VIRTUAL BORLIQ VA UNING TURLI SOHALARDA QO‘LLANILISHI

Аннотация

Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Internet – XX asr mo’jizasi. Kim orqada qolib ketsa, keyin virtual dunyo taraqqiyotiga etolmaydi. Internet – insoniyat qabul qilishining yangi o’lchami. Uni egallash bir tomondan oson, ikkinchi tomondan murakkab.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
18-23
88

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Berdiyeva , G. ., & Narzulloyev , A. . (2024). VIRTUAL BORLIQ VA UNING TURLI SOHALARDA QO‘LLANILISHI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(4), 18–23. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53467
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Internet – XX asr mo’jizasi. Kim orqada qolib ketsa, keyin virtual dunyo taraqqiyotiga etolmaydi. Internet – insoniyat qabul qilishining yangi o’lchami. Uni egallash bir tomondan oson, ikkinchi tomondan murakkab.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

18

VIRTUAL BORLIQ VA UNING TURLI SOHALARDA QO‘LLANILISHI

Berdiyeva Gulnoza Rizoqulovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Narzulloyev Avazbek Zafar oʻgʻli

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10935163

Annotatsiya:

Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur

etish qiyin. Internet – XX asr mo’jizasi. Kim orqada qolib ketsa, keyin virtual
dunyo taraqqiyotiga etolmaydi. Internet – insoniyat qabul qilishining yangi
o’lchami. Uni egallash bir tomondan oson, ikkinchi tomondan murakkab.

Kalit so'zlar:

borliq, virtual, virtual borliq,virtual reallik, 3D texnologiyalar,

simulyatorlar, panorama, panoramik tasvirlar, virtual kutubxona, virtual muzey

Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. U moddiy

predmet olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi:
organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy borliq, obyektiv ideal borliq
(madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va h.k.),
inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta
Sharq falsafasida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi
mutafakkirlar borliqni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar.
Ularning falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin
Alloh bilan borliqni bir-biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sabab
oqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan tushuncha yotadi.

Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real borliq mavjudlikni,

xayoliy borliq mohiyatni belgilaydi. Real borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar,
xatti-harakatlar va boshqaning realligini bildiradi; u makon va zamon
xarakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy borliq (gʻoya maʼnosida)
vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy xarakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u
qatʼiy oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N.Gartman). Xayoliy borliq bu
maʼnoda qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga
chiqadi. Platon unda chin, xususiy „real“ borliqni koʻradi. Umumiy maʼnodagi
borliqdan muayyan borliq farq qiladi. Geraklit fikricha, hech qanday qotib
qolgan borliq yoʻq, doimo oʻzgaruvchan borliq bor. Metafiziklar „haqiqiy“ borliq
transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud narsalarning
yigʻindisini, umuman olamni borliq deb ataydilar. J. Berkli, D. Yum borliq faqat
subyektda, ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar borliqni qandaydir
dunyoviy ruhning, gʻayri moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb
hisoblaydilar. Xususan Gegel falsafasida borliq mutlaq gʻoyaning oʻzligidan,


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

19

mavhumlikdan konkretlikka tomon yuksalib boruvchi dastlabki, bevosita va
juda noaniq bosqichi hisoblanadi. Borliqni ruh mahsuli sifatida qarash XIX asr
oxiri — XX asr boshidagi falsafaga ham xos. L.Feyerbax, A.I.Gersen,
N.G.Chernishevskiy borliq obyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb
taʼkidlaydilar. Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud olamning realligini, borliqning
obyektivligini eʼtirof etadilar. Borliqning eng muhim xususiyati — moddiyligida
ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hozirgi zamon ontologiyasiga koʻra, borliq —
barcha mavjudotning turli-tuman koʻrinishlari bilan aynandir.

Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishida virtual tushunchasi

keng ma’noda qo’llanilmoqda. Masalan: virtual mashina, virtual xotira,
virtual disk, virtual aloqa, virtual sayohat, virtual sinf va h.k. Birgina ushbu
sohasida ham virtual tushunchasi turli shakl va ma’nolarda qo’llanilib
kelinmoqda va bir-biridan farqli ma’nolarni anglatadi. Masalan, multimedia
tizimlarida virtual tushunchasi virtual borliq ma’nosini beradi.

