SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
21
TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI YOKI ULARDAN
FOYDALANISH XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZISH
JINOYATLARINI TERGOV QILISH FAOLIYATINI
TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Majidov Jamshed Abdulla o’g’li
https://doi.org/10.5281/zenodo.15624360
Annotatsiya.
Maqolada transport vositalari harakati yoki ulardan
foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarini tergov qilish borasidagi
qonunchilik hujjatlarini tahrirlash, tergov harakatlarini takomillashtirish
borasida muallifning fikr-mulohazalari bayon etilgan.
Tayanch so’zlar:
surishtiruvchi, tergovchi, hodisa sodir bo’lgan joy,
ko’zdan kechirish, shaxsning huquqlari, shaxsning erkinliklari, transport
vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi, yo’l-transport hodisasi.
Аннотация:
В
данной
статье
рассмотрены
вопросы
совершенствования законодательства, регулирующего расследование
преступлений, связанных с нарушением правил безопасности дорожного
движения или эксплуатации транспортных средств. Автор излагает свои
мнения и предложения по улучшению следственных действий в этой
сфере.
Ключевые слова:
дознаватель, следователь, место происшествия,
осмотр, права личности, свободы личности, безопасность дорожного
движения и эксплуатации транспортных средств, дорожно-транспортное
происшествие.
Abstract:
This article discusses the improvement of legislation regulating
the investigation of crimes related to the violation of road traffic safety rules or
the operation of vehicles. The author presents opinions and suggestions for
enhancing investigative procedures in this area.
Keywords:
Inquirer, investigator, crime scene, inspection, individual rights,
individual freedoms, road traffic and vehicle operation safety, road traffic
accident.
Kundalik hayotning yangilanib, turli xildagi ijtimoiy munosabatlarning
shakllanib borishi bu borada tartibga soluvchi qonunlar va boshqa normativ
huquqiy hujjatlarni qabul qilinishi bilangina chegaralanib qolmay, amaldagi
mavjud qonunchilikka ham ayriim o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish
zaruratini keltirib chiqaradi. Hozirgi vaqtda butun jahon hamjamiyati ijtimoiy
munosabatlarda eng avvalo shaxsning huquq va erkinliklari va ularning poymol
qilinishini oldini olish borasida turli xildagi tajribalarni qo’llab kelmoqdalar.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
22
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa avvalambor shaxsning konstitutsion
huquqlarini ta’minlash, shaxsga nisbatan hukumatning ta’sirini yumshatish,
qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan
tegishli chora ko’rishda adolatli tizim yaratishdir.
Protsessual harakatlarning sifatini oshirish, jinoyat protsessida dalillarni
to’plash, ularga baho berish tizimini xorijiy tajribadan foydalangan holda qayta
ko’rib chiqish, jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyatni yangi bosqichga olib
chiqish, sodir etilgan har bir jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini
ta’minlash, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
qoidalarini buzish bilan bog’liq jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov
oldi tekshiruv va dastlabki tergov hamda sud bosqichlaridagi ishlarni yuritishda
yanga innovatsion yondashuvlarni qo’llash, shaxsning protsessual erkinligi,
aybsizlik prezumptsiyasi kabi masalalarni yana bir bor ko’rib chiqish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
qoidalarini buzish jinoyatlari bo’yicha tergovni takomillashtirish nafaqat
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga balki uning qatorida bo’lgan boshqa
qonun normalariga ham bir qator o’zgaratirishlar kiritish lozimligini taqazo
etadi.
Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining:
91-moddasini birinchi va uchinchi qismlarini quyidagi yangi tahrirda bayon
etishni:
“91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga
ilovalar
Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish,
videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish,
rejalar, sxemalar, chizmalar tuzish va axborotni aks ettirishning boshqa usullari
qo‘llanilishi
mumkin.
Surishtiruvchi,
tergovchi,
sud
dalillarni
mustahkamlashning bu usullarini qo‘llanishga ko‘maklashish uchun
mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan
fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar,
rejalar, sxemalar, chizmalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi
ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan
izohlovchi matn bo‘lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki
tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik
qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar.”
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
23
137-moddasiga “Inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lgan
hududlarni, katta maydonlarni va binolarni, shuningdek aholiga turli
noqulayliklar tug‘diradigan sharoitlarda ko‘zdan kechirishda mutahassis
ishtirokida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish mumkin” jumlasini
qo’shishni;
325-moddasiga bunday hollarda xech bo‘lmaganda yaqin qarindoshlari
o‘rtacha og‘irlikdagi yoki og‘ir shikast olgan vaziyatldarda faqatgina ularning
jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘rab murojaat qilgan arizasi bilangina jinoyat ishi
qo‘zg‘atish lozimligi haqidagi normani kiritishni tavsiya sifatida taklif etish
mumkin.
