ICHKI ISHLAR ORGANLARI TEZKOR BO‘LINMALARI TOMONIDAN BEDARAK YO‘QOLGAN SHAXSLARNI QIDIRUVINI TASHKIL ETISH

Abstract

Adolatli qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash bu rivojlangan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyat barpo etish eng muhim sharti hisoblanadi. huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatning muhim belgisi jamiyat hayotida chinakam qonun ustuvorligini ta’minlash har qanday davlat uchun, xususan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan borayotgan Yangi O‘zbekistonimiz uchun ham juda muhimdir.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
109-112
16

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Bektemirov , X. ., & Oripov, T. . (2024). ICHKI ISHLAR ORGANLARI TEZKOR BO‘LINMALARI TOMONIDAN BEDARAK YO‘QOLGAN SHAXSLARNI QIDIRUVINI TASHKIL ETISH. Solution of Social Problems in Management and Economy, 3(4), 109–112. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53451
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Adolatli qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash bu rivojlangan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyat barpo etish eng muhim sharti hisoblanadi. huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatning muhim belgisi jamiyat hayotida chinakam qonun ustuvorligini ta’minlash har qanday davlat uchun, xususan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan borayotgan Yangi O‘zbekistonimiz uchun ham juda muhimdir.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

109

ICHKI ISHLAR ORGANLARI TEZKOR BO‘LINMALARI TOMONIDAN
BEDARAK YO‘QOLGAN SHAXSLARNI QIDIRUVINI TASHKIL ETISH

Bektemirov Xondamir Abduxoliq o‘g‘li

IIV Akademiyasi kursanti

Oripov Temurmalik Bahtiyor o‘g‘li

IIV Akademiyasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11062877

Adolatli qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning

huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati
va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida
tarbiyalash bu rivojlangan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik
jamiyat barpo etish eng muhim sharti hisoblanadi. huquqiy demokratik davlat
va adolatli fuqarolik jamiyatning muhim belgisi jamiyat hayotida chinakam
qonun ustuvorligini ta’minlash har qanday davlat uchun, xususan huquqiy
demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan borayotgan
Yangi O‘zbekistonimiz uchun ham juda muhimdir. Qonun ustuvorligining
mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III-bob, 15-16-
moddalarida belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 15-
moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar»

[1]

deyilgan

[2]

.

Ushbu qonun tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda o‘tkazish

uchun asoslardan biri sifatida “tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi
organlarga surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy
jazodan bo‘yin tovlayotgan shaxslar, bedarak yo‘qolgan shaxslar va
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslar, shuningdek topilgan
tanib olinmagan murdalar haqida ayon bo‘lib qolgan ma’lumotlar ekanligi
belgilab qo‘yilgan

[3]

. Binobarin, jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirib topishning

jinoiy-protsessual asoslari bilan bir qatorda, yuqorida ko‘rsatilgan qonunda o‘z
ifodasini topgan tezkor-qidiruv asoslari ham mavjud

[4]

.

Respublikamizda amal qilayotgan 600 dan ortiq qonun va 16 ta kodeks

hayotimizning huquqiy asosini tashkil etadi hamda kuchli huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi

[5]

. Amaliyot shuni

ko‘rsatmoqdaki, qidiruvdagi shaxslar bugungi kunda yaqin qarindoshlari,
tanishlari yoki boshqa jinoiy aloqalari bilan asosan yuqorida qayd etilgan
axborot texnologiya vositalarini qo‘llagan holda Internet jahon axborot tarmog‘i


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

110

yordamida (turli ijtimoiy tarmoqlar yoki dasturiy vositalar) aloqa
o‘rnatishmoqda, xabarlashmoqda, ma’lumot almashishmoqda. Shu sababdan,
qidiruv ishlarini ushbu virtual olamda ham olib borish bugungi kunda dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda

[6]

.

Virtual olamda qidiruv ishlarini olib borishda, avvalo, zamonaviy axborot

vositalarining xususiyatlari, imkoniyatlari hamda ular to‘g‘risida quyidagi
ma’lumotlarni:

- telefon raqamlarni;
- mobil telefonning IMEI va IMSI raqamlarni; - shaxsiy kompyuter,

planshet va smartfonlarning MAC-manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish,
aniqlash hamda qidirib topish lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng Internet jahon
axborot tarmog‘idagi boshqa ma’lumotlar;

- Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish login va parollarini; - shaxsning

ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunti (Facebook, Twitter, Linkedin, Instagram,
VKontakte, Odnoklassniki v.b.) va unga kirish login hamda parollarini; - elektron
pochta manzillari, uning login va parollarini;

- elektron to‘lovda (masalan, YandexMoney, WebMoney va boshqalar)

foydalanayotgan bank kartasi raqamlari va rekvizitlarni;

- Internet jahon axborot tarmog‘i yordamida rasmiylashtirilgan elektron

chipta va hujjatlarni; - geomanzillarni va boshqa zarur ma’lumotlarni qo‘lga
kiritish bo‘yicha tezkor qidiruv ishlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Sh.T.Ergashevning aytishicha, keyingi 5-yil ichki ishlar organlari uchun

ham tub o‘zgarishlar, yangilanishlar davri bo‘ldi. Xususan, ichki ishlar organlari
tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoyatlarni barvaqt oldini olish,
ularni issiq izidan fosh etish hamda jinoyat sodir etib qidiruvda bo‘lgan
shaxslarni qo‘lga olish, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirib topish, noaniq
murdalarning shaxsini aniqlash borasida olib borilayotgan ishlar yanada
yaxshilandi, faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
belgilab olindi

[7]

Shaxslarning bedarak yo‘qolishini oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-

tadbirlar deganda-turli xil sabablarga ko‘ra to‘satdan shaxslarning g‘oyib bo‘lib
qolishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlab, ularni bartaraf etish
yuzasidan qidiruv organlari tomonidan belgilangan qidiruv tadbirlarini
o‘tkazish, profilaktik choralarni qo‘llash, tegishli hisob hujjatlarini yuritish,
shuningdek, yo‘qolib qolishga moyil shaxslar ro‘yxatini shakllantirish hamda
nazorat qilish bo‘yicha mas’ul xodimlarga ko‘rsatmalar berish, yo‘qolib qolishga
moyil shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish va ularni ogohlantirish,


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

111

ommaviy axborot vositalari orqali profilaktik mazmundagi e’lonlar berishga
qaratilgan kompleks faoliyatga aytiladi

[8]

.

