MURDANI EKSGUMATSIYA QILISHNING TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA UNING ISBOTLASHDAGI AHAMIYATI

Abstract

Mazkur maqolada murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatiga oid dolzarb masalalar ko’rib chiqilgan, uning tushunchasi, mohiyati va ushbu tergov harakatining isbotlashdagi ahamiyati tahlil qilinib, takomillashtirish istiqbollari yuzasidan takliflar bildirilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
87-94
41

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Агоев , Ш. ., & Саломқулов , Ж. (2024). MURDANI EKSGUMATSIYA QILISHNING TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA UNING ISBOTLASHDAGI AHAMIYATI. Solution of Social Problems in Management and Economy, 3(6), 87–94. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53414
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatiga oid dolzarb masalalar ko’rib chiqilgan, uning tushunchasi, mohiyati va ushbu tergov harakatining isbotlashdagi ahamiyati tahlil qilinib, takomillashtirish istiqbollari yuzasidan takliflar bildirilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

87

MURDANI EKSGUMATSIYA QILISHNING TUSHUNCHASI,

MOHIYATI VA UNING ISBOTLASHDAGI AHAMIYATI

Агоев Шукурулло Сафарбоевич

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси

“Тергов фаолияти” кафедраси ўқитувчиси

Саломқулов Жавлонбек Жўрабек ўғли

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси

3-босқич курсанти

https://doi.org/10.5281/zenodo.12151516

Annotatsiya.

Mazkur maqolada murdani eksgumatsiya qilish tergov

harakatiga oid dolzarb masalalar ko’rib chiqilgan, uning tushunchasi, mohiyati
va ushbu tergov harakatining isbotlashdagi ahamiyati tahlil qilinib,
takomillashtirish istiqbollari yuzasidan takliflar bildirilgan.

Tayanch so’zlar:

murda, eksgumatsiya qilish, tergov harakati, isbot qilish.

Аннотация.

В данной статье рассмотрены актуальные вопросы,

связанные со следственным действием по эксгумации трупа,
проанализировано его понятие, сущность и значение этого следственного
действия в доказывании, а также высказаны предложения о перспективах
его совершенствования.

Ключевые слова:

труп, эксгумация, следственное действие,

доказательство.

O’zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchiligiga asosan

jinoyat ishi yuzasidan to’planadigan dalillar murdani eksgumatsiya qilish yo’li
bilan ham to’planadi. Jinoyat protsessida dalillarni to’plashning mazkur usuli
ishni sudga qadar yuritish hamda sud bosqichida isbotlash jarayonining
samaradorligini ta’minlashga shuningdek, sud organlari tomonidan odil
sudlovni amalga oshirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham
xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etishda davlat hokimiyat
organlarining rolini inobatga olib, “Yangi O’zbekiston bunyod etish yo’lida
amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – “Inson qadri uchun”
hamda “Davlat inson uchun” tamoyillarini real hayotga tadbiq etishdan iborat
ekanini, bu masalada qonunchilika kiritilayotgan yangiliklar, o’zgartirish va
qo’shimchalar demokratik jarayonlarning mustahkam huquqiy bazasini
yaratmoqda”, (1) - deb ta’kidlaganlarini aytib o’tish joiz.

Jinoyat protsessual munosabatlarda murdani eksgumatsiya qilishning

mohiyatini to‘g‘ri anglash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur omil ushbu
tergov harakatini o‘tkazishdan ko‘zlanadigan maqsadni to‘g‘ri tushunishga va
uning sifatli o‘tkazilishini ta'minlashga imkon beradi. Murdani eksgumatsiya


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

88

qilish tergov harakati tushunchasi mazmunini ochib berish uchun avvalo,
“murda” hamda “eksgumatsiya” tushunchalariga to’xtalib o’tish maqsadga
muvofiqdir.

“Murda” so‘zining lug‘aviy ma'nosiga o‘zbek tilining izohli lug‘atida o’lgan,

o’lik, jonsiz, o’lgan kishining jasadi degan mazmundagi izohlar berib o’tilgan (2).

