DAVLAT ADABIYOT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN XVI-XVII ASRGA OID ADABIY MANBALAR TAVSIFI

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyida saqlanayotgan XVI-XVII asrga oid noyob manbalar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
54-63
27

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Shirinova, N. . (2024). DAVLAT ADABIYOT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN XVI-XVII ASRGA OID ADABIY MANBALAR TAVSIFI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 54–63. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53430
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyida saqlanayotgan XVI-XVII asrga oid noyob manbalar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

54

DAVLAT ADABIYOT MUZEYIDA SAQLANAYOTGAN

XVI-XVII ASRGA OID ADABIY MANBALAR TAVSIFI

Shirinova Nargiza Nuriddin qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va

adabiyoti universitetining 2-kurs doktoranti

Tel:99 837-88-18

Email: shirinovanargiza1605@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11653855

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot

muzeyida saqlanayotgan XVI-XVII asrga oid noyob manbalar haqida qisqacha
ma’lumot berilgan.

Аннотация:

В данной статье представлена краткая информация об

уникальных источниках XVI и XVII веков, хранящихся в Государственном
литературном музее имени Алишера Навои.

Abstract:

This article provides brief information about unique sources of

the 16th and 17th centuries kept in the State Literary Museum named after
Alisher Navoi.

Kalit so‘zlar:

qo‘lyozma, matn, so‘g‘d tili, toshbosma, matnshunos,

nasta’liq, devon, suls, kulliyot, tadqiqot, manbashunos.

Ключевые слова:

рукопись, текст, согдийский язык, петроглиф,

текстолог, насталик, диван, сулс, куллиет, исследование, источниковед

Key words:

manuscript, text, Sogdian language, petroglyph, textologist,

nastaliq, divan, suls, kulliyot, research, source scholar.

Bizga ma’lumki, qadim-qadimdan yurtimiz yuksak adabiy bilimga ega
daholar o‘lkasi hisoblangan. Ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan juda
ko‘plab adabiy manbalar bor. Ularni o‘rganish va tadqiq etib keng ommaga
yetkazish bugungi kundagi dolzarb ilmiy masalalardandir. Mamlakatimiz
mustaqillikka erishgandan keyin ilgari o‘rganish taqiqlangan manbalarni tadqiq
etish uchun keng imkoniyat paydo bo‘ldi. Ularni ilmiy-tadqiqot doirasiga kiritib,
olingan natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etish adabiyot ilmining, xususan,
manbashunoslik va matnshunoslikning ustuvor vazifalaridan biridir. Ayni
paytda, bu adabiyotimiz tarixida mavjud bo‘lib kelayotgan muayyan kemtiklikni
to‘ldirishi ham shubhasizdir. Zero, adabiy-tarixiy manbalarni o‘rganish boy
o‘tmishimizning bizga noma’lum sahifalarini ochishda, adabiy matn va
talqindagi xatolarni tuzatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi
prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Beshafqat davr sinovlaridan omon
qolgan eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

55

xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma asarlar bizning beqiyos
ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir... Ota-bobolarimizning asrlar davomida
to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy-axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam
etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi.”

1

Endilikda madaniy

an’analarni tiklash, dunyo svilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan buyuk
ajdodlarimizning ulkan merosiga murojaat qilish kuchaymoqda.

Qo‘lyozma manbalar bilan ishlovchi manbashunos va matnshunos oldida

qo‘lyozma manbani o‘rganish bilan bog‘liq bir qancha qiyinchilik turadi. Ulardan
biri yozuv murakkabligidir. O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarining o‘tmishdan
qolgan yozma manbalari turli alifbolarda bitilgan bo‘lib, o‘sha chog‘larda
ishlatilgan yozuvlarning ko‘pi hozir unutilgan. Tadqiqotchi o‘sha yozuvni bilmay
turib, asar ustida izlanish olib borolmaydi.

