Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
23
MAKTAB TA’LIMIDA TASVIRIY SAN’ATNI O’QITILISHIDA
NAZARIYA, METODIKA VA DIDAKTIKANING O’RNI
Sabirxodjaeva Tursunoy Tojitdin qizi
ADU, “Tasviriy va amaliy san’at” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Annotatsiya: Tezisda Markaziy Osiyo ta’lim soxasini rivojlanishiga oid
ma’lumotlar va takliflar kiritilgan. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy
san’at darslarini didaktik printsiplarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Faqat amaliyot
bilan nazariyani uzviy bog’langan xoldagina dars va darsdan tashqari ishlarda
ta’lim va tarbiyaning samarali bo’lishiga erishish mumkin.
Kalit so`zlar: Ta’lim tizimi, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy axborot,
ta’lim sifati.
KIRISH
Didaktik printsiplar xisoblangan ta’lim va tarbiyaning birligi,
ko’rgazmalilik, ilmiylilik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta’lim
mazmunini bolalarning kuchi va yoshiga mos bo’lishi maktabda tasviriy san’atni
o’qitishda aloxida axamiyat kasb etadi.
Maktabda tasviriy san’atni o’qitishda didaktik printsiplar professorlar
N.N.Rostotsev, V.S.Kuzin, R.Xasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Ta’lim tarbiya birligi printsipi didaktik printsiplarning eng asosiylaridan
xisoblanadi va u tasviriy san’atni o’qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o’quvchilarni
milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash xisoblanadi. Tasviriy san’at darslarida
millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari xam
katta va u turli mavzularda kompozitsiya ishlash, boshqa millat va xalqlar xayotini
ifodalovchi
suratlarning
reproduktsiyalarini,
xalq
ertaklariga
ishlangan
illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi.
“Mexmonlarimiz”, “Chet el delegatsiyasini kutib olish”, “Turistlar”
mavzularida rasm chizdirish yuzasidan o’tkaziladigan suxbatlarda o’quvchilar
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
24
ongiga millatlararo totuvlik, do’stlik tushunchalarini singdirishga xarakat qilinadi.
Asar mazmunini ochishga yordamlashuvchi suxbatlar, turli millat va xalqlarning
qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga va boyishiga olib
keladi.
Turli millat yozuvchilarining asarlari va xalqlarning og’zaki ijodiga xos
illyustratsiyalar o’quvchilarga boshqa millatlarning hayoti, orzusi, g’oyalari bilan
tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi.
Tasviriy san’at darslarida millatlararo do’stlik, totuvlik Respublikamiz va
chet el rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali xam amalga oshirildi.
Respublikamiz rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida o’zbek xalqining
xayoti va mexnati, uning boshqa xalqlar va millatlar bilan totuvligi, ba’zi chet
xalqlarning xayoti va mexnati aks ettirilgan suratlarni ko’rish mumkin.
Shuningdek, taviriy san’at dasturiga bir qator Sharq va G’arb mamlakatlari
rassomlarining ijodini o’rgatish xam kiritilgan. Leonardo Da Vinchi, Rafaelg’
Mikelanjelo, Rembrant, Rubens, Kent, Pikasso, Matiss va boshqa chet el
rassomlarining asarlari do’stlik va xamkorlik g’oyalarini amalga oshirishda boy
material bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, dasturda Misr, Xindiston, Xitoy, Eron,
Yaponiya kabi mamlakatlarning me’morchiligini o’rgatish xam nazarda tutilgan.
O’qituvchi bunday san’at asarlarini taxlil qilar ekan, ularning o’ziga xos xamda
umumiy belgilarini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq. O’quvchilar tasviriy san’at
asarlarini o’rganish orqali chet el mamlakatlari xalqlarining mexnati va mexnatdagi
jasoratlari, an’analari, odatlari, turmush tarzi xamda tabiati bilan oshno bo’ladilar.
Jamiyat qurilishining muvaffaqiyatli xar bir kishini mexnat qilish darajasiga
bog’liq. Shuning uchun kishilarni jamiyat uchun nafi bo’lgan mexnatga nisbatan
xatti xarakati asosiy ko’rsatkich sanaladi. Bu sifat mexnat tarbiyasi jarayonida
vujudga keladi.
