SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
14
NOSIRIDDIN TUSIY SHAXSIYATI VA O‘SHA DAVR MA’NAVIY
MUHITI
Qo‘shshayeva Nafisa Mansurovna
Buxoro davlat universiteti, dotsent
Raxmatov Mironshoh Oybekovich.
Buxoro davlat universiteti, talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.11525551
Rezyume:
Ushbu maqola Nosiriddin Tusiy shaxsiyati hamda ijtimoiy-
siyosiy muhiti yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ismoiliylar, Bog‘dod fojiasi, Mo‘g‘illar, ma’naviy muhit.
Nosiriddin Tusiy o‘zining hayoti va faoliyati bilan falsafa tarixida o‘z
o‘rniga ega buyuk donishmand va ensiklopedik olim sifatida islom falsafasi
rivojida unutilmas va abadiy iz qoldirgan. Uning faoliyati nafaqat sharq va g‘arb
tamadduni rivojiga ta’sir qildi, balki oddiy xalqdan tortib o‘z zamondoshlari va
ziyolilarning hurmatiga ham sazovor bo‘ldi. Shu-ningdek, uning faoliyati o‘sha
davrning g‘oyaviy, falsafiy, siyosiy va madaniy darajasini belgilab berdi.
Nosiriddin Tusiy shunday bir tarixiy davrda yashab ijod qildiki, ushbu
tarixiy davr (XIII asr) butun Yaqin va O‘rta Sharq dunyosi uchun ju-da bir
tahlikali va ziddiyatli edi.
Tusiy o‘zi yashagan davrning har qancha maqtovga loyiq porloq vakili
bo‘lishiga qaramay, uning hayot yo‘li ziddiyatli xususiyatlari bilan ajralib turgan.
U XIII asrning asrning o‘ttizinchi yillarida Ko‘histonga keladi. Bu davrda u
Ismoiliylar davlati saroyida xizmat qiladi va hukmdor Muhtashamning eng yaqin
maslahatchisi va maslakdoshlaridan biriga aylanadi. Allomaning iste’dodi,
davlatchilik sohasidagi dunyoqarashi hamda noyob, o‘ziga xos voqea-hodisalarni
avvaldan ko‘rish qobiliyati saroyda yuksak qadrlandi. Shuni alohida qayd etish
lozimki, markazi A’lamut qal’asi Ismoiliylar davlati 1090 yilda paydo bo‘lgan edi.
Saljuqiylar sulolasiga qarshi harakat sifatida vujudga kelgan Ismoiliylar davlati
Suriyadagi bir qancha hududlarni o‘z tarkibiga olgan va bu davlatning faoliyati
asosan isyon va siyosiy terrorga asoslangan edi.
Davlatning asoschisi Hasan Sabboh (1090-1124) bo‘lib, u Mo‘g‘ullarga
qarshi kurashda Xorazmshox Jaloliddin (1221-1231)ga har tomonlama yordam
ko‘rsatdi. Ismomiliylar faoliyatiga so‘ngi nuqtani 1256 yilda Xulagu xon qo‘ydi.
Yuqoridagi fikrlardan shu narsa ayonlashadiki, Nosiriddin Tusiy ilmiy
faoliyatining avvali tahlikali sharoitda bo‘lgan. Faoliyatidagi erkinlikka berilgan
davrida ismoiliylar saroyida alloma saroy fitnalari qurboniga aylandi. Ko‘histon
hukmdori Nosiriddin Abulfath Abdurahim Abu Mansur unga Abu Ali
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
15
Miskaveyxning “At-tahoro” (Soflik, poklik) nomli kitobini fors tiliga tarjima
qilishni taklif etadi, Tusiy esa, buning o‘rniga maxsus asar yozishni va’da beradi.
XIII asrning boshlarida Markaziy Osiyoda Chingizxon (1206 – 1227)
tomonidan barpo etilgan mo‘g‘ul imperiyasi (1206 – 1368) katta hududga ega
bo‘lib, asosiy boshqaruvni qo‘lga olgan edi. Mo‘g‘ullarning hukmronligi, ularning
boshqaruv va tartibotlariga turk va musulmon sulolalari mutlaqo qarshi edi.
