THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
44
ZARDO‘ZLIK SA’NATI TIKUV BUYUMLARINI ZARDO‘ZLIK USULI
BILAN BEZASH
Samatova Fotima Otakovna
Termiz davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15011150
Annotatsiya
Mazkur maqolada zardoʻzlik sanati va uning tikuv
buyumlarini bezashdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Zardo‘zlik — o‘ziga xos
milliy hunarmandchilik turi bo‘lib, matoga oltin va kumush iplardan,
shuningdek, marvarid, tosh va boshqa bezak elementlari yordamida naqsh
tushirish san’atidir. Ushbu uslub liboslar, pardalar, sumkalar va boshqa mato
buyumlarini nafis va boy koʻrinishga keltiradi. Maqolada zardo‘zlikning tarixi,
asosiy usullari va zamonaviy tikuvchilik sohasidagi ahamiyati haqida batafsil
ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar
: Zardo‘zlik san’ati, hunarmandchilik, tikuv buyumlari ,
zardo‘zlik usullari , milliy bezak , oltin va kumush iplar , naqsh va bezak, matoga
naqsh solish an’anaviy hunarmandchilik
Zardo‘zlik san’ati Oʻzbekistonning qadimiy hunarmandchilik turlaridan biri
bo‘lib, asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Ushbu san’at turi nafaqat an’anaviy
liboslarda, balki zamonaviy moda olamida ham keng qo‘llanilmoqda. Tikuv
buyumlariga zardo‘zlik usuli bilan naqsh solish matoga nafislik, joziba va o‘ziga
xoslik bag‘ishlaydi. Ayniqsa, milliy liboslar, to‘y va bayram kiyimlari zardo‘zlik
naqshlari bilan yanada chiroyli va hashamatli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ushbu
maqolada zardo‘zlik san’atining tarixi, texnikasi va zamonaviy tikuvchilikdagi
roli yoritib beriladi. Qadimda ham, hozir ham zardo’zlik bilan shug’ullanadigan
hunarmandlarni «zardo’z» deb atashadi. O’zbekiston kashtachiligini noyob turi
zardo’zlik san’atisiz to’la tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu san’at o’tgan asrning
o’rtalarida Buxoroda gurkirab rivojlangan. U yerda mohir ustalar amir
saroyining ustaxonalarida amir va uning saroy ahli kiyadigan dabdabali
kiyimlarga pardoz berishgan. Zardo’zlik odatda erkaklarga mansub bo’lgan va
ular o’z hunarini bolalariga meros qilib qoldirishgan. Zardo’zlik san’ati o’zining
uzoq tarixiga ega bo’lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning vatani
hisoblanadi. Zardo’zlik san’atining an’analari o’z davrida ham mavjud va
mashhur bo’lgandir. Hozirgi Eronda esa XV-XVII asrlardagi zardo’zlik
namunalari anchagina saqlanib qolgandir.Buxoro zardo’zi ashyolarining deyarli
hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun ishlatilgan, faqat juda oz miqdorigina
sotish uchun bozorga chiqarilardi. U paytda zardan tikilgan erkaklar kiyimlarini
faqatgina xonga va uning qon- qarindoshlariga tegishli insonlar kiyar edilar.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
45
Hech kim, hatto eng katta amaldorlardan birortasi ushbu qimmatbaho kiymlarni
o’ziga buyurtirishga haqqi yo’q edi. Ular bu kiyimlarni amir sovg’a qilgandagina
kiyishlari mumkin edi. Ayollar va bolalarning zardo’z kiyimlarini esa faqatgina
badavlat xonadon a’zolari kiyishga haqli edilar. Zar va kumush ip bilan erkaklar
to’ni, salla, do’ppi, shalvar, poyabzallar, ayollarning ko’ylak, kamzul kaltacha,
