THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
89
SOYA O‘SIMLIGI USTIDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARDA
FENOLOGIK KUZATUVLAR.
Raxmonov Ikrom
GulDU Agrotuproqshunoslik va melioratsiya kafedrasi dotsenti.
Dildora Xo'jabekova
GulDu Agrotuproqshunoslik va melioratsiya kaferdrasi o'qituvchisi.
Rustamova Adiba
GulDu Agronomiya yo'nalishi 2 kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14761460
Annotatsiya:
Soya o‘simligida fenologik kuzatishlar o‘simlikning
rivojlanish bosqichlarini o‘rganib, hosildorlik va agrotexnika tadbirlarini
optimallashtirishda muhim ahaamiyatga ega. Ushbu kuzatishlar soya o‘sishi va
rivojlanish jarayoniga iqlim, tuproq, va agrotexnik omillarning ta’sirini
aniqlashga yardam beradi. Soyada fenologik kuzatuvlar o‘tkazish, o‘simlikning
rivojlanish jarayonlarini tizimli ravishda o‘rganish orqali hosildorlikni oshirish
va agrotexnik tadbirlarni optimallashtirishga yordam beradi. Quyida soyada
fenologik kuzatishlarni qanday olib borish kerakligi haqida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so‘zlar:
Soya, hosildorlik, agrotexnika, optimallashtirish, fenologik,
rivojlanish, vegetatsiya davri.
Aннотация:
Фенологические наблюдения за растением сои имеют
важное значение в изучении этапов развития растения и оптимизации
урожайности и агротехнических мероприятий. Эти наблюдения помогают
определить влияние климатических, почвенных и агротехнических
факторов на процесс роста и развития сои. Проведение фенологических
наблюдений за соей и систематическое изучение процессов развития
растений способствует повышению урожайности и оптимизации
агротехнических мероприятий. Ниже приведена информация о том, как
проводить фенологические наблюдения за соей.
Ключевые слова:
Соя, урожайность, агротехника, оптимизация,
фенологический, развитие, вегетационный период.
Annotation.
Phenological observations on soybeans play a crucial role in
studying plant development stages and optimizing yield and agricultural
practices. These observations help determine the effects of climate, soil, and
agrotechnical factors on soybean growth and development. Conducting
phenological observations on soybeans through systematic study of plant
development processes aids in increasing yields and optimizing agricultural
techniques. The following information describes how to carry out phenological
observations in soybeans.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
90
Keywords:
Soybean, yield, agrotechnology, optimization, phenological,
development, growing season.
Soya (Glycine max (L). Merr.) bir yillik dukkakli o‘simlik bo‘lib,odamlar va
chorva mollari uchun asosiy oziq-ovqat manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Soya yog‘i eng keng tarqalgan o‘simlik yog‘laridan biri bo‘lib kelajakdagi muhim
bio-dizel (yoqilg‘i) hisoblanadi.
Soya yetishtirish geografik jihatdan faqat to‘rtta davlatda-AQSh,
Braziliya,Argentina va Xitoyda yuqori darajada to‘plangan.Faqatgina ushbu
mamlakatlardagi ishlab chiqarish dunyo mahsulotining deyarli 90%ni tashkil
qiladi. Xitoy va Afrikadan tashqari Osiyodagi mamlakatlar umumiy soyaning
atigi 5 foizini tashkil qiladi. Moyli ekinlar orasida faqat soya fasulyesi global
ishlab chiqarishning maksimal ulushiga ega (53%), undan keyin kolza xantal
(15%), paxta(10%) va yeryong‘oq (9%) ((Pratap va boshq., 2012).[2]
Soya doning hosildorligi ham boshqa ko‘plab ekinlarnikidan yuqori
hisoblanadi. Ushbu o‘simlik donidan 400dan ortiq turdagi mahsulotlar olinadi.
Bugungi kunda, jahon oziq-ovqat sanoatida sariyog‘dan tashqari, soya suti, soya
oqsili, soya qo‘shimchalari va boshqa mahsulotlar keng qo‘llaniladi.
Soya o‘simligi oziq-ovqatda, texnikada, konserva tayyorlashda, sut, qandolat
mahsulotlari ishlab chiqarishda, yem-xashak sifatida ishlatiladi. Soyaning
bunday ishlatilishi donning sifatiga bog‘liq bo‘lib tarkibida 30-52% moy bo‘ladi
hamda 20% karbon suvlari mavjud. Soyaning oqsili yuqori sifatli, suvda to‘la
eriydi, yaxshi hazm bo‘ladi. Gilitsin aminokislotasi ko‘p bo‘lib, bu achitishda
ishtirok etib, sut-qatiq mahsulotlari ishlab chiqarishmumkin bo‘ladi. Soya
donida moy, margarin, pishloq, sut, un, qandolat mahsuloti, konservalar ishlab
chiqiladi. Moyi lak bo‘yog‘ sanoatida, sovun ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, yer
yuzida ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining 40% ni soya moyi tashkil qiladi.