Demak, manbashunos birinchi galda, eski yozuvlarni o‘qiy olmog‘i va

matnni ilmiy transkripsiyaga o‘gira olmog‘i lozim. Boshqa bir qiyinchilik, yozma
manbaning tilini tushuna ola bilishdir. Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan
yaratilgan yozma manbalar turli tillarda: Islom davrida yaratilgan eski turkiy til,
arabiy va forsiyda. Yodgorlik orasida hatto sug‘d, qadimgi xorazmiy singari o‘lik
tillarda yaratilgan asarlar ham bor. Bundan tashqari, yodgorlik turkiy tilda
bo‘lsa-da uning yaratilgan davri bilan oramizni uzoq muddat ajratib turadi.
O‘tgan davrdagi til ham o‘zgarib ketgan. Mutaxassis yozma yodgorlikni tadqiq
etishi uchun uning tilini ham bilishi zarur. Anglashiladiki, mutaxassis asar
bitilgan yozuvni o‘qiy olsa, shuningdek, uning tilini yaxshi bilsagina matn
bo‘yicha tadqiqot olib borishi mumkin.
Shunday ekan, adabiy merosimizni o‘rganish va bir joyga yig‘ish bugungi
kunning asosiy talab va ehtiyojlaridandir. Bugungi kunda ajdodlarimizdan
qolgan noyob manbalar yurtimizda joylashgan turli qo‘lyozma fondlarida,
kutubxonalarda saqlanmoqda. Shunday fondlardan biri Alisher Navoiy nomidagi
Davlat adabiyot muzeyidir. U O‘zbekiston shoir va yozuvchilarining boy
qo‘lyozma merosi saqlanadigan fondlariga ega bo‘lgan Respublikaning yirik
ilmiy-tadqiqot va ma’rifat markazi hisoblanadi. Bu muzey o‘zining
matnshunoslik va manbashunoslik sohasidagi ilmiy salohiyati bilan
mamlakatimizda yetakchi ilmiy muassasa sifatida ma’lum. Bu muzeyda
qo‘lyozma manbalarni yig‘ish uchun arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilgan va
aholidan qo‘lyozma va toshbosma kitoblarni sotib olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Natijada 1978-yilga kelib muzey fondida 10.000 ga yaqin qo‘lyozma va
toshbosma asarlar aholidan sotib olingan. Bu ishga filologiya fanlari doktori,

1

Каримов.И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш-давр талаби.-Т.: Ўзбекистон,1997.-Б. 111-112 б


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

56

professor H.S.Sulaymonov boshchilik qildi. Keyinchalik bu ishlarni Saidbek
Hasanov davom ettirdi. U to‘plangan qo‘lyozma manbalarga qayta ishlov berish
ishlarini ham yo‘lga qo‘ydi. Bu ish uchun maxsus olimlar guruhlari tuzildi.
Ularning sa’y-harakatlari bilan bu fond 2000 ga yaqin qo‘lyozma va toshbosma
kitoblar bilan boyidi. Bu noyob manbalar ichida Sa’diy Sheroziyning 1636-yili
ko‘chirilgan kulliyoti, Abdurahmon Jomiyning “Tuhfatul ahror” qo‘lyozmasining
1578-yili ko‘chirilgan nusxasi, Nizomiy Ganjaviyning XVI asrga oid “Maxzan ul-
asror”i, Xusrav Dehlaviyning 1575-yilda ko‘chirilgan “Xamsa”si, Fig‘oniy, Nozim
Xiraviy, Abdullo Hotifiy, Husayn al-Koshifiy, Temurshoh Afg‘oniy va boshqa
shoir va yozuvchilari qo‘lyozma asarlarining qadimiy nusxalari ham mavjuddir.
Qo‘lyozma va toshbosma asarlar orasida salmog‘i jihatidan tabiiyki, Hazrat
Navoiy asarlari nusxalari yetakchilik qiladi. Qo‘lyozmalari 67 ta, toshbosma va
foto nusxalar 72 tani tashkil qiladi. Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy
merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, va uning o‘lmas asarlarini yurtimizda
va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish
borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda

2

.

Adabiyotga oid qo‘lyozmalar muzey xazinasining katta bir qismini tashkil
qiladi. Bu yerda o‘zbek va fors-tojik adabiyotining mashhur namoyondalari bilan
bir qatorda hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan asarlarning qo‘lyozmalari
ham bor. Bular jumlasiga Mavlono Xoja Qozi Rizoiy Payvandiyning “Qush tili”
asari, Nosir Xo‘janing “Layli va Majnun” dostoni, Xojazoda Ahmad Hilmiyning
naqshbandiya tariqatiga oid “Hadiqat ul-avliyo”, Shohidiyning mavlaviylik
tariqatiga bag‘ishlangan “Gulshani tavhid”, Sulton Muhammad Balxiyning
“Majma’ ul-g‘aroyib” asarlari qo‘lyozma nusxalarini kiritish mumkin.