peshanaband, ro’mol, etik va tuflilari tikilgan.Mustaqillikka erishgan kunimizdan
boshlab davlatimizning butun siyosati o’zligimizni qayta tiklash va
mustahkamlashga qaratildi. Ayniqsa, mamlakatimiz ertasi bo’lgan yoshlarimizda
bunday muqaddas his-tuyg’uni shakllantirishda ona tilimiz, ana’analarimiz va
urf-odatlarimiz bilan birga milliy xunarmandchiligimiz ham muhim o’rin
tutadi.1997-yil 31 martda O’zbekiston Respulikasi Prezidentining «Xalq badiiy
xunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan
qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Farmonga asosan Respublika «Hunarmand» uyushmasi tashkil etildi va uning
viloyatlarda hududiy bo’linmalari ochildi. Bu uyushma va uning hududiy
bo’linmalarini tashkil etishdan maqsad, uzoq yillar mobaynida unutilib ketgan
xalq amaliy san’ti va xunarmandchiligini tiklash, o’zbek milliy amaliy san’ati va
xunarmandchiligini butun dunyoga tanitish edi.Zardo’zlik — qiziqarli va ijodiy
ish bo’lib, u insonga ko’p quvonch keltirishi, bo’sh vaqtida ermak bo’lishi,
insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Zar tikish usullarini
o’zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, chunki
zardo’zlik sabr-toqatli, e’tiborli, tartibli bo’lishni talab etadi. Chidamli bo’lish
lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi.Mohir
zardo’z bo’lishni xohlagan har bir hunarmand quyidagi uch hunarni bilishi zarur
bo’lgan: Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlar inson atrofidagi narsalar
uchun mo’ljallangan bo’lib, insonga estetik zavq bag’ishlash va uning ijtimoiy
mavqeini ko’rsatishga xizmat qilgan. Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi
buyumlarning quyidagi turlari mavjud: choy xaltai zardo’zi, muxr xaltai zardo’zi,
pul xaltai zardo’zi, jildi soat, g’ilofi zardo’zi, tumorchai zardo’zi, so’zanai zardo’zi,
chimildiki zardo’zi, joynomozi zardo’zi, choynakpo’shaki zardo’zi va hokazo. Uy-
ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlarni bichish usullari hamda bichimining
tuzilishiga qarab uch turga ajratish mumkin.Zardo’zlikda ishlatiladigan
materiallar (gazlamalar turlari, zar iplar). Zardo’zlik buyumlarining xususiy
texnologiyasi, o’sha buyum uchun material tanlash va uni bichishdan boshlanadi.
Zardo’zlik mahsulotlarining asosiy xususiyatlaridan biri ularning sirtida zardo’zi
naqshlarning bo’rtib turishidir. Shuning uchun, naqshlar tagiga tukli material
ishlatiladi. Zardo’zlikda asosiy gazlamalardan duxoba , velyur gazlamalari
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
46
ishlatiladi.Duxoba — tukli o’rishlarda to’qilgan gazlama bo’lib, uning asosi paxta
ipidan, faqat tuklarigina tabiiy ipakdan bo’ladi. Duxoba, asosan, uy -ro’zg’or
buyumlarida ishlatilgan.Velyur — sidirg’a, zich to’kilgan, tukli gazlama. Tuklari
tik, jun ipdan to’qilgan. Hozirgi kunda zardo’zlikda sintetik tola aralashtirib
to’qilgan, zardo’zlar «taqir velyur» deb atashadigan turi ko’p ishlatiladi. Undan
barcha turdagi zardo’zlik buyumlari tikiladi. Bu velyur turi chidamliligi,
pishiqligi, qattiqligi, ko’rkamligi va boshqa xossalari bilan zardo’zlikka juda mos
tushadi.Zardo’zlikda ishlatiladigan yordamchi gazlamlarga quyidagilar kiradi:Bo
’z (xom surp) — pardozlanmagan ip — gazlama, ancha qalin va og’ir material.