Virtual (lotincha Virtualis — mumkin bo’lgan, ya’ni muayyan bir

sharoitlarda sodir bo’ladigan yoki ro’y berishi mumkin bo’lgan) tushunchasi
narsalar va hodisalarning vaqt va makonda mavjud bo’lmagan, lekin obyektiv
narsalar yoki subyektiv obrazlarning amalga oshish ehtimoli mavjud bo’lgan
jarayonni anglatadi.

«Virtual borliq» atamasi 1970-yillarning oxirida Massachuset texnologiya

institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984-yilda dunyoda
birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda
yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g'oyasini ifoda etadi. «Virtual
borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematograflar tomonidan kiritilgan.
Ular muayyan sabablarga ko'ra tabiiy yo'l bilan amalga oshirib bo'lmaydigan
xayoliy imkoniyatlarni belgili – grafik shaklda sun'iy amalga oshirish mumkinligi
haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.

Virtual borliq – bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo’lib, u atrof-

muhitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan
axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik
vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini
yaratish boshqa texnik vositalar yordamida erishib bo’lmaydigan pedagogik
samarani berishi mumkin.

Virtual borliq – inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini

kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interaktiv texnologiya. Bunda obyektiv
borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys,
kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

20

egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta’mi va
hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy
olamga kirib,
uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir
ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi,
uni o‘zgartira oladi.

Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma’naviy

aloqasining alohida madaniy ifodasidir. Ammo virtual borliq real fizik borliqdek
lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta’sirida vujudga keluvchi his-
tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok
etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‘milishimiz mumkin, ammo
bunda paydo bo‘luvchi his-tuyg‘ularimiz bu dengizni biz qanday idrok
etishimizga bog‘liq bo‘ladi. Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas, virtual
kolbasa haqiqiy kolbasa o‘rnini bosa olmaydi va hokazo. Virtual borliqni
odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai
inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya
chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obyektiv tarzda,
ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo‘ladi. Ayni vaqtda, u
inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson
ongidan qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko‘rsatadi,
mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning
boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.

Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida

qo‘llanilmoqda. Ushbu atama inson faoliyatining juda ko‘p sohalarida
uchraganligi uchun ham uni ta’lim tizimiga olib kirishga yеtarlicha asoslar
mavjud. Turli fanlarga oid tushunchalarni izohlashda bunga ko‘plab misollar
kеltirish mumkin. Virtual borliqdan, eng avvalo, u vujudga kelgan sohada, fanda
– fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy
reaksiyalar

modelini

tuzishda,

geologiya

va

geografiya

fanlarida

foydalanilmoqda. Jumladan, fizika fanida faqat boshqa zarrachalarning o‘zaro
ta’sirlashish holatidagina mavjud bo‘la oladigan zarrachalar virtual zarrachalar
(virtual foton, bozon va boshqalar) dеb yuritiladi. Virtual zarrachalar tufayligina
rеal elеmеntar zarrachalarning o‘zaro ta’sirlashuvi yuzaga kеladi va bunda
virtual zarrachalarning o‘zaro almashinuvi sodir bo‘ladi.

Ta’limda kinolavhalar hamda turli illyustratsiyalarga asoslangan virtual

rеallik elеmеntlari ilgaridan qo‘llanilib kеlingan. Kompyutеr tеxnikasi harakat va
tovush bilan bog‘liq axborotlarni yagona majmuaga biriktira olganligi, bilim
oluvchilarga kuzatilayotgan jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish (muloqot qilish)


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

21

imkoniyatlarini yaratishi bilan virtual rеallikka asoslangan ta’lim rеsurslarini
yaratishda sifat burilishini yasadi.

Virtuallik tushunchasi mеtеorologiya sohasida ham qo‘llaniladi. Ushbu

sohada muayyan namlikka ega bo‘lgan havo haroratining xuddi shu bosimga
mos ko‘rsatkichlaridagi quruq havo ko‘rsatkichi virtual harorat dеb yuritiladi.

Psixologiyada «virtual obraz», «virtual obyеkt» atamalari ishlatiladi.