3

Bu noyob

manbalarni o‘rganish va butun xalqni ular haqidagi qimmatli ma’lumotlardan
xabardor

qilish

bugungi

kundagi

matnshunos

va

manbashunos

tadqiqotchilarning muhim vazifalaridandir. Biz ushbu maqolada Alisher Navoiy
nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan manbalar, xususan, XVI-XVII
asrga oid qo‘lyozma manbalar haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyida saqlanayotgan XVI-
XVII asrga oid turkiy qo‘lyozmalar

T\r Muallifi

Asar nomi

Asr

Inventar
raqami

Tili

2

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020-йил 19-октябрдаги ПҚ-4865-сон қарори. Буюк шоир ва

мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида.

3

Ҳасанова Ш. Алишер Навоий номидаги Давлат адабиёт музейининг қўлёзмалар каталоги.-Т.: Фирдавс-

Шоҳ,2022.-Б. 4-б.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

57

1.

Alisher Navoiy G‘aroyib

us-

sig‘ar

1528-yil 26

Turkiy

2.

Alisher Navoiy G‘aroyib

us-

sig‘ar

XVI asr

665

Turkiy

3.

Alisher Navoiy Navoiy devoni

(Terma
devon)

1529-yil 98

Turkiy

4.

Alisher Navoiy Navoiy devoni

(Terma
devon)

XVI asr

18

Turkiy

5.

Alisher Navoiy Nazm

ul-

javohir

XVI asr
boshi

8/II

Turkiy

6.

Alisher Navoiy Nazm

ul-

javohir

XVI asr

10

Turkiy

7.

Bobo Fig‘oniy Devon

XVI asr

41

Turkiy

8.

Mashrab

Mashrab
devoni.

XVII asr 431/XXIII Turkiy


9.

Zahiriddin
Muhammad
Bobur


Mubayyin


1522-yil


103


Turkiy

Endi ba’zi turkiy qo‘lyozmalarning ilmiy tavsifiga to‘xtalamiz o‘tamiz.

1.

Navoiy devoni (Terma devon)

4

:

XVI asrdagi kitobat san’atining eng

yaxshi namunalaridan biridir. Sarg‘ish rangli, nafis, ipakdan yasalgan Samarqand
qog‘ozidan foydalanilgan. She’rlar qora siyohda, mayda nozik nasta’liq xatida
ko‘chirilgan. Sarlavhalar Suls xatida yozilgan bo‘lib, havorang va oltin suvi
yuritilgan siyohda ko‘chirilgan. Matn 2 ustunda 25 qatordan joylashtirilgan
hamda oltin suvli chiziqlar bilan o‘ralgan.

Muallifi:

Alisher Navoiy.

Kotibi:

Pir Muhammad ibn Shayx Tohir Tabriziy.

Muqovasi:

teridan

ishlangan,

bezakli.

Hajmi:

167 varaq

O‘lchami:

15,5x24,5 sm

2.

Nazm ul-javohir

5

:

Navvotrang, ipakdan yasalgan Hirot qog‘oziga

juda chiroyli nozik Hirot nasta’liq xatida yozilgan. Matn qora siyohda,

4

Navoiy devoni (Terma devon). Inv:98

5

Nazm ul-javohir. Inv:8/II


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

58

sarlavhalar, she’riy parchalar va arab tilidagi hadislar qizil rang bilan yozilgan.
Manba nasr va nazmdan tashkil topgan bo‘lib, nasriy matn har sahifaga 15
satrdan, nazm ham 15 misradan 2 ustun shaklida yozilgan bo‘lib, zarhal jadvalga
olingan. Har asarning boshlanishida mahorat bilan ishlangan lavhlar bor. Unda
oltin suvi va turli ranglardan foydalanilgan.

Muallifi:

Alisher

Navoiy.

Hajmi:

33 varaq

O‘lchami:

11x19 sm

3.

Mubayyin

6

:

Matn qalin, sarg‘ish rangli Sharq qog‘oziga bitilgan.

