GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Аннотация

Ushbu maqolada giyohvandlik tushunchasi , uning jamiyatga qanday ziyon keltirishi hamda bu kabi zararli odatlarning oldini olish bo`yicha bir qancha muammolar va takliflar keltirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Otelbayev Bekzod Atabek ug`li. (2025). GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI. Современная трансформация образования, 20(1), 84–86. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/tzatra/article/view/101074
Otelbayev Bekzod Atabek ug`li

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 301-guruh kursanti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada giyohvandlik tushunchasi , uning jamiyatga qanday ziyon keltirishi hamda bu kabi zararli odatlarning oldini olish bo`yicha bir qancha muammolar va takliflar keltirilgan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

20-to’plam 1-son Iyun 2025

84

GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Otelbayev Bekzod Atabek ug`li

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 301-guruh kursanti

Anotatsiya: Ushbu maqolada giyohvandlik tushunchasi , uning jamiyatga

qanday ziyon keltirishi hamda bu kabi zararli odatlarning oldini olish bo`yicha bir

qancha muammolar va takliflar keltirilgan.

Abstract:This article presents the concept of drug addiction , how it harms

society , and several problems and suggestions for preventing such harmful habits.

Аннотация:В статье рассматривается понятие наркомании,ее вред

обществу , а также ряд проблем и предложений по профилактике таких

пагубных привычек.

Kalit so`zlar: Giyohvandlikka qarshi kurash, hamkorlikni tashkil etish,

psixotrop moddalar, huquqni muhofaza qilish organlari.

Giyohvandlik,dunyoning ko`plab mamlakatlarida jiddiy ijtimoiy,iqtisodiy

va sog`liq muammolariga sabab o`lib kelmoqda. O`zbekistonda ham bu mummo

keskin tus olgan,ayniqsa so`nggi yillarda yoshlar o`rtasida giyohvandlikka qarshi

kurashish zaruriyati tobora oshib bormoqda.Giyohvandlikka qarshi kurashish esa

nafaqat jismoniy va psixologik yordamni ta`minlshni , balki jamiyatdagi barcha

qatlamlarni ogohlantirish va ma`rifatni oshirishni ham talab etadi. Giyohvand

moddalar odam organizmi uchun juda xavfli bo`lib,uning jismoniy va ruhiy holatini

buzadi.Ularning uzoq muddatli va tartibsiz foydalanilishi insonni qaramlikka olib

keladi,natijada sog`liq,ijtimoiymunosabatlar va iqtisodiy munosabatlar va ijtomoiy

hayot yomonlashadi.Giyohvand modddalar bilan bog`liq bo`lgan jinoyatchilik

darajasi ortadi,oila munosabatlari buziladi va ko`plab mehnat resurslari isrof

bo`ladi.Shuningdek, giyohvandlikning tarqalishi o`zg xos qiyinchiliklar,mehnat

bozoriga kirishda to`siqlar va jinoyatlarning ko`payishini keltirib chiqradi.

Giyohvandlikka qarshi kurashish davlat va jamiyatning muhim vazifasiga aylangan.

Hukumatlar giyohvandlikka qarshi kurashishda qat`iy qonunlar va siyosatlarni


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

20-to’plam 1-son Iyun 2025

85

amalga oshirishlari kerak. Biroq jazolashning o`zi yetarli emas.Giyohvandlikka

qarshi kurashish jarayonida,shuningdek, profilaktik tadbirlar, reabilitatsiya

markazlari va sog`liqni saqlash xizmatlarining roli muhimdir. Jamiyatda

giyohvandlikning oldini olish,faqat yuridik chora-tadbirlar bilan cheklanib

qolmasligi kerak.Yaxshi ta`lim, xabardorlik va odamlarni muammoga qarshi

kurashish usullari bilan tanishtirish,giyohvandlikka qarshi kurashning samarali

vositalaridan birdir. Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi targ`ibot va o`zini tutish

ko`nikmalarini shakllantirish juda muhimdir. Giyovandlikka qarshi kurashishda eng

muhim elementlardan biri bu tibbiy yordam va reabilitatsiya jarayonidir.Giyohvand

moddalariga qaram bo`lgan shaxslar uchun psixologik yordam,davolash va

reabilitatsiya markazlari yaratish zarur.Giyohvandlarni davolash va ularni jamiyatga

qaytarish jarayoni uzoq va qiyin , ammo bu ishni amalga oshirish muhimdir.