Tasvririy san’at darslarini o’quvchilar mexnat tarbiyasini amalga
oshirishdagi imkoniyatlari katta. Bu masala tasviriy san’at darslarining barcha turlari
naturaga qarab tasvirlash, kompozitsiya, san’atshunoslik asoslari mashg’ulotlari
mazmunida ko’zda tutilgan.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
25
Masalan turmushda qo’llaniladigan ayrim san’at buyumlarining o’ziga qarab
rasmini chizdirishda o’qituvchi o’quvchilarga buyumlarning vazifasi, shakli,
ularning qanday materiallardan ajralgani, buning uchun qancha mexnat sarflangani
va xokazolar xaqida to’xtaladi. Shuningdek, o’zbek xalq amaliy san’ati xaqidagi
suhbat darslarida ularning turlari va ustalarning mehnat shijoatining o’ziga xos
jixatlari xaqida gapiradi.
Maktabda tasviriy san’at estetik turkumdagi o’quv predmeti xisoblanib,
o’quvchilarda badiiy va estetik didning rivojlanishida muhim rol’ o’ynaydi, ya’ni
tasviriy san’at darslarida san’atdagi va borliqdagi go’zallikni ko’rish, tushunish va
qadrlay olish xissi takomillashadi.
Naturani taxlil qilishi jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning diqqatini
buyumlar shaklining nafisligi, qismlarning proportsionalligi, shakl va rang
uyg’unligi, mazmun, shakl va vazifaning mosligi kabilarga jalb etadi.
Natijada o’quvchilarda naturaga nisbatan emotsional-estetik munosabatlar
oshadi. O’quvchilar naqsh chizishda, dekorativ bezak ishlarida tabiatelementlaridan
foydalanadilar. Bunga tabiat maxsulotlari yaxshi material bo’lib xizmat qiladi.
O’quvchilar tabiat materiallari va xayvonot dunyosini stilizatsiyalashtirib,
takrorlanmas va chiroyli naqshlar tuzadilar.
MUHOKAMA
Borliqni idrok etish va kompozitsiya darslarida tabiatni kuzatish va uni
rasmlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilar dars
jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, ular daraxtlarning tuzilishini, shox-
shabbalarning shakl va yo’nalishini turli tumanligi, barglarning rangi va shakli
nafisligi va yoqimliligini bilib oladilar. Shuningdek, gullarning rangi va shakli
xilma-xilligi, baxor va kuz manzarasining go’zalligi, ninachi, kapalak, qushlarning
yengil va nafis parvozi o’quvchilarni xayajonlantiradi.
Yuqori badiiy saviyada yaratilgan tasviriy san’at asarlarini o’rganishda
o’quvchilar ulardan estetik zavq olishadi. Suvrat koppozitsiyasining muvaffapqiyatli
yechilishi, ranglarning xamoxangligiga, borliqning xaqqoniy tasviri bolalarni
xayajonlantiradi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
26
San’at asarlari xaqidagi suxbatlarda o’qituvchi, rassom ko’rganini shunchaki
aks ettirib qolmay, balki u borliqdagi eng qiziq, eng chiroyli narsa va xodisalardan
ta’sirlanib chizganligi, lozim bo’lgan taqdirda u ko’rgan kechirganlari va
eshitganlarini mubolag’a bilan tasvirlashini hikoya qilib beradi.
Ilmiylik printsipi .
Didaktik printsiplarning eng asosiylaridan biri bo’lib, u
fan asoslarini chuqur o’zlashtirmasdan o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashini
shakllantirishmumkin emasligini bildiradi. Boshqa o’quv predmetlaridagi kabi bu
printsip tasviriy san’at darslarida xam amalga oshiriladi.
Tasviriy san’at atrof – muhitni xis etish, undagi voqea va xodisalarni o’ziga
xos jixatlarini belgilashni talab etadi. Shu boisdan tasviriy san’at darslarida
o’quvchilar chiziqli va xavo perespektivasi, yorug’ soya, rangshunoslik,
kompozitsiya qonunlarini yaxshi bilishlari talab etiladi. Shuningdek, odam va
xayvonlarning plastik anatomiyasi xaqida yetarlicha ma’lumotlarga xam ega
bo’lishlari loxim. Tasviriy san’at dasturida o’quvchilarning bu qonunlarni
o’zlashtirishlari ko’zda tutiladi. Perspektiva qonunlarini o’zlashtirmasdan realistik
tasvir yaratish mumkin emas, desak mubolag’a bo’lmaydi. Rassom yoki
o’quvchining rasm chizish uslubi xar xil bo’lishi mumkin, lekin rasm yoki san’at
asarlarining ko’rilishi bir xil, ilmiy asosda bo’lishi shart. Perspektiva qonunlari
xisoblangan chiziqli va xavo perspektivasi, ufq chizig’i, kesishish nuqtasi, kuzatish
nuqtasi, buyumni bir yoki kuzatish nuqtasi asosida rasmni ishlash, o’lchovlarni
o’zgarish, perspektivasi, och –to’qlikni, o’zgarish perspektivasi, ranglarni o’zgarish
perspektivasi va boshqa realistik rasm ishlashga o’rnatishning asosini tashkil etadi.