Tadqiqot uslublari:
Soya o‘simligini o‘rganish jarayonida fenologik
kuzatuv ishlari olib boriladi. Fenologik kuzatuvlar tahlil natijalariga ko‘ra, soya
nav namunalarining o‘suv davri kun hisobida ertapishar nav namunalarida 85-
90 kun, 95-105 kun, o‘rtapishar navda 108-112 kunni tashkil qilib, ertapishar va
o‘rtapishar nav namunalalar bir biridan o‘suv davri kun hisobida 8-35 kungacha
farq qilganligi aniqlandi.
Soya nihollarini hisoblash uch muddatda : nihollar ko‘rina boshlaganda,
ular qiyg‘os unib chiqqanda va to‘liq unib chiqqanda o‘tkazildi. Nihollarni
hisobga olish yaganalashdan avval olindi.
Tajriba maydonida barcha variantlarda ko‘z bilan chamalab, fenologik
kuzatishlar o‘tkazilishi mumkin. Masalan biz olib borgan tajriba natijalarini tahlil
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
91
qiladigan bo‘lsak, o‘simlikning unib chiqishi, birinchi uchtalik barglar hosil
qilishi, g‘unchalashi, gullashi, dukkagi shakllana boshlashi, dukkagining qo‘ng‘ir
rangga kirishi va pishishi qayd etilganligini ko‘rdik. Soya navlarining rivojlanish
fazalari boshlanishi va tugashi xuddi shu tarzda belgilanib borildi. Unib chiqish
davri birinchi uchtalik barglar hosil bo‘lguncha hisoblanadi; soya o‘simligida
unib chiqish, birinchi uchtalik barglarning hosil bo‘lishi, g‘unchalash, gullash,
dukkaklarning hosil bo‘lishi va pishish fazalari qayd qilib borildi.
Respublikamiz tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqgan holda soya navlarini
ilmiy asoslangan holda tuproq unumdorligini yaxshi ball baniteti yuqori bo‘lgan,
suv ta’minoti yetarli bo‘lgan hududlarga joylashtirish, sho‘rlangan tuproqlarni
sho‘rini yuvish va suv taqchil hududlarda kuz-qish mavsumida yaxob suvi berish
zarur ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek soya urug‘ini ekish maqbul muddatlarda o‘tkazilishi ham
fenologik rivojlanishiga ta’sir etmay qolmaydi. Hududlar sharoitini hisobga olib,
soyani janubiy mintaqalarda (Surxandaryo, Qashqadaryo viloyatida) 25-
martdan 15 aprelgacha, shimoliy mintaqalarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Xorazm viloyati) 20-apreldan 1 maygacha, markaziy mintaqalarda (Andijon,
Namangan, Farg‘ona, Toshkent Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy
viloyatlarida) 10-apreldan 25-aprelgacha bo‘lgan muddatlarda tuproq ostiga
urug‘larni qadash ishlarini bajarib bo‘lish zarur ekanligini ko‘rishimiz
mumkin.[5]
Soyani urug‘lani ekishdan oldin maxsus biopreparatlar yoki maxsus
nitraginli urug‘dorilar bilan ishlov bersak so‘ya o‘simligining o‘sishi va
rivojlanishi vegetatsiya davri davomida yuqori hosildorlikka erishishimizga asos
bo‘la oladi.
Unib chiqgan soya o‘simligimizning begona o‘tlardan vaqtida tozalanishi,
o‘simlikni sug‘orish ishlarini vaqtida amalga oshirish, o‘g‘itlarni vaqida qo‘llay
bilishimiz, dukkak hosil qilish vaqtida suvga va mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi
ortishi va dukkak hosil qilgach dukkakni shakillanish jarayonlari va dukkakni
pishish jarayonlari ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin.
Soya yetishtirish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilgan ayrim tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, uni g‘oza va sholi almashlab ekishda ham joylashtirish mumkin.
Donli ekinlar yig‘ib olingan zaxotiyoq ang‘izni yumshatish lozim, bu esa namlikni
saqlab qolish va haydashdan oldin begona o‘tlarni undirib olishga sharoit
yaratiladi. Yer chuqur 27-30 sm gacha haydash lozim. Ildizpoyali begona o‘tlar
bilan zararlangan dalalar ang‘izni shudgorlash yanada chuqurroq amalga
oshiriladi. Bir yillik begona o‘tlar mavjud dalalarni ertaroq shudgorlash, so‘ngra
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
92
diskli barona yoki kultivatsiyalash tavsiya etiladi. Ildiz bachkili begona o‘tlar
bilan zararlangan dalalarga qatlamli ishlov beriladi.
Ekishdan oldin tuproqqa ishlov berilmaaganda soyaning hosili 18 s.ga
bo‘lgan, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berilganda hosil 3s.ga oshganligi
aniqlangan.
Ekish oldidan tuproqqa ishlov berishlar sonini kamaytirish uchun o‘g‘itlash
va gerbitsidlar sepishni yuqoridagi ishlar bilan uyg‘unlashtirish ham mumkin.
