THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
93
ENG “UYQUCHI” VA DOIMIY DIEATADA YURADIGAN XALTALI
AYIQCHA
Abdullayeva Kamola Mirzaaxatjonovna
O`zbekiston Davlat Jahon Tillari
Universitetining akademik litseyining
biologiya fani o`qituvchisi
+99897 715-00-81
https://doi.org/10.5281/zenodo.15286907
Avstraliyaning sharqiy va janubiy hududlarida tarqalgan endemik turlardan
biri bo`lmish koala o`zining yoqimtoy ko`rinishi va bir tutam sochlari bilan
ko`pchilikni o`ziga jalb qiladi. Kolaning faqatgina shu hududlarga yashashiga
asosiy sabab esa uning asosiy oziqasi bo`lmish evkalipt daraxtining o`sishi uchun
shu hududlardagina namlikning yetarli ekanligi hisoblanadi. Koala so‘zi aborigen
tilidan olingan bo‘lib, "suv ichmaydigan" degan ma’noni anglatadi, chunki
mahalliy aholining fikricha, bu hayvonlar umuman suv ichmaydi. XVIII asrlarda
Yevropaga kelgan ilk ko`chmanchi odamlar bu hayvonni yumaloq tana shakliga
ega ekanligini ko`rib uni koala ayiqchasi deb nomlashgan. Shuningdek, urg`ochi
koalalarning qornida bolasini olib yurishi uchun maxsus xaltachasi ham
mavjudligi, ushbu hayvinlarning ayiqlarga aloqasi yo`qligini ko`rsatadi. Hozirda
koalalar koala oilasining yagona turi hisoblanadi.
Koalalar ixcham va zich gavdaga ega bo‘lib, uzunligi 80 sm gacha, vazni esa 5–14
kg orasida bo‘lishi
mumkin. Ularning butun tanasi 2–3 sm qalinlikdagi
kulrang mo‘yna bilan qoplangan bo‘lib, bo‘yin atrofida oppoq junli "yoqa"
joylashgan. Bu yoqimli hayvonlarning katta,
yumaloq quloqlari
va
qoramtir, biroz bo‘rtib
chiqqan
burni
bor. Ularning uzun, kuchli
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
94
va harakatchan panjalari o'tkir tirnoqlarga ega bo‘lib, daraxtlarga bemalol
chiqishga moslashgan. Qizig‘i shundaki, koalalarning barmoqlaridagi kapillyar
izlar inson barmoq izlariga juda o‘xshash.
Nega koalalarning oziq ratsioni juda ixcham?
Koalalar faqat o‘simlik bilan oziqlanadigan hayvonlar bo‘lib, asosan evkalipt
daraxtining barglari va yosh novdalarini yeydi. Eng qiziq tarafi shundaki,
evkalipt barglarining deyarli shifobaxsh xususiyatlari aniqlanmagan bo`lsada,
bargida ma`lum miqdorda zahar ham to`plar ekan. Ular kuniga yarim
kilogrammdan bir kilogrammgacha o‘simlik oziq-ovqat iste’mol qiladi, ba’zan
esa mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun oz miqdorda tuproq
ham yeyishi mumkin.
Suvni ko‘pincha barglardan va daraxt tanalariga tushgan shudringdan oladi.
Koalalar suv ichmaydi degan qarash keng tarqalgan bo‘lsa-da, ular ba’zan qattiq
qurg‘oqchilik yoki kasallik davrida suv ichishi mumkin. Shuning uchun ham bu
hayvonga aynan koala ya`ni suv ichmaydigan degan nom berilgan.
Evkalipt barglari tolali va qattiq bo‘lgani uchun koalalar ularni uzoq vaqt
chaynab, yanoq xaltalarida saqlaydi. Bu xususiyat ularga oziqani g`amlab qo`yish
imkonini beradi. Ularning hazm qilish tizimi juda sust ishlaydi, moddalar
almashinuvi esa boshqa sutemizuvchilarga nisbatan ikki baravar sekinroq
kechadi.
Koalalar hid bilish sezgisi juda rivojlangan bo‘lib, yuzlab evkalipt turlaridan
o‘zlariga mos va xavfsiz bo‘lganlarini tanlaydi. Chunki yuqorida
ta`kidlanganidek, evkalipt bargalari o`zida ma`lum miqdorda zahar to`playdi,
xaltali ayiqchalar kuchli xid bilish sezgisi tufayli zaharsiz bargalarni ajratib olib
iste`mol qiladi. Olimlar fikriga ko‘ra, koalalar genetik jihatdan ana shunday
maxsus oziqlanish tartibiga moslashgan.
Koala (Phascolarctos cinereus) genlari tadqiq qilingach, olimlar ushbu
hayvonlarning yuragi, jigar va boshqa organlarida faol gen guruhlarini
aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Tadqiqot natijalari koalalarning bir qator o‘ziga
xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Masalan, ularning achchiq ta’mni
sezishga javob beruvchi retseptorlari ancha rivojlangan bo‘lib, ta’mning turli xil
soyalarini farqlash qobiliyatiga ega.
Bundan tashqari, koalalar barg shirasining tarkibini aniqlash va shirin ta’mni
sezish uchun qo‘shimcha gen to‘plamiga ega. Aynan shu xususiyatlar ularga
oziqovqatning ozuqaviy qiymatini aniq baholash, toksik moddalarni
zararsizlantirish va barglarni hazm qilishga yaroqli holga keltirish imkonini
beradi. Bu xususiyatlar koalalar hayoti uchun juda muhim, chunki evkalipt
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
95
barglari past kaloriyali bo‘lib, hayvonlar energiya yetishmovchiligiga duch
kelmaslik uchun eng to‘yimli barglarni tanlashi kerak.
