O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “KO‘Z” LEKSEMASI ASOSIDA SHAKLLANGAN FRAZEOLOGIZMLARDA TASDIQ VA INKOR KATEGORIYALARINING IFODALANISHI

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilida dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan “o‘zbek va ingliz tillaridagi “ko‘z” leksemasi asosida shakllangan frazeologizmlarda tasdiq va inkor kategoriyalarining ifodalanishi”ni o‘rganib chiqildi. Kundalik nutqimizda foydalaniladigan frazeologizmlar turli xil ma’nolarni ifodalaydi hamda ularning tasdiq yoki inkor ma’nolarini ifodalashiga qarab tilimizda ishlatamiz. Ushbu tasdiq yoki inkor ma’noni ifodalovchi iboralardan unumli foydalanilganda tinglovchiga fikrimizni to‘g‘ri va tushunarli bayon qilishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada tasdiq va inkor ma’noni ifodalovchi frazeologizmlar hamda ularga oid misollar badiiy asarlardan namunalar tahlil qilingan.   

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
112-114
37

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sayidazimova, M. . (2025). O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “KO‘Z” LEKSEMASI ASOSIDA SHAKLLANGAN FRAZEOLOGIZMLARDA TASDIQ VA INKOR KATEGORIYALARINING IFODALANISHI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(1), 112–114. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/60998
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilida dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan “o‘zbek va ingliz tillaridagi “ko‘z” leksemasi asosida shakllangan frazeologizmlarda tasdiq va inkor kategoriyalarining ifodalanishi”ni o‘rganib chiqildi. Kundalik nutqimizda foydalaniladigan frazeologizmlar turli xil ma’nolarni ifodalaydi hamda ularning tasdiq yoki inkor ma’nolarini ifodalashiga qarab tilimizda ishlatamiz. Ushbu tasdiq yoki inkor ma’noni ifodalovchi iboralardan unumli foydalanilganda tinglovchiga fikrimizni to‘g‘ri va tushunarli bayon qilishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada tasdiq va inkor ma’noni ifodalovchi frazeologizmlar hamda ularga oid misollar badiiy asarlardan namunalar tahlil qilingan.   


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

112

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “KO‘Z” LEKSEMASI ASOSIDA

SHAKLLANGAN FRAZEOLOGIZMLARDA TASDIQ VA INKOR

KATEGORIYALARINING IFODALANISHI

Sayidazimova Muhtaramxon Saidxoshimxon qizi

Oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi

muhtaramxonsayidazimova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14649984

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada ingliz tilida dolzarb mavzulardan biri

bo‘lgan “o‘zbek va ingliz tillaridagi “ko‘z” leksemasi asosida shakllangan
frazeologizmlarda tasdiq va inkor kategoriyalarining ifodalanishi”ni o‘rganib
chiqildi. Kundalik nutqimizda foydalaniladigan frazeologizmlar turli xil
ma’nolarni ifodalaydi hamda ularning tasdiq yoki inkor ma’nolarini ifodalashiga
qarab tilimizda ishlatamiz. Ushbu tasdiq yoki inkor ma’noni ifodalovchi
iboralardan unumli foydalanilganda tinglovchiga fikrimizni to‘g‘ri va tushunarli
bayon qilishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada tasdiq va inkor ma’noni
ifodalovchi frazeologizmlar hamda ularga oid misollar badiiy asarlardan
namunalar tahlil qilingan.

KALIT SO‘ZLAR:

negativ, frazema, ibora, frazeologizmlar, so‘z yasalishi,

affiksatsiya, leksema, inkor ma’no, inkor ma’noli frazeologizmlar

ABSTRACT

In this article, one of the current topics in English, "Expression of

affirmative and negative categories in phraseology formed on the basis of the
lexeme "eye" in Uzbek and English languages" was studied. Phraseologisms used
in our daily speech express different meanings and we use them in our language
depending on whether they express affirmative or negative meanings. When
these affirmative or negative expressions are used effectively, they help the
listener to express our thoughts correctly and clearly. Also, in the article,
phraseologisms expressing the meaning of affirmation and negation, as well as
examples of them, samples from artistic works are analyzed.

