SH. XOLMIRZAYEV: “ QARIYA” HIKOYASIDA DIALEKTIZMLAR

Аннотация

Ushbu maqola  SH. Xolmirzayev “Qariya” hikoyasida dialektizmlarning qo`llanish o`rinlari ko`rsatilgan. Maqolada dialektizmlarning aholi turmush-tarzi, kommunikatsiya jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi, ma`lum hududda faol dialektlar o`rganilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
70-74
22

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Hayitova , A. ., & To`raxonova, F. . (2025). SH. XOLMIRZAYEV: “ QARIYA” HIKOYASIDA DIALEKTIZMLAR. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 4(5), 70–74. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/84099
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola  SH. Xolmirzayev “Qariya” hikoyasida dialektizmlarning qo`llanish o`rinlari ko`rsatilgan. Maqolada dialektizmlarning aholi turmush-tarzi, kommunikatsiya jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi, ma`lum hududda faol dialektlar o`rganilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

70

SH. XOLMIRZAYEV: “ QARIYA” HIKOYASIDA DIALEKTIZMLAR

Hayitova Aziza

Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti

Amaliy filologiya yo'nalishi3- bosqich talabasi

hayitova1122@gmail.com.Tel:. 93.163.72.04

To`raxonova Farangiz

3- bosqich talabasi

to`raxonova3356@gmail.com.Tel:.958446404

https://doi.org/10.5281/zenodo.15332047

Annotatsiya.

Ushbu maqola SH. Xolmirzayev “Qariya” hikoyasida

dialektizmlarning qo`llanish o`rinlari ko`rsatilgan. Maqolada dialektizmlarning
aholi turmush-tarzi, kommunikatsiya jarayonida muhim ahamiyatga ega
ekanligi, ma`lum hududda faol dialektlar o`rganilgan.

Kalit so`zlar

: Dialektizm, areal dialektika, etnografizm, tahlil.

Annotation

. This article is written by SH. Kholmirzayev's story” the old

man " shows the places of application of dialecticisms. The article explains that
dialecticisms are important in the process of population lifestyle,
communication, active dialects are studied in a particular area.

Keywords:

Dialectism, areal dialectics, ethnography, analysis.

Аннотация

. Эта статья о SH. В повести Холмирзаева “старик”

показаны места употребления диалектизмов. В статье исследуется
значение диалектизмов в образе жизни населения, в процессе общения,
изучаются активные диалекты на определенной территории.

Ключевые слова:

диалектизм, ареальная диалектика, этнографизм,

анализ.

Bugungi kun dolzarb muommolaridan biri bo`lgan dialektal so`zlarning

so`zlashuv iste`molida keng muomala qilinmayotganligi, ularning yo`qolib ketish
xavfi mavjudligi sheva so`zlarni yig`ish, ularning xalq hayotida muhimlik darajasi
kabi masalalarni o`rganishni taqozo qiladi. 0‘zbek tili dialektal o'ziga xosligiga
qadimgi urug` va qabilalar tilining turli territoriyada alohida-alohida mustaqil
yashashlari muhim ahamiyat kasb etgan. Ijtimoiy hayot tarzi, territorial
mustaqilligi, kasb- kori, etnografik xususiyatlari ulaming tilida aks etmay qolmas
edi va bu holat tilda umumiylikni saqlab qolgan holda, boshqa territoriyada
yashovchi o‘zbeklar tilidan ko'pgina xususiyatlari bilan farqlanishiga olib kelgan,
bu esa shevaning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan . Shuningdek, o`zbek
yozuvchilarining asarlarida dialektizmlarning faol qo`llanilishi sheva leksikasini
saqlab qolish, ishlatilish o`rni va avlodlarga yetkazish uchun ham foydalidir.
B.I.Sinsius shevaga oid lug`at ma’lumotlarini qayta ishlashda mavzuviy


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

71

guruhlashning bir necha bosqichlarni taklif qiladi. A.G.Shayxulov esa shevalarni
mavzulashtirib o`rganishdagi ahamiyatini ta’kidlash maqsadida, leksik-tematik
tasniflash etnogenetik jihatdan boshqa turk tillari bilan bog`liq tegishli leksik
tuzilmalarning semantik xususiyatlarini o`rganishga imkon berishini aytib
o`tadi. Bu boradagi K.M.Musaev hamda R.Abdina fikrlarini ham hisobga olgan
holda biz Boysun shevasiga xos so`zlarni quyidagicha tasniflashni taklif etamiz.
Bular:

