SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
102
DINIY LEKSIKANING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI (UNING
BOSHQA TURDAGI LUG‘AT QATLAMIDAN FARQLI VA O‘XSHASH
JIHATLARI: EKZOTIK LEKSIKA, FRAZEOLOGIZMLAR,
PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR MISOLIDA)
Hamdamova Nasiba To‘rabekovna
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Akadimik litseyi ona tili va adabiyot fani ustozi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15674412
Annotatsiya:
Mazkur maqola diniy leksikaning lingvistik xususiyatlari
uning boshqa turdagi lug‘at qatlamidan farqli va o‘xshash jihatlarini ekzotik
leksika, frazeologizmlar, paremiologik birliklar misolida keng tahlil qilishga
bag‘ishlangan. Ushbu maqolada diniy leksika o‘zining semantik xususiyatlari
bilan boshqa turdagi lug‘at qatlamidan ajralib turishi, bu so‘zlar odatda
an’anaviy va rasmiy kontekstda ishlatilib, ko‘pincha chuqur ramziy ma’noga ega
bo‘lishi, diniy leksikaning ma’nosi ko‘pincha kontekstual bo‘lib, u diniy matn
yoki marosimning mazmuniga qarab o‘zgarishi mumkinligi, bu esa diniy
leksikani semantik tahlil qilishda qiyinchilik tug‘dirishi, chunki uning ma’nosi
faqat so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan cheklanmasligi, balki uning ramziy va diniy
ahamiyati bilan bog‘liqligi, iymon va e’tiqod konseptlarining badiiy ijod va
tilshunoslikdagi o‘rni, ularning madaniyat va milliy o‘zlikni shakllantirishdagi
ahamiyatini ochib beruvchi muhim ilmiy manba hisoblanishi to‘g‘risida fikr
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
diniy leksika, frazeologik birliklar, ekzotik leksika,
frazeologizmlar, paremiologik birliklar lingvistik tahlil, ramziy ifoda, metafora,
simvolik obrazlar, madaniy qadriyatlar, urf-odat, milliy o‘zlik, badiiy adabiyot,
ma’naviy qadriyatlar, estetik ifoda, sinonimiya, antonimiya, badiiy til, poetik
struktura.
Annotatsion:
This article is devoted to an extensive analysis of the
linguistic features of religious lexicon (its different and similar aspects from
another type of vocabulary layer on the example of exotic lexicon,
phraseologisms, paremiological units. In this article, it is thought that religious
lexicon is distinguished by its semantic properties from another type of
vocabulary layer, that words are usually used in a traditional and formal context,
often have deep symbolism, the meaning of religious lexicon is often contextual,
it can change depending on the content of a religious text or ritual, which creates
difficulties in semantic analysis of religious lexicon, since its meaning is not
limited.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
103
Keywords:
religious lexicon, phraseological units, exotic lexicon,
phraseologisms, paremiological units linguistic analysis, symbolic expression,
metaphor, symbolic images, cultural values, tradition, national identity, fiction,
spiritual values, aesthetic expression, synonymy, antonymy, artistic language,
poetic structure.
Diniy leksika o‘zining semantik xususiyatlari bilan boshqa turdagi lug‘at
qatlamidan ajralib turadi. Bu so‘zlar odatda an’anaviy va rasmiy kontekstda
ishlatiladi va ko‘pincha chuqur ramziy ma’noga ega bo‘ladi. Diniy leksikaning
ma’nosi ko‘pincha kontekstual bo‘lib, u diniy matn yoki marosimning
mazmuniga qarab o‘zgarishi mumkin. Bu esa diniy leksikani semantik tahlil
qilishda qiyinchilik tug‘diradi, chunki uning ma’nosi faqat so‘zning lug‘aviy
ma’nosi bilan cheklanmaydi, balki uning ramziy va diniy ahamiyati bilan
bog‘liqdir. Diniy leksika, shuningdek, sintaktik jihatdan ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Ushbu leksik birliklar ko‘pincha ibodatlar, duo va
marosimlar matnlarida qat’iy sintaktik tuzilmalarda qo‘llaniladi. Bunday
matnlarda diniy so‘zlar va iboralar odatda o‘ziga xos tartibda joylashadi va bu
tartib ularning ma’nosini va ta’sirchanligini oshiradi. Masalan, Qur’on oyatlari
yoki va’z matnlarida so‘zlarning joylashuvi va tuzilishi matnning
tantanavorligini va ma’nosini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Pragmatik nuqtai
nazardan, diniy leksika o‘zining kommunikativ vazifalari bilan ajralib turadi.