KEY WORDS:

negative, phrase, phraseology, word formation, affixation,

lexeme, negative meaning, phraseology with negative meaning

Hayotimizda frazeologizmlar badiiy ma’no ifodalashda, fikrimizni aniq va

tushunarli qilib yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmlar turli
tillarda so‘zlashuvchi turli xalqlarning dunyoqarashi va urf-odatlaridan kelib
chiqadi, yillar davomida o‘zgarib, mukammallashadi. Tipologik jihatdan turli
tizimlarga mansub bo‘lgan o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar ba’zan
mazmunan mutanosib bo‘lsa, ba’zan ular aynan bir xil bo‘lmaydi. Ba’zan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

113

ularning shakli o‘zaro mos kelsa-da, ma’nosi umuman boshqacha va yoki
aksincha, ma’no jihatdan mos kelganda, shakli to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bunga
sabab aynan o‘sha xalqning o‘ziga xos tabiatiga bog‘liqdir.

O‘z ichki tuzilishida turli ma’nolarni mujassamlashtirgan frazeologizmlarda

tasdiq va inkor shakllarini ifodalanishini ham kuzatish mumkin. Biz quyida
berayotgan maqolamizda “ko‘z” leksemasi asosida shakllangan iboralarda tasdiq
va inkor kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.

Tasdiq-inkor maʼnosini ifodalashda nol shakl (tasdiq), -ma boʻlishsizlik

shakli, emas, na yordamchi, yoʻq mustaqil soʻzlari (inkor) ishtirok etadi:

Majlis yarim kechagacha choʻzildi (O.Muxtor).
Uzoqdan Navoiyning qorasi koʻringunga qadar u amirning kelishiga

ishonmagan edi (Oybek).

Na xotin, na farzand koʻrmagan, kimsasiz bechora bir yigit (Uygʻun).

Mening farzandim yoʻq, gulbogʻlarim yoʻq. (S.Nur.)

Quyida tasdiq ma’nosi mavjud bo‘lgan iboralarni ko‘rib chiqamiz.
Misol uchun, o‘zbek tilidagi “ko‘zga ko‘rinmoq” iborasi “tanilmoq”, “o‘ziga

e’tiborni jalb qiladigan bo‘lmoq” degan ma’nolarni ifodalaydi.

U kombinatning ko‘zga ko‘ringan ip yigiruvchisi edi (Said Ahmad).
Onasi dunyodan o‘tgan paytda Nazokatxon ancha balog‘atga yetib, ko‘zga

ko‘rinib qolgan edi (“Bo‘rondan kuchli” Sh.Rashidov)

Ingliz tilida ushbu ma’noni ifodalash uchun “eye-catching” yoki “catch

somediv’s eyes” frazeologizmi qo‘llanadi.

She wore an eye-catching blouse.
Bu frazeologizmlarda tasdiq ma’no ifodalanyapti. Shuningdek, ba’zi iboralar

borki, ularda inkor shakllar kelsa-da, tasdiq ma’nolarni kuzatishimiz mumkin.
Masalan, o‘zbek tilidagi “ko‘zdan qochirmaslik” iborasida –ma bo‘lishsizlik
qo‘shimchasi bor, lekin mazmun jihatdan “qarab turmoq”, “poylamoq” ma’nosini
bilib olishimiz mumkin. Ingliz tilidagi “keep your eye pulled” frazeologizmi ham
shu ma’no uchun xizmat qiladi.

…Kimda gumoning bo‘lsa, uni

ko‘zdan qochirma,

iziga tush! (Oybek).

While his partner robbed the bank, he

kept his eye pulled

for the police.