Shunday kayfiyatga ega bo‘lgan Ali mo‘g‘ul hoqoni Munke 1255 yilda O‘rta
Sharqda o‘z hokimiyatini mustahkamlash va bu yerdagi barcha hududlarni zabt
etish maqsadida yaqin qarindoshi Xulagu xonni ushbu yerlarni ishg‘ol etish
maqsadida yuboradi.
1256 yilda Chingizxon avlodidan bo‘lgan Xulaguxon (1256- 1265)
Elxoniylar davlatiga asos soladi. Ushbu davlat Azarbayjon va Eron hududlarini
o‘z ichiga qamrab olgan edi. Xulaguxon hukmronlik qilgan davrda ilm ahllariga
va olimlarga o‘zgacha munosabatda bo‘lgan. U Nosiriddin Tusiyning qimmatli
maslahati va uzoqni ko‘ra oluvchi siyosiy dunyoqarashi vositasida Arab
xalifaligida yarim ming yil hokimiyatni boshqargan Abbosiylar sulolasining
(750-1258) hokimiyatiga chek qo‘yishga o‘zida kuch topa oldi. Aslida
kelishmovchilikning asosiy sababi Xulaguxonning Bag‘dodga yuborilgan elchilari
Abbosiy xalifasi tomonidan hurmat-izzat bilan kutib olinmaganligi bo‘lib,
Elxoniy rahbarlarining g‘azablanishiga olib keldi. Shu tariqa 1258 yil 13
fevralda arablarning hokimiyatiga oxirgi nuqta qo‘yildi.
Ushbu tarixiy holat nafaqat tarixchi olimlar tomonidan, balki siyosatchi,
faylasuf, olimlar tomonidan ham atroflicha tahlil qilingan va o‘ziga xos sharh,
izohlar berilgan. Jumladan taniqli hind siyosiy arbobi Javoharlar Neru
Bag‘dod fojiasini quyidagicha ifodalaydi: “Gʻazab-langan Xulagu Bag‘dodga
hujum qilar edi. Qirq kunlik qamaldan keyin u shaharni egallab oladi. Bu
“Ming bir kecha” shahri, shuningdek, besh yuz yillik hukmronlikning oxiri
edi. Xalifa, uning o‘g‘illari va yaqin qa-rindoshlari qatl qilindi. Qirg‘in bir
necha hafta davom etdi. Qat-liomda yarim million odam halok bo‘ldi.
Bag‘dod xarobaga aylandi ...”
Mo‘g‘ul xoniga bo‘lgan cheksiz va katta hurmat tufayli Nosiriddin Tusiy
mo‘g‘ul bosqinchilarining vaxshiy harakatlariga befarq tura olmadi. Uning
donoligi va ehtiyotkorligi, uzoqni ko‘ra oladigan o‘ziga xos dunyoqarash sohibi
bo‘lgan vazir musulmon sharqi va islom dunyosi uchun ahamiyatli va xayrli
ishlarni qilishga ham ulgurganligini quyidagi holatlar bilan ham ko‘rsatish
mumkin:
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
16
1. Ilmiy va madaniy ishlarni amalga oshirishdan tashqari kitoblar
yozish;
2. Al-movt qal’asida joylashgan katta kutubxonani mo‘g‘ullar
tomonidan yoqib yuborilishini oldini olish;
3. Mo‘g‘ullarning g‘azabiga duchor bo‘lgan Ibn Abil Hadid kabi bir
necha olimlarning hayotini saqlab qolish;
4. Bir qator olimlarning o‘zaro hamkorligi natijasida Marog‘a
rasadxonasining yaratilishi;
5.Observatoriyaga tegishli katta kutubxonani tayyorlash .