Davolash jarayoni nafaqat dori darmonlar bilan, balki psixologik yordam,ijtimoiy

qo`llab-quvvatlash va reabilitatsiya dasturlari bilam ham to`ldirilishi kerak.

Giyohvandlikka qarshi kurashda profilaktik tadbirlarning roli juda katta. Bu

jarayonda ta`lim muassasalarining, oilaning , ommaviy axborot muassasalarining

o`rni ajralmasdir.Yoshlar orasida giyohvandlikka nisbatan ma`rifatli bo`lish va

ularni zararli odatlardan ogohlantirish muhimdir. O`zini giyohvandlikdan himoya

qilishni o`rgatish , yoshlar o`rtasida giyohvandlikning xavf-xatarlari haqida

tushuncha shakllanishi kerak. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy

axborot vositalarida keng targ`ibot ishlari olib borilishi lozim. Bu bilan jamiyatni

giyohvandlikka qarshi kurashga jalb qilish mumkin.Ommaviy axborot vositalari va

ijtimoiy tarmoqlar giyohvandlikka qarshi kurashda kuchli vosita bo`lishi mumkin ,

chunki ular keng auditoriyaga tezda yetib borishi mumkin. Giyohvandlikka qarshi

kurashishda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega . Giyohvand moddalarining

savdosi va ularning noqonuniy tarqalishi global miqyosdagi muammo bo`lib , unga

qarshi kurashish faqat milliy darajada emas , balki xalqaro hamkorlik asosida amalga

oshirilishi lozim. Bu borada xalqaro tashkilotlar , jumladan Birlashgan Millatlar

Tashkiloti (BMT), Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) va boshqa global

tuzilmalar hamkorlikda ishlashni davom ettirishlari kerak. Giyohvandlikka qarshi


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

20-to’plam 1-son Iyun 2025

86

kurashish - bu jamiyatning barcha a`zolarining mas`uliyati. Bu masala faqat

sog`liqni saqlash sohasida emas , balki ijtimoiy , iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham

o`zgarishlarni talab qiladi. Giyohvandlikka qarshi kurashishning muvaffaqiyatli

bo`lishi uchun nafaqat qonunlar va siyosatlarni kuchaytirish , balki odamlarning

ongini shakllantirish profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va ijtimoiy qo`llab-

quvvatlash tizimini rivojlantirish zarur . Bu borada davlat, jamiyat , ta`lim

muassasalari va xalqaro hamkorlik o`rtasidagi hamjihatlik giyohvandlikka qarshi

kurashishda muhim omil bo`ladi. Giyohvandlikka qarshi kurash davr talabi

shuningdek, jamiyat oldida turgan katta muammo hisoblanadi.Bu illatning oldini

olish uchun davlat organlari,muassasalar,nodavlat notijorat tashkilotlari,huquqni

muhofaza qilish organlari birdek samarali ish olib borishi zarur. Bu illatning oldini

olishda asosiy vazifani huquqni muhofaza qilish organlari ado etadi.Shuning uchun

mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash oyligi,qora dori tadbirlari kabi bir

qator profilaktik tadbirlar joriy etilgan bo`lib hisoblanadi.Bu illatning oldini

olishdagi asosiy muammolarga to`xtaladigan bo`lsak, yoshlarning nazoratsiz qolib

ketishi , chegaradagi e`tiborsizlik, fuqarolar orsida huquqiy ongning pastligi kabilar.

Bu illatning oldini olishda dronlardan foydalanish,ommaviy axborot vositalaridan

foydalanish,fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish ko`proq foyda beradi.

ИСПОЛЬЗОВАННЫЕ ИСТОЧНИКИ:

1.

Скворцов, В.В.

(2018). Психологические аспекты вовлечения в

употребление наркотических средств. — М.: Издательство "Наука".

Гуревич, В.Л.

(2017). Наркотики и общество: социальные и правовые

последствия.

СПб.:

Издательство

"Юридическая

литература".

Шматко, А.С.

(2019). Психотропные вещества и их воздействие на личность.

Екатеринбург:

Издательство

"Уральский

университет".

Овчинников, И.И.

(2016). Вовлечение молодежи в употребление

наркотических средств: причины и последствия. — Новосибирск:

Издательство

"Сибирское

образование".

Орлов, В.П.

(2020). Проблемы наркозависимости в России и пути их решения.

— М.: Издательство "Юрист".