HAYVON NOMI BILAN BOG`LIQ HOLDA ISHLATILADIGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR

Аннотация

Mazkur maqolada hayvon nomi bilan bog`liq holda ishlatiladigan frazeologik birliklarning leksik ma’nolari keltirib o‘tilgan. Iboralarning qo`llanilish uslubiga ko`ra salbiylik va ijobiylik turlariga ajaratiladi. So‘z birikmasi vaiboralarning farqli jihatlari yoritilib beriladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
51-54
17

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Atamuratova , D. (2025). HAYVON NOMI BILAN BOG`LIQ HOLDA ISHLATILADIGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(2), 51–54. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/63885
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada hayvon nomi bilan bog`liq holda ishlatiladigan frazeologik birliklarning leksik ma’nolari keltirib o‘tilgan. Iboralarning qo`llanilish uslubiga ko`ra salbiylik va ijobiylik turlariga ajaratiladi. So‘z birikmasi vaiboralarning farqli jihatlari yoritilib beriladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

51

HAYVON NOMI BILAN BOG`LIQ HOLDA ISHLATILADIGAN

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR

Atamuratova Dilnura Bekmurat qizi

dilnuraatamuratova@gmail.com

The 1st-year master’s student in Linguistics

University of Exact and Social Sciences

https://doi.org/10.5281/zenodo.14738246

Annotatasiya:

Mazkur maqolada hayvon nomi bilan bog`liq holda

ishlatiladigan frazeologik birliklarning leksik ma’nolari keltirib o‘tilgan.
Iboralarning qo`llanilish uslubiga ko`ra salbiylik va ijobiylik turlariga ajaratiladi.
So‘z birikmasi vaiboralarning farqli jihatlari yoritilib beriladi.

Kalit so‘z:

frazeologiya, leksik ma’no, zoologiya, uy hayvoni, yavvoyi

hayvon nomlari.

Аннотация:

В данной статье представлены лексические значения

фразеологизмов, употребляемых с названием животного. По способу
употребления

выражений

они

делятся

на

отрицательные

и

положительные типы. Выделены различные аспекты словосочетаний и
выражений.

Ключевые слова:

фразеология, лексическое значение, зоология,

домашние животные, названия диких животных.

Annotation:

This article presents the lexical meanings of phraseological

units used with the name of an animal. According to the method of use of
expressions, they are divided into negative and positive types. Different aspects
of word combinations and expressions are highlighted.

Key words:

phraseology, lexical meaning, zoology, pet, wild animal names.

Tilshunoslikda har bir tilning lug‘at tarkibi frazeologik birliklardan iborat

hisoblanadi. Frazeologiya- hozirgi zamon tilshunosligining asosiy tarmoqlaridan
biridir. Frazeologiya – grekcha, phrasis- “ifoda”, logos-“ta’limot” degan
ma’nolarni bildiradi.Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi bo‘lib,
leksikologiya tarkibidan XX asrning 50-yillaridan boshlab mustaqil soha sifatida
ajralib chiqqan. Frazeologiya sohasi iboralarning qo`llanilish doirasiga ko`ra bir
necha turlargabo‘linadi.

Masalan, tana a’zolari ishtirok etgan iboralar: oyog`i tortmadi (biror joyga

borishni ko`ngli xohlamadi), sabzovot mahsulotlari ishtirok etgan iboralar:
tarvuzi qo`ltig`idan tushmoq(umidi puchga chiqdi), son ishtirok etgan iboralar:
ajalidan besh kun burun (qazo qilinishining o`z vaqti-soatidan ilgariroq),
oshxona jihozlari ishtirok etgan iboralar: bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

52

(beqiyos go`zal, nihoyatda dilrabo), hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralar:
qo`y og`zidan cho`p olmagan (o`ta yuvvosh) kabilarni keltirish mumkin. 1[72]


Biz iboralarning hayvon nomi bilan ishlatiluvchi turga to‘xtalmoqchimiz. Bu

borada ko`plab tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, Dilnoza Ismailova
tomonidan hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralarning salbiylik va ijobiylik
bo‘yicha badiiy asarlarda qo`llanilish doiasi o`rganib chiqilqan. Bundan tashqari,
Baxrom Jo`raboyev roman-german va o`zbek tillarida qo`llaniluvchi hayvon
nomilarini qisosiy aspektda o`rgangan. Hayvon nomi bilan ishlatiluvchi iboralar
o`z ichida uy hayvoni va yovvoyi hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralar
sifatida ham tasniflanadi. Jumladan ular quyidagicha:


Uy hayvon nomi bilan bilan bog`liq
iboralar:

Yavvoyi

hayvon

nomi

bilan

qo`llaniluvchi iboralar:

1 . Ichini

it

tirnadi. (yashirin holda

ruhan bezovtalandi

Bir o`q bilan ikki

quyon

ni urmoq.

(ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab
ish tutdi

2 Ot

dan tushsa ham egardan

tushmas.(mavqeyini

yo‘qotganiga

qaramay)

Ilon

ning yog‘ini yalagan (juda

ayyor).

3 Ammamning

buzog`i

(landovur,

lapashang)

Yer tagidan

ilon

qimirlasa biladi.

(nihoyatda ziyrak).

4 Ot

bilan

tuyacha

(juda katta farq)

Ilon

po`st tashlaydi (chiday olmaslik

darajasida).