Masalan, inson faoliyatining mashina bilan birlikda qaralishi virtual obyеkt
sifatida qabul qilinadi. Zеro, bu virtual obyеktning bеvosita bajaradigan ishi na
inson va na mashinaning funksiyasiga xos emas, bu obyеktga xos xususiyat
faqatgina inson bilan mashina birgalikda olinganida yuzaga kеladi. Psixologik
jihatdan virtual borliqning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari ajratib ko‘rsatiladi:
hosil qilinganlik, dolzarblik, avtonomlik, intеraktivlik. Psixologik virtual borliq
inson psixikasining mahsuli sifatida yuzaga kеladi. Virtual borliq uni yuzaga
kеltiruvchi obyеkt faol bo‘lgan holatdagina mavjud bo‘la oladi.

Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz

va okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan
turib boshqarishda virtual borliq keng qo‘llanilmoqda. Muhandislik dizaynini
avtomatlashtirish jarayonida virtual borliq texnologiyasi, ayniqsa, qo‘l
kelmoqda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi – kompyuter ishlab
chiqarishi

raketalar

va

samolyotlar,

avtomobillar

katta

binolar

konstruksiyalarini sinovdan o‘tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi.

Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng foydalanmoqdalar.

Masalan, AQSH armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik ko‘nikmalarini
shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to‘g‘ri qarorlar qabul
qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi.
Juda qimmatga tushadigan va atrof-muhitga katta zarar etkazadigan harbiy
mashqlar imitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o‘q uzishni hamda
tank jangida askarlar va ofitserlarning shaxsiy ishtirokini imitatsiya qiluvchi
harbiy o‘yinlardan foydalanilmoqda. Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan
qurol-aslaha turlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma’lumotlarni
tahlil qilish va ularga baho berish uchun ham kompyuter imitatsiyasidan
foydalanmoqdalar.

Yaqinda virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish konsepsiyasi taklif

qilindi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida
kitob javonlarining vizual tasviri bo‘ylab harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni
topishi va olib ko'zdan kechirishi, zarur holda esa, ulardan nusxa ko'chirishi
mumkin.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

22

Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey

foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o'lchovli
ko'rinishida ko‘rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy yechish qobiliyati ancha
yuqori bo'lgan displeylarni taqozo etadi.

Virtual borliq inson faoliyatining tibbiyot, biotеxnologiya, loyihalash

ishlari, markеting, san’atshunoslik, ergonomika, ko‘ngilochar industriya singari
ko‘plab sohalariga bеvosita aloqadordir.

Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot

vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo'lgan hozirgi zamon
madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
Xullas, «borliq» kategoriyasio‘ta umumiy falsafiy abstraksiya bo‘lib, u turli-
tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni,
ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik
belgisiga ko‘ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli
sohalariga taalluqli bo‘lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi.
Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to‘g‘risida so‘z
yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun
borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.

Бердиева, Гульноза. "BOSHLANGICH SINF OQITUVCHILARINI AKTDAN

FOYDALANISH ASOSIDA KASBIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI
TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSLARI." Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal 10.6 (2022): 1176-1180.
2.

Berdiyeva, Gulnoza. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

FANINI OQITISHDA MASOFAVIY TALIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Gulnoza Berdiyeva, Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti
oqituvchisi."
3.

Yaxiyaxonova, Muhiba, and Marjona Yusupova. "OLIY TA’LIM

MUASSASALARIDA “INFORMATIKA VA AT” FANLARIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI
TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH."
International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current
Problems of Programming. 2023.
4.

Yaxiyaxonova, Muhiba. "TALABALARNING MUSTAQIL TOPSHIRIQLAR

BAJARISHDA

INTELLEKT

XARITA

YORDAMIDA

IJODIY

FIKRLASH

KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI." International Scientific and
Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming.
2023.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

23

5.

Mahmudjanovna, Yahyokhonova Muhiba. "Increasing the Effectiveness of

the Learning Process for the Use of Information and Communication
Technologies." Academicia Globe 2.04 (2021): 206-211.
6.

Mahmudjonovna, Yaxiyahonova Muhiba. "Technologies of formation of

students' independent work organization skills." (2021).
7.