“Eksgumatsiya” so’ziga esa o‘zbek tilining izohli lug‘atida sud-tibbiy,

kriminalistik ekspertiza, patologik-anatomik tekshirish maqsadida murdani
ko’milgan yerdan kovlab olish jarayoni, - deya ta’rif berilgan (3).

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida “eksgumatsiya (jinoyat prosessida) –

shaxs o’limining sababi yoki o’likning shaxsini aniqlash maqsadida ko’milgan
murdani qayta kovlab olish” deb ta’rif berilgan (4).

Yuridik fanlari doktori, professor B.N.Rashidovning fikricha, murdani

eksgumatsiya qilish deganda, ko’zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki
ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish va qayta
ko’mish jarayoni tushuniladi (5).

Amaldagi Jinoyat protsessual qonunchiligida murdani eksgumatsiya qilish

tartibi va protsessual rasmiylashtirish to’g’risida normalar mavjud, lekin
murdani eksgumatsiya qilish tushunchasi keltirilmagan.

Tergov amaliyotining tahlili shuni ko’rsatadiki, murdani eksgumatsiya

qilish tergov harakatini quyidagi hollarda o’tkazish zarurati yuzaga keladi:

Odam o’limi bilan bog’liq holatlarda uning yaqin qarindoshlari murda dafn

qilinganidan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, o’lim
holati tasodifiy emasligi, bunda kimningdir aybi borligini ta’kidlashadi;

Ayrim hollarda murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati tergovga

qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yo’l qo’yilgan
xatolarni bartaraf etish uchun o’tkaziladi. Ya’ni ishni yuritayotgan mansabdor
shaxslar tomonidan murdani ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki
ekspertizaga namunalar olish o’z vaqtida amalga oshirilmasligi yoxud yaqin
qarindoshlari tomonidan murdani tekshirishga qarshilik ko’rsatish holatlarining
bartaraf etilmasligi oqibatida zarur tergov harakatlari o’tkazilmasdan qoladi.

Yuqoridagi holatlar natijasida murda bilan o’tkaziladigan tergov

harakatlari surishtiruv yoki dastlabki tergovning keying pog’onalarida murdani
eksgumatsiya qilish yo’li bilan o’tkaziladi.

Murdani eksgumatsiya qilish isbot qilishga qaratilgan bo‘lib, jinoyat ishi

bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovda dalillarni topish, olish va prosessual
tartibda qayd etish maqsadida o‘tkaziladigan tergov harakatlaridan biridir.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

89

Shuningdek, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatini o’tkazish uchun
quyidagi tergov harakatlarini o’tkazish zaruratining yuzaga kelishi asos bo’ladi:

- Murdani ko‘zdan kechirish;
- Murdani tanib olish uchun ko’rsatish;
- Murdadan ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish.
Murdani eksgumatsiya qilib ko’zdan kechirish uning badanidagi ish uchun

ahamiyatga ega xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni hamda jinoyatga
aloqador bo’lgan izlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Ko’zdan kechirishda
aniqlanishi lozim bo’lgan holatlar murdani eksgumatsiya qilmasdan tibbiyot
ma’lumotnomasi, kasalik varaqasi va boshqa hujjatlardan aniqlash imkoni
bo’lsa, mazkur tergov harakati o’tkazilmaydi.

Murdani eksgumatsiya qilib tanib olish uchun o’tkazish dastlabki tergov va

surishtiruv davrida olingan ko’rsatuv aynan shu shaxsga oid ekanini aniqlash
maqsadida o’tkaziladi. Murdani tanib olish uchun ko’rsatish ish bilan o'zaro
bog'liq yo'nalishlarda davom etishi kerak. Birinchisi, murdani tanib olish
natijalarini ish bo'yicha allaqachon to'plangan dalillar bilan taqqoslash.
Ikkinchisi - dastlabki tergov va surishtiruv davrida olingan ko’rsatuv
ishonchliligini baholashga imkon beradigan qo'shimcha dalillarni faol to'plash.
Murdada morfologik belgilar qisqa vaqt ichida o'zgarishlarga uchraydi, keyin
esa butunlay yo'qoladi, bu esa murdaning shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi.
O'lim insonning tashqi qiyofasini sezilarli darajada o'zgartiradi. Professor B.A.
Salaev tashqi identifikatsiya xususiyatlariga qarab murdalarni quyidagicha
tizimlashtirishni taklif etgan:

