INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIMGA YO‘NALTIRILGAN INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqola mavzusining alohida dolzarbligi inson kapitaliga investitsiyalar mamlakatda faol iqtisodiy o‘sish yo‘li ekanligidir. Inson kapitaliga investitsiyalar – ishchilarning kelajakdagi mehnat unumdorligini oshirish uchun sarflanadigan xarajatlar va har bir alohida kapital tashuvchilarning va butun jamiyatning kelajakdagi daromadlarining o‘sishiga hissa qo‘shishi. Bu, bir tomondan, kapital egasining daromadlarini oshirishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, davlatning iqtisodiy o‘sishiga hamroh bo‘ladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
77-83
26

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xasanova , A. ., & Saxatova, M. (2025). INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIMGA YO‘NALTIRILGAN INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(5), 77–83. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/72729
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola mavzusining alohida dolzarbligi inson kapitaliga investitsiyalar mamlakatda faol iqtisodiy o‘sish yo‘li ekanligidir. Inson kapitaliga investitsiyalar – ishchilarning kelajakdagi mehnat unumdorligini oshirish uchun sarflanadigan xarajatlar va har bir alohida kapital tashuvchilarning va butun jamiyatning kelajakdagi daromadlarining o‘sishiga hissa qo‘shishi. Bu, bir tomondan, kapital egasining daromadlarini oshirishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, davlatning iqtisodiy o‘sishiga hamroh bo‘ladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

77

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIMGA

YO‘NALTIRILGAN INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI

Xasanova Aziza Ikromovna

Xalqaro innovatsion unversiteti assistant-o‘qituvchisi

azizaxasanova799@gmail.com

Saxatova Muqaddas Tashpo‘latovna

Xalqaro innovatsion unversiteti assistant-o‘qituvchisi

mukaddassaxatova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15037275

Annotatsiya.

Ushbu maqola mavzusining alohida dolzarbligi inson

kapitaliga investitsiyalar mamlakatda faol iqtisodiy o‘sish yo‘li ekanligidir. Inson
kapitaliga investitsiyalar – ishchilarning kelajakdagi mehnat unumdorligini
oshirish uchun sarflanadigan xarajatlar va har bir alohida kapital
tashuvchilarning va butun jamiyatning kelajakdagi daromadlarining o‘sishiga
hissa qo‘shishi. Bu, bir tomondan, kapital egasining daromadlarini oshirishga
imkon bersa, ikkinchi tomondan, davlatning iqtisodiy o‘sishiga hamroh bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:

inson kapitali, investitsiyalar, ta’lim, iqtisodiy o‘sish, hayot

sifati, innovatsion iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy rivojlanish.

Аннотация.

Особая актуальность темы данной статьи состоит в том,

что инвестиции в человеческий капитал являются способом активного
экономического роста в стране. Инвестиции в человеческий капитал — это
расходы,

осуществляемые

с

целью

повышения

будущей

производительности труда работников и способствующие росту будущих
доходов отдельных носителей капитала и общества в целом. Это, с одной
стороны, позволяет увеличить доходы владельца капитала, а с другой –
сопутствует экономическому росту государства.

Ключевые слова:

человеческий капитал, инвестиции, образование,

экономический рост, качество жизни, инновационное экономическое
развитие, социальное развитие.

Abstract.

The special relevance of the topic of this article is that investment

in human capital is a way of active economic growth in the country. Investments
in human capital are expenditures made to increase the future productivity of
workers and contribute to the growth of future incomes of individual capital
carriers and society as a whole. This, on the one hand, allows to increase the
income of the capital owner, and on the other hand, accompanies the economic
growth of the state.

Key words:

human capital, investments, education, economic growth,

quality of life, innovative economic development, social development.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

78

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida innovatsion rivojlanishning

asosiy ko‘rsatkichi milliy boylikning umumiy tarkibida inson kapitalining ulushi
hisoblanadi. Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish davrida yuqori malakali kadrlar
tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Yuqori darajadagi
ta’lim va professionallik bugungi kunda raqobatbardoshlik, innovatsiyalar va
iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi asosiy vositadir. Ta’lim darajasi nafaqat mehnat
daromadining kafolati, balki ishsizlik xavfini minimallashtirish imkonini
beruvchi ijtimoiy harakatchanlik kafolati hisoblanadi.