Nega aynan evkalipt?
Evkalipt barglari tarkibida fenol birikmalari (masalan, taninlar) va terpenlar
kabi ikkilamchi metabolitlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati boshqa
sutemizuvchilar uchun zaharli hisoblanadi. Shuningdek, ushbu barglar tolali va
kaloriyasi past bo‘lgani sababli, koalalar oziq-ovqat borasida deyarli raqobatga
duch kelmaydi.
Koalalarning tish tuzilishi va ovqat hazm qilish tizimi bunday murakkab oziqaga
moslashgan. Ularning o‘tkir old tishlari barglarni uzib olishga, jag‘ tishlari esa
ularni maydalashga moslashgan. Old va jag‘ tishlari orasidagi bo‘shliq (diastema)
tilga ozuqani oson siljitishga yordam beradi.
Ko‘r ichakning uzunligi tana hajmiga nisbatan koalalarda barcha sutemizuvchilar
orasida eng kattasi hisoblanadi (o‘rganilgan turlar orasida). Bundan tashqari,
ular iste’mol qilgan oziq-ovqatni hazm qilish tizimida ushlab turish muddati eng
uzoq davom etadi, bu esa oziq-ovqatni samarali hazm qilish imkonini beradi.
Ko‘r ichakda yashovchi bakteriyalar barglarning tarkibidagi selluloza va ligninni
fermentlash orqali hazm jarayonini osonlashtiradi.
Koalalarning hayot tarzi
Koalalar umrining katta qismini evkalipt daraxtlarida o‘tkazadi. Ular kunduzi
shoxlarga mahkam yopishib, harakatsiz holatda 16–18 ba`zan 22 soat davomida
uxlaydi, kechasi esa daraxtlarga chiqib, barglar bilan oziqlanadi. Kolalarning bu
xususiyati ularning hayvonlar ichidagi meng uyquchisi ekanligini ko`rsatadi.
Ba’zan koalalar daraxt tanasiga mahkam yopishib, unga bosilib turadi.
Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, bu harakat issiqlikdan himoyalanish uchun
xizmat qiladi, chunki daraxt tanasi havoga qaraganda bir necha daraja salqinroq
bo‘ladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
96
Koalalar juda epchil bo‘lib, bir daraxtdan ikkinchisiga sakrab o‘tishi yoki to‘rt
panjasida harakatlanishi mumkin. Ular zarur bo‘lsa, boshqa evkalipt
o‘rmonlariga ham ko‘chib o‘tadi. Agar yo‘lda daryo yoki soyga duch kelsa, suzib
o‘tish qobiliyatiga ham ega.
Koalalarning kamayib ketishi va muhofaza qilinishi
XIX–XX asrlar o‘rtalarida koalalar ommaviy qirg‘in qilingan. 1927 yilda ularni
ovlash taqiqlangan bo‘lsa-da, ularning soni faqat 1950-yillarga kelib astasekin
tiklana boshladi.
Hozirgi vaqtda koalalarga o‘rmonlarning kesilishi, iqlim o‘zgarishi va yong‘inlar
jiddiy xavf tug‘diradi. 2019–2020 yillardagi o`rmon yong‘inlari natijasida ushbu
hayvonlarning uchdan bir qismi nobud bo‘ldi. Shuningdek, koalarning bir tutam
sochlari ularni brokanerlar tomonidan qirilishiga sabab bo`ldi.
Koalalar turli infeksiyalarga, xususan xlamidioz kabi kasalliklarga juda moyil.
Ularning sog‘ligini saqlash maqsadida Avstraliyada maxsus klinikalar tashkil
etilgan. Yovvoyi tabiatda ularning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 12–13 yil
bo‘lsa, asirlikda 20 yilgacha yashashi mumkin.
1999 yildan buyon Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (IUCN) koalalarni
himoya ostidagi turlar qatoriga kiritgan. Bugungi kunda Avstraliyada ularni
saqlab qolish bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilmoqda hamda ushbu noyob
hayvonlar uchun ikkita qo‘riqxona tashkil etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Menkhorst, P., & Knight, F. (2010). A Field Guide to the Mammals of
Australia. Oxford University Press.
2.
Martin, R., Handasyde, K., & Krockenberger, A. (2008). Koala: Natural
History, Conservation and Management. CSIRO Publishing.
3.
Australian
Koala
Foundation.
(2020).
Koala
Facts.
https://www.savethekoala.com
4.
International Union for Conservation of Nature (IUCN). (2021). Red List of
Threatened Species: Phascolarctos cinereus. https://www.iucnredlist.org
5.
Narayan, E. (2019). Physiological stress and reproductive suppression in
marsupials: The role of chronic stress and social environment. General and
Comparative Endocrinology, 276, 54–64.
6.
Seabrook, L., McAlpine, C., & Baxter, G. (2011). Drought-driven change in
wildlife distribution and how it can affect habitat conservation. Biodiversity and
Conservation, 20(4), 875–887.
7.
Goldingay, R.L., & Dobner, B. (2014). Home range areas of koalas in an
urban area of north-east New South Wales. Australian Mammalogy, 36(1), 74–
80.