• Tashqi belgilari yaxshi saqlangan murdalar, shuningdek, tashqi belgilari

mayda oʻzgarishlarga uchragan (qon, kir, zarar va hokazo) murdalar;

• Tashqi ko‘rinish belgilari sezilarli o‘zgarishlarga uchragan (chirigan,

yuzida yumshoq to‘qimalarning bo‘laklari, alohida elementlar va boshqalar
yo‘q) murdalar;

• Tashqi ko‘rinishi sezilarli darajada o‘zgarganligi sababli shaxsini

aniqlashning imkoni bo‘lmagan (ko‘ngirlangan, bo‘laklangan, shakli buzilgan va
hokazo)murdalar.

Biroq, uchinchi guruh uchun, identifikatorlarga tanib olish uchun ko’rsatish

samarasizdir. Agar ularda tatuirovka, pirsing va boshqalar kabi individual
xususiyatlar saqlanib qolgan bo'lsa, bu o’z samarasinini berishi mumkin.

Murdani eksgumatsiya qilib tanib olish uchun ko’rsatishdan oldin

identifikator (tanib oluvchi) shaxs "og'zaki portret" usuli yordamida so'roq
qilish majburiydir. Tergovchi so’roq jarayonida asosiy e'tiborni sodir bo'lgan


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

90

hodisaning mohiyatiga emas, balki shaxsning tashqi ko'rinishining umumiy va
alohida belgilariga, tashqi ko'rinishning alohida elementlarining yorqin
belgilariga yoki hatto maxsus belgilarga qaratadi. Shuningdek, so’roq jarayonida
inson tanasida ko'zga tashlanadigan va uzoq davom etadigan belgilarga alohida
e'tibor qaratish lozim, masalan: tish holatining tuzilishi, malformatsiyalar, skelet
tuzilishidagi anomaliyalar va boshqa jismoniy nuqsonlar, operatsiyalar izlari,
jarohatlar, kuyishlar, tatuirovkalarning mavjudligi va hokazolar.

Tergovchi identifikatorni murdani eksgumatsiya qilish va tanib olish uchun

ko’rsatish paytida noqulay vaziyatga tushib qolmasligi uchun psixologik
to’siqlarni bartaraf etib, duch keladigan qiyinchiliklarga tayyorlashi kerak. U
identifikatorga o‘zining protsessual vazifalarini qanday tartibda bajarishini,
tanib olish uchun murda qanday shaklda va qanday hollarda taqdim etilishini
tushuntiradi.

Agarda tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakatini fotosuratdan

foydalanib o’tkazish imkoniyati bo’lsa, murdani eksgumatsiya qilish tergov
harakatini o’tkazmaslik tavsiya etiladi.

Murdaning o’limiga sabab nima bo’lganini va boshqa muhim holatlarni

aniqlash maqsadida bir qator sudga oid ekspertizalar tayinlanadi. Ushbu
ekspertizani o’tkazishda ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish zaruriyati
yuzaga keladi. Agar aniqlanishi lozim bo’lgan ma’lumotlar tibbiyot
ma’lumotnomasi, kasalik varaqasi va boshqa hujjatlardan aniqlash imkoni
bo’lmasa, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati o’tkaziladi.