Frazeologizmlarni o‘rganish jarayonida tasdiq shakldan ba’zan inkor ma’no

ifodalaydigan iboralarni ham o‘rgandik. Misol uchun, “ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar”
iborasi “hech narsani ko‘rmaslik, eshitmaslik” inkor ma’nosini beryapti.

-

Ko‘zing ko‘r, qulog‘ing karmi,

- Qodirov cho‘g‘ni bosgan kishiday sapchib

o‘rnidan turdi, - Oltinsoy sha’niga isnod keltirganini bilasanmi, hammaning
og‘zida duv-duv gap (“Bo‘rondan kuchli” Sh.Rashidov)


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

114

Ingliz tilida ham aynan ushbu ibora mavjud bo‘lmasada, uning alohida ikki

xil ko‘rinishi mavjud. “turn a deaf ear to something”, yoki “fall on deaf ears”, ya’ni
biror narsaga qulog‘ini kar qilib olmoq, e’tiborsiz qoldirmoq ma’nolarini
anglatadi. Misol uchun,

I told Mark to stop parking his car in front of our drive, but he just

turned a

deaf ear to it

.

Ikkinchi iboramiz esa “turn a blind eye to something” bo‘lib, o‘zbek tilidagi

“ko‘z yummoq” frazeologizmiga mos keladi hamda ko‘rmaganga olmoq
ma’nosini ifodalaydi.

The boss knows that we often waste time chatting, but she just

turns a

blind eye to it

.

Rahbarimiz ko‘p vaqtimizni suhbatlashib o‘tkazishimizni bilsada, buni

ko‘r

ma

ganga oladi., ya’ni ushbu gap tarkibida –ma inkor qo‘shimchasi bo‘lsada

gap tasdiq ma’noni ifodalagan.

Yana boshqa iboralarni ko‘rib chiqsak, “ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ”

frazeologizmida –ma bo‘lishsizlik shakli bilan “hayotda uchratmagan” kabi
tarjima qilinib, inkor ma’noni ifodalayapti.

Birdan koʻz koʻrib, quloq eshitmagan bir jonivorni koʻrgandek, hayron

boʻlib, sekin oʻrnidan turdi. (Guldasta)

Gap tarkibida inkor ma’noni ifodalovchi ibora ishlatilgan, ammo gapning

umumiy mazmuniga ta’sir ko‘rsatmagan.

Biz yuqorida nutqimizda ishlatiladigan ba’zi iboralarni ko‘rib, tahlil qilishga

harakat qildik. Berilayotgan fikrimizni aniq va tushunarli bo‘lishi uchun
frazeologizmlardan foydalanilsa, gap yanada mazmundor bo‘lishga hissa
qo‘shiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (references)::

1.

Geoffrey K. Pullum, Rodney Huddleston “The Cambridge Grammar of the

English Language”. Cambridge university press. 2002. Page 1687.
2.

Jennifer Seidl. W.McMordie “Oxford pocket English idioms”. Oxford

university press. 1992. Page 222
3.

Iskandarova Sh, Qurbonova B. Tilshunoslik nazariyasi. – Farg’ona. 2020. –

123 b
4.

Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati. –Toshkent.

1964. – 86-90 b
5.

Sh.Rashidov “Bo‘rondan kuchli” badiiy asari.

6.

www.google.fr

7.

www.google.com

8.

www.ziyonet.uz

Библиографические ссылки

Geoffrey K. Pullum, Rodney Huddleston “The Cambridge Grammar of the English Language”. Cambridge university press. 2002. Page 1687.

Jennifer Seidl. W.McMordie “Oxford pocket English idioms”. Oxford university press. 1992. Page 222

Iskandarova Sh, Qurbonova B. Tilshunoslik nazariyasi. – Farg’ona. 2020. – 123 b

Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati. –Toshkent. 1964. – 86-90 b

Sh.Rashidov “Bo‘rondan kuchli” badiiy asari.

www.google.fr

www.google.com

www.ziyonet.uz