Diniy nutq va matnlar ko‘pincha axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni ifodalash,
jamiyatning diniy e’tiqodlarini mustahkamlash, shuningdek, diniy marosimlarda
qatnashuvchilarni birlashtirish uchun ishlatiladi. Diniy leksika yordamida
insonlar o‘zlarining diniy e’tiqodlarini ifodalaydilar, boshqalar bilan diniy
muloqotga kirishadilar va diniy tajribalarini o‘rtoqlashadilar. Diniy leksika
ko‘pincha boshqa leksik qatlamlardan kiritilgan so‘z va iboralarni ham o‘z ichiga
oladi. Bu jarayonni leksik ko‘chirma yoki zaimka deb atash mumkin. Masalan,
islom dini bilan bog‘liq ko‘plab arabcha so‘zlar o‘zbek tiliga kiritilgan va ular
diniy leksika sifatida qabul qilingan
1
. Ushbu ko‘chirilmalar odatda asli tilidan
farqli ravishda ishlatiladi va yangi tilning diniy kontekstida o‘zining yangi
ma’nosini oladi. Diniy leksikaning yana bir muhim xususiyati uning qattiq
ma’naviy va axloqiy yuk bilan bog‘liq bo‘lishidir. Ushbu leksik birliklar insonlar
orasida katta hurmat va ehtirom bilan qabul qilinadi. Diniy leksikaning noto‘g‘ri
yoki noto‘g‘ri kontekstda ishlatilishi odamlar orasida norozilik yoki mojaroga
olib kelishi mumkin. Shu sababli, diniy leksika juda ehtiyotkorlik bilan
ishlatilishi lozim. Umuman olganda, diniy leksika til tizimida muhim o‘rin tutadi
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
104
va uning lingvistik xususiyatlari tilshunoslikning turli sohalarida o‘rganiladi.
Ushbu leksika tilning semantik, sintaktik, pragmatik va uslubiy qatlamlarida
o‘ziga xos o‘rin egallab, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni ifodalashda muhim
rol o‘ynaydi. Diniy leksika til va madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, u insonlar
orasidagi diniy e’tiqod va qadriyatlarni mustahkamlashda xizmat qiladi.
Diniy leksika tilning boshqa lug‘at qatlamlaridan farqli va o‘xshash jihatlari
bilan ajralib turadi. Quyida diniy leksika bilan boshqa lug‘at qatlamlari, xususan,
adabiy leksika va boshqa sohalardagi leksik qatlamlar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlik, farqli va o‘xshash jihatlarni ko‘rib chiqamiz. Adabiy leksika tilning
estetik va badiiy maqsadlarda ishlatiladigan so‘z va iboralarini o‘z ichiga oladi.
Diniy leksika esa odatda muqaddas va ma’naviy ma’noga ega bo‘lgan, diniy
kontekstda qo‘llaniladigan so‘z va iboralar majmuasidir. Har ikkala leksik qatlam
ham o‘ziga xos uslubiy va semantik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning
qo‘llanilishi maxsus kontekstlarda ro‘y beradi. Diniy leksika ko‘pincha adabiy
matnlarda ramziy yoki allegorik ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, adabiy asarlarda
diniy tushunchalar, ramzlar va personajlar yordamida muallif o‘zining badiiy
g‘oyalarini ifodalashi mumkin. Bu holatda diniy leksika adabiy leksikaga
aylanadi, chunki u badiiy maqsadlarda ishlatiladi. Adabiy leksika esa o‘z
navbatida, diniy mazmunni chuqurroq tushunishga yordam beradi, chunki
adabiyot va diniy e’tiqodlar ko‘pincha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan holda ijtimoiy va
madaniy qadriyatlarni ifodalaydi. Adabiy leksika bilan diniy leksikaning o‘zaro
aloqadorligi shundan iboratki, ko‘plab adabiy asarlarda diniy leksikaga xos
bo‘lgan tushunchalar, iboralar va so‘zlar ishlatiladi. Misol uchun, o‘zbek
adabiyotida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur zamonaviy
adabiyotda esa Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Mirzo Kenjabek va boshqa
adiblarning asarlarida diniy tushunchalar o‘zining badiiy ifodasini topgan.