Professor V.I.Shikanov ekspertiza tekshiruvi uchun na’munalar olish uchun

murdani eksgumatsiya qilish asoslari sifatida quyidagilarni keltiradi:

1. Huquqni muhofaza qilish organlarida sud-tibbiy ekspertizadan

o‘tkazilgan murda haqiqatda hech bir tekshiruvlarsiz ko‘milganligi haqida
yetarli ma’lumotlar mavjud bo’lsa;

2. Murda patolog yoki sud eksperti tomonidan tekshirilgan, ammo tuzilgan

hujjatlar sifatsiz yoki to'liq bo'lmaganligi haqida yetarli asoslar mavjud bo’lsa;

3. Murda sud-tibbiyot eksperti tomonidan ko‘zdan kechirilgan, biroq

taqdim etilgan ekspertiza xulosasidagi bir qator ko‘rsatmalar dastlabki tergov
materiallariga jiddiy zid va shubha uyg‘otsa;

4. Murdaning sud-tibbiy ekspertizasi ancha sinchkovlik bilan o'tkazilgan,

biroq ma'lum vaqt o'tgach, tergovchida faqat qo'shimcha tadqiqot orqali javob
berish mumkin bo'lgan savollar paydo bo'lsa;


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

91

5. Murda yoki uning qismlari sodir etilgan jinoyat izlarini yashirish

maqsadida yashirincha ko‘milganligi haqida yetarlicha asoslar mavjud bo’lsa
(6).

Shunday qilib, biz tergov harakati sifatida murdani eksgumatsiya qilishning

maqsadi ma'lum bir ob'ektni - shaxs o’limining sababi, murdaning shaxsini
aniqlash va ish uchun ahamiyatga ega bo’lgan boshqa holatlarni aniqlash
maqsadida ko’milgan murdani kovlab olish va qayta ko’mish jarayoni, degan
aniq xulosaga kelishimiz mumkin. Eksgumatsiya har doim dalillarni to'plashga
qaratilgan, dalillar to'plash bilan bog'liq bo'lmagan holda, eksgumatsiya
o’tkazish qonunga ziddir.

Yuqoridagi harakatlar protsessual qonunda qayd etilgan normalarga

asosan amalga oshirilishi lozim. Murdani eksgumatsiya qilish oxirgi chora
sifatida o’tkaziladigan tergov harakati ekanligiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Surishtiruv yoki dastlabki tergovda aniqlanishi zarur bo’lgan ma’lumotlarni
murdani eksgumatsiya qilmasdan turib aniqlashning imkoniyati bo’lgan
holatlarda ushbu tergov harakatlari o’tkazilmasligi lozim.

Bundan tashqari, murda qabrdan kovlab olinganidan so’ng, protsesual

harakatlar, ya’ni ko’zdan kechirish, tanib olish, tekshirish hamda ekspertiza
tekshiruvi uchun namunalar olish bilan bog’liq jarayonlarni o’tkazish hududiga
ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin:

Qabriston hududida;
Eksgumatsiya qilingan joyga yaqin bo’lgan sud-tibiyot o’likxonasida.
Agarda murda bilan amalga oshirilishi lozim bo’lgan harakatlar qisqa

muddat talab etsa yoki bir kun ichida yakunlansa, qabriston hududida amalga
oshiriladi. Aks holda bu jarayonlar sud-tibiyot o’likxonasida o’tkaziladi (7).

Demak, murdani eksgumatsiya qilishning asosiy maqsadlaridan biri jinoyat

ishi bo‘yicha ahamiyatli, haqiqiy ma'lumotlarni aniqlash va mustahkamlashdir.
Murdani eksgumatsiya qilishda murdani tashqi ko’zdan kechirish va uning ichki
organlarini tadqiq qilish o’lim sababini aniqlashdan tashqari, uni vujudga
keltiruvchi hollarni tiklashga imkon beradi, bu esa jinoyat ishi bo’yicha
haqiqatni aniqlashda katta ahamiyatga ega.

Murdani eksgumatsiya qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat

protsessual kodeksida batafsil tavsiflangan. Tergov amaliyotida murdani
eksgumatsiya qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Qabrni ochishdan oldin batafsil va izchil foto yoki video tasvirga

tushirgan holatda - qabrning paydo bo'lishi, qabrdagi tobutning holati va


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

92

tobutdagi murdaning holati, shuningdek, murdani ekgumatsiya qilish
jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarning barcha harakatlari qayd etilishi kerak.