Chiroyli nasta’liq xatida dona-dona qilib yozilgan. Matn qora siyohda,
sarlavhalari esa qizil siyohda yozilgan bo‘lib, oltin suvi ham yuritilgan. Matn
she’riy yo‘lda 2 ustun shaklida yozilgan bo‘lib, ayrim joylari jadvalga ham
olingan. Qo‘lyozmaning ba’zi varaqlari qayta tiklangan. Boshqalari esa ancha
titilib ketgan.

Muallifi:

Zahiriddin Muhammad Bobur.

Hajmi:

147 varaq

O‘lchami:

13x18 sm

4.

Devon

7

:

Matn qaymoqrang qog‘ozga chiroyli nasta’liq xatida

ko‘chirilgan. Ushbu devonda alifbo tartibiga rioya qilinmagan. Qo‘lyozma she’r
mazmuniga oid miniatyura va juda chiroyli bezalgan lavh bilan boshlanadi. Matn
zarhal chiziqli jadvalga olingan.

Muallifi:

Bobo Fig‘oniy

Hajmi:

21 varaq

O‘lchami:

11x20 sm

Davlat Adabiyot muzeyida saqlanayotgan XVI-XVII asrga oid fors-tojik
tilidagi qo‘lyozmalar

T\r

Muallifi

Asar nomi

Asr

Inventar
raqami

Tili

1.

Nizomiy Ganjaviy Maxzan

ul-

asror

XVI

46

Fors-tojik

2.

Noma’lum

Sharhi “Mahzan
ul-asror”

XVII

39

Fors-tojik

3.

Nizomiy Ganjaviy Iskandarnoma

1590-
yil

52/II

Fors-tojik

6

Mubayyin. Inv:103

7

Devon. Inv:41


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

59

4.

Shayx
Muslihiddin
Sa’diy Sheroziy

Kulliyoti Sa’diy 1638-

yil

1

Fors-tojik

5.

Shayx
Muslihiddin
Sa’diy Sheroziy

“Bo‘ston”i
Sa’diy

1616-
yil

238

Fors-tojik

6.

Amir

Xisrav

Dehlaviy

“Devon”i Amir
Xisrav Dehlaviy

XVII

54

Fors-tojik


7.

Amir Sayyid Ali
bin Shahobiddin
bin Muhammad
al-Hamadoniy


Zahirat

ul-

muluk


XVI


82


Fors-tojik


8.

Shamsiddin
Muhammad Hofiz
Sheroziy


Devoni Hofiz


XVI


7/II


Fors-tojik

9.

Muallifi
noma’lum

Muqaddima

XVI

7/I

Fors-tojik


10.

Mir Og‘o Malik
ibn

Jamoliddin

Feruz

Ko‘hiy

Shohiy
Sabzavoriy


Shohiy devoni


1659-
yil


50


Fors-tojik

11. Kamol Xo‘jandiy

Devoni Kamol
Xo‘jandiy

1603-
yil

20

Fors-tojik


12.


Jomiy

Devoni Jomiy
“Fotihat

ush-

shabob”


XVI


101


Fors-tojik

13. Abdurahmon

Jomiy

Haft avrang

XVII

24

Fors-tojik

14. Abdurahmon

Jomiy

“Silsilat

uz-

zahab”i Jomiy

XVII

67

Fors-tojik

15. Abdurahmon

Jomiy

Yusuf

va

Zulayho

1681-
yil

409/I

Fors-tojik

16. Abdurahmon

Jomiy

Tuhfat ul-ahror 1578-

yil

3

Fors-tojik


17.

Nuriddin
Abdurahmon

Risolayi
Muammoyi


XVI


38/II


Fors-tojik


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

60

Jomiy

Mutavassat

18. Husayn Voiz al-

Koshifiy

Suhayl nurlari 1522-

yil

203

Fors-tojik


19.

Husayn

Voiz

Koshifiy

“Javohir

ut-

tafsir tuhfatun
lil-amir”


XVI


657


Fors-tojik


20

Ali

Safiy

bin

Husayn Voiz al-
Koshifiy

Rashahot aynul
hayot

1503-
yil


33/III


Fors-tojik


21.

