MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION SALOHIYATINING SHAKLLANISHI VA UNING O‘ZGARISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

Annotasiya

Iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini takomillashtirishda innovatsion salohiyat muhim o‘rin tutishini hisobga olgan holda, mazkur ilmiy tezisda innovatsion salohiyat omillari tahlil qilingan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
116-120
46

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qudratov , Z. . (2024). MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION SALOHIYATINING SHAKLLANISHI VA UNING O‘ZGARISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(4), 116–120. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53449
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini takomillashtirishda innovatsion salohiyat muhim o‘rin tutishini hisobga olgan holda, mazkur ilmiy tezisda innovatsion salohiyat omillari tahlil qilingan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

116

MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION SALOHIYATINING

SHAKLLANISHI VA UNING O‘ZGARISHIGA TA’SIR QILUVCHI

OMILLAR

Qudratov Zafar G‘aybullayevich

Sirdaryo biznes va texnologiyalar

universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11066878

Annotatsiya.

Iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini takomillashtirishda

innovatsion salohiyat muhim o‘rin tutishini hisobga olgan holda, mazkur ilmiy
tezisda innovatsion salohiyat omillari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

milliy iqtisodiyot, innovatsiya, salohiyat, innovatsion tizim,

ilmiy-texnikaviy taraqqiyot.

Iqtisodiyotning

innovatsion

rivojlanish

darajasini

mamlakatda

innovatsion salohiyat oshishiga ta’sir qiluvchi omillar belgilab beradi. Omil
deganda, innovatsion iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati va xarakteriga ta’sir
qilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar tushuniladi. Mazkur yondashuvga
ko‘ra, innovatsion jarayon unga bog‘liq bo‘lgan bir qator omillarning o‘zaro
ta’siri natijasi hisoblanadi. Innovatsion salohiyatini ob’yektiv ravishda, har
tomonlama tadqiq qilish jarayonida unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va
tasniflash muammosi vujudga keladi.

Mamlakatda innovatsion salohiyatning shakllanishi va amalga oshirilishi

ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalaridan boshlab, ijtimoiy
ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni o‘z ichiga oluvchi,
innovatsion jarayonlarni jadallashtiruvchi omil va shart-sharoitlar majmuasiga
bog‘liqdir. Innovatsion salohiyatni oshirishni rag‘batlantiruvchi yoki
sekinlashtiruvchi omillar global, makro, mezo va mikrodarajalarda ta’sir
ko‘rsatadi.

Global darajada

ta’sir qiluvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

-

bilimlarning samarali transferi, xalqaro miqyosda tajribalar

almashinuvi, innovatsiyalar keng tarqalishiga yordam beruvchi loyihalarni
amalga oshirish jarayonlari va shu kabilar;

-

yaratilayotgan innovatsiyalarning tegishli sohalardagi texnologik

jarayonlar bilan integratsiyalashuv qobiliyati mavjudligi.

Makro va mezo darajadagi

omillar innovatsion loyihalarni amalga

oshirish samaradorligini belgilab beradi. Davlat va hududiy boshqaruv
organlarining asosiy vazifasi innovatsion sohaga investitsiyalar oqimi uchun
qulay iqtisodiy, siyosiy va huquqiy sharoitlar yaratishdir. Makrodarajadagi


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

117

innovatsion faoliyatning rivojlanishi hududiy iqtisodiyot hamda butun
mamlakat iqtisodiyotining o‘sish nuqtasini shakllantiruvchi samarali hududiy
tizimlarning rivojlanishi orqali sodir bo‘ladi.

Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotda innovatsion faoliyat rivojlanishiga

to‘sqinlik qiluvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular texnologik ishlanmalar va
ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning past darajasi, yosh olimlarning moddiy
va moliyaviy jihatdan yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi hamda
innovatsion ob’yektlarning yetarli axborot bilan ta’minlamayotganligida o‘z
aksini topadi.

F.Shokirovaning fikricha, milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati

rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni ikkita guruhga bo‘lib ko‘rsatish
mumkin:

-

innovatsion salohiyatning sifat tarkibini belgilab beruvchi

trasformatsion omillar;

-

milliy iqtisodiyotning innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga

tayyorgarligini ko‘rsatuvchi va innovatsion salohiyat mavjudligi hamda uni
realizatsiya qilishni belgilab beruvchi chegaralarni ifodalovchi transaktsion
omillar.