Bunday asarlarda diniy leksika adabiy leksikaning bir qismi sifatida paydo
bo‘ladi va u asarning mazmunini boyitadi, o‘quvchiga chuqurroq ma’no va
mazmun beradi.
Diniy leksika tilning boshqa lug‘at qatlamlaridan farqli ravishda ma’naviy va
madaniy vazifalarni bajaradi. Bu leksik qatlam jamiyatning diniy e’tiqodlari va
axloqiy qadriyatlarini ifodalaydi, shu bilan birga ularni avloddan-avlodga
o‘tkazish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Diniy leksika odatda jamiyatda
muqaddas va hurmatga sazovor bo‘lgan tushunchalarni ifodalash uchun
ishlatiladi va bu leksika orqali jamiyatning diniy-madaniy merosi saqlanadi.
Diniy leksika tilning boshqa qatlamlari bilan solishtirilganda, ko‘proq ramziy va
ma’naviy ma’noga ega bo‘ladi. Bu leksik qatlamning so‘zlari ko‘pincha allegorik
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
105
va simvolik ma’nolar bilan boyitilgan bo‘lib, ular insonlarning ma’naviy hayoti va
diniy tajribalarini ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, “rahmat”, “duo”,
“mo‘jiza” kabi so‘zlar o‘zida chuqur diniy mazmunni ifodalagan holda,
insonlarning diniy e’tiqodlari va ibodatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Diniy
leksikaning ma’naviy-madaniy vazifalari til tizimida uni boshqa leksik
qatlamlardan ajratib turadi. Ushbu leksika insonlarning diniy qarashlarini
mustahkamlash, ularning ma’naviy hayotini boyitish va madaniy merosni
saqlashda katta rol o‘ynaydi. Bu leksik qatlamning so‘zlari va iboralari nafaqat
diniy matnlarda, balki kundalik nutqda ham keng qo‘llaniladi, shu bilan birga
ularning ramziy va ma’naviy ma’nosi saqlanib qoladi. Diniy leksika bilan boshqa
lug‘at qatlamlarini solishtirish orqali, biz uning o‘ziga xos lingvistik
xususiyatlarini, uslubiy va semantik boyligini, shuningdek, uning ma’naviy va
madaniy vazifalarini yaxshiroq tushunishimiz mumkin. Bu leksik qatlam tilning
barcha sohalarida muhim rol o‘ynab, jamiyatning diniy e’tiqodlari va axloqiy
qadriyatlarini ifodalashda xizmat qiladi.
Diniy leksika tilning murakkab va boy qatlamidir. Ushbu qatlamning o‘ziga
xos xususiyatlarini ko‘rib chiqishda uni boshqa lug‘at qatlamlari, jumladan,
ekzotik leksika, frazeologizmlar va paremiologik birliklar bilan solishtirish
orqali yaxshiroq tushunish mumkin. Diniy leksika va ekzotizmlar turli xil til
qatlamlariga kiruvchi, ammo o‘ziga xos ma’no va shakl xususiyatlariga ega
bo‘lgan leksemalar hisoblanadi. Ularning har biri tilshunoslikda alohida maqsad
va funksiyaga ega bo‘lib, o‘zining shakllanishi va ishlatilishi nuqtai nazaridan
farqlanadi. Bu farqlarni tahlil qilishda diniy leksika va ekzotizmlarning lingvistik
jihatlarini alohida o‘rganish zarur. Ekzotik leksika odatda o‘zga madaniyatlar,
tillar yoki geografik hududlardan kirib kelgan so‘z va iboralarni o‘z ichiga oladi.
