FAXRIDDIN ROZIY SHAXSIYATI VA ILMIY MEROSI

Аннотация

Mazkur maqola mashhur kalom olimi va diniy falsafa mutafakkirlaridan biri Ar-Roziyning falsafiy qarashlariga bag’ishlanib, undan keyingi olimlarga katta ta’sir ko‘rsatganligi va hozirgi davrdagi ilmiy ahamiyati ochib berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
89-93
22

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Muzaffarov, F. . (2024). FAXRIDDIN ROZIY SHAXSIYATI VA ILMIY MEROSI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(4), 89–93. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53455
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqola mashhur kalom olimi va diniy falsafa mutafakkirlaridan biri Ar-Roziyning falsafiy qarashlariga bag’ishlanib, undan keyingi olimlarga katta ta’sir ko‘rsatganligi va hozirgi davrdagi ilmiy ahamiyati ochib berilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

89

FAXRIDDIN ROZIY SHAXSIYATI VA ILMIY MEROSI

Muzaffarov Firuz Davronovich

BuxDU professori

Falsafa fanlari doktorii (DSc)

https://doi.org/10.5281/zenodo.11025597

Annotatsiya:

Mazkur maqola mashhur kalom olimi va diniy falsafa

mutafakkirlaridan biri Ar-Roziyning falsafiy qarashlariga bag’ishlanib, undan
keyingi olimlarga katta ta’sir ko‘rsatganligi va hozirgi davrdagi ilmiy ahamiyati
ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

fazl, ilm, sharaf, kitob, karomiya, mujaddid, faqih, malik

muazzom, axloq, nafs

Ibn Xatib ar-Ray nomi bilan mashhur Imom Faxriddin Abu Abdulloh

Muhammad ibn Umar ibn al-Husayn ar-Roziy (hijriy 606-yilda vafot etgan)
oltinchi asr o‘rtalarida fazl, ilm va sharaf uyida tug‘ildi, Jarulloh (Alloh taoloning
qo‘shnisi) nomiga yetgunigacha otasi Ziyovuddin Umar Xatib ar-Rayning oldida
arab tili, tafsir, hadis va fiqh ilmlari bo‘yicha keng tarqalgan kitoblarni o‘qidi,
Kamol Simnoniy huzuriga jo‘nab, u yerda bir muddat ta’lim oldi. So‘ng Rayga
qaytib, Majdiddin Jiliyning oldiga bordi va u yerda kalom va hikmat ilmini
o‘rgandi. Ikki masjid imomining kalom ilmi haqidagi “Ash-Shomil” kitobini yod
oldi va ilmda mohir bo‘ldi. Alloh taolo unga o‘z davridagi odamlardan ustun
bo‘lgan ilm ato etdi va uni tengdoshlari va o‘ziga o‘xshaganlardan ustun qildi.
Uning zikri tarqaldi, shon-shuhrati yoyilib, katta obro‘ga ega bo‘ldi. Xorazm,
Xuroson va Movarounnahrda u va mu’taziliylar (Islomda adashgan firqalar)
orasida, Hirot va Ray shaharlarida esa u va karomiya va botiniylar (aqidasi
buzuq toifalar) orasida munozaralar bo‘lib o‘tgan va o‘zaro fikrlar almashishgan.

U tez-tez safar qilgan, shohlar oldiga borgan, umrining boshlarida qo‘li

kalta ya’ni kambag‘al edi, unda na boylik, na xotirjamlik bor edi. So‘ng
Xorazmshoh Sulton Alovuddin Muhammad ibn Takshga murojaat qildi va uning
qo‘llab-quvvatloviga, katta martabalarga noil bo‘ldi. O‘tmishdoshlari-miz
“Faxriddin Roziy bu asrning (VI-asr) mujaddidi edi” deyishadi, shuningdek,
Suyutiy o‘zining “Arjuza” asarida: “Oltinchisi-imom Faxriddin Roziy va Rofe’iy.
Rofe’iy – shofeiy mazhabining faqihi edi, shuning uchun uni ko‘plab ilmlarga
hissa qo‘shgan Roziy bilan solishtirib bo‘lmaydi. U juda ilmli edi - bu davrda
ash’ariy larning eng ko‘zga ko‘ringan imomi bo‘lib, ularning mazhabi
boshqalarnikidan ustun edi”, deydi.