Bo’z karda ipdan polotno o’rishlarda to’qilgan, shuning uchun pishik va
cho’zilmaydi.Surp — oqartirilgan va pardozlangan bo’z. XX asrgacha bo’lgan
zardo’zlikda surp chakmon, poyabzallarda naqshlar ostiga tagzamin sifatida
ishlatilgan. Hozir ham kumush rangli ip bilan tikiladigan naqshlar ostiga
qo’yiladi.Turli navdagi simli iplar zardo’zlik uchun asosiy xom-ashyo bo’lib
hisoblangan. Oq va tillarang tusdagi yassilangan kumush tolasi sim deb atalib, u
Buxoro zardo’zlari tomonidan keng qo’llanilgan.Dumaloq metall ip (likkak) —
pishiq yigirilgan ingichka dumaloq metall ipdan iborat bo’lib, u prujinaga
o’xshab likillb turadi.Zar iplardan tashqari zardo’zlikda jaydari rangdor ipak
iplardan ham foydalanib, ular asosan gullarga qo’shimcha oro berishda hamda
matoga zar yo’l tushirishda ishlatiladi. Zardo’zlikda ishlatiladigan asbob-
uskunalar. Zar ipni o’rash. Zardo’zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar unchalik
ko’p bo’lmasa-da, ular o’ziga xos tuzilishga ega. Zardo’zlikda ishlatiladigan asosiy
asbob korcho’b bo’lib, u ikki qismdan iborat: chambarak va xorak. «Korcho’b»
forscha so’z bo’lib, «kor» — ish, «cho’b»- taxta, yog’och ma’nolarni
anglatadi.Chambarak uzunligi 320 sm gacha bo’lgan ikkita teng yonli yog’och
dasta va ularning maxsus qismida harakatlanuvchi silliq taxta, ya’ni
shamshirakdan iborat. Shamshirakdagi ovalsimon o’yiqchalar yog’och
dastalarga
mato
tortilganda
ularnitarang
ushlab
turishga
xizmat
qiladi.Korcho’bning ikkinchi qismi xoraklardir. Xoraklar yog’och poylar
bo’lib,ishlagan vaqtda chambarak ular ustiga qo’yilgan, chunki qadimda
zardo’zlar ko’rpacha ustida o’tirib, ish tikishgan.Hozirgi zamonaviy sexlarda
metalldan (temir va uning qotishmalaridan) tayyorlangan zardo’zlik dastgohlari
ishlatiladi. Bu sexdagi zardo’zlki dastgohlarni ikki turga bo’lish mumkin:1.Kichik
o’lchamli uy — ro’zg’or buyumlari va zardo’zlik kiyim — kechaklarni tikish
uchun mo’ljallangan dastgohlar;2.Katta o’lchamdagi buyumlarni, masalan,
zardo’zi gilam, so’zana va hokazolarni tikishga mo’ljallangan dastgohlar. Ular
tuzilishi bilan emas, balki chambarak qismining o’lchamlari bilangina farq qiladi,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
47
xolos.Zardo’zlikda korcho’pdan so’ng turadigan asbobdan biri — patila
hisoblanadi. Patila — to’rt qirrali va nafis qilib tarashlangan, ichi kavlanib,
qo’rg’oshin quyib vazminlashtirilgan, uzunligi 18 — 20 sm li oddiy yog’och
tayoqcha. Patila zar iplarni zich va bir tekis qilib o’rashda ishlatilgan, bu
tikilayotgan zardo’zning bir tekis chiqishiga yordam bergan, zar ipning chalishib
isrof bo’lishiga yo’l qo’ymagan.Zardo’zlikda angishvona ham zarur. Chunki
zardo’zlik naqshlari faqat qo’lda tikiladi. Angishvona igna qo’lga kirib ketmasligi
uchun ishlatiladigan metall g’ilofdir. Uning ustki va yon tomonlarida igna toyib
ketmasligi uchun chuqurchalar o’yilgan.Zardo’zlikda barcha jarayonlar qo’lda
bajariladigan choklar orqali amalga oshiriladi, shuning uchun ignalar va ularni
tanlay bilish muhim ahamiyatga ega.Zardo’zlikda asosan ikki xil turdagi ignalar
ishlatiladi:1.Tikish ishlari uchun 2 sonli ignalar ishlatiladi.2.Bezatish ishlari
uchun esa 1 sonli ignalar ishlatiladi. Zardo’zlikda uch turdagi qaychilardan
foydalaniladi:.Naqshlar, gullarni qirqishda ishlatiladigan qaychi o’rdakburun va
tuyabo’yin qaychi. Bu qaychilar faqat gullarni qirqishda kerak bo’ladi.