Bu leksik qatlam ko‘pincha madaniy almashinuv natijasida paydo bo‘ladi va
tilning boyishiga xizmat qiladi. Diniy leksika va ekzotik leksika o‘rtasida ba’zi
o‘xshashliklar mavjud, chunki diniy leksikaning ko‘plab elementlari ham boshqa
tillardan kirib kelgan bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi ko‘plab diniy
so‘zlar arab tilidan kirib kelgan: “masjid”, “imom”, “ro‘za”, “savob” kabi so‘zlar
bunga misol bo‘la oladi. Ekzotik leksika, odatda, yangi ma’lumotlar va madaniy
boyliklarni kiritish orqali tilni boyitadi. Biroq, bu leksika odatda aniq bir
geografik yoki madaniy kontekstda saqlanib qoladi va kengaytirilib, umumiy
ishlatilishga moslashmaydi. Diniy leksika esa, aksincha, keng jamoat tomonidan
qabul qilinadi va ko‘pincha tilning boshqa sohalariga ham kirib boradi
2
. Ekzotik
leksika ba’zan diniy leksikaning bir qismi bo‘lib qoladi, ayniqsa, din boshqa
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
106
madaniyatlar va tillar bilan aloqa qilgan holda rivojlangan bo‘lsa. Ekzotik
leksikaning diniy leksikaga kiritilishi natijasida o‘zbek tilida ko‘plab arabcha
so‘zlar mustahkam o‘rin egalladi. Bu so‘zlar o‘zining dastlabki ma’nosidan
tashqari, yangi kontekstda qo‘llanilganligi sababli ma’naviy va axloqiy yuk
orttiradi. Misol uchun, “zakot”( a.
ةوكز
– poklik, poklanish; sadaqa;
3
) yoki “salom”
(a.
ملااسلا
– Alloh ismlaridan biri
4
) so‘zlari diniy leksikaning o‘ziga xos bir
qismiga aylangan. Diniy leksika va ekzotizmlarning o‘zaro bir-biri bilan
bog‘liqligi bo‘lgani kabi mazmuniy farqlari ham mavjud. Diniy leksika va
ekzotizmlar orasidagi mazmuniy farqlardan biri shundaki, diniy leksika chuqur
diniy, ruhiy va e’tiqodiy ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlardan iborat bo‘lsa,
ekzotizmlar ko‘proq madaniy rang-baranglikni aks ettiradi. Shaklan esa, diniy
leksika barqaror shaklda va qat’iy o‘zgarmas ma’no bilan keladi, ekzotizmlar esa
kirib kelgan tilda yangi shakllar va o‘zgarishlar olishi mumkin. Diniy leksika
jamoa e’tiqodi va diniy amaliyotlar orqali keng tarqalgan bo‘lsa, ekzotizmlar
ko‘pincha bir guruh yoki madaniyatni ifodalaydi va ko‘proq badiiy adabiyot yoki
madaniy kontekstda qo‘llaniladi.
Diniy leksika va ekzotizmlar xalq ongida qabul qilinishida ham sezilarli
farqlarga ega bo‘lib, har ikkisi turli ma'naviy va madaniy asoslarga ko‘ra o‘ziga
xos tarzda anglanadi. Bu leksemalar xalq orasida qanday qabul qilinishini
tushunish uchun ularning ma’no yukini, tarixiy va madaniy kontekstlarini,
hamda jamiyatdagi rolini chuqurroq o‘rganish hozirgi kundagi dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Diniy leksika xalq orasida yuqori hurmat va
qutlug‘lik darajasiga ega bo‘lsa, ekzotizmlar ko‘pincha yangi, qiziqarli yoki o‘ziga
xos ma'noda qabul qilinadi. Diniy leksika, asosan, jamiyatdagi diniy qadriyatlarni
mustahkamlash va ularni asrlar davomida saqlab qolish vazifasini bajaradi.