1. Fonetik dialektizmlar.
2. Leksik dialektizmlar.
3. Semantik dialektizmlar.
4. Grammatik dialektizmlar .
Yozuvchilar ijod mahsuli bo`lgan asarlardagi dialektizmlar hudud jihatidan

areal dialektikani belgilab berishga xizmat qiladi. Areal dialektikada shevalar
keng iste`molda bo`lgan so`zlar kesimida ularning ma`lum hudud vakillariga
tegishlilik darajasini ko`rsatadi. Xalq turmush tarzi, milliyligini ifodalashda
shevaning o`rni sezilarli bo`lib, ular adabiy tilning shakllanishida asosiy o`rinda
turadi. Surxondaryo viloyati hududida yashovchi aholi qipchoq lahjasida
so`zlashuvchilarning soni yuqori ko`rsatgichni ko`rsatadi. Surxondaryolik
yozuvchi Sh. Xolmirzayev asarlarida Boysun hududida istiqomat qiluvchi
aholining shevada so`zlashuv jarayonini ko`rishimiz mumkin. Yozuvchining
barcha asarlarida shevaga boy ekanligi, aholining turmush tarzida asosiy
muloqot manbayi sheva bilan bog`liqligiga guvoh bo`lamiz. Xususan, sheva
leksikasini tahlil qilishda Sh. Xolmirzayevning “Qariya” hikoyasida qo`llanilgan
sheva so`zlarining adabiy variantini berish, uning semantikasi bilan bog`liq
tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, hikoyadan olingan parchalardan sheva
so`zlarining leksik dialektizmlari uchrash holatlari keltirilgan:

Kimki ushlagan bo‘lsa yo ko‘rgan bo‘lsa, yo bog‘lagan bo‘lsa, o‘ttiz so‘m

suyunchisi bor-ho-o!» deb baqira boshlaganda ovozi yetti mahalla nariga ketadi.
Qo‘ziboy chol ana shu ishi uchun mol egasidan cho‘tal oladi.

Cho‘tal – 2-ma`noda qo`llanilgan.
1. Qimor oʻyinlarida yutgan tomondan olinadigan pul, ulush.
2. Ulush, hissa.
Ayniqsa, sahar paytida bozordan baralla ko‘rinib turuvchi tog‘lardan

shundoq izg‘irin esadiki, toqat qilib bo‘lmaydi. Shunda beva xotin «jon olov, jon
er» deganidek, sotuvchi o‘rtokdarga kul paqirda keltirilgan lag‘cha cho‘g‘ juda
ham asqatadi-da!

Paqir – chelak.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

72

Lag‘cha –lovullab turgan cho‘g‘,o‘t.
Qo‘ziboy chol — oriq, oyoqlari chilcho‘pdek.
Chilcho‘p –juda ozg‘in, oriq.
Ular rayon markazidagi aholi singari og‘ir, «bardoshli»mas. Keltirgan

mollarini donalab sotib o‘tirgandan ko‘ra uni ko‘tarasiga sotib, o‘zlariga kerakli
narsalarni xarid qilib qaytshpga shoshadilar: tog‘ uzoq, kechga qolmay
qishloqlariga yetib olishlari kerak.

Ko‘tarasiga sotmoq –hammasini, barchasini sotmoq.
Bir eshonga murid tushib, yetti yil uning izidan yurgan.
Murid tushmoq –shogird tushmoq
Mezonlar ko‘p — simyog‘och simlarida, daraxt shoxlarida, tom bo‘g‘otidan

chiqib turgan yog‘och uchlarida.

Bo‘g‘ot –Qamish solib yopilgan tomning devordan tashqariga chiqib turgan

qismi.

Biroq qaytib kelgan kuni kimsasiz bozorga kirib huvillab yotgan rastalarni

ichki bir mamnuniyat bilan aylanib ko‘rarkan, bozor odog‘idagi kichkina darcha
qattiq itarilib, ochilib ketdi.

Odog` - pastki joy,pastki qism.
— Bahay? Tinchlikmi? — so‘radi bozor ishchisi.
Bahay- Nima gap, qalay; tinchlikmi; yaxshi.
Chakki ish bo‘pti.
Chakki – 1-ma`noda qo`llanilgan.
1. Yomon; qoniqarsiz.
Bu yerda uning turmushi chakki boʻlmadi. S. Anorboyev, Oqsoy
— Gʻoʻzalarimiz chakki emas, — deydi polvon. A. Qodiriy, Obid ketmon
— Bashoratdan boshqa hammamiz umuman chakki baho olmadik, — dedi

Zaynab. Sharq yulduzi

2. Nojoʻya, nooʻrin.
Chakki yursang, dakki yersan. Maqol
— Chakki gap aytgan boʻlsam, uzr, otaxon, — yigit xijolatda qolgan edi.

Guldasta

3. Bekor, behuda.
Asli bugun ham chakki ovora boʻlgansiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Qo‘ziboy chol choyxonaga kirdi. Kimsasiz, zax xonaga o‘tib, bitta ko‘kchoy

buyurdi-da, chorpoyaga chiqib chordana qurdi. Do‘ppisi ustidan qiyiqcha
o‘ragan G’oziboy choy olib kelgan edi, uni ro‘parasiga o‘tqazib:


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

73

Chorpoya – Ochiq havoda oʻtirishga, yotishga moʻljallangan, toʻrt oyoqli va

panjarali katta keng yogʻoch karavot, soʻri.

Chordana qurmoq – Oyoqlarni tizzadan bukib va tizzadan pastini bir-biriga

chalkashtirib bosib oʻtirmoq.