Imom ar-Roziy fiqh, hikmat, tafsir va adabiyotga oid ikki yuzdan ortiq asar

yozgan va uning barcha kitoblari maroqli. Uning yozgan asarlari butun


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

90

mamlakat bo‘ylab tarqaldi va katta talabga ega bo‘ldi. Odamlar bu kitoblar bilan
mashg‘ul bo‘lib, eski kitoblarga e’tibor bermay qo‘ydilar. Imom fiqh, kalom,
hikmat va usul ilmida eski olimlardan g‘olib keldi, Shayx ar-Rais Abu Ali ibn
Sinoga raddiyalar berdi va asarlaridagi xatolarini tuzatdi. U va’z qilishda zo‘r
mahorat egasi edi. Ikki tilda – arab va fors tillarida va’z qilardi. Va’z
qilayotganida to‘lqinlanib ketar va ko‘p yig‘lardi. Uning ma’ruzalariga Hirot
shahridan mazhabboshilar kelib, bilmaganlarini so‘raganlarida u eng yaxshi
javoblarni aytardi. U sababli ko‘plab karomiya mazhabidagilar va boshqa ko‘p
odamlar sunniy aqidasiga qaytishdi. U Hirotda “Shayxulislom” nomini oldi va
ko‘pgina bo‘htonchi karomiyalardan ustun bo‘ldi. Ular imomni katta gunohlarda
ayblashar, unga nomaqbul so‘zlar bilan nisbat berishardi. Shulardan biri:
“Muhammad Toziy” deb Nabiy sollallohu alayhi va sallamni nazarda tutib hamda
“Muhammad Roziy” deb imomning o‘zini nazarda tutib gapirganlar.

Sibt ibn Javziyning aytishicha, imom unga nisbat berilgan narsaga javob

berdi: “Ar-Roziyning o‘quvchisi shayx Abdulhamid al-Xusravshohiy
rohimahulloh edi. Imom Faxriddin haqida shunday deyiladi: U zotning fazilatlari,
ochiq ko‘ngilligi, yaxshi muomalasi, islom diniga qayg‘urishi karomiyalarning
so‘zlarini bekor qiladi, do‘stimiz al-Xusravshohiy barcha fazilat sabablarini
o‘zida mujassam etgan, donishmand, dindor, dinga sodiq, solih o‘tmishdoshlar
yo‘lidan yurgan solihlarning ulug‘laridandir. U zot bilan goh sharqda goh
g‘arbda, goh Karkda, goh Misrda bo‘ldik. Oxirgi marta 1255\653-yilda Shomda
bo‘ldik va shu yerda vafot etdilar, malik muazzom Isoning (Alloh uning ruhini
muqaddas qilsin) qabri oldida Qosiunga dafn etildilar”.

Allomaning tug‘ilgan yili xususida ba’zi tarixchilar hijriy 543, ba’zilari 544-

yil (milodiy 1148-yil)ni ko‘rsatishadi. Imomning eng mashhur asarlari “Kitobi
muhassal afkor al-mutaqaddimin val mutaaxxirin”, “Hikmat ul-ishroq”, “Asos ut-
taqdis”, “Lavomi’ al-bayyinat”, “Sharh ul - kulliyyot”, “Sharh ul-ishorat”, “Mahsul”
va “Mafotih ul-g‘ayb” (“At-tafsir ul-kabir” deb tanilgan) asarlaridir. Ibn Xallikon
ta’kidiga ko‘ra: “U At-tafsir ul-kabir” asarida barcha tushunarsiz narsalarni
to‘plab yozdi, lekin asarni oxiriga yetkazolmadi, Shayx Najmiddin Ahmad ibn
Muhammad uning asarini yanada boyitdi va 1326\727-yilda vafot etdi. Undan
so‘ng Shahobiddin ibn Xalil Damashqiy ham undagi kamchiliklarni to‘ldirdi va u
1241\639-yilda vafot etdi.