Ilmiylik printsipi tasviriy san’at o’qituvchilaridan dars jarayon ida va sinfdan
tashqari ishlarda o’quvchilarga berilayotgan barcha material va mahlumotlar ilmiy
bo’lishligini, maktab amaliyotida tekshirilgan hamda o’quvchilarning yosh
xususiyatlariga mos bo’lishligini talab etadi.
Ko’rgazmalilik printsipi.
Tasviriy san’atni o’qitishda borliqdagi narsa va
xodisalarning mohiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va qonuniyatlarini
o’rganishga ko’maklashadi. Naturani o’rganish chog’ida o’quvchilarni
kuzatuvchilik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
27
O’qituvchida har doim ham o’rganilayotgan ob’ektni ko’rsatish imkoni
bo’lavermaydi, bunday xollarda unga ko’rgazmalilik yordam beradi. Bu esa
o’quvchilarda mazkur sohaga bo’lgan qiziqishini jonlantiradi.
Tasviriy san’atni o’qitishda nazariy materiallarni amaliy materiallar bilan
bog’liqligi alohida ahamiyat kasb etadi. Nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi
bolalarning tasviriy faoliyatida, dars jarayonida, to’garak mashg’ulotlarida, jamoa
ishlarida yahni devoriy gazetalar chiqarish, alg’bom bezash kabilar orqali amalga
oshiriladi.
Ma’lumki o’quvchilar xarakat va qobiliyat jixatidan bir birlaridan farq
qiladilar. Bu vaziyat o’qituvchidan o’quvchilar bilan yakkama – yakka ish olib
borishni talab qiladi. Ya’ni o’qituvchi bolalarni bilim va malakalari darajasini
xisobga olgan xolda ularga turlicha murakkablikdagi vazifalarni ishlab chiqadi,
ularning tasviriy ishlarini to’g’rilishga ba’zi nazariy va amaliy vazifalarni
tushuntirish maqsadida doskada rasm ishlab ko’rsatishga to’g’ri keladi.
O’qituvchining o’quvchilar yoshiga mosligi printsipi qadimdan qo’llanib
kelingan. Bunda yaqindan uzoqqa, mahlumdan nomahlumga, oddiydan
murakkabga, osondan qiyinga, konkretlikdan abstraktlikka printsiplariga asoslanadi.
Pedagogikada bu printsip qadimdan tajribadan o’tganligi sababli o’qituvchini o’z
faoliyatida shu yo’ldan borishni ko’zlangan maqsadga erishuviga asos bo’ladi. Kezi
kelganda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, xamma oson narsalar xam bolalarga
tushunarli bo’lavermaydi va aksincha murakkab materiallar tushunarli bo’lishi xam
mumkin. Bundan o’quvchilarning yoshi, pedagogik, psixologik xususiyati, bilim
darajasi, tayyorgarligi, qobiliyati muhim rolg’ o’ynaydi. Masalan, tasviriy san’atni
o’qitishda yaqindan uzoqqa borish printsipida ish tutish maqsadida o’qituvchi avval
bolalarga yaqin bo’lgan O’zbekistonning tabiati, xalqimizning turli turmushi,
mexnatini tasvirlovchi, O’zbekiston rassomlari asarlarini, so’ngra O’rta osiyo, Sharq
Yevropa mamlakatlari san’atini o’rgatadi.
XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan maktabda tasviriy san’atdan dars va darsdan tashqari
ishlar jarayonida didaktik printsiplarga rioya qilishning nihoyatda muhimligini
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
28
sezab olish qiyin emas. Didaktik printsip o’quvchilarning badiiy ta’lim-tarbiyasi va
rivojlanishga tegishli shart-sharoitlarni yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1. Namangan Davlat Universiteti Pedagogika Fakulteti Maktabgacha ta’lim
metodikasi kafedrasi “MAKTABGACHA TA’LIM QIYOSIY PEDAGOGIKA” N.
Abdusamatova. Namangan-2018 .
2. Buxoro Davlat Universiteti qurbonova O’lmas Usmonova “QIYOSIY
PEDAGOGIKA” Buxoro-2013
3. https//kun.uz
4. https//world.uz
5. https//warfields.ru
