"VIKTORIYA DAVRI ANGLIYASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR VA ADABIYOT: TANQIDIY REALIZMNING JAMIYATDAGI ADOLATSIZLIKLARGA TA’SIRI"

Abstract

Ushbu maqolada Viktoriya davrida Britaniyada sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar va ularning adabiyotga ta’siri o’rganib chiqildi. Britaniyadagi ijtimoiy jarayonlarning qirolicha Viktoriya davridagi yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodiga tanqidiy realizmning ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek hozirgi O’zbekistondagi ijtimoiy hayotidagi muammolar va Viktoriya davridagi  ijtimoiy qiyinchiliklar taqqoslandi va kerakli xulosalar berildi. Maqolada adabiy kayfiyat jamiyat hayotiga nechog’lik ta’sir ko’rsatishi atroflicha yoritib o’tildi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
114-118
13

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sharipova , N. . (2025). "VIKTORIYA DAVRI ANGLIYASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR VA ADABIYOT: TANQIDIY REALIZMNING JAMIYATDAGI ADOLATSIZLIKLARGA TA’SIRI". Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(11), 114–118. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/90221
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Viktoriya davrida Britaniyada sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar va ularning adabiyotga ta’siri o’rganib chiqildi. Britaniyadagi ijtimoiy jarayonlarning qirolicha Viktoriya davridagi yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodiga tanqidiy realizmning ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek hozirgi O’zbekistondagi ijtimoiy hayotidagi muammolar va Viktoriya davridagi  ijtimoiy qiyinchiliklar taqqoslandi va kerakli xulosalar berildi. Maqolada adabiy kayfiyat jamiyat hayotiga nechog’lik ta’sir ko’rsatishi atroflicha yoritib o’tildi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

114

"VIKTORIYA DAVRI ANGLIYASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR VA

ADABIYOT: TANQIDIY REALIZMNING JAMIYATDAGI

ADOLATSIZLIKLARGA TA’SIRI"

Sharipova Nargiza Shermat qizi

Osiyo xalqaro universiteti magistr talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15423784

Annotation:

Ushbu maqolada Viktoriya davrida Britaniyada sodir bo’lgan

ijtimoiy-siyosiy hodisalar va ularning adabiyotga ta’siri o’rganib chiqildi.
Britaniyadagi ijtimoiy jarayonlarning qirolicha Viktoriya davridagi yozuvchi va
shoirlarning hayoti va ijodiga tanqidiy realizmning ta’siri tahlil qilindi.
Shuningdek hozirgi O’zbekistondagi ijtimoiy hayotidagi muammolar va
Viktoriya davridagi ijtimoiy qiyinchiliklar taqqoslandi va kerakli xulosalar
berildi. Maqolada adabiy kayfiyat jamiyat hayotiga nechog’lik ta’sir ko’rsatishi
atroflicha yoritib o’tildi.

В данной статье рассматриваются социально-политические события,

произошедшие в Британии в викторианский период, и их влияние на
литературу. Проанализировано влияние социальных процессов в
Британии на жизнь и творчество писателей и поэтов в период правления
королевы Виктории. Также были сопоставлены проблемы в социальной
жизни современного Узбекистана и трудности викторианской эпохи и
сделаны необходимые выводы. В статье подробно освещается влияние
литературного настроения на жизнь общества.This article examines the
socio-political events that took place in Britain during the Victorian era and their
influence on literature. The influence of social processes in Britain on the life and
work of writers and poets during the reign of Queen Victoria was analyzed. The
problems in the social life of modern Uzbekistan and the difficulties of the
Victorian era were also compared, and the necessary conclusions were drawn.
The article thoroughly examined the impact of literary mood on social life.