Shaxslarning bedarak yo‘qolishini oldini olish bo‘yicha hamkorlik

quyidagicha:

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik: mahallalar

kesimida bedarak yo‘qolishga, uyidan chiqib ketishga, maktab-internatidan
qochib ketishga moyil shaxslar bilan profilaktik suhbatlar qilish orqali;

Ta’lim muassasalari bilan hamkorlik: maktab-internatlari yoki o‘rta

maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi axloqi o‘g‘ir, oilasida
muammosi bor, qochib ketishga moyil o‘quvchilar bilan ota-onasi ishtirokidagi
psixologik suhbatlar o‘tkazish orqali;

Bolalar uyi va Qariyalar uylari bilan hamkorlik: bolalar uyi

tarbiyalanuvchilari orasidagi yoki qariyalar uyidagi qochib ketishga moyil
bo‘lgan shaxslar bilan psixolog ishtirokidagi profilaktik suhbatlar o‘tkazish
orqali;

Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik: jamoat joylari, odamlar

gavjum bo‘ladigan boshqa joylar, bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobon,
muzeylardagi aholiga yonidagi yosh farzandlariga e’tiborli bo‘lishlari va ularni
yolg‘iz qoldirmasligi bo‘yicha profilaktik tavsiyalarni berish va radio
eshittirishlar qilish orqali;
Tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik: tibbiyot muassasalarida davolanayotgan
shaxslar orasida qochib ketishgamoyil shaxslarni ajratib, alohida nazoratga
olgan holda ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish orqali tashkil etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: 2022.

//ҳттпс://лех.уз/ру/доcс/20596.
2.

Маликов М. А. Жиноят процессида тезкор-қидирув фаолияти

натижаларидан фойдаланиш //проспеcтс оф девелопмент оф сcиенcе анд
эдуcатион. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 69-74..
3.

Салаев А.А., Маликов М.А. Сравнение понятий оперативного

внедрения как орм республики узбекистан с другими странами
//образование наука и инновационные идеи в мире. – 2024. – Т. 43. – №. 4.
– С. 142-145.
4.

Ҳамдамов А., Маликов М. Тергов ва суддан яшириниб юрган

шахсларни қидирувини меъёрий-ҳуқуқий таъминлаш ҳамда тезкор
ходимларни жамоатчилик вакиллари билан ўзаро хамкорлигининг


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

112

хусусиятлари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук.
– 2023. – Т. 3. – №. 4. – С. 67-73.
5.

Лех.уз “Ўзбекистон Республикаси қонунчилиги маълумотларининг

миллий базаси” излов тизими маълумотлари бўйича
6.

Саидов Ж. Р. Қидирувдаги Шахсларни Ушлаш Тактикаси

Такомиллаштириш Масалалалари //Девелопмент оф педагогиcал
течнологиес ин модерн сcиенcес. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 140-144.
7.

Эргашев Ш.Т. Ички ишлар органларининг тезкор қидирув

бўлинмаларида қидирув ишини ташкил этишда профилактик чора-
тадбирларнинг аҳамияти //бошқарув ва этика қоидалари онлайн илмий
журнали. – 2022. – С. 17-21.
8.

Zokirjon ogli S.A., Abduxoshim ogli S.S. Shaxslarni bedarak yo’qolishining

oldini olish chora tadbirlari //journal of innovations in scientific and
educational research. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 939-941.

References

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: 2022. //ҳттпс://лех.уз/ру/доcс/20596.

Маликов М. А. Жиноят процессида тезкор-қидирув фаолияти натижаларидан фойдаланиш //проспеcтс оф девелопмент оф сcиенcе анд эдуcатион. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 69-74..

Салаев А.А., Маликов М.А. Сравнение понятий оперативного внедрения как орм республики узбекистан с другими странами //образование наука и инновационные идеи в мире. – 2024. – Т. 43. – №. 4. – С. 142-145.

Ҳамдамов А., Маликов М. Тергов ва суддан яшириниб юрган шахсларни қидирувини меъёрий-ҳуқуқий таъминлаш ҳамда тезкор ходимларни жамоатчилик вакиллари билан ўзаро хамкорлигининг хусусиятлари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 4. – С. 67-73.

Лех.уз “Ўзбекистон Республикаси қонунчилиги маълумотларининг миллий базаси” излов тизими маълумотлари бўйича

Саидов Ж. Р. Қидирувдаги Шахсларни Ушлаш Тактикаси Такомиллаштириш Масалалалари //Девелопмент оф педагогиcал течнологиес ин модерн сcиенcес. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 140-144.

Эргашев Ш.Т. Ички ишлар органларининг тезкор қидирув бўлинмаларида қидирув ишини ташкил этишда профилактик чора-тадбирларнинг аҳамияти //бошқарув ва этика қоидалари онлайн илмий журнали. – 2022. – С. 17-21.

Zokirjon ogli S.A., Abduxoshim ogli S.S. Shaxslarni bedarak yo’qolishining oldini olish chora tadbirlari //journal of innovations in scientific and educational research. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 939-941.