THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
141
O’ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISH ZARURIYATI
HAMDA UNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI.
Kaxarova Zuxra Apsalamovna
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya
akademiyasi magistratura tinglovchisi
Zuhra.Kaxarova.91@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.14810564
Annotatsiya.
Tezisda O'zbekistonda Islom moliyasini joriy etish zaruriyati,
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xalqaro moliya bozorlarida mustahkam
raqobatbardoshlikni oshirish va jamiyatda adolatli iqtisodiy aloqalarni o'rnatish
kabi masalalar ochib berilgan. Islom moliyasining rivojlantirilishi, yurtimizdagi
moliyaviy tizimning yanada zamonaviylashishiga, shuningdek, xalqaro
sarmoyalarni jalb qilishga yordam berishi mumkin.
Kalit so’zlar:
Islom moliyasi, xalqaro moliya, moliyaviy xizmatlar, riskni
taqsimlash, diversifikatsiya, xalqaro sarmoya, moliyaviy tizim.
Islom moliya tarmog’i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan
va innovatsion moliyalashtirish mexanizmini o’zida jamlagan sohalardan biri
hisoblanadi. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo’lgan davlatlar
uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun,
musulomon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan
mavjud banklar, investitsiya fondlari va kompaniyalar mablag’larini
O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo’llab-
quvvatlash maqsadida jalb etishi maqsadga muvofiq. Buning uchun albatta
milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solish, ya’ni an’anaviy
moliyalshtirish mexanizmlari joriy etish masalasi tadbiq etilishi kerak.
An’anaviy
moliya muassasalaridan farqli o’laroq Islom moliyasi real mulk va moddiy
jihozlardan iborat nolikvid aktivlarga asoslanadi.
Islom banklari aktivlari
1
1-Jadval
Bank nomi
Joylashgan
Davlati
Fitch
Rating
Moody’s
Rating
S&P
Rating
Umumiy
aktivlari
(mln
AQSh
dollari)
Hisobot
sanasi
Abu Dhabi Islamic Bank BAA
A+
A2
NR
52,502
12/31/23
Qatar Islamic Bank
Qatar
A
A1
NR
51,952
12/31/23
Boubyan Bank
Quvayt
A
A2
A
27,356
12/31/23
.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
142
Al Rajhi Bank
Saudiya
Arabistoni
A-
A1
A-
215,493
12/31/23
Kuwait Finance House
Quvayt
A
A2
NR
123,710
12/31/23
Dukhan Bank
Qatar
A
A2
NR
31,425
12/31/23
Qatar
International
Islamic Bank
Qatar
A
A2
NR
16,930
12/31/23
Dubai Islamic Bank
BAA
A
A3
NR
85,580
12/31/23
Bank AlJazira
Saudiya
Arabistoni
A-
Baa1
NR
34,547
12/31/23
Warba Bank
Quvayt
A
Baa2
NR
15,738
12/31/23
1-jadval ma’lumotiga ko’ra 2023-yil Islom banklari aktivlari o’sib bormoqda
hamda reytinglari ham yuqori natijalarni ko’rsatmoqda. Saudiya Arabistoni
banki aktivlar bo’yicha yetakchilardan bo’lib kelmoqda.
Bizning fikrimizcha, O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etish uchun
dualistik andoza aynan mos keladi. Ushbu andozada an'anaviy va islom moliyasi
muassasalari faoliyati uchun munosib huquqiy asos va raqobat muhiti yaratiladi,
mijozlarda ikki tizim o‘rtasida tanlov imkoniyati paydo bo‘ladi, ularning islom
talabi bo‘yicha ehtiyoji qondiriladi, yangi moliyaviy mahsulotlar yaratiladi,
mamlakatning jahon hamjamiyati oldidagi nufuzi ortadi va chet ellik investorlar
uchun yangi bozorni shakllanishiga turtki beradi.Ushbu andoza joriy qilinsa,
mamlakatda islom moliyasi infratuzilmasining tashkil etilishi uning
samaradorligi asosiy sharti bo‘ladi. Dualistik andoza an'anaviy va monistik
andoza bilan solishtirib ko‘rilganda, samarali hisoblanishi bugungi kunda buni
joriy etgan mamlakatlar tajribasidan ma'lum bo‘lgan. Uning amalga kiritilishi
islom moliyasi va unga raqobatchi moliya muassasalarining faoliyatiga
teng.O‘zbekistonda Islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga
oshirish 2004 yildan boshlangan va bu O‘zbekistonning 2003 yil sentyabrda
Islom taraqqiyot bankining a’zoligiga qo‘shilishi bilan bog‘liq. 2004 yilda Islom
taraqqiyot banki (ITB) tomonidan energetika va sog‘liqni saqlash sohasida
loyihalarni moliyalashtirish uchun «ijara» va «murobaha» shartnomalaridan