Keywords:

Viktoriya davri, Tanqidiy realizm, Charlz Dikkens, Tomas

Hardi, Jorj Eliot, Sharlotta Bronte, Elizabet Gaskel, Sanoat inqilobi, Gender
tenglik Viktoriya sifati Angliya qirolichasi Viktoriya hukmronligi davrida biror
bir narsani tasvirlash uchun ishlatiladi. Shuningdek, qirolicha sifatida Viktoriya
taxtda 63 yildan ortiq vaqt davomida, 1837 yildan 1901 yilgacha bo'lgan.
Shuning uchun ham bu atama XIX asrdagi jarayonlarni tasvirlash uchun
Viktoriya davri tushunchasi ishlatilgan. Viktoriya adabiyoti, Viktoriya
me’morchiligi, Viktoriya modasi kabi atamalarning paydo bo’lishi shular
jumlasidandir. “Viktoriya davri qanday davr edi?”, degan savollarga tarixchi
olimlar ikki xil qarashni bildiradilar.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

115

Birinchidan, Viktoriya davri — Britaniya tarixidagi eng muhim va

o'zgarishlarga boy davr bo'lib, ushbu davrda Britaniya dunyoning eng kuchli
imperiyasiga aylangan, sanoat inqilobi, ilm-fan, madaniyat va siyosatda sezilarli
o'zgarishlar yuz bergan.

Ikkinchidan, Viktoriya davri— Britaniya tarixidagi eng ijtimoiy og’ir

davr bo’lib, ayollar mehantining qadrsizligi, bolalar mehnati, ishchilar sinfining
norozilik kayfiyati va jamiyatda boylar va kambag’allar orasidagi tafovutning
kattaligi bilan ajralib turgan.

Bu 2 xil qarash albatta adabiyotda ham o’z ifodasini topmay qo’ymadi.

Adabiyotda ilgarigi XVI asrda mashhur bo’lgan sonetlardan iborat bo’lgan
romantizm falsafasi XIX asr Viktoriya adabiyotida sig’ishmay qoldi.

1

14-16 soat

ishda ishlaydigan asosiy ishchilar qatlami haqiqatdan yiroq bo’lgan romantik
sonetlarni qabul qilmay qo’ydi. Endi yangi proletariat qatlam, tadbirkor,
fermerlar uchun real voqealikni o’zida aks etgan

tanqidiy realizm

janri paydo

bo’ldi.

Tanqidiy realizm

- 19-asrning 20—30 yillarida jahon adabiyoti va

sanʼatida shakllangan badiiy metod, realizmning bir koʻrinishi. Klassitsizm
adabiyoti vakillarining oʻz davrini oʻtagan va eskirgan tasvir usullariga qarshi,
oʻtgan asrlardagi ilgʻor adabiyotlarning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirish va
yangilash maqsadida maydonga kelgan. Hayot hodisalarini badiiy
mujassamlashtirishda bu hodisalarning ijtimoiy-tarixiy ildizlarini ochish
tanqidiy realizmning asosiy maqsadidir.

2

Tanqidiy realizm yozuvchining o'z asarlarida jamiyatdagi muammolarni,

ijtimoiy adolatsizliklarni va insonlarning shaxsiy qiyinchiliklarini chuqur tahlil
qilishga qaratilgan. Viktoriya davrining adabiyotida tanqidiy realizmning
rivojlanishida katta rol o'ynagan bir nechta yozuvchilar mavjud bo’lib ular
orasida Charlz Dikkens, Tomas Hardi, Jorj Eliot, Sharlotta Bronte, Elizabet
Gaskellarni misol keltirishimiz mumkin.

Dikkens o'z romanlarida jamiyatning past qatlamlarini, ayniqsa bolalar va

ishchilarni tasvirlash orqali, ularning azoblarini, mehnat sharoitlarini va
taqdirlarini yoritdi. "Oliver Twist" asarida bolalar mehnati va yo’qsillikning
ijtimoiy sabablari tanqid qilingan bo’lsa, "Great Expectations"da esa jamiyatning
yuqori sinfida mavjud bo'lgan muammolar va ikkiyuzlamachiliklar ochib
beriladi.

Tomas Hardining asarlarida esa qishloq aholisi hayoti, sanoatlashtirishning

ijtimoiy oqibatlari chuqur tahlil qilinadi. Qishloq va shahar aholisning o’rtasidagi



background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

116

yuzaga kelgan tafovutlar, jamiyatdagi noroziliklarni zo’r mahorat bilan
t
a
s
v
i
r
l
a
y
d
Shuningdek, u o'z asarlarida qismatning inson hayotiga ta'sirini, jamiyatning
shaxsga nisbatan ikkiyuzlamachiligini va azoblarini yoritadi.

3

Jorj Eliot a o‘z davrida ayol yozuvchi sifatida chinakam jasorat ko‘rsatdi.

