THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
105
“SARVQOMAT DILBARIM” QISSASIDA QO‘LLANILGAN
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TAHLILI
Maftunabonu Muhammadova Sharop qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti Ôzbek tili va adabiyoti
kafedrasi professori
Buxoro davlat pedagogika instituti
1-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15654813
Annotatsiya:
Ushbu maqola iboralarning asarda qo‘llanilgan vaqtdagi
semantik ma’nosini ochib berishga qaratilgan.
Annotation:
This article discusses methods for revealing the semantic
meaning of expressions at the time they are used in a work.
Аннотация:
В статье рассматриваются методы выявления
семантического значения выражений в момент их употребления в
произведении.
Kalit so‘zlar:
turg‘un birikmalar, semantik ma`no, lingvistik o‘xshashlik va
farqlar.
Keywords:
stable compounds, semantic meaning, linguistic similarities and
differences.
Ключевые слова:
устойчивые соединения, семантическое значение,
языковые сходства и различия.
Til qurilishining lug‘at sathida leksik va frazeologik qatlam mavjud. Lug‘at
sathidagi frazeologik qatlam (uni o‘rganuvchi soha ham)
frazeologiya
deb
yuritiladi. Frazeologizmning semantik tuzilishi (ma’no imkoniyatlari)
frazeologik ma’no (barqaror birikma asosida ifodalanadigan axbarot) va
qo‘shimcha ma’no bo‘yoqdorligidan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida
frazeologiya sohasini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari boshlanganiga qirq yildan
oshdi. 50-yillargacha frazeologiya hali o‘zbek tilshunosligining tarikibiy qismi
bo`lib,alohida soha sifatida o`rganilib chiqilmagan edi.Bunday ishlar A.G‘ulomov,
U.Tursunov, A.K.Borovkov, F.Kamol, X.Zarif, V.Abdullayev, N.Mallayev singari
mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning qalamiga mansub edi.
Jumladan, A.Sa’diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning
Alisher Navoiy
asarlarida turg‘un birikmalar, xalq iboralarining qo‘llanilishiga oid fikrlari hozir
ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.
Frazeologizmlarning asarda keltirilishi leksik ma`nolarga qaraganda obraz
darajasining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Xuddi shunday tillar sirasiga
oltoy tillar oilasiga mansub
o‘zbek va qirg‘iz tillari
kiradi. O‘zbek va qirg‘iz
tillari o‘zining lingvistik jihatlari bo‘yicha o‘xshashliklarga hamda farqlarga ega.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
106
Ularning, avvalo, o‘zaro yaqinligi turkiy tillar oilasiga mansubligida namoyon
bo‘ladi.
Iboralar, asosan, hayotiy holatlar, tabiat hodisalari va odamlar o‘rtasidagi
munosabatlat bilan namoyon bo‘ladi. Jumladan,
Chingiz Aytmatovning
"Sarvqomat dilbarim" qissasi
XX asrning o‘rtalarida yozilgan qimmatli asarlardan
biri bo‘lib, o‘zining chuqur falsafiy va insonparvarlik ma’nolari bilan ajralib
turadi. Asarda qo‘llanilgan iboralar asar saviyasini oshirishga xizmat qilgan.
Chingiz Aytmatov “Qissalar” to`plamining muharriri va so`zboshi muallifi
VafoFayzulloh asar va ijodkorhaqidashunday fikrlarni keltiradi: “Sarvqomat
dilbarim”da adib mard va dono ,sabrli Boytemir tilidan mardona bir fikrni
keltiradi:”
Musibat pallalarida bir og`iz aytilgan gapning tagida necha barobar
ko`p haqiqatlar aytilmasdan turadi”.
Bu katta ijodkorning tarjimayi holiga ham
tegishli. Zero,san`atkor”dovul pallasida alanga chiqaruvchi”(Rejissyor Bahodir
Yo`ldoshevning san`atga ta`rifi) ekan, san`atkorning ham o`z hayoti anashu
bo`ronda kichadi. Bu dolg`ali hayotning ba`zi voqealari ,muhim qirralarini
yaqinlarining halol,xolis fikr,kuzatki ma`lumotlari biroz to`ldirishi mumiin. Eng
muhimi ,insonga harorat bag`ishlaydigani qalbi orqali o`tkazganjismoniy va
ma`naviy hayotibuyuk o`zanli asarlaridagi samimiy ,rost,go`zalva muhabbatli va
nafratli to`lqinlarda mavjlanib,shovullab yotadi”.Haqiqatan ham, ushbu asardagi
voqealar,go`yoki shamollar kabi o`quvchining o`y-fikrlarini turli tomonlarga olib
ketishdan,qayta-qayta tafakkur qilishdan aslo charchamaydi.Jumlalar shunchalik
darajada mukammalki,undagi har bir so`z qahramonlar xarakterini ochib
berishga qaratilgan. Bundan tashqari,
adib turg‘un bog‘lamalardan shunday
mahorat bilan foydalanadiki, xalqona iboralar orqali qahramonlar obrazi ifodali
ochib beriladi:
Goh so‘zi og‘zida to'xtab qolib, goh o‘ylanib,entikib hikoya qilib bersa-da,
juda maroqli bo‘ladi.