Ekzotizmlar esa xalq ongida boshqa madaniyat va til vakillariga nisbatan
qiziqish va hayratni uyg‘otadi, biroq ular diniy leksika kabi chuqur e’tiqodiy
ma’noga ega emas. Shu tariqa, diniy leksika va ekzotizmlar xalq ongida turli xil
ijtimoiy va madaniy xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Frazeologizmlar – bu tilning o‘ziga xos bir qismi bo‘lib, ular odatda ikki yoki
undan ortiq so‘zlarning barqaror birikmasidan tashkil topgan bo‘ladi va ularning
ma’nosi odatda bir butunlikda tushuniladi. Frazeologizmlar ko‘pincha ramziy va
obrazli ma’noga ega bo‘ladi, shuning uchun ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish yoki
tushunish mumkin emas. Diniy leksika bilan frazeologizmlar o‘rtasida ma’lum
o‘xshashliklar mavjud, chunki har ikkisi ham ko‘pincha ramziy ma’nolarga ega
va o‘ziga xos uslubiy xususiyatlarga ega. Diniy frazeologizmlar diniy e’tiqodlar va
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
107
qadriyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, o‘zbek tilida “makkorlik
qilmoq” frazeologik birikmasi Islom dinida ma’lum bir shaxsiy sifatga ishora
qiladi, bu esa uning diniy ahamiyatini oshiradi. Frazeologizmlar diniy
leksikaning boyligi va murakkabligini aks ettiradi, chunki ular ko‘pincha diniy
tushunchalarni umumiy nutq kontekstida ishlatishga imkon beradi. Bu
frazeologik birliklar diniy tushunchalarni keng ommaga yetkazishda va ularning
tushunilishini osonlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Frazeologizmlar,
shuningdek, diniy leksikaning uslubiy xususiyatlarini kuchaytiradi. Ular orqali
diniy mazmuni chuqurroq ifodalash va uni o‘quvchi yoki tinglovchiga yetkazish
imkoniyati oshadi. Frazeologik birliklar diniy matnlarda keng qo‘llanilib,
ularning tantanavor va ma’naviy ma’nosini yanada kuchaytiradi. Bu jihatdan,
diniy frazeologizmlar diniy leksikaning bir qismi sifatida til madaniyatini
boyitadi va diniy e’tiqodlarning ifodalanishida muhim rol o‘ynaydi.
Paremiologik birliklar – bu maqol va matallardan tashkil topgan tilning boy
qatlami. Paremiologik birliklar, odatda, xalqning uzoq tarixiy tajribasi, donoligi
va qadriyatlarini ifodalaydi. Diniy leksika bilan paremiologik birliklar o‘rtasida
ko‘plab o‘xshashliklar mavjud, chunki ko‘plab maqol va matallar diniy
tushunchalar va e’tiqodlarni aks ettiradi. Misol uchun, “savob qilsang, o‘zingga”,
“Allohning qahriga uchramoq”, “darding nima bo‘lsa ham, umiding har zamon
Alloh bo‘lsin” , “Piringning ham piri bor” , “Tuyaning dumi yerga tekkanda,
xo‘janing qizi erga tegar”, “Mullaning saxiyligi—tilida”, “Zolimdan panoh tilama,
Fosiqdan—vafo”, “Mulla bilganin o‘qir” kabi maqol va matallar diniy leksikaga
asoslangan. Paremiologik birliklar ko‘pincha diniy mazmun bilan to‘ldirilgan
bo‘lib, ular xalqning diniy qarashlari va e’tiqodlarini ifodalashda muhim
ahamiyatga ega. Bu birliklar orqali xalqning diniy e’tiqodlari va qadriyatlari
avloddan-avlodga o‘tadi. Diniy leksika esa bunday paremiologik birliklarni
boyitadi va ularning semantik va ramziy ma’nosini yanada chuqurlashtiradi.
