DAVLAT BOSHQAVIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASHDA SUD NAZORATI TUSHUNCHASI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Аннотация

mazkur maqolada qonuniylikni ta’minlashda sud nazorati tushunchasi va mazmuni, nazoratning tashkiliy shakllari, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda sud nazoratining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
5-7
13

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qurbonov , O. (2025). DAVLAT BOSHQAVIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASHDA SUD NAZORATI TUSHUNCHASI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(11), 5–7. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/88351
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

mazkur maqolada qonuniylikni ta’minlashda sud nazorati tushunchasi va mazmuni, nazoratning tashkiliy shakllari, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda sud nazoratining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

5

DAVLAT BOSHQAVIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASHDA SUD

NAZORATI TUSHUNCHASI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Qurbonov Oybek Xolli o‘g‘li

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15393235

Annotatsiya:

mazkur maqolada qonuniylikni ta’minlashda sud nazorati

tushunchasi va mazmuni, nazoratning tashkiliy shakllari, davlat boshqaruvida
qonuniylikni ta’minlashda sud nazoratining o‘ziga xos xususiyatlariga
bag‘ishlangan.

Kalit so‘zlar:

qonuniylikni ta’minlashda sud nazorati, nazoratning tashkiliy

shakllari, “Ma’muriy adolat” tushunchasi, sud nazorati.

Bugungi kunda biz ijtimoiy munosabatlar shiddat bilan rivojlanayotgan

davrda yashamoqdamiz. Bunday sharoitda inson huquq va erkinliklarini, davlat
boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash pirovard maqsad bo’lib qolmoqda. Bu
borada jahon hamjamiyatida sud organlari davlatda qonun ustuvorligini
ta’minlovchi asosiy organlardan biri sifatida qaraladi.

Sudlarning ananaviy funksiyasiga qaraydigan bo‘lsak, avvalo, odil sudlovni

amalga oshirish funksiyasi orqali ijtimoiy ziddiyatlarni hal qilishda buzilgan
huquqlarni himoya qilishdan iboratdir. 18-19 asrlarda Yevropa va Amerikada
keng tarqalgan huquqiy davlat nazariyasi va hokimiyatning bo’linish prinsipi
orqali sudlarning vakolatlari kengaytirilib, mustaqilligi ta’minlana boshlandi.
Buning natijasida sudlarga qo'shimcha “nazorat” funksiyasi yuklana boshlandi,
ya’ni qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari aktlarining
qonuniyligini tekshirish vakolati berildi. Ilmiy o‘quv adabiyotlarda va lug‘atlarda
“sud nazorati” haqida ma’lumotlarni kam topamiz. Nazorat haqida qisqacha
to’xtaladigan bo‘lsak, nazorat

maxsus vakolatli organlarning qonuniylik

buzilishini aniqlash maqsadida bo‘ysunmagan organlar yoki shaxslar
ustidan olib boradigan doimiy, muntazam kuzatuvidir. Nazoratning asosiy
xususiyati shundaki

,

nazorat organlari o‘zining funksiyasi va vakolatlarini

ularga tashkiliy jihatdan bo‘ysunmagan obyektlarga nisbatan amalga
oshiradi.

Nazoratning tashkiliy shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
birinchidan, organ rahbarlarining, shuningdek, ular tomonidan tuzilgan

komissiyalarning

nazorat

faoliyati, ular

uchun

asosiy

ish

turi

hisoblanmaydi, balki organga kelib tushgan ariza, shikoyat, ish yuzasidan
tashkil etiladi;


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

6

ikkinchidan, maxsus idoralar, xizmatlar va organlar tomonidan amalga

oshiriladigan nazorat ular uchun eng muhim yoki bosh funksiya hisoblanadi
(masalan, sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimi).

Ma’muriy huquq sohasida sud nazorati ta’rifiga yagona yondashuvning

yo‘qligi ko‘pincha chalkashliklarga olib keladi va ushbu tushunchani “ma’muriy
sud ishi”, “ma’muriy adolat”, “sud nazorat”, “ma’muriy yurisdiksiya” kabi
shakllarda qo‘llaniladi. Ushu tushunchalarni avvalo ma’nosini anglab olishimiz
lozim bo’ladi. Chunki terminning ma’nosini anglash muammoning yarmini
yechishga tengdir.

“Ma’muriy adolat” tushunchasiga keladigan bo‘lsak, har bir huquqiy tizimda

alohida ta’rifga ega. Shuningdek, ma’muriy adolat odatda davlat ma’muriyati
ishtirokida huquqiy nizolarni hal qilish vakolatiga ega bo'lgan maxsus ma’muriy
sudlarning faoliyati bilan bog‘liq

1

. Ma’muriy adolat tor ma’noda davlat

boshqaruvi ostida shaxslar va boshqaruv menejment sohasi o‘rtasida
ruxsatnomalar berish yuzadan kelib chiqadigan nizolarning ma’lum bir
protsessual, qonuniy tartibda hal etilishi tushuniladi

2

.