Inson kapitalini rivojlantirishda ta’limga yo‘naltirilgan investitsiyalar juda

katta ahamiyatga ega. Ta’limga qilingan investitsiyalar insonning shaxsiy
rivojlanishiga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga va mamlakatning global
raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

Inson kapitalining asosiy tarkibiy qismlarini ta’lim kapitali va mehnat

kapitali deb ajratish mumkin. Mehnat kapitaliga kiruvchi inson qobiliyatlari
majmui ularning daromad olish qobiliyati nuqtai nazaridan baholanadi. Inson
kapitalining asosiy tarkibiy qismlarini ta’lim kapitali va mehnat kapitali deb
ajratish mumkin. Mehnat kapitaliga kiruvchi inson qobiliyatlari majmui ularning
daromad olish qobiliyati nuqtai nazaridan baholanadi.

B.Genkin ta’rifiga ko‘ra, inson kapitali “hosildorlikni belgilovchi va shaxs,

oila, korxona va jamiyat uchun daromad manbaiga aylanishi mumkin bo‘lgan
sifatlar yig‘indisidir”, M.Kolosnitsina ta’rifiga ko‘ra, inson kapitali – “insonda
mujassamlangan daromad olish qobiliyati”dir

1

. G.Bekker inson kapitalining

zamonaviy nazariyasi asoschisi bo‘lib, u inson kapitalida bilim, ko‘nikma va
motivatsiyani alohida ajratib ko‘rsatadi.

Ta’lim inson kapitalining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Inson kapitali

darajasi va sifatini oshirishda ta’limga investitsiyalar eng muhim hisoblanadi.
Ta’limga investitsiyalar inson kapitaliga sarmoya kiritishning asosiy, eng keng
tarqalgan va chuqur o‘rganilgan sohasidir. Ta’limga qilingan investitsiyalar
odamlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi. Bu esa
insonlarning ishchi kuchi sifatini yaxshilaydi, ularning yuqori malakali va
innovatsion yechimlarni ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’limda
berilgan bilimlar va ko‘nikmalar iqtisodiyotda talab qilinadigan sohalarda
ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu orqali iqtisodiyotda yuqori
samaradorlikka erishish mumkin. YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarning
daromadlaridagi farqning 60 foizi turli xil ta’lim darajasiga, 40 foizi esa boshqa
barcha omillarga (sog‘liq, tabiiy qobiliyatlar, ijtimoiy kelib chiqishi) bog‘liq.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

79

Ta’limga qilingan investitsiyalar kelajak avlodining rivojlanishiga katta

ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlarni yaxshi ta’lim olishga undash, ularning kasbiy
ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni jamiyatda faol qatnashishga tayyorlash
orqali jamiyatning kelajagi ta’minlanadi. Yoshlar ta’lim olish orqali kelajakda
o‘ziga ishonch hosil qiladi va jamiyatga foydali a’zo bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Mamlakat rivojlanishi o‘sib kelayotgan yosh avlod salohiyatiga bog‘liq.

O‘zbekistonning yosh avlod vakillari yaqin kelajakda mamlakat taraqqiy etish
yo‘llarini aniqlashi lozim, ularga berilayotgan ta’lim sifati mamlakat siyosiy va
ijtimoiy tuzumiga muhim ta’sir ko‘rsatadi.

Oliy ta’lim muassasalarining kuchli moddiy-texnik bazasi, ularning

zamonaviy jihozlanishi talaba(magistrant)larning yanada ko‘proq dunyoviy
bilimlar olishga, o‘qish-o‘rganishga chorlaydi. Davlat ta’lim xizmatlari
iste’molchilariga, shaxslarga ta’lim sifati va yuqori malakali kadrlar
tayyorlashni kafolatlashi kerak. Shaxs,

ta’lim

xizmatlari

ishlab

chiqaruvchilari kabi ta’limning muvofiq darajasiga va malakasiga ega bo‘lib, o‘z
faoliyatida ishlab chiqarishda, fanda, madaniyat va xizmatlar sohasida bilim,
uquv, ko‘nikma va tajribalarini boshqalarga beradi.

Inson kapitaliga investitsiyalar ularni investitsiya xarajatlarining boshqa

turlaridan ajratib turadigan bir qator xususiyatlarga ega.

1. To‘plangan bilim va ko‘nikmalar kelajakda daromad keltirishi mumkin

bo‘lgan taqdirdagina ta’limga sarflangan mablag‘lar inson kapitaliga
investitsiyalar hisoblanadi.

2. Ta’lim darajasini oshirishdan keladigan daromadning o‘sishining yuqori

chegarasi mavjud. Shaxsning keyingi tayyorgarligi (magistratura, aspirantura,
doktorantura) bilan bog‘liq yuqori darajadagi ta’lim daromadning tobora
kichikroq o‘sishini ta’minlaydi: o‘qitishning muqobil va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xarajatlari oshadi. Shu bilan birga, daromadi biroz oshganiga qaramay,
insonning ta’limni davom ettirish qarori, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish
imkoniyati, boshqa omillar ta’sir qilishi mumkin.