Paremiologik birliklar, shuningdek, diniy leksikaning ta’sirini ko‘rsatadi, chunki
ko‘plab maqollar va matallar aynan diniy kontekstdan kelib chiqqan. Bu birliklar
xalq orasida diniy e’tiqodlarni mustahkamlashga xizmat qiladi va ularga
ma’naviy va axloqiy ahamiyatni yuklaydi. Paremiologik birliklar diniy
leksikaning xalqning madaniy merosidagi o‘rnini ko‘rsatadi va bu birliklar orqali
xalqning diniy qadriyatlari va urf-odatlari saqlanib qoladi. Umuman olganda,
diniy leksikaning boshqa lug‘at qatlamlari bilan solishtirilishi uning o‘ziga
xosligini va til tizimidagi o‘rnini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Diniy
leksika tilning boy va murakkab qatlami bo‘lib, u turli leksik qatlamlar bilan
o‘zaro aloqada bo‘ladi va ularni boyitadi. Ushbu leksikaning ramziy va ma’naviy
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
108
xususiyatlari uni boshqa lug‘at qatlamlaridan ajratib turadi va tilning madaniy
va diniy ifodalanishida muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyoti ming yillik tarixga ega bo‘lgan boy madaniy merosdir.
Ushbu adabiyotda diniy leksika muhim rol o‘ynab kelgan bo‘lib, u asrlar
davomida shakllanib, rivojlanib kelgan. Diniy leksikaning O‘zbek adabiyotida
rivojlanishi tarixi bir necha davrlarga bo‘linadi, va har bir davrda bu leksika
o‘ziga xos xususiyatlari va uslubiy yondashuvlari bilan ajralib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
“Ўзбек
тилшунослиги масалалари”
тўплами, СамГУ илмий
асарлари, Тошкент, 1957.
2.
B.Qo‘shoqova Diniy leksikani o‘rganishda turli yondashuvlar. TDPU Ilmiy
axborotlari jurnali. 2020-y, 6-son. –b 237.
3.
А. Нурмонов Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Т.: Ўзбекистон, 2002. –
Б.30.
4.
Абдураҳмонов Ғ. Стилистик нормалар ҳақида // Ўзбек тили ва
адабиёти, 1969, 6-сон. – 51 б.
5.
Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий
грамматикаси. – Тошкент, Ўқитувчи, 1973. – 320 б.
6.
Баскаков Н.А. Структурные и функциональные стилистические
модификации
в
современных
тюркских
языках//
Развитие
стилистических систем литературных языков народов СССР. – Ашхабад.
1968.
7.
Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Умурқулов Б. Ўзбек нутқи
маданияти очерклари. – Тошкент: Фан, 1988. – 192 б.
8.
Виноградов В.В. Стилистика. Теория поэтической речи, Поэтика. –
Москва, 1969. – 253 с.
9.
Иброҳимов С., Шамсиев П. Навоий асарлари луғати. – Тошкент: Ғафур
Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1972.
10.
Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби. – Самарқанд: Зарафшон,
1992. – 140 б.
11.
Каримов С. Ўзбек тилининг диний услуби ҳақида баъзи мулоҳазалар
// Истиқлол йиллари: миллий-диний қадриятларнинг халққа қайтиши.
Ўзбекистон Республикаси Имом ал-Бухорий халқаро жамғармасининг ЎзР.
Мустақиллигининг 10 йиллигига бағишланган илмий- амалий анжуман
материаллари. – Тошкент, 2001.
12.
Каримов С. Ўзбек тилининг функционал стилистикаси. – Самарқанд:
СамДУ нашри, 2010. – 192 б.
13.
Кожина М.Н. Стилистика русского языка. – Москва: 1983, – 223 с.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
109
14.
Кожина М.Н., Дускаева Л.Р., Салимовский В.А. Стилистика русского
языка. Электронный ресурс. Учебник, 4-е изд. – Москва: Флинта: Наука,
2008.
15.
Кунгуров Р. Стилистика имени существительного в узбекском языке.
– Ташкент, 1983. – 161 с.
16.
М. Кенжабек. Ёшларга дил сўзларим. –Тошкент. Adabiyot, 2020.
17.
М. Кенжабек. Номус жанггоҳи. –Тошкент. Oltin kitob, 2022.
18.
М. Кенжабек. Ҳаёт садолари. –Тошкент. Qamar-media, 2022.
19.
Макуховская М.,2002, Функционирование современного польского
языка. Язык религии. Ополе, с. 369-367.
20.
Махмараимова Ш. Ўзбек тили теоморфик метафораларининг
қисқача концептуал луғати. – Тошкент: Чўлпон номидаги нашриёт-матбаа
ижодий уйи, 2018.