Yakhiyakhonova, Mukhiba. "The Urgency of Improving the Methods of

Developing the Skills of Independent Learning of Future Teachers (on the
Example of Information Technology in Education)." Academicia Globe 2.03: 47-
51.
8.

Mahmudjanovna, Yahyokhonova Muhiba. "Increasing the Effectiveness of

the Learning Process for the Use of Information and Communication
Technologies." Academicia Globe 2.04 (2021): 206-211.
9.

Турсунова, Л., & Жураев, С. (2024). ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕХАНИЗМЫ

ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ. Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования, 3(2), 35-
37.
10.

Shukurullo Fayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA

TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.
11.

Yahiyaxonova, Muxiba. “Bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil bilim olish

malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishning dolzarbligi”.
(2021).
12.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL

ISHLOV BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH." Journal of new
century innovations 43.4 (2023): 93-95.
13.

Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova.

"MASOFAVIY TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI
ASOSLARI." Academic research in educational sciences 4.CSPU Conference 1
(2023): 753-756.
14.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "VATANIMIZDA VENDING NUSXALASH

MASHINASINI AMALDA QO’LLASHNING SAMARADORLIGI." Journal of new
century innovations 43.4 (2023): 90-92.
15.

Shuxratovich, Kodirov Akbar, Choriyeva Xursanoy Xusanovna, and

Mirqobilov Bekzod Abdulla o’g’li. "O’RTA TA’LIM MAKTABLARNING
BOSHLANG’ICH

TA’LIM

SINFLARIDA

INFORMATIKA

VA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISHDA MUAMMO, YECHIM VA TAKLIFLAR."
Journal of new century innovations 43.4 (2023): 96-98.

Библиографические ссылки

Бердиева, Гульноза. "BOSHLANGICH SINF OQITUVCHILARINI AKTDAN FOYDALANISH ASOSIDA KASBIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSLARI." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.6 (2022): 1176-1180.

Berdiyeva, Gulnoza. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI OQITISHDA MASOFAVIY TALIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI Gulnoza Berdiyeva, Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti oqituvchisi."

Yaxiyaxonova, Muhiba, and Marjona Yusupova. "OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “INFORMATIKA VA AT” FANLARIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH." International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming. 2023.

Yaxiyaxonova, Muhiba. "TALABALARNING MUSTAQIL TOPSHIRIQLAR BAJARISHDA INTELLEKT XARITA YORDAMIDA IJODIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI." International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming. 2023.

Mahmudjanovna, Yahyokhonova Muhiba. "Increasing the Effectiveness of the Learning Process for the Use of Information and Communication Technologies." Academicia Globe 2.04 (2021): 206-211.

Mahmudjonovna, Yaxiyahonova Muhiba. "Technologies of formation of students' independent work organization skills." (2021).

Yakhiyakhonova, Mukhiba. "The Urgency of Improving the Methods of Developing the Skills of Independent Learning of Future Teachers (on the Example of Information Technology in Education)." Academicia Globe 2.03: 47-51.

Mahmudjanovna, Yahyokhonova Muhiba. "Increasing the Effectiveness of the Learning Process for the Use of Information and Communication Technologies." Academicia Globe 2.04 (2021): 206-211.

Турсунова, Л., & Жураев, С. (2024). ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕХАНИЗМЫ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(2), 35-37.

Shukurullo Fayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.

Yahiyaxonova, Muxiba. “Bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil bilim olish malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishning dolzarbligi”. (2021).

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH." Journal of new century innovations 43.4 (2023): 93-95.

Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI." Academic research in educational sciences 4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "VATANIMIZDA VENDING NUSXALASH MASHINASINI AMALDA QO’LLASHNING SAMARADORLIGI." Journal of new century innovations 43.4 (2023): 90-92.

Shuxratovich, Kodirov Akbar, Choriyeva Xursanoy Xusanovna, and Mirqobilov Bekzod Abdulla o’g’li. "O’RTA TA’LIM MAKTABLARNING BOSHLANG’ICH TA’LIM SINFLARIDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISHDA MUAMMO, YECHIM VA TAKLIFLAR." Journal of new century innovations 43.4 (2023): 96-98.