O‘zbekistonda soya aprel oyida ekiladi. Agar bahor sovuq kelsa soyani ekish
mayda amalga oshiriladi. Respublikamiz janubida ekish bir muncha ertaroq
boshlanadi. Mart oyining ohiri muayyan sharoit uchun eng muqobil ekish
muddati bo‘lib, u 29,1 s urug‘ va 46,9 s poxol olishni ta’minlagan; bunda oziqa
birligini chiqishi 65s/ga , oqsil chiqishi 1102kg/ga.ni tashkil qilgan.[6]
Dukkakli ekinlar madaniy o‘simliklarning katta bir guruhi hisoblanib ularda
kuzatiladigan fazalari: urug‘ning unishi, nihollar, 3-chinbarg, to‘pgulni hosil
bo‘lishi, gullash, gullashning tugallanishi va pishish faza belgilaridir.
Nihollar:
Soyada urug‘dan nish urib yangi o‘sib chiqqan maysa- nihol
bo‘ladi, loviyada esa tuproq betiga chiqqan “urugpalla”ni ajralishi hisoblanadi.
Urug‘palla-
o‘simlikning urug‘idan unib chiqadigan, murtagidan paydo
bo‘ladigan birinchi barglari. Urug‘palla boshlang‘ich holida urug‘ ichida paydo
bo‘lib, tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi jihatdan undan keyin paydo bo‘ladigan
chinbarglardan uncha farq qilmaydi. Bir pallali o‘simliklarda urug‘palla odatda
bitta, ikki pallalilarda esa ikkita, ochiq urug‘li ninabarg o‘simliklarda 2tadan
15tagacha urug‘barg bo‘ladi.
3-chinbarg.
Dukkaklilarda ostki tanasimon (qipiqli) barg hisobga
olinmaydi, ammo 1-barg yaproq yoyilgan bo‘lsa, unda hisobga olinadi.
Gulning paydo bo‘lishi.
Barg qo‘ltiq –poya va yaproq oralig‘idan birinchi
boshlang‘ich murtakning paydo bo‘lishi.
Gullash.
Soya gulida yelkasimon tojbarg bo‘lagida birinchi gulining
ochilishi.
Gullashning tugallanishi.
Barg yuqori qo‘ltiqdagi to‘pgul murtagi boshqa
rivojlanmaydi. Ular rivojlanish o‘rniga quriy boshlaydilar. O‘simlikning
ayrimlarida gul qoladi.
Pishish fazasi.
Birinchi dukkaklarning sariq rangga kirishi, urug‘lar esa
o‘simlikningn naviga-turiga mos rangga kiradi.
Xulosa:
Soyada olib borililgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki Agrotexnik
tadbirlarni sifatli va vaqtida o‘tkazishimiz misol uchun soyani ekish vaqtida
maxsus yuqori unumli, pnevmatik seyelkalardan foydalanish, tuproq iqlim
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
93
sharoitidan kelib chiqiqgan holda tuproqning 4-5 sm qatlamiga ekilishini
taminlashimiz zarur. Ekilgan soya o‘simligining ko‘chatlari qator oralari
60x70x90 lik bo‘lgan, soya ekinining qariyib 70 foizdan yuqori urug‘ namunalari
unib chiqganidan so‘nggina qator oralariga ishlov berishni boshlashimiz kerak
ekanligini tajribalarimizda kuzatik.
Adabiyotlar:
1.Mirsharipova G.K. Usmonova D. Sirdaryo viloyati sharoitida yangi soya
navlarining hosil tarkibi. Moyli ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash: hozirgi
holati va rivojlanish istiqbollari mavzusidagi. Respublika ilmiy-amaliy anjumani
materiallari to‘plami. Toshkent-2018y.30-32 betlar.
2.A.A. Dulanazarov, O.S. Turayev, I.Dj Kurbanbayev, O.Ya. Turayev, F. N.
Kushanov, M.E. Ashurov. Soya nav namunalarining fenologik fazalari bo‘yicha
tahlili. Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 10 | 2023.
3.M.K.Hamrayeva, X.Ikromova. Surxandaryo viloyatida Soya navlarining
fenologik kuzatuvlar. “Perspectives for the integration of natural sciences”
Republican scientific and practical conference November 22, Toshkent 2024.
4. X.N.Atabayeva, Z.K.Yuldasheva. “Moyli ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari
va yetishtirishda innovatsion texnologiyalar” O‘zR Fanlar akademiyasi Asosiy
kutubxonasi. Toshkent 2019.
5. G.K.Mirsharipova, D.E.Xo‘jabekova . “Soya ahamiyati, biologiyasi va
yetishtirish texnologiyasi” mavzusini o‘qitishda ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish. “Sifatli ta’lim va interdisiplinar yondashuv: muammolar, yechimlar
va hamkorlik” Xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasi. 2023-yil 25-26 may. 2184-
bet.
6. Z.A.Ataeva, X.S. Samadova. “Soya o‘simligi va yetishtirish texnologiyasi”
International scientific-online conference. 195 bet.