2. Eng avvalo qabrning joylashgan joyiga e'tibor beriladi, uning ko'rinishi

va holatini, tuproq yuzasi va o'simlik qoplamining tabiatini tasvirlanadi. Devor,
sopol tepalik va qabr inshootining mavjudligi yoki yo'qligi (yuqorida -qabr toshi,
yodgorlik, obelisk, stela, haykal, xoch), odatda yer osti yoki dafn etilgan
inshootni ifodalovchi qabrning holati, ularning tashqi ko'rinishi, holati va
xavfsizligi qabr toshiga yoki ro'yxatga olish lavhasiga yozuvlar bilan qayd
etiladi.

3. Tuproq qatlam-qatlam, oyoqdan boshgacha bo'lgan yo'nalishda (agar

murdaning qabrdagi holati ma'lum bo'lsa) olib tashlanadi va qabrning turli
chuqurliklarida joylashgan tuproqning xususiyatlari bayonnomada qayd etilgan
bo'lsa, - rangi, namligi va boshqalar. Tasodifiy shikastlanmaslik uchun imkon
qadar to'liq qazish ishlarini olib borish va murdaning qoldiqlarini yerdan
tozalash kerak.

4. Tuproqni to'liq olib tashlagandan so'ng, tobutning to'g'ri joylashishini

yoki murdaning yerdagi holatini, dafn chuqurligini, tobut va murda darajasidagi
tuproqning holatini qayd qilish kerak. Yerdan olib tashlangandan so'ng,
tobutning holati tekshiriladi va tavsiflanadi: u tayyorlangan qoplama va
bezaklarning mavjudligi (materialning tabiati, rangi, tashqi ko'rinishi va
boshqalai) jasad, tuproq bilan ifloslanganligi, mog'or mavjudligi va ko'rinishi),
tobutning o'lchamlari va ularning ko'milgan murdaga mos kelishi, mahkamligi,
qopqoqni mahkamlash usuli (mixlangan, vintlar, vintlar, qisqichlar yoki lehim
bilan biriktirilgan), joylashuvi. qisqichlar (ochiq, yopiq), shikastlanishning
mavjudligi yoki yo'qligi (tashqi va ichki), shuningdek, tobutning qabrda bo'lishi
bilan bog'liq o'zgarishlar.

5. Tobut olib tashlangandan so‘ng tanani qoplagan to‘qima olib tashlanadi,

murdaning tobutdagi holati va holati, murdaning holati va kiyimi (saqlanishi,
o‘limdan keyingi o‘zgarishlar darajasi va xarakteri, shikastlanishi, ifloslanishi).
qayd qilinadi. Agar murda yetarli darajada saqlanib qolsa, uning shaxsi
aniqlanadi. Tabutdan topilgan ashyolar tekshiriladi va bayonnomaga yoziladi.
Eksgumatsiyaning asosiy bosqichlari va barcha muhim tafsilotlar suratga
olingan.

Sud-tibbiy ekspertizadan o'tkazilgandan so'ng, murda sud-tibbiy ekspertiza

uchun yuboriladi va shundan so'ng u yana dafn etiladi. O'zining o'ziga xosligi
tufayli murdani jinoyat ishida saqlash mumkin emas, ammo eksgumatsiya
paytida olingan fotosuratlar yoki video tasvirlar jinoyat ishi materiallariga dalil


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

93

sifatida ilova qilinishi mumkin. Shuningdek, ilgari eksgumatsiya qilingan
murdani qayta ko‘mish to‘g‘risidagi tegishli hujjat uning joylashgan joyini
aniqlash uchun ish materiallariga ilova qilinishi mumkin.

