AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING OG‘ZAKI NUTQ RIVOJIGA TA’SIRI

Abstract

Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining og‘zaki nutqni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Interaktiv vositalar, multimedia materiallari, shuningdek, texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’siri, ularni to‘g‘ri qo‘llash usullari haqida fikr yuritiladi. Maqola ta’limda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish orqali og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirishni takomillashtirishga qaratilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
11-14
22

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Alimardanova , S. . (2025). AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING OG‘ZAKI NUTQ RIVOJIGA TA’SIRI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(8), 11–14. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/80920
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining og‘zaki nutqni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Interaktiv vositalar, multimedia materiallari, shuningdek, texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’siri, ularni to‘g‘ri qo‘llash usullari haqida fikr yuritiladi. Maqola ta’limda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish orqali og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirishni takomillashtirishga qaratilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

11

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING OG‘ZAKI NUTQ RIVOJIGA

TA’SIRI

Alimardanova Sitora Ikrom qizi

Termiz davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15253613

Annotatsiya:

Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining og‘zaki nutqni

rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Interaktiv vositalar, multimedia
materiallari, shuningdek, texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’siri, ularni to‘g‘ri
qo‘llash usullari haqida fikr yuritiladi. Maqola ta’limda zamonaviy
yondashuvlardan foydalanish orqali og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirishni
takomillashtirishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Og‘zaki nutq, axborot texnologiyalari, ta’lim, multimedia

vositalari, interaktiv metodlar, nutq madaniyati, raqamli texnologiyalar,
zamonaviy dars.

Аннотация:

В

статье

рассматривается

роль

и

значение

информационных технологий в развитии устной речи. Обсуждаются
положительные и отрицательные эффекты интерактивных инструментов,
мультимедийных материалов, а также технологий и методы их
правильного использования. В статье рассматриваются вопросы
совершенствования развития устной речи посредством использования
современных подходов в образовании.

Ключевые слова:

Устная речь, информационные технологии,

образование, мультимедийные средства, интерактивные методы,
культура речи, цифровые технологии, современный урок.

Abstract:

This article discusses the role and importance of information

technologies in the development of oral speech. Interactive tools, multimedia
materials, as well as the positive and negative effects of technologies, methods of
their correct application are considered. The article is aimed at improving the
formation of oral speech skills through the use of modern approaches in
education.

Keywords:

Oral speech, information technologies, education, multimedia

tools, interactive methods, speech culture, digital technologies, modern lesson.

Bugungi globallashuv va raqamlashtirish davrida axborot texnologiyalari

jamiyatning barcha jabhalarida, xususan ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish nafaqat bilim olish
jarayonini qulaylashtiradi, balki o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini, xususan
og‘zaki nutqini rivojlantirishda ham katta imkoniyatlar yaratadi. Og‘zaki nutq


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

12

shaxsning ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli ishtirok etishi, fikrini erkin va aniq
ifoda etishi, boshqalar bilan samarali muloqot o‘rnatishida muhim omil
hisoblanadi. Axborot texnologiyalari orqali ta’lim jarayoni interaktiv va shaxsga
yo‘naltirilgan shaklga ega bo‘ladi. O‘quvchilarning mustaqil izlanish olib
borishiga, ma’lumotlarni tezkor izlash va tahlil qilishiga, hamkorlikda ishlash va
fikr almashish ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon yaratiladi. Shuningdek, AT
vositalari orqali dars mazmuni vizual, audio va interaktiv shaklda yetkazilad,
turli uslubdagi topshiriqlarni tezkor va individual tarzda berish mumkin bo‘ladi.
Bu esa o’z navbatida, ta’lim sifati oshashiva o‘quvchilarning qiziqishi ortishiga
zamin bo’ladi.Ta’limdagi bu texnologik yondashuvlar nafaqat bilim olish, balki
og‘zaki nutqni rivojlantirishda ham samarali platforma sifatida xizmat qilmoqda.