Transformatsion omillarga

milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati

rivojlanishiga to‘siqinlik qiluvchi omillar, ya’ni, kadrlar masalasi, ilmiy, texnik-
texnologik va moliyaviy cheklanishlarni kiritish mumkin. Ya’ni, yuqori iqtisodiy
tavakkalchilik, pul mablag‘lari tanqisligi, malakali xodimlarning yetishmasligi,
innovatsiyalarni ishlab chiqish va bozorga kiritish qiymatining yuqoriligi,
moddiy va ilmiy-texnik bazaning sustligi hamda uning eskirganlik darajasining
yuqoriligi innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan sanaladi.

Transaktsion omillar

deganda, innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir

qiluvchi axborot, tashkiliy, institutsional cheklovlar tushuniladi. Ularga davlat
va tadbirkorlik sektori o‘rtasida ishonchli, samarali o‘zaro ta’sir mexanizmlari
hamda innovatsion madaniyatning mavjud emasligi, innovatsion faoliyatni
qo‘llab-quvvatlovchi me’yoriy-huquqiy bazaning nomukammalligi, mamlakatda
innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa
preferensiyalarning yo‘qligi, yangi texnologiyalar, sotuv bozorlari haqidagi
axborotning yetishmasligi, innovatsion tizimda ilmiy, ishlab chiqarish va ta’lim
integratsiyasi samaradorligining pastligini kiritish mumkin.

Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini shakllantirish va amalga

oshirishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar ichidan N.Rasulov iqtisodiy, ishlab
chiqarish va tashkiliy omillarni ajratib ko‘rsatadi. Muallif salbiy xarakterga ega


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

118

bo‘lgan iqtisodiy omillar tarkibiga ishlab chiqaruvchining o‘z mablag‘lari
yetishmasligi, davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining
takomillashmaganligi, yuqori innovatsiyalarga nisbatan talab yo‘qligi,
innovatsion loyihalarning qoplanish muddati uzoqligi va shu kabilarni kiritadi.

Mamlakatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi qonunchilik va

me’yoriy-huquqiy bazaning nomukammalligi, innovatsion infratuzilma
ob’yektlari samaradorligining pastligi, innovatsion jarayonlar muddatining
mavhumligi hamda texnologiyalar bozorining rivojlanmaganligini milliy
iqtisodiyot innovatsion salohiyatini rivojlanishiga u yoki bu darajada salbiy
ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy omillar qatoriga kiritish mumkin.

R.Nurimbetov innovatsion salohiyatni belgilab beruvchi omillar qatoriga

innovatsiyalarni tatbiq etishga davlat va xususiy sektorning tayyorgarligi,
tadqiqot yo‘nalishlari, jamiyatning innovatsiyalar va innovatsion an’analarni
qabul qila olish qobiliyatini kiritadi. Sh.Zaynutdinov omillarni ichki va tashqi
guruhga ajratadi. Hududiy miqyosda ushbu omillar hududlar ixtisoslashuvi,
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi mutanosiblik va shu kabilar ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi.

B.Kamiljanov milliy iqtisodiyotda innovatsion salohiyatning ko‘lami,

o‘zgarish sur’atlari va uning ichki tarkibini belgilab beruvchi bir qator omillarni
ajratib ko‘rsatadi:

-

ichki va tashqi bozorda mahsulotning raqobatbardoshligini

oshirish maqsadida uni yangilash hamda texnik-eksplutatsion darajasini
oshirish;

-

xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik sur’atlarini jadalllashtirish va shu

orqali Jahon bozoriga chiqish;

-

ilmiy tadqiqotlar va texnik ishlanmalar natijalarini tez o‘zlashtirish

va ommaviy tarqatish;