Faxriddin Roziyning qimmatli asarlaridan biri “Nafs va ruh ilmi hamda

ular kuchlarining izohi” yoki “Axloq haqida fan”, nomli asaridir. Alloma ushbu
kitobida ikkita katta bob yozdi, unda “Nafs bu – ko‘rinadigan va seziladigan
narsa emas” ligini hamda “Nafs - tana emas” ligini tushuntirdi. To‘rtinchi bob –


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

91

nafsning asl mohiyatini o‘rganish bobida aytiladiki, har bir inson “men ketdim,
men kelyapman, men eshitdim, men tushundim, men bajardim” deb ishora
qiladigan narsa bu – sezilmaydigan va ko‘rinmaydigan narsa. Bu ma’qul ya’ni
mantiqqa to‘g‘ri keladigan narsa. Ma’qul narsaning ham bir nechta jihatlari bor.
Birinchisi, nafs bittadir, agar u bitta ya’ni yagona bo‘lsa, bu jismdan va uning har
bir azosidan farq qilishi kerak. Beshinchi bob esa, nafs – tana emasligining isboti
bo‘yicha ilohiy kitoblardan o‘rganilgan narsalar haqida.

Ushbu kitobning “Axloq ilmi” haqida yozilgan boshqa kitoblardan ajratib

turuvchi afzalligi shundaki, kitob birinchi navbatda islomiy tamoyillar ustiga
qurilgan. Tabiiy fanlar, psixologiya va anatomiyaga oid mavzularda esa Aristotel
va Galen g‘oyalariga asoslangan, chunki u masalalarni ilmiy yo‘llar va ishonchli
dalillar orqali o‘rganadi. Uning mulohazalari naql ga qarshi bo‘lmaydi. Naql va
shariat orqali sahih bo‘lgan narsalarni keltiradi, masalalarni hikmatli Qur’on va
Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam)ning so‘zlari soyasida izohlaydi.

Yuqorida aytganimizdek, kitob ikki qismga bo‘lingan:
Birinchi qismda axloq ilmi bo‘yicha umumiy tushunchalarni izohlaydi,

mavjudotlar orasida insonning martabasini, birinchidan - tabiat va shahvat
jihatidan mavjudotlarning qismlarga bo‘linishi, ikkinchidan - yaratilish va borliq
haqida, uchinchidan – mukammallik va nuqson haqida tushuntiradi. Bu
qismning mavzulari o‘n ikki bobga bo‘linadi. Yunonlik donishmandlar va tibbiyot
sohasidagi tadqiqotchi olimlarning so‘zlaridan, payg‘ambar(s.a.v) rivoyatlari va
Qur’oni Karim oyatlaridan dalillar keltirib, insoniyat ruhlarining darajalari,
nafsning asl mohiyati, ruhiy quvvat hamda aqliy va hissiy lazzatlar haqidagi
masalalarni sharhladi.

Ikkinchi qism esa o‘nta bobni o‘z ichiga oladi, unda shahvat va istak bilan

bog‘liq masalalar, pul va obro‘-e’tiborga bo‘lgan muhabbat va baxillikni davolash
haqida, munofiqlik ya’ni riyo va uning darajalari, jismoniy itoat, xulq bilan
bog‘liq itoatkorlik haqida so‘z boradi.
Xulosa qilib aytganda, Faxriddin Roziy salaflar kitoblaridan, ayniqsa, kitobning
ikkinchi qismida, Imom Gʻazzoliyning “Ihyo-u ulum ad-din” (Din ilmlarni
tiriltirish”) asaridan foydalandi, qimmatli dalillarni keltirdi, qadimgi olimlarning
ilmi va Qur’on ilmlari orqali masalalarni hal qilishga yo‘llar ko‘rsatdi. Shuning
uchun ham bu kitob bizgacha yetib kelgan axloq ilmi haqidagi boshqa
kitoblardan ustun turadi.

Adabiyotlar:

1.

Турдиев, Б. (2024). JAMIYAT IDEOSFERASINING IJTIMOIY-FALSAFIY

TAHLILI.

Ижтимоий-гуманитар

фанларнинг

долзарб


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

92

муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual
Problems of Humanities and Social Sciences., 4(2).
2.

Турдиев, Б. (2023). IBN SINONING HUQUQIY TA’LIMOTLAR RIVOJIDA QO

‘SHGAN

HISSASI.

Ижтимоий-гуманитар

фанларнинг

долзарб

муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual
Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/3), 214-220.
3.

Turdiyev, B. S. (2023). KONFUTSIYNING SIYOSIY− HUQUQIY TA’LIMOT

RIVOJIGA QO ‘SHGAN HISSASI. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, 3(21), 519-522.
4.