Ali

Safiy

bin

Husayn Voiz al-
Koshifiy

Rashohat aynul
hayot

1589-
yil


694


Fors-tojik

22. Fig‘oniy

Devoni Fig‘oniy XVI

41

Fors-tojik


23

Husayn

bin

Sayfuddin Ali


Kitobi
muammo

1555-
56-
yillarda


40


Fors-tojik

24. So‘fi Olloyor

Maslak

ul-

muttaqiyn

XVII

520

Fors

25.

Tug‘ro


Bahor
madhiyasi

XVII
asrga
oid


409/VI


Fors-tojik

26.

Tug‘ro

Mullo
Tug‘roning
Jannat

bog‘i

tavsifi

XVII
asrga
oid


409/IX


Fors-tojik


27.


Shaydo


Devoni Shaydo

XVII
asrga
oid


376


Fors-tojik


28.

Hofiz,Qosim
Devona, Soyib

She’rlar
(G‘azallaridan
iborat)


XVII


237/II


Fors-tojik


29.

Nizomiy, Jomiy,
Xisrav,Umidiy,
Sa’diy, Hotifiy


Bayoz

XVI-
XVII
asr


29


Fors-tojik



30.

Davlatshoh

bin

Alouddavla
Baxtishoh

al-


Tazkirat ush-
shuaro


XVI-
XVII



104



Fors-tojik


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

61

G‘oziy

as-

Samarqandiy

asr


31.

Husayn

bin

Muhammad

al-

Husayniy


Kitobi
muammo


1587-y


38/I


Fors-tojik

32 Abdulloh Ansoriy Risolayi Shayx

Abdulla
Ansoriy

XVII

121/VI

Fors-tojik


33.


Noma’lum

Samarqand va
Iroq

bo‘ylab

sayohat


XVII


121/V


Fors-tojik

34 Muhammad Iysor

at-Tabriziy

Mehr

va

Mushtariy

1591-
yil

55

Fors-tojik


35

Shamsiddin
Muhammad Hofiz
Sheroziy


Devoni Hofiz

XVI-
XVII


381/VI


Fors-tojik

36 Jomiy

“Nafohat

ul-

uns”i Jomiy

1541-
yil

31

Fors-tojik

Endi ushbu fors-tojik tilidagi qo‘lyozmalarning ba’zilari haqida biroz to‘xtalib
o‘tamiz.

1.

Iskandarnoma

8

:

bu

asar Nizomiy “Xamsa”sining oxirgi dostonidir.

Asar 2 qismdan iborat: birinchisi “Sharafnoma”, ikkinchisi “Xiradnoma” deb
nomlangan.

Ushbu qo‘lyozma novvotrang Hirot qog‘oziga chiroyli nasta’liq

xatida ko‘chirilgan. Matnlar qora siyoh bilan sarlavhalar esa qizil siyohda
yozilgan. Matn har sahifaga 4 ustun shaklida joylashtirilgan bo‘lib, havorang va
zarhal chiziqlar bilan o‘ralgan. Har ustun bir-biridan ajratilgan. Poygirlari
hamma sahifada mavjud. Markazida va burchaklarida zarhal naqshlari bor.

Muallifi:

Nizomiy Ganjaviy

Kotibi:

Qutbiddin Muhammad

Muqovasi:

qora kartondan ishlangan bo‘lib, havorang ipak matodan jild

qilingan

Hajmi:

77 varaq

O‘lchami:

16x24 sm

8

Inv: 52/II


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

62

2.

Kulliyoti Sa’diy

9

:

ushbu qo‘lyozma chiroyli, mayda nasta’liq xati

bilan sahifalarga qiyalatib 1 ustun shaklida bitilgan bo‘lib, zarhal va ko‘k rangli
jadval bilan o‘ralgan. Qora va qizil siyohdan foydalanilgan. Arabcha sonlar bilan
raqamlangan. Bu qo‘lyozmaga muallifning quyidagi asarlari ketma-ketlikda
kiritilgan:

“Debocha”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Qasoidi forsiy”, “Al-tarji’”, “Kitobi

tayyibot”, “Kitob ul-marosiy”, “Kitob ul-mullaot”, “Kitobi badoyi’”, “Kitobi xavotim”,
“Kitobi g‘azaliyoti qadim”, “Sohibati Shayx Sa’diy”, “Kitobi muzohikot”, “Hazliyot”.