3. Insonga sarmoyaning qaytarilishi ish hayotining davomiyligiga bog‘liq.
4. Inson kapitali nafaqat to‘planishi mumkin, balki jismoniy va ma’naviy

eskirishga ham duchor bo‘ladi.

Bevosita insonga qo‘yiladigan investitsiyalar boshqa jarayonlardagidek

foyda olishni rejalashtiradi, inson kapitali nazariyasi ta’limning iqtisodiy
samaradorligini aniqlash vositasi sifatida qaraladi, chunki ta’limga kiritilgan har
qanday sarmoya (investitsiya) albatta iqtisodiy samara beradi. Shuningdek,
talaba(magistrant)ning oliy ma’lumot olishi uchun sarflanadigan xarajatlarni,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

80

bevosita o‘quv xarajatlari, ta’lim jarayonida talaba (magistrant) kerakli bilim va
malakalarni olmagan bo‘lsa, bular foydalanilmagan xarajatlar deb talqin qilinadi.

Tadqiqotlar natijasiga muvofiq hozirgi davrda ko‘pgina OTMlari turli yo‘llar

bilan sarmoya(investitsiya)lar topish bilan shug‘ullanadilar, jumladan,
abituriyentlar uchun fanlar bo‘yicha qisqa muddatli va bir yillik tayyorlov
kurslarini tashkil etish, tashkilot (korxona, muassasa, konsern, kompaniya va b.)
buyurtmasiga ko‘ra ilmiy izlanishlar olib borish, turli yo‘nalishlardagi qisqa
muddatli kurslar, ta’lim dasturlari, madaniy-ma’rifiy dasturlarni tayyorlash,
kasbga yo‘naltiruvchi sohalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun
ishlanmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqish, xullas, OTMlari o‘zlarida to‘plangan
bilim, malaka va tajribalarni interpretatsiya qilish, shu bilimlarni
mustahkamlash, ulardan samarali foydalanish va hokazo.

Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib respublika OTMlarining jahon

ta’lim tizimi bilan integratsiyalashishga yuz tutishi, respublika OTMlari
tarmog‘ini takomillashtirish maqsadida xalq xo‘jaligi tarmoqlari kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojlarini va fuqarolarning ta’lim ehtiyojlarini to‘laroq qondirishi,
talaba(magistrant)larning o‘z ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha
malakaga ega bo‘lishlari, oliy ta’limdan keyingi bosqichlarda tayyorgarlikdan
o‘tish bosqichlarida oliy ta’limning nufuzi va obro‘sini saqlash hamda taraqqiy
ettirish maqsadida “ta’lim-fan” tizimini kuchaytirilishi va boshqa qator vazifalar
hozirgi davrda O‘zbekiston oliy ta’limi tub o‘zgarishlarni boshidan
kechirayotganligidan dalolat beradi.

Ta’limdan tashqari, mamlakatning inson kapitalining rivojlanish darajasi

ham ta’lim darajasiga qarab ishsizlik darajasini belgilaydi. Ta’limga investitsiya
qilish ish o‘rinlarini yaratish va ishsizlikni kamaytirishga yordam beradi. Yaxshi
ta’limga ega bo‘lgan odamlar malakali ishchilar sifatida yuqori daromadli va
barqaror ish o‘rinlariga ega bo‘lishadi. Bu ishchilarning iqtisodiy barqarorligini
oshiradi va jamiyatda ishsizlik darajasini kamaytiradi.

Fuqarolar ta’lim va kasb-malakasi, mehnati, salomatligi, mentaliteti,

boshqaruvchilik, ijodiy, tadbirkorlik qobiliyatlari va boshqa imkoniyatlari inson
kapitali, inson kapitaliga sarmoyalar jalb qilish mehnat unumdorligini
oshirishning muhim vositasi, ta’lim darajasi esa ishchi kuchining eng oddiy va
eng zaruriy ko‘rsatkichidir. Hozirgi kunda mamlakatimizda xalq xo‘jaligida band
bo‘lgan oliy ma’lumotli bakalavr(magistr)lar soni, ularning o‘z mutaxassisliklari
bo‘yicha ishlashlari darajasi rivojlangan mamlakatlarning shu sohalardagi
ko‘rsatkichlaridan ancha past. Inson kapitaliga investitsiya qo‘yishdan olingan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

81

foyda bilan undan yaxshiroq usul orqali olingan foyda (qulayliklar) hajmi
tenglashsa, investitsiyalashni davom ettirishning zarurati bo‘lmaydi.