5 Tuya

ko‘rdingmi?- yo‘q. (o`zini

ko`rmaganga, bilmaganga olmoq)

Pashshadan

fil

yasaydi (mubolag`a

qilib, bo`rttirib yubordi

Bundan tashqari hayvon nomi bilan qo`llaniluvchi iboralar ham o`z ichida

bo‘linadi. (Masalan, faqat ilon nomi bilan bog‘liq iboralar “

Ilon

ning yog‘ini

yalagan

”, “

Yer tagidan

ilon

qimirlasa biladi

”, “

Ilon

po‘st tashlaydi

”) kabi.

Ko‘p hollarda hayvon nomi bilan bog`liq iboralar ijobiy ma’noda

qo‘llaniladi.

Masalan, “Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan” iborasi – “yuvosh” degan ma’noni

anglatadi. Ammo “Yaxshilik bor joyda yomonlik ham bo`ladi” degan xalqimizda
bir hikmat bor. Bu tabiiy hol. Xuddi shunday iboralarda ham ijobiylik ma’nosi
bo`lgani kabi, salbiylik ma’nosi ham bo`ladi. Bu iboralar ham qo‘llanilish
doirasiga ko‘ra:

salbiylik

va

ijobiylik

turlariga bo‘linadi. Masalan, “

Ammamning


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

53

buzog‘i

landovur, lapashang (ijobiy ma’noda), “

Ilon

ning yog‘ini yalagan

” juda

ayyor (salbiy ma’noda),

Mushugini

“pisht” demaydi

”, hech qanday ozor yetkazmaydi, (ijobiy

ma’noda), “

Tuya

qildi

” aldab haqqini o‘zlashtirdi, (salbiy ma’noda) kabidir.2[18]

Frazeologik birliklarni va so`z birikmalarini bir-biridan farqlash lozimdir.

Ibora- gap tarkibida kelganda yoki yakka holda ham, u bir necha so‘zdan iborat
bo‘lsa ham, bitta so‘roqga javob berib, bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z
birikmalarida tobe va hokimlik munosabatini ifodalab, har qaysisi alohida
savollarga javob bo`ladi.

Masalan, “Ammamning buzog‘i” ibora sifatida kelganida –“landovur”

ma’nosida qo`llanilib, gap tarkibida bitta so`roqqa javob bo`ladi,bitta gap bo`lagi
vazifasida keladi. So`z birikmasi sifatida kelsa – “Ammamning buzog`i”
ammamning – kimning?, buzog`i – nimasi? kabi savollarga javob bo`lib,
moslashuv yo`li orqali bog`langan so`z birikmasi hisoblanadi.

Kishi o`z nutqida iboralarnito`g`ri qo`llay olar ekan - bu o`sha insonning

naqadar ilmga chanqoq va dangal gapiradigan odam ekanligini anglatib turadi.
Bu borada esa iboralarning ma’nolarini to`g`ri farqlay olish lozim.

Xulosa:

Hayvon nomlari bilan bog'liq frazeologik birliklar tilning juda muhim va

boy qismidir. Ular faqatgina har bir hayvonning biologik xususiyatlarini aks
ettirmaydi, balki jamiyatdagi qadriyatlar, mentalitet va madaniyatning ko‘rinishi
sifatida ham ishlatiladi. Adabiy sharhda frazeologizmni tahlil qilish orqali biz
xalqning ko'pgina tajriba va qarashlarini, xulq-atvorni ifodalovchi obrazlarni
aniqlashimiz mumkin. Shuningdek, bu frazeologizmlar hayvonlarga bo'lgan
munosabatni,

insoniy

fazilatlar va

kamchiliklarni

ham

yaxshiroq

tushunishimizga yordam beradi.frazeologik birliklarni bexato va to`g`ri qo`llash
yozma va og`zaki nutqning jozibadorligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shavkat Rahmatullaev “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati”

“O`qituvchi” T:. 1978.
2.

Yuldashev, O. (2023). O ‘ZBEK XALQ OG ‘ZAKI IJODI BO ‘LMISH-

3.

MAQOLLARNING O ‘RGANILISHI. Евразийский журнал академических

исследований, 3(10),
4.

Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 2020-yil 3-son.

5.

Yuldashev, O. (2023). A LOOK AT THE STUDY OF FOLK

6.

PROVERBS. International Bulletin of Applied Science and Technology,

3(10), 47-50.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

54

7.

Baxrom Jo`rayev “Roman-german va o`zbek tillaridagi jonzod nomlari

bilan bog`liq frazeologik birliklar tahlili” maqolasi.
8.

Yuldashev, O. (2023). STUDY OF FOLKLORE ASPECTS OF UZBEK FOLK

PROVERBS. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(10), 37-
39.

Библиографические ссылки

Shavkat Rahmatullaev “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati” “O`qituvchi” T:. 1978.

Yuldashev, O. (2023). O ‘ZBEK XALQ OG ‘ZAKI IJODI BO ‘LMISH-

MAQOLLARNING O ‘RGANILISHI. Евразийский журнал академических исследований, 3(10),

Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 2020-yil 3-son.

Yuldashev, O. (2023). A LOOK AT THE STUDY OF FOLK

PROVERBS. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(10), 47-50.

Baxrom Jo`rayev “Roman-german va o`zbek tillaridagi jonzod nomlari bilan bog`liq frazeologik birliklar tahlili” maqolasi.

Yuldashev, O. (2023). STUDY OF FOLKLORE ASPECTS OF UZBEK FOLK PROVERBS. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(10), 37-39.