Qo‘lyozmadagi yirik asarlarning boshlanishida oltin suvi, qora va ko‘k ranglar
bilan asar nomlari o‘rtasida bitilgan juda chiroyli lavhlar bor. Har asar
boshlangan birinchi sahifa zarhal va turli ranglar bilan chizilgan bezaklarga ega.
Boshi va oxirida bir necha bo‘sh varaqlar bor.

Muallifi:

Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy

Kotibi:

Abdul Muznab Sa’id bin Ahmad.

Muqovasi:

qizil rangli charmdan tayyorlangan bo‘lib, oltindan o‘yib

ishlangan naqshlari bor.

Hajmi:

443 varaq

O‘lchami:

16x26,5 sm

3.

“Devon”i Amir Xusrav Dehlaviy

10

:

Qalin Samarqand qog‘ozidan

foydalanilgan. Juda go‘zal mayda nasta’liq xatida yozilgan. Matn qizil siyoh bilan
2 qator qilib yozilib, och ko‘k va zarhal rangli qizil chiziqlar bilan o‘ralgan.
So‘nggi sahifadagi matn o‘chib ketgan. Ushbu qo‘lyozma turli xil hajmdagi
she’rlardan tashkil topgan. Ayrim to‘rtliklar “latifa”, “alhijo” (satira) deb
nomlangan.

Muallifi:

Amir Xusrav Dehlaviy

Muqovasi:

qalin kartondan ishlangan bo‘lib, ustida matodan jild qilingan

Hajmi:

165 varaq

O‘lchami:

24,5x14,5 sm

4.

Zahirat ul-muluk

11

:

Matn novvotrang Sharq qog‘oziga juda go‘zal

nasta’liq xati bilan yozilgan. Matnlarni yozishda qora siyohdan ayrim o‘rinlarda
esa qizil siyohdan foydalanilagan. Atrofi zarhal va ko‘k rangli chiziqlar bilan
o‘ralgan. Asar juda chiroyli ishlangan unvon bilan bezatilgan bo‘lib, kirish va 10
bobdan iborat. Asarda muallifning nomi to‘liq ko‘rsatilmagan.

Muallifi:

Amir Sayyid Ali bin Shahobiddin bin Muhammad al-Hamadoniy.

Kotibi:

Kamol al-Farg‘oniy.

Muqovasi:

oltin suvi yuritilgan naqshli, to‘q ko‘k rangli charmdan ishlangan.

9

Inv:1

10

Inv:54

11

Inv:82


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

63

Hajmi:

207 varaq

O‘lchami:

13x21 sm

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerak-ki, bu manbalarni tadqiq qilish va ularni
ilm ahllariga yetkazishda matnshunos-tadqiqotchilardan juda katta bilim va
sinchkovlik talab qilinadi. Bu manbalar zamirida hali o‘rganilmagan bilimlar
yashiringan. Bu manbalar oradan ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da o‘z davri tarixi,
badiyati haqida bizni xabardor qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Каримов.И.А. Янгича

фикрлаш

ва ишлаш-давр талаби.-Т.:

Ўзбекистон,1997
2.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020-йил 19-октябрдаги

ПҚ-4865-сон қарори.
3.

Ҳасанова Ш. Алишер Навоий номидаги Давлат адабиёт музейининг

қўлёзмалар каталоги .-Т.: Фирдавс-Шоҳ,2022.
4.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

qo‘lyozma asarlar fondi: Inv. №98
5.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:8/II
6.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:103
7.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:41
8.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

qo‘lyozma asarlar fondi: Inv: 52/II
9.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:1
10.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:54
11.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi

qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:82

Библиографические ссылки

Каримов.И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш-давр талаби.-Т.: Ўзбекистон,1997

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020-йил 19-октябрдаги ПҚ-4865-сон қарори.

Ҳасанова Ш. Алишер Навоий номидаги Давлат адабиёт музейининг қўлёзмалар каталоги .-Т.: Фирдавс-Шоҳ,2022.

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozma asarlar fondi: Inv. №98

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:8/II

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:103

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:41

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozma asarlar fondi: Inv: 52/II

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:1

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:54

O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi qo‘lyozma asarlar fondi: Inv:82