ARAB MATNSHUNOSLIGIDA – ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR O‘RNI
Ushbu maqolada arab matnshunosligida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Arab tilidagi qadimiy qo‘lyozmalar, matnlar va ilmiy merosni tadqiq qilish, saqlash va nashr etishda raqamli texnologiyalarning roli yoritiladi. Xususan, sun’iy intellekt, optik belgilarni aniqlash (OCR), big data va blokcheyn kabi texnologiyalar orqali arab matnlarini avtomatlashtirilgan tahlil qilish, tarjima qilish va elektron shaklda saqlash imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, zamonaviy matnshunoslikka oid xalqaro loyihalar, elektron kutubxonalar va onlayn platformalar misolida arab matnshunosligi rivojlanishining yangi bosqichlari ko‘rib chiqiladi.