Uning romanlari – "Middlemarch" va "Silas Marner" – jamiyatdagi axloqiy
qarama-qarshiliklar, shaxsiy tanlov va ijtimoiy bosimni tasvirlaydi. Uning
asarlarida ayniqsa ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning erkinlikka intilishi
asosiy mavzulardan biri bo‘lgan. Uning yozish uslubi chuqur psixologik tahlilga
boy, lekin hayotiy va real voqealarga asoslanadi.

Elizabeth Gaskell esa tanqidiy realizmni ishchilar sinfini yoritish orqali

boyitgan yozuvchilardan biridir. "Mary Barton" va "North and South" asarlarida
sanoat inqilobi davrida ishchilar va fabrika egalari o‘rtasidagi ziddiyatlar, sinfiy
ajralishlar va ijtimoiy tengsizliklar zo’r mahurat bilan tasvirlaydi. Gaskell, o‘sha
davrda kamdan-kam yozuvchilar qalamiga olgan mavzular – ishchilar hayoti,
ayollar mehnati, urbanizatsiyaning insonlarga ta’siri – haqida chuqur fikr
yuritgan.

Sharlotta Bronteni ko‘pincha romantik yozuvchi sifatida eslasakda, uning

asarlarida tanqidiy realizmning muhim jihatlari yaqqol ko‘rinadi. Ayniqsa, "Jeyn
Eyr" (1847) romani orqali u ayollarning ijtimoiy o‘rni, mustaqillik va tenglik
istagi, axloqiy iztiroblari va ichki dunyosini chuqur tahlil qiladi. Jane Eyre
obrazida Sharlotta Bronte ayolning erkin fikrlashga, shaxsiy qadr-qimmatini
himoya qilishga va jamiyat bosimiga qarshi turishga bo‘lgan intilishini aks
ettiradi.

Bronte shuningdek, sevgi va ijtimoiy hodisalar o‘rtasidagi murakkab

ziddiyatlarni ham ko‘rsatadi. Uning yozish uslubi hayotiy, ammo psixologik
chuqurligi bilan ham ajralib turadi. Bu esa uni Viktoriya davridagi tanqidiy
realizm yo‘nalishiga aloqador yozuvchi sifatida tan olishga asos beradi.

Hozir O’zbekiston agrar davlatdan industrial davlatga o’tib sanoat

inqilobini amalga oshirdi. Bu jarayon Buyuk Britaniyada XIX asrning 40-yillarida
sodir bo’lgan. Bu ikki davr bir-biridan keskin farq qilishi mumkin, ammo hozirgi
davr ijtimoiy hayot o’sha davr ingliz ijtimoiy hayoti bilan ma’lum
o’xshashliklarga ega. Masalan: Viktoriya davrida sanoat inqilobi natijasida
jamiyatda yangi ijtimoiy qatlamlar – sanoatchilar, ishchilar, o‘rta sinf shakllandi.
Biroq bu davrda kambag‘allar va boylar o‘rtasidagi tafovut ancha keskinlashdi.
Ishchi sinfning huquqlari ko‘pincha poymol etilar, ularning mehnati
ekspluatatsiya qilinar edi. Zamonaviy O‘zbekistonda ham ijtimoiy tabaqalanish


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

117

muammosi mavjud: ayrim toifadagi fuqarolarning iqtisodiy imkoniyatlari keskin
oshib borayotgan bir paytda, boshqa qatlamlar hayotiy zaruriy ehtiyojlarni
qondirishda qiynalmoqda. Aholining muayyan qismi migratsiyaga majbur
bo‘layotgani, ayniqsa, yoshlarning xorijga chiqib ishlash istagi buni tasdiqlaydi.
Yoki yana bir misolni oladigan bo’lsak. Viktoriya davrida ayollar asosan
an’anaviy “uy bekasi” roliga yopishib qolgan bo‘lsa-da, bu stereotipga qarshi
chiqqan adabiy obrazlar shakllana boshlagan. Sharlotta Bronte, Jorj Eliot kabi
yozuvchilar ayollar ichki dunyosi, mustaqilligi va o‘zini anglash masalalarini
o‘rtaga qo‘ydilar. O‘zbekistonda esa gender tengligi masalasi davlat siyosati
darajasida qo‘llab-quvvatlansa-da

4

, ijtimoiy ongda hali to‘liq singib ketmagan.