Tahlil va natija.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalari

vositasida og‘zaki nutqni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy
samara bermoqda. Jumladan, o‘quvchilarning eshitish orqali idrok etish, fikrni
og‘zaki ifodalash, savol-javob shaklida muloqot qilish, mustaqil so‘zlashuv
faoliyatiga jalb etish kabi kompetensiyalari sezilarli darajada rivojlanmoqda.
Darslarda videomateriallar, interaktiv suhbatlar, onlayn platformalar orqali
nutqiy faollik oshgani kuzatilmoqda. Bu borada bir qator pedagog ustozlarimiz
izlanish olib borishgan. T. Yo‘ldoshev , N. Mahmudov, M. Qodirova G. Mavlonova
va Z.Ismoilovalar maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda og‘zaki nutqni
rivojlantirish usullarini o‘rgangan.

Biroq tahlillar shuni ham ko‘rsatadiki, texnologiyalarni haddan tashqari

ko‘p yoki nazoratsiz qo‘llash ba’zida og‘zaki muloqotga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Jumladan, jonli muloqot kamayadi, o‘z fikrini grammatik jihatdan
to‘g‘ri ifodalashga e’tibor susayadi, va til madaniyatida soddalashuv holatlari
ko‘zga tashlanadi. Shu bois, AT vositalarini maqsadli, muvozanatli va metodik
asoslangan tarzda qo‘llash muhim hisoblanadi.

Natijalar quyidagilardan iborat:
-Axborot texnologiyalari og‘zaki nutqni rivojlantirishda samarali vosita

bo‘lib xizmat qilmoqda.

- O‘quvchilarning so‘z boyligi, talaffuzi va fikrni ifodalash salohiyati

multimedia vositalari orqali rivojlanmoqda.

-Nutqiy mashg‘ulotlarni Axborot texnologiyalari orqali tashkil etish

o‘quvchilarning muloqotga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda.

- AT vositalarini nazorat ostida, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar asosida

qo‘llash eng maqbul yo‘ldir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

13

O‘quvchilar uchun og‘zaki nutqni o‘stirishning quyidagi usuullari ham

mavjud: Kitob o‘qish va hikoya qilib berish, yangi so‘zlar o‘rganish, savol-javob
o‘yinlari o‘ynash,“Nima uchun?”, “Qanday?”, “Agar shunday bo‘lsa-chi?” kabi
savollarga o’ziga javob berish, tez aytishlar va maqollar yod olish, maqollarni
yodlab, ularning ma’nosini tushuntirish, rolli o‘yinlarda ishtirok etish ham
samarali usulllardan biridir. Axborot texnologiyalarining nutq rivojiga nojo‘ya
ta’siri

Axborot texnologiyalari o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda ko‘p foyda

bersa-da, ularni me’yoridan ortiq yoki noto‘g‘ri qo‘llash og‘zaki nutqning
sekinlashishiga va buzilishiga olib kelishi mumkin. Quyidagi salbiy ta’sirlar
ayniqsa dolzarb:

-

yuzma-yuz muloqotning kamayishi;

-

so‘z boyligining qisqarishi;

-

tovush va talaffuz xatolari

-

audioni kam eshitish, noto‘g‘ri talaffuz qilinadigan kontentlar (masalan,

chet el videolari) orqali noto‘g‘ri talaffuz shakllanadi;

-

passiv muloqotga o‘rganish;

-

faqat tinglash (masalan, video ko‘rish) bilan cheklanib, o‘quvchi faol

suhbatga kam jalb etiladi;

O‘quvchilar ko‘proq telefon, kompyuter orqali muloqot qilgani sababli real

hayotdagi jonli suhbatlarda qiyinchilikka duch kelishadi. Muloqotdan cho‘chish,
o‘z fikrini aytishdan tortinish kuzatiladi. Nutqiy faoliyat pasayadi, so‘zlashuvga
bo‘lgan ishtiyoq kamayadi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida

og‘zaki nutqni rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Multimedia
vositalari, interaktiv darslar, onlayn platformalar va mobil ilovalar orqali
o‘quvchilar fikr bildirish, savol-javob qilish, muloqotga kirishish kabi nutqiy
faoliyatlarda faollashmoqda.

Biroq, texnologiyalarni noto‘g‘ri yoki ortiqcha qo‘llash salbiy oqibatlarga

ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun axborot texnologiyalaridan
foydalanishda muvozanat, metodik yondashuv va maqsadlilik muhim omil
hisoblanadi.

