ISAJON SULTON IJODIYONTINING O’RGANILISHIDA TODD HIKOYASINING AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqolada Isajon Sulton asarlarini o'rganishda hikoyalarning ahamiyati xususida fikr va mulohazalar yuritilgan. Shu bilan birga maqolada asosan Isajon Sultonning Todd hikoyasini o'rganishda oʻquvchi yoshlar texnologiyalar bilan birgalikda xarakterli xususiyatlarini kasb etadi. Yanada hikoyani o'rganish maqsadida oʻtgan davr kishilarning kundalik turmush hayoti ularga nisbatan berilgan laqab va unvonlar o'rganish talab etiladi. Asarda qishloq hayoti, ota-o'g'il munosabatlari urushidan va turli malomatlardan uzoq bo'lish, oʻzini-o'zi band qilishgan bu masalalar inobatga olingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
36-39
23

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Maxsutbaeva, N. . (2024). ISAJON SULTON IJODIYONTINING O’RGANILISHIDA TODD HIKOYASINING AHAMIYATI. Solution of Social Problems in Management and Economy, 3(4), 36–39. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53464
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Isajon Sulton asarlarini o'rganishda hikoyalarning ahamiyati xususida fikr va mulohazalar yuritilgan. Shu bilan birga maqolada asosan Isajon Sultonning Todd hikoyasini o'rganishda oʻquvchi yoshlar texnologiyalar bilan birgalikda xarakterli xususiyatlarini kasb etadi. Yanada hikoyani o'rganish maqsadida oʻtgan davr kishilarning kundalik turmush hayoti ularga nisbatan berilgan laqab va unvonlar o'rganish talab etiladi. Asarda qishloq hayoti, ota-o'g'il munosabatlari urushidan va turli malomatlardan uzoq bo'lish, oʻzini-o'zi band qilishgan bu masalalar inobatga olingan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

36

ISAJON SULTON IJODIYONTINING O’RGANILISHIDA TODD

HIKOYASINING AHAMIYATI

Maxsutbaeva Nigora Rashid qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat Pedagogika Instituti Turkiy tillar fakulteti

O'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10958442

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Isajon Sulton asarlarini o'rganishda

hikoyalarning ahamiyati xususida fikr va mulohazalar yuritilgan. Shu bilan birga
maqolada asosan Isajon Sultonning Todd hikoyasini o'rganishda oʻquvchi
yoshlar texnologiyalar bilan birgalikda xarakterli xususiyatlarini kasb etadi.
Yanada hikoyani o'rganish maqsadida oʻtgan davr kishilarning kundalik turmush
hayoti ularga nisbatan berilgan laqab va unvonlar o'rganish talab etiladi. Asarda
qishloq hayoti, ota-o'g'il munosabatlari urushidan va turli malomatlardan uzoq
bo'lish, oʻzini-o'zi band qilishgan bu masalalar inobatga olingan. Shu bilan
birgalikda hikoyaning boshqa qahramoni hisoblanuvchi Mamasiddiq Pishiqning
hayot yo'li, munosabatlari haqida ham qarashlar mavjud. Unga nisbatan xalq
tomonidan berilgan pishiq tushunchalarining aniq maʼnolari ham tahliliga
olinadi. Shuningdek, hikoyada nemis xalq ifodalarining o'zbek xalq ifodalariga
singib ketishi aynan mana shu mazmundagi ifodalarning vatanimiz insonlari
hayotida tutgan o'rni ham inobatga olinadi. Xalqning kundalik hayotdagi
vazifalari hisobga olinib, nisbatan ko'z qarashlari tasvirlangan. Anglab yetilgan
falsafiy qarash jihatdan ularni farqli ekanligi inobatga olingan. Bu borada
o'rganish texnologiyasida o`quvchilarning falsafiy va obrazli fikrlashni inobatga
olish, yaxshi samaradorlikni yuzaga keltirish ham bejiz emas.

KALIT SOʻZLAR:

Obraz va obrazli fikrlash, laqab, hikoya tahlili, modern

uslub, motiv tushunchasi.
ANNOTATION: This article contains thoughts and opinions about the importance
of stories in studying the works of Isajon Sultan. At the same time, in the article,
mainly in the study of Isajon Sultan's Todd story, the reader learns the
characteristics of young people together with technology. In order to learn more
about the story, it is necessary to study the nicknames and titles given to them in
the daily life of the people of the past era. The work takes into account rural life,
father-son relationship war and being away from various blames, self-occupied
issues. Along with this, there are views about the life path and relationships of
Mamasiddiq Pishiq, who is considered another hero of the story. The specific
meanings of the concepts given by the people regarding it are also analyzed.
Also, in the story, the absorption of German folk expressions into the Uzbek folk


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

37

expressions is taken into account. People's tasks in everyday life are taken into
account and their views are described. It is taken into account that they are
different in terms of understood philosophical views. In this regard, it is not in
vain to take into account the philosophical and imaginative thinking of students
in the learning technology and create good efficiency.
KEY WORDS: Image and figurative thinking, nickname, story analysis, modern
style, concept of motive.