Tahlil nuqtasiga olingan ushbu tarixiy davrda Jo‘jining o‘g‘li Botuxon
(1240 – 1255) yaratgan Qizil O‘rda davlati bilan Xulagular o‘rtasida o‘zaro
qarama-qarshilik, kelishmovchilik, ziddiyat, bir-biriga nisbatan dushmanona
ruhiyat mavjud bo‘lib, Xulagular davlati Qizil O‘rda davlati hududlariga hujum
qilar, ularning tinchligiga rahna solar va ularning egallab turgan mavqelariga
xalal berish edi. Botuxonning o‘limidan keyin (1255) Berkaxon (1257 – 1266)
e’tiqodda islomni, ya’ni musulmonchilikni qabul qiladi. U siyosiy faoliyatida
barcha musulmon ahlining o‘ldirilmasligini bahonayu-sabab qilib, bu
bosqinlarni yanada kuchaytiradi. Davlat aholisining aksariyati turk bo‘lgan
hududlar yerlari edi. Mo‘g‘ullar o‘zining mentalitetida ko‘chmanchilik va
o‘troq hayot tarzida yashagan yerli aholi bilan uyg‘unlashgan, omuxtalashib
ketgan edi. Mo‘g‘ullarning islomni qabul qilgan, musulmon bo‘lgan Jo‘ji ulusi
bilan butparast Xulagu ulusining toju-taxt uchun va ushbu hududda
hukmronlikni qo‘lga kiritish uchun olib borgan ayovsiz va qonli kurashlari
oqibatida ushbu hududdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va ma’naviy-madaniy muhit
maqtovli darajada emas edi.
Ammo, shunga qaramay bu davr ilm ahllari, mutafakkirlari turli ilmlar sohasida
katta ishlarni amalga oshirishga ulgurgan edilar. Tusiy ma’naviy merosida
maqsadiga erishish uchun jamiyatda vijdonli, or-nomusli, yaxshilikka xayrxoh
insonlarni tarbiya etishga eьtibor beradi. Shu sababli bo‘lsa kerak, alloma o‘z
davrida “asrning yagonasi”, “so‘ngi faylasuf” kabi yuksak nomga sazovor bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Rahmatulloh Turkistoniy. Ilm va imon. Toshkent: Movarounnahr,1993.
2.
MACIT FAHRI. Islâm felsefesi, kelâmi ve tasavvufuna kisa bir giriş.Çeviren
Şahin FILIZ. Istanbul, insan yayinlari, 2008.
3.
Nәsirәddin Tusi. Adabül-mütәәllimin (Tәlәbәlik mәdәniyyәti). Bakı, 2002.
4.
N.M.Qo‘shshayeva .Nosiriddin Tusiy ma’naviy – axloqiy ta’limotini yoshlar
tarbiyasidagi ahamiyati. Monografiya. N.M. Qo‘shshayeva –T.:“Lesson Press”
nashriyoti, 2023 y.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
17
5.
5.Tusi Nəsirəddin. Əxlaqi Nasiri. Bakı: “Lider” nəşriyyatı, 2005.
6.
Sobirovich, T. B. (2023). Basic Criteria for Building the Third Renaissance
in Uzbekistan. Asian Journal of Applied Science and Technology (AJAST), 7(1),
149-157.
7.
Sobirovich, T. B. (2021). The Strategy of Cultural Development in Central
Asia During Amir Temur and the Temurids Dynasty. Int. J. Sci. Res. in
Multidisciplinary Studies, 2021.
8.
Sobirovich, T. B., & Norman, Z. D. M. (2023). Harmony of National and
Universal Values in Uzbekistan. Harmony, 7(1), 08-16.
9.
Turdiyev, B. S. (2021). Cultural and educational development of society in
the scientific heritage of world philosophers. Academic research in educational
sciences, 2(4), 443-451.
10.
Sobirovich, T. B. (2022). A study of national and universal principles of
democracy. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5),
417-421.
11.
Turdiyev, B. (2024). O ‘RTA ASR MUTAFAKKIRLARINING JAMIYAT
IDEOSFERASI YANGILANISHI TO ‘GʻRISIDAGI FALSAFIY QARASHLAR TAHLILI.
Farg'ona davlat universiteti, (1), 39-39.
12.
Sobirovich, T. B. (2023). National Revival and Development Idiosphere of
Uzbekistan.
13.
Sobirovich, T. B. (2018). Spiritual renewal: a new decision and a strategy
for viable reforms. Bukhara State University Scientific Information. Bukhara, (2),
70.
14.
Sobirovich, T. B. (2020). Uzbekistan: from national revival to national
progress. Modern scientific challenges and trends, (27), 5.
15.
Sobirovich, T. B., & Ikrom o’g’li, I. M. (2022, September). ISSUE OF THE
DEVELOPMENT OF SOCIETY IN THE VIEWS OF EASTERN THINKERS. In "
ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 111-114).