Ta’limga qilingan investitsiyalar jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy

barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Yaxshi ta’lim olgan odamlar
ko‘pincha iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi, yirik iqtisodiy farqni kamaytirishga
yordam beradi va jamiyatdagi tengsizlikni kamaytiradi. Ta’limning ta’siri bilan
odamlar nafaqat yuqori daromadli ishlar egasi bo‘lishadi, balki ijtimoiy
mas’uliyatli va barqaror jamiyatning qurilishida ishtirok etadilar.

Inson kapitalini rivojlantirish uchun ta’limga investitsiya qilish

innovatsiyalarni yaratishga va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga imkon
beradi. Yuqori malakali va bilimdon ishchilar yangi texnologiyalarni o‘rganadi,
mavjudlarni takomillashtiradi va yangi mahsulotlarni ishlab chiqadi. Ta’lim va
ilmiy izlanishlarga bo‘lgan investitsiyalar, ayniqsa ilm-fan, texnologiya,
muhandislik va matematikaga qaratilgan sohalarda rivojlanishni tezlashtiradi.

Inson kapitaliga qilingan investitsiyalar orqali mamlakat o‘zining global

raqobatbardoshligini oshiradi. Yaxshi ta’lim olgan va innovatsion fikrlashga ega
odamlar jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bu
mamlakatning xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi va
boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan o‘zining ustunligini saqlab
qolishiga imkon yaratadi.

XULOSA:

Ta’limga yo‘naltirilgan investitsiyalar inson kapitalini rivojlantirishning asosi
hisoblanadi. Bu nafaqat individuallarning o‘zlarini rivojlantirishiga yordam
beradi, balki butun jamiyat va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini,
innovatsion va texnologik taraqqiyotini hamda global raqobatbardoshligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Inson kapitaliga investitsiya qilish jamiyatning
kelajagini qurishda eng muhim omillardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. – М.:

Высшая школа экономики, 2003.
2.

Лысков А. Человеческий капитал: понятие и взаимосвязь с другими

категориями. // Менеджмент в России и за рубежом. 2004. № 6. С. 3-11.
3.

Kusainov T., Zhakupova Zh. Influence of the quality of human capital on

the efficiency of the economy of Kazakhstan. Society and еconomу, 2019, no. 6,
pp. 45-59.
4.

Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и

политика: В 2 т. – М.: Республика, 1992. Т. 2. – 400 с.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

82

5.

Mincer J. (1974). Schooling, experience, and earnings. Human Behavior &

Social Institutions No., 2.
6.

Tharenou P., Saks A.M. & Moore C. (2007). A review and critique of

research on training and organizational-level outcomes. Human Resource
Management Review, 17(3), 251-273.
7.

Ильинцкий И. Инвестирование в будущее: образование в

инвестиционном воспроизводстве. – СПб.: Изд. СПбУЭФ, 1996. – 163 с.
8.

Марцинкевич В.И., Соболева И.В. Экономика человека. Учеб. пособие

для высш. учеб. заведений. – М.: Аспект Пресс, 1995. – 286 с.
9.

Абдурахманов

К.Х.

Развитие

человеческого

капитала

в

инноввационной экономики. // “Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали”
илмий-электрон журнали. 2022 йил, махсус сон.
10.

Генкин, Б. М. Организация, нормирование и оплата труда на

промышленных предприятиях : учебник для вузов. — М. : Норма – ИНФРА-
М, 1998.
11.

Григорьева, Т. О. Бизнес-образование как фактор развития

управленческого потенциала промышлен ного предприятия : автореферат
дис. … канд. экон. наук. — М., 2001.
12.

Добрынин, А. И., Дятлов, С. А., Цыренова, Е. Д. Человеческий капитал

в транзитивной экономике : формирование, оценка, эффективность
использования. — СПб. : Наука, 1999.
13.

Добрынин, А. И., Дятлов, С. А., Цыренова, Е. Д. Человеческий капитал

в транзитивной экономике : формирование, оценка, эффективность
использования. — СПб. : Наука, 1999. С. 254.
14.

Драгончук, Л. С. Образование и развитие человеческого капитала в

России // Проблемы современной экономики. 2011. № 1.
15.

Дятлов С. А. Теория человеческого капитала. СПб.: Изд-во СПбУЭФ,

1996. 141 с. 2. Кендрик Дж. Совокупный капитал США и его формирование.
М.: Прогресс, 1978. 275 с.
16.