Ta’limda axborot texnologiya vositalaridan foydalanishni samarali va to‘g‘ri

maqsadli takomillashtirilib, ular orqali o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasi,
balki og‘zaki nutqi, muloqot madaniyati va fikrlash salohiyati ham
rivojlantirilishi lozim.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

14

Adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2017 yil.
2.Mahmudov N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.
3.Yo‘ldoshev T. Nutq madaniyati va uslublar. – Toshkent: Fan va texnologiya,
2011.
4. Isroilova Z. Til o‘rgatishda lingvodidaktik yondashuv. – Toshkent: TDPU, 2019
5. Qodirova M. Boshlang‘ich ta’limda og‘zaki nutqni rivojlantirish usullari. –
Toshkent: Ma’naviyat, 2020.
6. Mavlonova G. Ta’limda interaktiv metodlar. – Toshkent: Fan, 2012.
7. Sattorova, M.A. (2024). The importance of developing national pride in
primary school students through the science of upbringing. Education, science
and innovation, No.
8. Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi and Feruza Hayitova Abdullayevna, “THE
ROLE OF PICTURES IN THE FORMATION OF STUDENTS ’CREATIVE ABILITY IN
LITERACY LESSONS”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no.
4, p. 3, Jul. 2021.
9. Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “ Enhancing creativity in the process of
developing studentso speech “ The American Journal of Social Science and
education Innovations (ISSN – 2689-100x) Published Published: June 28, 2021 |
https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03 Иссуе06-24 IMPACT FACTOR
2021: 11. 857 OCLC – 1121105668 Pages: 140-143 Америка
10. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY SALOHIYATINI HAMDA
KREATIVLIGINI OSHIRISHDA MENTAL ARIFMETIKANING O'RNI M Ziyaqulova, S
Ashurova, N Toshpulatova - Development and innovations in science, 2023
11. The importance of riddles in the development of students creativity in the
learning process ZMS Qizi - Asian Journal Of Multidimensional Research, 2021
12. BOSHLANGICH SINF OQUVCHLARINING LUGATLAR BILAN ISHLASH
JARAYONIDA KREATIVLIGINI OSHIRISH MSQ Ziyaqulova, HIQ Raxmatova - … :
Innovative, educational, natural and social sciences, 2021
13. Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘Problems and solutions of scientific and
innovative research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni
shakllantirish mexanizmi’’- 2024- yil 182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07
universalconference.us

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil.

Mahmudov N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.

Yo‘ldoshev T. Nutq madaniyati va uslublar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2011.

Isroilova Z. Til o‘rgatishda lingvodidaktik yondashuv. – Toshkent: TDPU, 2019

Qodirova M. Boshlang‘ich ta’limda og‘zaki nutqni rivojlantirish usullari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2020.

Mavlonova G. Ta’limda interaktiv metodlar. – Toshkent: Fan, 2012.

Sattorova, M.A. (2024). The importance of developing national pride in primary school students through the science of upbringing. Education, science and innovation, No.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi and Feruza Hayitova Abdullayevna, “THE ROLE OF PICTURES IN THE FORMATION OF STUDENTS ’CREATIVE ABILITY IN LITERACY LESSONS”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no. 4, p. 3, Jul. 2021.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “ Enhancing creativity in the process of developing studentso speech “ The American Journal of Social Science and education Innovations (ISSN – 2689-100x) Published Published: June 28, 2021 | https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03 Иссуе06-24 IMPACT FACTOR 2021: 11. 857 OCLC – 1121105668 Pages: 140-143 Америка

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY SALOHIYATINI HAMDA KREATIVLIGINI OSHIRISHDA MENTAL ARIFMETIKANING O'RNI M Ziyaqulova, S Ashurova, N Toshpulatova - Development and innovations in science, 2023

The importance of riddles in the development of students creativity in the learning process ZMS Qizi - Asian Journal Of Multidimensional Research, 2021

BOSHLANGICH SINF OQUVCHLARINING LUGATLAR BILAN ISHLASH JARAYONIDA KREATIVLIGINI OSHIRISH MSQ Ziyaqulova, HIQ Raxmatova - … : Innovative, educational, natural and social sciences, 2021

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘Problems and solutions of scientific and innovative research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi’’- 2024- yil 182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07 universalconference.us