Sobirovich, T. B. (2023). Manifestations of Moral Threats in the Ideosphere

of Uzbekistan and Their Prevention Strategy. Asian Journal of Basic Science &
Research, 5(1), 103-108.
5.

Sobirovich, T. B. (2023). Basic Criteria for Building the Third Renaissance

in Uzbekistan. Asian Journal of Applied Science and Technology (AJAST), 7(1),
149-157.
6.

Sobirovich T. B. National Revival and Development Idiosphere of

Uzbekistan. – 2023.
7.

Sobirovich, T. B. (2023). MANIFESTATION OF CIVIL SOCIETY IN THE

IDEOSPHERE OF UZBEKISTAN. Innovative Society: Problems, Analysis and
Development Prospects, 89-92.
8.

Sobirovich, T. B., & Norman, Z. D. M. (2023). Harmony of National and

Universal Values in Uzbekistan. Harmony, 7(1), 08-16.
9.

Turdiyev, B. S. (2022). INTERPRETATION OF UNIVERSAL VALUES IN

ZOROASTRIANISM. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE,
1(7), 109-114. Sobirovich, T. B. Interethnic Harmony And Religious Tolerance-
An Integral Part of The Ancient Traditions Of The Uzbeks.
10.

Sobirovich T. B. National and universal principles of democracy //Asian

Journal of Research in Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 12. – №. 1. –
С. 334-338.
11.

Sobirovich T. B. The implementation of human indicator reforms in

Uzbekistan //Asian Journal of Multidimensional Research. – 2021. – Т. 10. – №.
9. – С. 197-202.
12.

Sobirovich T. B. Philosophical Dialectics of National and Universal Cultural

Development //Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR). –
2021.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

93

13.

Turdiyev B. S. The role of national harmony in the strategy of spiritual

renewal //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2019. – Т. 1. – №.
6. – С. 229-233.
14.

Sobirovich T. B. Strategy of Renewal of National Spirituality of Uzbekistan

//International Journal on Integrated Education. – 2020. – Т. 3. – №. 8. – С. 122-
126.

Библиографические ссылки

Турдиев, Б. (2024). JAMIYAT IDEOSFERASINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(2).

Турдиев, Б. (2023). IBN SINONING HUQUQIY TA’LIMOTLAR RIVOJIDA QO ‘SHGAN HISSASI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/3), 214-220.

Turdiyev, B. S. (2023). KONFUTSIYNING SIYOSIY− HUQUQIY TA’LIMOT RIVOJIGA QO ‘SHGAN HISSASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(21), 519-522.

Sobirovich, T. B. (2023). Manifestations of Moral Threats in the Ideosphere of Uzbekistan and Their Prevention Strategy. Asian Journal of Basic Science & Research, 5(1), 103-108.

Sobirovich, T. B. (2023). Basic Criteria for Building the Third Renaissance in Uzbekistan. Asian Journal of Applied Science and Technology (AJAST), 7(1), 149-157.

Sobirovich T. B. National Revival and Development Idiosphere of Uzbekistan. – 2023.

Sobirovich, T. B. (2023). MANIFESTATION OF CIVIL SOCIETY IN THE IDEOSPHERE OF UZBEKISTAN. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 89-92.

Sobirovich, T. B., & Norman, Z. D. M. (2023). Harmony of National and Universal Values in Uzbekistan. Harmony, 7(1), 08-16.

Turdiyev, B. S. (2022). INTERPRETATION OF UNIVERSAL VALUES IN ZOROASTRIANISM. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE, 1(7), 109-114. Sobirovich, T. B. Interethnic Harmony And Religious Tolerance-An Integral Part of The Ancient Traditions Of The Uzbeks.

Sobirovich T. B. National and universal principles of democracy //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 12. – №. 1. – С. 334-338.

Sobirovich T. B. The implementation of human indicator reforms in Uzbekistan //Asian Journal of Multidimensional Research. – 2021. – Т. 10. – №. 9. – С. 197-202.

Sobirovich T. B. Philosophical Dialectics of National and Universal Cultural Development //Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR). – 2021.

Turdiyev B. S. The role of national harmony in the strategy of spiritual renewal //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2019. – Т. 1. – №. 6. – С. 229-233.

Sobirovich T. B. Strategy of Renewal of National Spirituality of Uzbekistan //International Journal on Integrated Education. – 2020. – Т. 3. – №. 8. – С. 122-126.