Tarjimashunoslik: muammmolar, yechimlar va istiqbollar

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
22573
10840
in Citate: 0
Iqtibos: 41
h index: 0
Ulashish

Jurnal haqida

Assalomu alaykum, anjuman ishtirokchilari, Xonimlar va janoblar!

 

Bugun biz bir maqsad yo‘lida, yaʼni tarjimashunoslikda olib borilayotgan ishlar, muammo va yechimlar, istiqboldagi rejalar haqida dildan suhbatlashish, fikrlar almashish uchun yig‘ilgan ekanmiz, eng avvalo barchangizga ushbu nufuzli tadbirda ishtirokingiz uchun o‘z minnatdorligimni bildiraman. Hammamizga ayonki, hozirgi globallashuv jarayonda, tahlikali davrda tarjimashunoslikning o‘rni har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmokda. Aynan tarjima tufayli xalqlar o‘rtasida adabiyotlar, madaniyatlar almashinadi, do‘stlik rishtalari mustahkamlanadi, dillar dillarga bog‘lanadi. Shuning uchun ham yurtimizda tarjima ishlarini rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘rganishni yangi bosqichga ko‘tarish masalasiga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Shuningdek, adabiyot va sanʼatni ayniqsa, mumtoz adabiyotni xalqimizga yaqinlashtirish, bu noyob merosni teran o‘rganish va xorijiy tillarga tarjima qilib dunyoga munosib targ‘ib qilish vazifasiga  shaxsan davlatimiz rahbarining o‘zi katta eʼtibor qaratayapti. 2018 yil, 5 aprelda “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3652 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus Qarori qabul qilindi. Qarorning 20-bandi aynan tarjima ishlariga, xususan yurtimizda badiiy tarjimani rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda jahon adabiyoti durdonalarini ona tilimizga, shuningdek, milliy zamonaviy va mumtoz adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish, chop etish kabi qator muhim topshiriqlar belgilab berilgan. 2021 yil, 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish  chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5117 sonli Qarori  qabul qilindi. Kelinglar, bugun o‘sha Qarorlar ijrosi bo‘yicha universitetimizda qanday ishlar amalga oshirildi, mana shular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Universitetimiz qoshida “Tarjimashunoslik ilmiy tadqiqot instituti”, “Ilmiy maslaxat markazi”, “Tarjimonlar byurosi” kabi tarjima bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy markazlar barpo etilib, faoliyat yuritmoqda. Prezident Qarorida ko‘rsatilgan dolzarb vazifalardan biri – mumtoz adabiyotimizning eng sara durdonalarini xorijiy tillarga tarjima qilishdek sharafli va ayni paytda o‘ta murakkab ijodiy topshiriqlar ijrosi taʼminlandi. Alisher Navoiyning 100 ta eng sara g‘azallari ingliz va nemis tillariga tarjima qilindi. Shuni mamnuniyat bilan aytamanki, bu hayrli ishlar universitetimizning fidoyi professor-o‘qituvchilari – tajribali mohir tarjimonlarimiz tomonidan amalga oshirildi va kitob holida nashr etildi. Mazkur tarjimalar Bangladesh, Belgiya, Germaniya, Amerika kabi xorijiy davlatlarda keng o‘rganilib, taqdimotlari o‘tkazildi.   Istiqboldagi eng ustivor rejalarimizdan yana biri “Tarjimashunoslik” ilmiy tadqiqot instituti tomonidan xorijdagi tarjimashunoslik maktablari bilan o‘zaro memorandumlar tuzishni amalga oshirishdir.

Universitetimizda sinxron va yozma tarjima bo‘yicha ham yaxshi ishlar yo‘lga qo‘yilgan. “Tarjimonlik” fakultetining jonkuyar ustozlari tarbiyalab kelayotgan shogirdlar ichidan ajoyib sinxronist tarjimonlar, yozma tarjima bo‘yicha yetarli malaka va ko‘nikmaga ega isteʼdodli yosh kadrlar yetishib chiqmoqda. Bular bizning tarjima soxasida erishgan ozmi ko‘pmi yutuqlarimiz, albatta. Kelgusida bundanda keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirishimiz zarur.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga intilayotgan ekanmiz, aynan tarjima bizni o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolmasligimizga, jahon hamjamiyatida munosib o‘rnimizga ega bo‘lishimizga mustahkam zamin yaratadi.

 

Eʼtiborlaringiz uchun raxmat!

 

Azizov Ulug‘bek Botirovich,

O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti rektori

CiteScore
in Citate
0 =
0 uchun iqtiboslar 2021 - 2020 y.
0 uchun hujjatlar 2021 - 2020 y.
current in Citate
0.006 =
1 uchun iqtiboslar 2022 y.
179 uchun hujjatlar 2022 y.
 
Jurnal mazmuni
Oldingi nashrlar
  • 1