Isajon Sulton ijodini o'rganishda uning hikoyalari birmuncha boshqa

asarlariga qaraganda bu hikoyasi katta ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab Isajon
Sulton hikoyalarida boshqa o'zbek ijodkorlariga o'xshamaydigan yozuv
tasvirlash mahorati, shu bilan birgalikda nodatiy obrazlar bilan ham ajralib
turadi. Misol uchun Isajon Sultonning ʼʼtoddʼʼ hikoyasida nemis xalqiga mansub
ibora va jumlalarning o'zbek xalqiga singishi va urush daxshatlarining o'zbek
xalqini boshiga solgan voqeliklari hikoya qilingan. Bilamizki o'tgan davrlar
hayoti birmuncha qiyin va obrazli qilib tasvirlanishiga sabab asardagi insonlari
hayotiga bevosita bog'liqdir.

“Marraga kelganlarida esa aytar ekanki: "Senlar meni yomon ko‘rasanlar,

bilaman. Ammo, hayot mendan ko‘ra beshafqatroq, senlarning bu
yugurishingdan ko‘ra milyon marta murakkabroq. U senga marra qaydaligini
aytmaydi, qay tarafga qarab chopishni, qancha chaqirim yugurishing kerakligini
ko‘rsatmaydi, dam bermaydi. Barini o‘zing topasan, o‘zing hal qilasan... Bugun
senlar marraga yiqilmay yetib kelib, kechgacha yashash huquqini qo‘lga
kiritdinglar, xolos. Keyingi hayotingni esa, kechqurungi yugurish hal qiladi‘

Otam dalada o‘sib pishgan emasmi, ishqilib, chidar ekan. Todd battol uni

yaxshi ko‘rarkan. "Sendan chempion chiqishi mumkin edi, afsuski, nemis
emassan" der ekan. Goho bir bo‘lak non yo sho‘rvasiga bir bo‘lak go‘sht ham
qo‘shtirar ekan. Bularning barini menga otam o‘gay onamga uylanib, birinchi
farzandi tug‘ilganida aytib bergan edi. U mahallar men ham yigirma ikkida
edim. O‘shanda "Otam rosa qiynalgan ekan-da" deb ko‘yaqolganman. Nima
uchun menga bularni aytganini anglamaganman‘.[1] Ayni ushbu hikoyada
hammasi diqolning qishloqda tutgan o'rni unga nisbatan aholini koʻzqarashlari
ushbu hikoyada ochib beriladigan. Birinchi navbatda ko'p farzandli koʻp
farzandlilikning natijasida oiladagi qiyinchiliklari yoki ularni tarbiya berish
ta'lim berish masalasidagi muammolar ham yaqqol ko'zga tashlanadi.

1.

Asarning atarixiy haqiqatlarga mutanosib bo‘lishi;

2.

Voqea va hodisalarning bir obraz atrofida umumlashishi;

3.

Xulosaviylik va umumiylikning tiplashtirilishi


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

38

Hikoya 1999-yilda yozilishiga qaramasdan oʻtgan davr kayfiyatining ochib

berilishida katta bir yutuqlarga erishgan asari tahlil qilish yoki o'rganishda
falsafiy qarashlarning ahamiyati katta. “Todd” soʻzining asli nemis maʼnosi va
oʻzbek xalqiga singan maʼnolarini tushuntirish o'quvchi yoshlarga nisbatan katta
qiyinchiliklarni tug'dirishi mumkin. Bu borada fikrlar har xildir. Ota va farzand
o'rtasidagi munosabat bir otaning qanday bir o'rnak bo'ladi olish kabi
tushunchalar nuqtai nazaridan Mamasiddiq Pishiqning katta o'g'lini fikrlar
ahamiyatlidir. Bunga ko'ra Mamasiddiq cholning katta o'g'li hikoyasiga koʻra
otasi boshqa otalarga o'rnak bo'la oladi.
“O‘qituvchi o‘quvchi-talaba hamkorligida darslarning samarali va qiziqarli
bo‘lishiga, ko‘zda tutilgan adabiy materiallarning qulay usullar bilan oson
o‘zlashtirilishiga e’tibor qaratsa, bu davr ijodkorlari haqidagi ma’lumotlarning
ham tez va oson o’rganilishiga erishadi. Bunday natijaga erishish, albatta,
amaliyotda, o’quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy dars
usullarini qo’llashni taqozo etadi. Zamonaviy texnologiyalar o’quvchilarni
egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishga, mustaqil o’rganib, tahlil
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Shu
bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish imkonini beradi.
Bunday usulda tashkil etilgan zamonaviy darslar o’quvchi-talabalarda mantiqiy,
aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini
rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlariga yordam
beradi.[2]