Ayol obrazlari nafaqat adabiyotda balki hayotda ham ko‘proq an’anaviy
kontekstda – fidoyi ona, sadoqatli rafiqa tarzida tasvirlanadi.

Demak bundan shunday xulosaga kelish mumkin-ki, Viktoriya davridagi

ijtimoiy muammolarning ayrimlari O’zbekistonda mavjud va uni yechimini
toppish uchun biz aynan o’sha davr adabiyoti, tarixi va o’sha davr voqealikllarini
o’rganib o’zimizga kerakli xulosalar olgan holda jamiyatimizga moslab o’zimizga
qabul qilishimiz kerak.

Viktoriya davri adabiyoti — bu nafaqat badiiy mahoratning yuksak

namunasi, balki o‘z davrining ijtimoiy, siyosiy va axloqiy muammolariga befarq
bo‘lmagan adabiy harakatdir. Ushbu davrda Angliya jadal taraqqiyot sari yo‘l
olgan bo‘lsa-da, bu taraqqiyotning soyasida ko‘plab ijtimoiy ziddiyatlar,
tengsizlik va inqirozlar yashiringan edi. Ana shu ziddiyatlar adabiyotda o‘z
aksini topdi. Yozuvchilar esa jamiyatda ro‘y berayotgan muhim ijtimoiy
o‘zgarishlarga munosabat bildirar ekan, ularni tanqidiy ruhda, realistik tarzda
yoritdilar. Bu islohotlar o’tkazilib xalqning ijtimoiy ahvoli yaxshilanishiga
ularning manfaatlarining hisobga olinishiga va hukumat tomonidan ularga yon
bosilishiga olib keldi. Shu sababli, Viktoriya davri adabiyotini faqat o‘tmish
manzarasi deb emas, balki ijtimoiy o‘zgarishlarning turtkisi, inson ongini
uyg‘otuvchi kuchli madaniy vosita sifatida qadrlash kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Rozikovna, Kurbonova Nodira, and Mustafoeva Makhfuza. "ORIGIN AND

FEATURES OF THE SONNET GENRE." Finland International Scientific Journal of
Education, Social Science & Humanities 11 (2023): 141-147.
2.

Современные проблемы реализма и модернизм [Сборник статей /

Ред. коллегия: ... А.С. Мясников (отв. ред.) и др.]; [Акад. наук СССР. Ин-т


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

118

мировой литературы им. А.М. Горького]. — Москва : Наука, 1965. — 615 с.;
22.
3.

AL-Tijani Hassan Ahmed yagoob. “Aspects of New Realism in Thomas

Hardy's Tess of the D'Urbervilles (1891)” International Journal of Contemporary
Applied Researches Vol. 6, No. 2, February 2019 (ISSN: 2308-1365)
www.ijcar.net
4.

Narmin Mammadova “The Brontë Sisters and the Critical Realism of

English Literature” Acta Globalis Humanitatis et Linguarum Vol. 1 No. 2 (2024):
Thematic Issue in Linguistic Studies https://doi.org/10.69760/aghel.01024067
5.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar

kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.2019 yildagi
O‘RQ-562-son

References

Rozikovna, Kurbonova Nodira, and Mustafoeva Makhfuza. "ORIGIN AND FEATURES OF THE SONNET GENRE." Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities 11 (2023): 141-147.

Современные проблемы реализма и модернизм [Сборник статей / Ред. коллегия: ... А.С. Мясников (отв. ред.) и др.]; [Акад. наук СССР. Ин-т мировой литературы им. А.М. Горького]. — Москва : Наука, 1965. — 615 с.; 22.

AL-Tijani Hassan Ahmed yagoob. “Aspects of New Realism in Thomas Hardy's Tess of the D'Urbervilles (1891)” International Journal of Contemporary Applied Researches Vol. 6, No. 2, February 2019 (ISSN: 2308-1365) www.ijcar.net

Narmin Mammadova “The Brontë Sisters and the Critical Realism of English Literature” Acta Globalis Humanitatis et Linguarum Vol. 1 No. 2 (2024): Thematic Issue in Linguistic Studies https://doi.org/10.69760/aghel.01024067

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.2019 yildagi O‘RQ-562-son