-

tarkibiga ilmiy va muxandis-texnik xodimlar kiruvchi kadrlar

salohiyatini saqlab qolish hamda innovatsion faoliyat bilan kam bog‘langan
sohalarga yuqori malakali kadrlarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini oshirishda

institutsional omillarning ahamiyati juda katta ekanligi o‘z isbotini topdi.
Shuning

uchun

ham

institutsional-huquqiy

shart-sharoitlarni

takomillashtirmasdan turib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiya
qilishning iloji yo‘qligi ko‘pchilikka ma’lum haqiqatdir. Mavjud institutlarni
rivojlantirish bilan birga zamonaviy talablarga javob beradigan yangi
institutlarni yaratish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

119

Milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi

barcha omillarni tez va sekin ta’sir qiluvchi omillarga ajratish mumkin. Chunki
iqtisodiyotning globalizatsiya sharoitida ko‘pgina omillarni boshqa hududlardan
ko‘chirib olib kelish mumkin. Masalan, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish-texnologik
va axborot resurslarini boshqa davlatdan yoki hududdan import qilish
imkoniyati mavjud. Moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida innovatsion
salohiyat omillarining tezligini oshirishga imkon yaratuvchi xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish mumkin.

Fikrimizcha, milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining oshishiga ta’sir

qiluvchi omillarni tavsifiy jihatdan ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq:

-

milliy

iqtisodiyot

innovatsion

salohiyatining

rivojlanishiga

ko‘maklashuvchi omillar;

-

milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining rivojlanishiga to‘sqinlik

qiluvchi omillar.

Bundan tashqari, milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini

oshirishning institutsional omillarini ularning miqyosidan kelib chiqqan holda
quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganish ham maqsadga muvofiq:

-

mamlakat miqyosida amalga qiladigan, innovatsion faoliyat natijalariga

bevosita ta’sir ko‘rsatadigan va qonun doirasida harakat qiladigan
makrodarajagi institutlar;
hududlar miqyosida amalga qiladigan, xarakat mexanizmlari innovatsiyalarni
yaratishni tezlashtirishga yordam beradigan, rasmiy va norasmiy tarzda faoliyat
yuritadigan mikrodarajagi institutlar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Rasulov N.M. Korporativ tuzilmalarda innovatsion jarayonlarni strategik

boshqarish uslubiyotini takomillashtirish. // Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi avtoreferati. - T.: TDIU, 2021. –
62 b.
2.

Nurimbetov R. Innovatsion salohiyat – zamonaviy iqtisodiyotni

rivojlantirish poydevori. BIZNES-EKSPERT. 2017. №5. 46-56 b.
3.

Zaynutdinov Sh.N. Innovatsion salohiyatni oshirish strategiyasi. //

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2011. № 1.
4.

Kamiljanov B.I. Innovatsiyaviy menejment uslublarini takomillashtirish.

Monografiya. - T.: Fan. 2007. - 162 b.
5.

Шакирова Ф. Б. и др. Инновацион ривожланиш моделлари ва

уларнинг иқтисодий ўсиш билан алоқадорлиги //Journal of new century
innovations. – 2022. – Т. 17. – №. 1. – С. 101-105.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

120

6.

Abduvoxidov A., Kamilova S. INSON KAPITALINING RAQAMLI

RIVOJLANISHINI BAHOLASH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №.
2. – С. 5-14.

Bibliografik manbalar

Rasulov N.M. Korporativ tuzilmalarda innovatsion jarayonlarni strategik boshqarish uslubiyotini takomillashtirish. // Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi avtoreferati. - T.: TDIU, 2021. – 62 b.

Nurimbetov R. Innovatsion salohiyat – zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirish poydevori. BIZNES-EKSPERT. 2017. №5. 46-56 b.

Zaynutdinov Sh.N. Innovatsion salohiyatni oshirish strategiyasi. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2011. № 1.

Kamiljanov B.I. Innovatsiyaviy menejment uslublarini takomillashtirish. Monografiya. - T.: Fan. 2007. - 162 b.

Шакирова Ф. Б. и др. Инновацион ривожланиш моделлари ва уларнинг иқтисодий ўсиш билан алоқадорлиги //Journal of new century innovations. – 2022. – Т. 17. – №. 1. – С. 101-105.

Abduvoxidov A., Kamilova S. INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 5-14.