N.G.Salischeva va N.Y.Xamanevaning fikriga ko’ra “Ma’muriy sud ishlarini

yuritish nafaqat ma’muriy ishlarga tegishli huquqbuzarliklar bilan bog‘liq
holatlar, shuningdek, ijro hokimiyati organlariga sud nazorat funksiyalarining
munosabati orqali amalga oshirilishi kerak”

3

. Y.N.Starilov “ma’muriy ish

yuritish” atamasini ikki xususiyatini qayd etib, ikki ma’noda qo’llaydi: “ijobiy”,
davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatida qonun ustuvorligini
ta’minlash va “salbiy”, huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlikni
qo’llashga qaratilgan faoliyat sifatida

4

.

Demak, sud nazorati deyilganda ijro etuvchi hokimyat organlari va

mansabdor shaxslarning harakatlarining amaldagi qonun hujjatlariga
og’ishmasdan amal qilishlarini nazorat qilishidir.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib sud nazoratining o‘ziga xos

xususiyatlarini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:

1) sud organi tomonidan nazorat qilinadigan obyektlar tashkiliy va

funksional jihatdan mustaqil bo'ladi;

2) sud nazorati hokimiyatning o‘zaro tiyib turuvchi tarmog‘i sifatida

qonunchilik va ijro etuvchi organlar tomonidan vakolatlarni suiiste’mol qilishga
barham berish orqali amalga oshiriladi;




background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

7

3) sud nazorati sud jarayoni doirasida amalga oshiriladi va protsessual

qonun normalari bilan qat’iy tartibga solinadi;

4) sudda huquqiy munosabatlar subyektlarining maxsus doirasi, ya’ni ijro

hokimiyati subyektlari va majburiy ishtirokchilarning mavjudligi;

5) sud nazorati uchun asos ommaviy huquqiy nizoning mavjudligi;
6) sud nazorati ikki tomonlama maqsadga ega: bir tomondan, jismoniy va

yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ya’ni
xususiy manfaatlarni himoya qilish, boshqa tomondan, ijro etuvchi hokimiyat
tomonlari o‘zboshimchalikning oldini olish, ya’ni jamoat manfaatlarini himoya
qilish;

7) sudning faoliyati quyidagi mezonlar bilan ijro etuvchi hokimiyatni

nazorat qilish bo‘yicha cheklangan:

- sud nazoratini amalga oshirish uchun faqat manfaatdor shaxsning tegishli

bayonoti asos bo‘lishi mumkinligi, ya’ni sud nazoratni passiv tarzda vositachilik
orqali amalga oshirishligi;

- nazorat faoliyati obyekti subyektlar tomonidan faqat qonuniylik

talablariga rioya qilinishini tekshiradi, ammo maqsadga muvofiqligini
tekshirmasligi;

- qonunchilik bazasi sudga nazorat faoliyatining cheklangan darajada

cheklangan vositalari va usullarining tor doirasini taqdim etganligi;

- qabul qilingan qarorlarni mustaqil ravishda majburiy ijro etish

imkoniyatining yo‘qligi.

Ushbu xususiyatlar bizga sud nazorati tushunchasini anglashimiz uchun

yordam beradi. Bunda sud nazorati orqali davlat organlari va mansabdor
shaxslarning faoliyatida qonun ustuvorligi ta’minlanadi hamda inson huquqlari
va erkinliklari mustahkam himoyaga olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Исполнительная власть в Российской Федератсии. Проблемы развития /
Под ред. И.Л. Бачило. М., 1998. С. 353, 369–370, 376–377.
2. Старилов Ю.Н. Административные суды в России. Новые аргументы «за»
и «против». М., 2004. С. 54–55, 60–61.
3. Словарь административного права / Под ред. И.Л. Бачило, Н.Г.
Салищевой, Н.Ю. Хаманевой. М., 1999. С.11.
4. Фиалковская И.Д. Перспективы развития административной юститсии в
России // Проблемы модернизатсии российского общества: сотсиальные,
правовые, экономические, экологические аспекты. Н. Новгород, 2006. С.
360

Библиографические ссылки

Исполнительная власть в Российской Федератсии. Проблемы развития / Под ред. И.Л. Бачило. М., 1998. С. 353, 369–370, 376–377.

Старилов Ю.Н. Административные суды в России. Новые аргументы «за» и «против». М., 2004. С. 54–55, 60–61.

Словарь административного права / Под ред. И.Л. Бачило, Н.Г. Салищевой, Н.Ю. Хаманевой. М., 1999. С.11.

Фиалковская И.Д. Перспективы развития административной юститсии в России // Проблемы модернизатсии российского общества: сотсиальные, правовые, экономические, экологические аспекты. Н. Новгород, 2006. С. 360