Mamasiddiq cholga xalq tomonidan pishiq degan jumlaning qo'shib

aytilishi ham bejiz emas chunki, uning o'zi yo'q har xil ko'cha kuydirib ishlar
bilan band boʻladigan yoki o'z hovlisida bir narsalar bilan oʻralashib yashaydigan
insondir. Ushbu holatga koʻra pishiq deb bahona aqlinadi. Yanada odamlarning
aytishiga qaraganda kechqurunlari esa koʻp pullarini yoyib quritib ular bilan
baxtini kechiradi. Ayni mana shunday tasvir bekorchilikdan qochish o'zini-o'zi
band qilish, yomon allatlardan holi boʻlish kabi unsurlari tasviriy ifodasida
keltirganligini ko'rsatish mumkin. Isajonjon Sultonning ushbu hikoyasini
o'qitishda talaba-yoshlarimizning o'rganilish darajasiga tayyor ekanligi falsafiy
jihatdan xarakterli xususiyatlarini aniq anglashda yordam beradi. Bundan
tashqari har bir davrda boʻlgani kabi Mamasiddiq kabi obrazlarning
umumlashma xarakterni yaratish, ularning tipik xarakterini birlashtirish kerak.
Shu bilan birgalikda ularni o'rganish, tahlil etish jarayonida obraz va obrazlilik
kabi tushunchalar ham katta ahamiyat kasb etadigan haqiqatlarni anglashda
qishloq tasviri va zamonaviy tasvir uslublarining oʻziga xosligini ochib beriladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

39

Haqiqatdan ham hikoyani o'qigan kishi modern uslub va oʻtgan davr hayotini
oshib berishiga qaratilgan uslublarni bir-biriga uygʻunligini yaqqol seza
boshlaydi.

“Hikoya – epik tur janrlaridan biri. Kichik hajmli bu badiiy asar kishi

hayotidagi ma’lum bir voqeaning muhim tomonlarini umumlashtirib tasvirlaydi,
lekin shu voqeaga qadar ro‘y bergan yoki undan keyin yuzaga keladigan
voqealar haqida batafsil bayon qilmaydi. Hikoyanavisning mohirligi shundaki, u
qaynoq hayot qo‘ynidan bir epizodni olib, yashashning muhim, tipik tomonlarini
shu ixcham shaklga sig‘diradi”[3]
Asar taʼsirchanligini oshirgan tarkibiy qismlar quyidagicha:
- urush yillarining tasviri;
- Mamasiddiq bobo obrzazi;
- Oʻsmirlikning oltin damlari;
- Oilada farzdandlar tasvirining umumlashma obrazi;
- Urushdan soʻngi haqiqatlar;
- Tinim bilmas mehnatkash inson obrazi;
- Nems xalqiga xos ibora va jumlalar;
- Hayotiy ifodalar va koʻzqarashlarning ifodasi;
- Hikoyaning oʻqilishida yosh xususiyatlarining inobatga olinishi;
- Falsafiy haqiqatlarning bilaks gavdalantitilishi va boshqalar.
Xulosa oʻrnid shuni aytish mumkinki, hikoyalarni o'rganish tahlil qilishda yosh
xususiyatlarining o'rni ahamiyati kattadir. Bu borada boshlang'ich sinf
o'quvchilari va oliy ta'lim o'quvchilari oʻrta yosh oʻquvchilarining farqli
jihatlarini aniqlash, hikoyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holatda
uni tavsiya etish lozimdir. Isajon Sultonning “todd” hikoyasining ahamiyati esa
o'zbek milliy qadriyatlarni ochib berishga qaratilgan ekanligi ayni
hikoyachilikning oʻziga xosligini keltirib chiqaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

I.Sulton. Asarlar. Hikoyalar . 1- jild. Toshkent: G‘afur G‘ulom.
2. Karimova Shahlo. Adabiyot taʼlimida hikoya tahliliga oʻrgatishning zamonaviy
usullari(Erkin Aʼzamning “Koʻk eshik” hikoyasi misolida)
3. G‘oyibnazar Ernazarov. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –
Toshkent. “Ilm-ziyo”, 2011.

References

I.Sulton. Asarlar. Hikoyalar . 1- jild. Toshkent: G‘afur G‘ulom.

Karimova Shahlo. Adabiyot taʼlimida hikoya tahliliga oʻrgatishning zamonaviy usullari(Erkin Aʼzamning “Koʻk eshik” hikoyasi misolida)

G‘oyibnazar Ernazarov. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent. “Ilm-ziyo”, 2011.