foydalanilgan. Biroq ITB O‘zbekistonda o‘z faoliyatini mustaqillikning dastlabki
yillaridan boshlagan va bu a’zo bo‘lmagan davlatlarning musulmon jamoalarini
qo‘llab-quvvatlash dasturi orqali grant loyihalarni amalga oshirishda namoyon
bo‘lgan.O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliyalashtirishga doir alohida
qonunchilik mavjud emas. Islom taraqqiyot banki va Xususiy sektorni
rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi tomonidan mamlakatimizda
moliyalashtirilayotgan
loyihalar
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 371-sonli qarori va 2004 yil 21
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
143
dekabrdagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Ularga ko‘ra O‘zbekiston
hukumati Islom Taraqqiyot banki (ITB) va Xususiy sektorni rivojlantirish
bo'yicha islom korporatsiyasi (XSRIK)ni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv
moddalarini qabul qilgan.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Islomiy
moliyaviy xizmatlar Kengashiga a’zo bo’ldi. Kengash faoliyati islomiy moliya
institutlarini tartibga solish va nazorat qilish bo’yicha xalqaro standartlarni
ishlab chiqish, samarali korporativ boshqaruv mexanizmlari va risk-menejmenti
tizimini joriy qilish, shuningdek,mazkur sohada kadrlar salohiyatini oshirish,
tadqiqotlar olib borish hamda ushbu masalalarda Kengashga a’zo tashkilotlarga
ko’maklashishga qaratilgan.Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy
moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom
O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2024-yil 26-iyulda №3536
son bilan ro’yxatdan o’tkazildi. Hozirgi kunda O’zbekistonda islom moliyasini
rivojlanmayotganligiga asosiy sabablaridan biri qoununchilik bazasining
mustahkamlanmaganligi hamda ushbu sohada mutaxassis kadrlarning
yetishmovchiligi bo’lsada, yurtimizda ushbu islom moliyasini rivojlantirishga
sekin bosqichma-bosqich o’tib kelinmoqda. O’zbekistonda Islom moliyasiga
muvofiq moliyalashtirish taqdim etuvchi muassasalar soni 10 taga
yetdi.“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida kamida uchta tijorat bankida islomiy
moliyalashtirish mezonlari va tartiblarini joriy etish hamda islomiy
moliyalashtirishning
qonunchilik
bazasini
shakllantirish
vazifasi
belgilangan.“Prezidentning 2022-yil avgusti va o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan
tadbirkorlar bilan uchrashuvlarida shu masala islom moliyasi masalasi
ko‘tarilgan edi. O‘shandan beri bu borada turli vazirliklardan iborat ishchi guruh
ish olib bormoqda. Bir narsani tushunish kerak: bu juda yangi va murakkab soha
bo‘lib, u ko‘plab qonun hujjatlariga, jumladan, garov to‘g‘risidagi, sudlar
to‘g‘risidagi, banklar to‘g‘risidagi va Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunlarga
o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Unga ko‘ra, “Nobank kredit tashkilotlari va
mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida"gi qonungа islomiy moliya
xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beruvchi o‘zgartirishlar kiritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M.(2020) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaati.
2.
Ahmed El-Ashker Rodney Wilson. M.(2006). Islamic Economics a short
History, Iqtisodiyot va ta’lim – 431 B.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
144
3.
Ali Muazzam.(1988). A Framework of Islamic Banking. In Directory of
Islamic Financial Institutions, edited by John R. Presley. London (UK):
Iqtisodiyot va ta’lim –112B
4.
Siddiqi Muhammad Iqbal.(1986). Model of an Islamic Bank. Lahore
(Pakistan): Kazi Publications.
5.
Зияев А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ ТОМОНИДАН МАРКАЗЛАШТИРИЛГАН
МАНБААЛАР ҲИСОБИДАН УЙ-ЖОЙ ҚУРИЛИШИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ
АМАЛИЁТИ //Innovations in Science and Technologies. – 2025. – Т. 2. – №. 1. –
С. 105-115.
6.
Al-Zuhaili,Wahbah(2003).Financial Transactions in Islamic Jurisprudence.
Vol. 1. Translated by Mahmoud A. El-Gamal. Beirut (Lebanon): Dar al-Fikr,
294B.\
7.
S.Xorun. (2014)Islomiy moliya va bank tizimi. O’zbekitson NMIU.Toshkent
-312B.