Qiyiq – Odatda belga bog'lash uchun atrofiga gul tikilgan to'rtburchak mato;

belbog', qiyiqcha. Atlas qiyiq. Shohi qiyiq.

— E, qizishmang, inim, — dedi Qo‘ziboy chol beparvolik bilan.
Inim – 1. ayn. Uka.
Yigʻim-terim vaqtida bir falokat yuz berib, Hasan oʻz inilari va ularning

bolalaridan ajraldi. S. Ayniy, Qullar

2. (1-shaxs birlik egalik shaklida — inim).
To‘y degani bamaslahat bo‘ladi, o‘lim tuyqusdan keladi! Buning farqi katta!..

Attang!

Tuyqusdan kelmoq – Bexosdan, qoʻqqisdan, kutilmaganda, birdan kelmoq.
E, bu Shoymardon Qudrat deganingiz toza zo‘r ekan! Desangiz, paykalda

paxta oppoq bo‘lib, shu... charv moydek bo‘lib oqib yotibdi!

Paykal – Marza, ariq, yoʻl kabilar bilan ajratilgan katta ekin maydoni; pol,

chek.

Kechqurun uyga bordi. Qo‘shnining echkilari tomorqaga kirgan ekan, ularni

haydab kemtikdan oshirdi-da, o‘ylab turib bostirmaga chiqdi:

Kemtik – 1- ma`noda qo`llanilgan.
1. Predmetning uchgan, singan, kertilgan, buzilgan, nuragan joyi.
2. koʻchma Yetishmaydigan, toʻlmay qolgan joy; yetishmovchilik, kamchilik,

nuqson.

Bostirma – 1- ma`noda qo`llanilgan.
Toʻrt tomoni yoki ikki yoni va old tomoni ochiq, usti yengilgina yopilgan

qurilma, (usti yopiq uzun) yoʻlak.

Taomni ustidan mahkam bekitib, biror ogʻir narsa bostirib qoʻyib pishirish

usuli va shunday usulda pishirilgan taom.

Soyning tik qirg‘og‘ida qadimgi qo‘rg‘on vayronalari qaqqayib turar, uning

vodiyga qarab ochilgan shinaklarini kaptarlar in qilgandi.

Shinak – 1- ma`noda qo`llanilgan.
1. esk. 1 Shahar, qalʼa, qoʻrgʻon kabilar devoridan dushmanni kuzatish va

otish uchun qilingan maxsus tuynukcha.

2. Dushmanni kuzatish va undan saqlanish mumkin boʻlgan pana joy.
Andak tobim aynib yotib qoldim deng... Shamol tegdimi, bilolmadim. Xo‘sh?
Andak – 1- ma`noda qo`llanilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

74

1. Ozgina vaqt, birpas.
2. Birmuncha, bir qadar.
3. Uncha katta yoki koʻp emas; bir oz, qittak .

Xulosa

qilib aytadigan bo`lsak, dialektizmlarning faol qo`llanish jarayoni

asar syujetini real tasvirlarlashga, haqiqiy insonlar turmush-tarzini ko`rsatib
berishga xizmat qiladi. Hikoyada berilgan dialektizmlar yozuvchi ijtimoiy
hayotida faol qo`llagan so`zlari, Boysun hududida yashovchi aholining
so`zlashuv jarayonini, madaniyatini bevosita kitobxonlarga ko`rsatib berishga
xizmat qiladi. Sheva so`zlarning omonimlik xususiyati bo`lib, ularning ma`nosini
bilish uchun kontekstda kelgan ma`nosiga qarab anglashiladi. Shevalarning
adabiy holatga o`tishi, turli shevalardan muqobil variantini tanlash, uning
sayqallangan variantga keltirish, shuningdek, so`zlar etimologiyasi bevosita
sheva leksikasi bilan bog`liqdir. Dialektizmlarning keng qo`llanishi sheva
leksikasining yo`qolib ketish xavfining oldini olish uchun hamda boshqa sheva
vakillari, til sohiblarining shevani o`rganishi, so`z jilosidan bahramand bo`lishga
yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. S. Ashirboyev “0‘zbek dialektologiyasi” Toshkent-2013
2. S. Rahimov: “O`zbek tili Surxondaryo shevalari (Fonetika, leksika) Toshkent
1985.
3.M. Xолова: Ўзбек миллий шевалари корпуси тадқиқи (Бойсун тумани
“ж”ловчи шевалари мисолида) монография Термиз – 2022
4. SH. Xolmirzayev: “Qariya” hikoya
5. Izoh.uz

Библиографические ссылки

S. Ashirboyev “0‘zbek dialektologiyasi” Toshkent-2013

S. Rahimov: “O`zbek tili Surxondaryo shevalari (Fonetika, leksika) Toshkent 1985.

M. Xолова: Ўзбек миллий шевалари корпуси тадқиқи (Бойсун тумани “ж”ловчи шевалари мисолида) монография Термиз – 2022

SH. Xolmirzayev: “Qariya” hikoya

Izoh.uz