

171

innovatsion g‘oyalarni ilgari sursa, ko‘proq byudjetdan tashqari mablag‘lar jalb

etilishi mumkin.

3. Jamiyatda xayriya va homiylik madaniyatining rivojlanganligi

Fuqarolarning ijtimoiy faolligi va korxonalar tomonidan homiylik madaniyatining

yuksak bo‘lishi byudjetdan tashqari resurslar hajmini oshiradi.

4. Xalqaro aloqalarning faolligi

Xalqaro tashkilotlar bilan samarali

hamkorlik grantlar va xorijiy mablag‘larni jalb etish imkonini beradi.

5. Axborot texnologiyalaridan foydalanish

Moliyaviy monitoring va

ochiqlikni ta’minlovchi axborot tizimlaridan foydalanish orqali donorlar ishonchi

ortadi.

Xulosa

Byudjetdan tashqari mablag‘lar har bir tashkilot va butun mamlakat iqtisodiy

barqarorligini ta’minlashda muhim vositadir. Ularni shakllantirish bo‘yicha

kompleks yondashuv, huquqiy baza, boshqaruv salohiyati, tashqi manbalar bilan

ishlash ko‘nikmasi va jamoatchilik ishtiroki orqali bu tizimni yanada rivojlantirish

mumkin. Davlat va nodavlat tashkilotlari, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash va

ijtimoiy sohalar ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalansa, bu nafaqat moliyaviy

barqarorlik, balki xizmat sifatining oshishiga ham olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Iqtisodiyotning ilmiy-amaliy asoslari: Darslik-Toshkent: U.O‘. Azizov, H P.

Abulqosimov, N.A. Xoliyarov, A.A. Ismailov; - Т.: «Iqtisod-Moliya», 2022. —

512

b

2.

Baltabayeva G.R. va boshqalar. O‘zbekistonda elektron biznesning

rivojlanish istiqbollari. -T: "Format poligraf" nashriyoti, 2016, 205 bet

3.

Ayupov R.X., Baltabaeva G.R. Rakamli valyutalar bozori: innovasiyalar va

rivojlanish istikbollari. -T: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2018, 172 bet.