Pardozlashda kerak bo’ladigan qaychilar. Bu qaychilar kichikroq bo’lib, dastgoh
ustida ishlashda qulay.Andoza bichishda kerak bo’ladigan qaychilar. Bunday
qaychilar kattaroq va o’tkirroq bo’lishi zarur.Zardo’zlikda ishlatilidigan asbob -
uskunalar o’tkir uchli asboblar bo’lib, ular bilan ishlaganda ehtiyot bo’lish va
texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Avvalo, ularni saqlash
uchun alohida moslama bo’lishi darkor. Ignalar bilan ishlayotganda, albatta
ularni igna qadagichlarga qadab qo’yiladi. Ulardan foydalanganda angishvona
kiyib olinadi. Ignaga ip o’tkazganda hech qachon ularni lab orasida ushlab
turmaslik lozim. Nafas olayotganda yoki gapirmoqchi bo’lganda ular bexosdan
ichga ketib qolishi mumkin. Qaychilar ham uchi o’tkir asboblardan biri bo’lib,
ulardan noto’g’i foydalanish o’zigagina emas, bilki atrofdagilarga xam zarar
keltirishi, ish sifatining buzilishiga, ishning to’xtab qolishiga olib kelishi
mumkin.Zar iplardan foydalanishdan ilgari ular belgilangan chegarada uzun
qilib olinadi va patilaga 4 qavat qilib, ya’ni zar o’raydigan cho’pga o’raladi. Zar
iplar to’g’ridan-to’g’ri patilaga o’ralmasdan, avval oddiy ip patilaga mahkam qilib
bog’lanadi, so’ng shu ipga zar iplar ulanadi. Zar iplar to’g’ridan-to’g’ri patilaga
ulansa, tezda uzilib ketishi mumkin. Zar iplarni o’rayotganda ularning tekis
o’ralashiga e’tibor berish zarur. Keyin zar ip bilan maxsus kartondan kesilgan
gullar ustidan tikib chiqiladi.
Xulosa
Zardo‘zlik san’ati – o‘ziga xos milliy hunarmandchilik yo‘nalishi
bo‘lib, u matolarni nafis naqshlar va hashamatli bezaklar bilan bezash san’atidir.
Ushbu an’ana asrlar davomida rivojlanib, bugungi kunda ham tikuvchilik
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
48
sohasida o‘z dolzarbligini saqlab qolgan. Zardo‘zlik usuli yordamida yaratilgan
kiyim va buyumlar nafaqat estetik go‘zallikka ega bo‘ladi, balki milliy madaniyat
va an’analarni ham o‘zida aks ettiradi. Zamonaviy moda sanoatida ham
zardo‘zlik keng qo‘llanilib, dizaynerlar tomonidan milliy va zamonaviy
uslublarni uyg‘unlashtirish orqali yangidan-yangi ijodiy mahsulotlar
yaratilmoqda. Zardo‘zlik san’ati nafaqat ustalardan mahorat talab qiladi, balki
uni rivojlantirish va kelgusi avlodlarga yetkazish muhim vazifalardan biridir.
Shunday qilib, zardo‘zlik tikuvchilik san’atining ajralmas qismi bo‘lib, milliy
merosimizni saqlash va boyitishda muhim o‘rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammadrasulov, S. X., Xoshimova, M. X., & Mominov, B. B. (2023). Study of
physical and mechanical properties of silk fabrics and their analysis. European
Journal of Emerging Technology and Discoveries, 1(3), 28-34.
2 Xoshimova, M. X. Q., & Tursunuva, X. S. Q. (2021). Kombinatsiyalashgan yengli
ayollar paltosining konstruktiv shakllari tahlili. Scientific progress, 2(8), 622-
626.
3 Xoshimova, M. X. Q., & Yuldasheva, D. B. Q. (2021). Ipak matolarining turlari va
ularning tahlili. Scientific progress, 2(8), 627-633.
4 Рустамова, М. Ф. К., & Рустамов, М. А. У. (2022). Изготовление
современных искусственных нитей для пошива одежды на производстве
АО «Ферганаазот». Science and Education, 3(5), 584-590
5 Sh, T. X., Nizamova, B. B., & Mamatqulova, S. R. (2021). Analysis Of The Range
Of Modern Women's Coats. The American Journal of Engineering and
Technology, 3(09), 18-23
6 Ulugboboyeva, M. M., & Tursunova, X. S. (2021). Ways to solve problems in the
production of knit wear. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 29-
33
7 Tursunova, X. S., & Rahmatovna, M. S. (2020). Ayollar paltosi uchun gazlamalar
taxlili. In 3 rd international congress of the human and social science researches
(itobiad)
8 Raxmatovna, M. S. (2022). Analysis of women's clothes sewing-a study to
develop a norm of time spent on the technological process of knitting
production. International Journal of Advance Scientific Research, 2(03), 16-21.
9 Maripdjanovna, U. B. M., & Xilola, T. (2022). Problems of automation of
technological processes of sewing manufacturing. Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 550-553.