6. Qazish jarayonida turli mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin, ular

tergovchining diqqatini tergov uchun qiziqtiruvchi ob'ektlar belgilariga
qaratishi mumkin. Eksgumatsiya paytida mutaxassislar, sud eksperti yoki
boshqa mutaxassislik shifokori ham ishtirok etadilar. Sud-tibbiyot ekspertining
vazifalariga quyidagilar kiradi: tergov harakati sodir bo'lgan joyda murdani
ko'zdan kechirish imkoniyatini oldindan aniqlash; murdani o'likxonaga yoki
boshqa tegishli binolarga tashish zaruratini aniqlash; eksgumatsiya joyida
harakatlaringizni rejalashtirish; zarur jihozlarni tayyorlash (asboblar, biologik
ob'ektlarni olib tashlash, qadoqlash va markalash uchun vositalar, qiyosiy
tadqiqot uchun namunalar). Eksgumatsiya ishtirokchilarining tasodifiy
jarohatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sud-tibbiyot shifokori, shuningdek,
tergovchiga murdani qabrdan olib chiqish va tadqiqot olib boriladigan joyga
olib borish vazifasi yuklatilgan shaxslarga ko‘rsatma berishda yordam beradi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, bevosita murdani eksgumatsiya qilish

tergov harakatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan yuqoridagi
tushunchalarni to‘g‘ri anglanishi hamda mazkur tergov harakatining o‘ziga xos
xususiyatlariga oid qoidalarni o‘z vaqtida, to‘la-to‘kis va to‘g‘ri qo‘llanilishi
ushbu tergov harakatini samaradorligini oshirish bilan birga isbot qilishdagi
daliliy ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Фойдаланилган адабиётлар:

1. Муродов Б., Қулбеков О. Номусга тегиш жиноятларини тергов қилишда
исботланиши лозим бўлган ҳолатлар //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. –
Т. 3. – №. 1. – С. 98-104.
2. Муродов Б.Б. Основания прекращения уголовного дела в связи с
истечением срока давности привлечения к ответственности (опыт
Узбекистана) //Вестник экономической безопасности. – 2016. – №. 1. – С.
177-182.
3. Муродов Б.Б Совершенствование основания прекращения уголовного
дела в связи с истечением срока давности привлечения к ответственности
//Обзор законодательства Узбекистана. – 2016. – №. 3. – С. 47-50.
4. Муродов Б. Совершенствование основания прекращения уголовного
дела в связи с истечением срока давности привлечения к ответственности
//Обзор законодательства Узбекистана. – 2017. – №. 1. – С. 69-72.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

94

5. Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в
уголовном процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-
176.
6. Суюнов Ш., Хусинов Ш. Рецидив жиноятчилик тушунчаси ва унинг
аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 4. – С. 150-156.
7. Суюнов Ш., Исмайлова Ш. Бир гуруҳ шахслар томонидан содир
этиладиган жиноятларни тергов қилишда юзлаштириш тергов
ҳаракатининг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. –
Т. 3. – №. 4. – С. 140-144.
8. Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш
истиқболлари //Академические исследования в современной науке. –
2023.
Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.

References

Муродов Б., Қулбеков О. Номусга тегиш жиноятларини тергов қилишда исботланиши лозим бўлган ҳолатлар //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 98-104.

Муродов Б.Б. Основания прекращения уголовного дела в связи с истечением срока давности привлечения к ответственности (опыт Узбекистана) //Вестник экономической безопасности. – 2016. – №. 1. – С. 177-182.

Муродов Б.Б Совершенствование основания прекращения уголовного дела в связи с истечением срока давности привлечения к ответственности //Обзор законодательства Узбекистана. – 2016. – №. 3. – С. 47-50.

Муродов Б. Совершенствование основания прекращения уголовного дела в связи с истечением срока давности привлечения к ответственности //Обзор законодательства Узбекистана. – 2017. – №. 1. – С. 69-72.

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.

Суюнов Ш., Хусинов Ш. Рецидив жиноятчилик тушунчаси ва унинг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 4. – С. 150-156.

Суюнов Ш., Исмайлова Ш. Бир гуруҳ шахслар томонидан содир этиладиган жиноятларни тергов қилишда юзлаштириш тергов ҳаракатининг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 4. – С. 140-144.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические исследования в современной науке. – 2023.

Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.