Макконел К. Р., Брю С. Л. Экономикс: Принципы, проблемы и

политика: В 2 т. М.: Республика, 1992. Т. 2. 400 с.
17.

Формирование

посткризисной

модели

хозяйствования

и

экономического роста России / Под ред. А. И. Добрынина, Е. С. Ивлевой.
СПб.: Изд-во СПбУУЭ, 2012. 338 с.
18.

Человеческий капитал: мировые тенденции и российская

специфика: Докл. и тезисы вы ступлений участников XVI Кондратьевских


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

83

чтений. (Москва, 19 ноября 2008 г.). М.: МФК им. Н. Д. Кондратьева. 2009.
409 с.
19.

Bozarov D. Methods of developing economic competence on the basis of

interdisciplinary relationship //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. –
№. 12. – С. 131-137.
20.

Bozarov D. CHIZIQLI VA KVADRATIK MODELLASHTIRISH MAVZUSINI

MUSTAQIL O ‘RGANISHGA DOIR MISOLLAR //Евразийский журнал
математической теории и компьютерных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 24-
28.
21.

Bozarov D. Bo ‘lajak iqtisodchi talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini

rivojlantirishning matematik tahlili //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 27. – С. 84-90.

References

Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. – М.: Высшая школа экономики, 2003.

Лысков А. Человеческий капитал: понятие и взаимосвязь с другими категориями. // Менеджмент в России и за рубежом. 2004. № 6. С. 3-11.

Kusainov T., Zhakupova Zh. Influence of the quality of human capital on the efficiency of the economy of Kazakhstan. Society and еconomу, 2019, no. 6, pp. 45-59.

Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика: В 2 т. – М.: Республика, 1992. Т. 2. – 400 с.

Mincer J. (1974). Schooling, experience, and earnings. Human Behavior & Social Institutions No., 2.

Tharenou P., Saks A.M. & Moore C. (2007). A review and critique of research on training and organizational-level outcomes. Human Resource Management Review, 17(3), 251-273.

Ильинцкий И. Инвестирование в будущее: образование в инвестиционном воспроизводстве. – СПб.: Изд. СПбУЭФ, 1996. – 163 с.

Марцинкевич В.И., Соболева И.В. Экономика человека. Учеб. пособие для высш. учеб. заведений. – М.: Аспект Пресс, 1995. – 286 с.

Абдурахманов К.Х. Развитие человеческого капитала в инноввационной экономики. // “Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали” илмий-электрон журнали. 2022 йил, махсус сон.

Генкин, Б. М. Организация, нормирование и оплата труда на промышленных предприятиях : учебник для вузов. — М. : Норма – ИНФРА-М, 1998.

Григорьева, Т. О. Бизнес-образование как фактор развития управленческого потенциала промышлен ного предприятия : автореферат дис. … канд. экон. наук. — М., 2001.

Добрынин, А. И., Дятлов, С. А., Цыренова, Е. Д. Человеческий капитал в транзитивной экономике : формирование, оценка, эффективность использования. — СПб. : Наука, 1999.

Добрынин, А. И., Дятлов, С. А., Цыренова, Е. Д. Человеческий капитал в транзитивной экономике : формирование, оценка, эффективность использования. — СПб. : Наука, 1999. С. 254.

Драгончук, Л. С. Образование и развитие человеческого капитала в России // Проблемы современной экономики. 2011. № 1.

Дятлов С. А. Теория человеческого капитала. СПб.: Изд-во СПбУЭФ, 1996. 141 с. 2. Кендрик Дж. Совокупный капитал США и его формирование. М.: Прогресс, 1978. 275 с.

Макконел К. Р., Брю С. Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика: В 2 т. М.: Республика, 1992. Т. 2. 400 с.

Формирование посткризисной модели хозяйствования и экономического роста России / Под ред. А. И. Добрынина, Е. С. Ивлевой. СПб.: Изд-во СПбУУЭ, 2012. 338 с.

Человеческий капитал: мировые тенденции и российская специфика: Докл. и тезисы вы ступлений участников XVI Кондратьевских чтений. (Москва, 19 ноября 2008 г.). М.: МФК им. Н. Д. Кондратьева. 2009. 409 с.

Bozarov D. Methods of developing economic competence on the basis of interdisciplinary relationship //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 131-137.

Bozarov D. CHIZIQLI VA KVADRATIK MODELLASHTIRISH MAVZUSINI MUSTAQIL O ‘RGANISHGA DOIR MISOLLAR //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 24-28.

Bozarov D. Bo ‘lajak iqtisodchi talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirishning matematik tahlili //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 27. – С. 84-90.