Ilyosning boshidan o‘tkazgan hayot sinovlari va uni
eslashga majbur qilingan vaziyatga nisbatan ijodkor og‘zida to‘xtab qolib
iborasini qo‘llaydi. Bu frazeologik birlikning ma’nosi
inson hayotida bo‘lgan
voqealarni aytishga iymanish ma’nosida kelmoqda.
Ya’ni Ilyos hayotini
anglamoqchi, ammo o‘zi bilmagan va tanimagan jurnalistga "to‘kilmoqchi"
ediham. Bu holatni anglagan jurnalist:
“Men o‘rinsiz savol berganimni payqab qolib, gapni boshqa yoqqa burishga
intildim”
degan jumlani ijodkor qahramonining tiliga o‘tkazadi. Gapni boshqa
tomonga burmoq, gapni chetga burmoq, so‘zni boshqa tomonga burmoq
iboralariga variant bo‘lgan chalg‘itish maqsadida to‘saTdan yangi mavzuga
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
107
o‘tmoq izohini beruvchi iborani qo‘llash orqali asardagi qahramonni so‘zga
checha, vaziyatlarga hushyor ekanligini ko‘rsatib beradi.
Bundan tashqari Chingiz Aytmatov shevaga oid so‘zlardan unumli
foydalanishi orqali ham voqealar rivojini yaqqol anglatishni o`z oldiga maqsad
qilib uddalay olgan ijodkordir.
.
Bu holat asar tarjimonining saviyasiga ham
bog‘liqdir. Ya’ni holatni ifodalashda
"kiprik qoqmaslik"
iborasining o‘rniga
shevada ishlatiluvchi "
mijja qoqmaslik
" iborasini keltiradi. Bu bilan
sira
uxlamaslik, bedorlikda ótkazmoq ma'nolarini
bermoqchi bo‘ladi.
Asar mutolaasi davrida yana bir holatni ko‘rish mumkin. Jismlar nomlari
bilan iboralarni keltirish va uni qahramon xarakteriga o‘tkazish bilan vaziyatni
mutanosib ravishda ochib beriladi. G‘irt mast shafyor hushidan ketib,taxtadek
qotib yotardi.
Asarda fitonimlarga ham e`tibor qaratilganini ko‘rish mumkin. Deraza
ortidan bog‘-rog‘lar, tokzorlarga qulf-urib yotgan ko‘m-ko‘k makkajo‘xori
dalalari o‘tib boradi.
Bu orqali qirg‘iz tabiati ham ,o‘zbek tabiati bilan o‘xshashligi ,xalqning
mehnatparvar ekanligidan dalolat berib turadi.
Qissada oziq-ovqat nomlari bilan bog‘liq turg‘un birikmalar qo‘llaniladi.
U
tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgandek bo‘lib, jim qolib papiros tutinini jon-jahdi bilan
torta boshladi.
Ushbu iboraning ma`nosi quyidagicha :
umidi puchga chiqmoq,bo‘shashmoq
ma`nolarini beradi. Ijodkor ushbu turg‘un bog‘lama orqali turkiy xalqlar nutqida
qo‘llaniladigan lingvomadaniy birliklarni keltirish bilan asar holatini yanada
chuqurlashtirib ochib beradi.
Xulosa qilib aytganda, frazeologik birliklar har qanday yozuvchi yoki shoir-
u notiqlar uchun tuganmas zahiradir. Ulardan mahorat bilan foydalanish esa
ijodkor asarini jozibali, o‘quvchiga yoqimli qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sh.Rahmatullayev .”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022
2.Chingiz Aytmatov.Tanlangan asarlar.”Sarvqomat Dilbarim”qissasi. “Sharq”
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi,2016.
3. Ixtiyorbek Norov,. & Matmuratova Muyassar, . (2024). O‘ZBEK
FRAZEOLOGIYASINING O‘RGANILISH TARIXI. Международный журнал
теории новейших научных исследований, 2(9), 11–18. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/ijrs/article/view/60148