Yuqoridagi nazariy takliflar bilan bir qatorda quyidagi amaliy takliflarni
ham inobatga olinishi joiz deb hisoblaymiz, ya’ni hodisa sodir bo‘lgan joyni
ko‘zdan kechirishdagi muammolardan eng asosiysi yomon ob-havo sharoiti
tufayli nafaqat izlar va joyning holatini qayd etish, balki ba’zan hodisa joyiga etib
borish yoki tergov harakatini o‘tkazishning ilojsiz ekanligidadir. Ayniqsa deyarli
qishloq aholisi yoki qishloq sharoiti degan tushuncha nutqimizni tark etayotgan,
yangi kontseptsiyalarga ko‘ra barpo etilayotgan, eng so‘nggi fan-texnologiya
yutuqlari joriy etilayotgan, har soniyada transport vositalari soni ortib
borayotgan shaharlashgan hayotimizda YTH sodir etilgan joyni ko‘zdan
kechirish o‘ta murakkab bo‘lib bormoqda.
Sir emaski, zamonaviy dunyoda texnika vositalari va ilm-fan yutuqlarining
rivojlanishi muqarrar ravishda oldinga siljib bormoqda. Texnik yutuqlar
hayotimizning barcha jabhalariga, shu jumladan maishiy va professional
sohalariga kirib ulgurdi. Shu nuqtayi nazardan ko‘pgina mamlakatlarda huquqni
muhofaza qilish faoliyatida UUAlaridan foydalanish imkoniyatlari masalasi
muhokama qilinmoqda. Biroq mamlakatimizda bu masala haligacha muhokama
qilinmayapti. Lekin kvadrokopterlardan jamoat tartibini saqlashda, misol uchun
turli ommaviy tadbirlarda, ayrim hollarda YPH inspektori tomonidan yo‘l
harakati qoidalarining buzilishini aniqlash uchun foydalanib kelinmoqda. Biroq,
tergov harakatlari natijalarini qayd etish uchun UUAlaridan foydalanilmayapti.
Ushbu yuzasidan biror normativ-huquqiy hujjat ham qabul qilinmagan.
Faqatgina UUAlarni qonunga xilof ravish da olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash
yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Lekin
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-
son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasining fukaro va davlat aviatsiyasida
uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda
UUAlarga ta’rif berib o‘tilgan. Unga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlar
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
24
deganda, bortda
uchuvchisiz ishlaydigan, tashqi
tomondan to‘liq
boshqariladigan yoki dasturlashtirilgan hamda parvozda mutlaqo avtonom
bo‘lgan havo vositalari tushuniladi.
Hozirgi vaqtda UUAlarning modellari va turlarining xilma-xilligi shunchaki
hayratlanarli. Ulardan biri kvadrokopterlardir. Kvadrokopter - bu ko‘p rotorli
vertolyot bo‘lib, vertolyot dizayni bo‘yicha qurilgan va to‘rtta rotorga ega.
Amaldagi kvadrokopterlar 500 metr balandlikka ko‘tarilish va havoda
40 daqiqadan ko‘proq zaryad olmasdan turish imkonini beruvchi texnik
imkoniyatlarga ega, Parvoz masofasi 100 kmG’soat tezlikda 7 kilometrni tashkil
etadi. Bu qobiliyatlar kvadrokopterlarni inson faoliyatining barcha sohalarida
ajralmas yordamchiga aylantiradi.
UUAlardan foydalanish eng avvalo vaqtdan yutishga, ko‘zdan kechirishni
amalga oshirayotgan mansabdor shaxsning e’tiboridan chetda qolgan mayda
detallarni, jinoyat izlarini ham aniqlab, qayd qilib olishga misli ko‘rilmagan
darajada yordam beradi. Agar ko‘zdan kechirilayotgan hudud kattaroq
maydonni yoki insonning ko‘zi bilan ko‘rishi imkonsiz bo‘lgan atrofni qamrab
olgan bo‘lsa yoxud ish uchun ahamiyatli izlar ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirlar
natijasida qisqa vaqt ichida yo‘qolish ehtimoli yuqori bo‘lsa, o‘z vaqtida
UUAlardan foydalanish inson faktori bilan amalga oshirish imkonsiz vazifani
bajarish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, surishtiruvchi yoki
tergovchiga hodisa joyida to‘g‘ri harakatlanish, aynan qaysi joyni eng avval
ko‘zdan kechirish, ko‘zdan kechirish chegaralarini to‘g‘ri aniqlash, tevarak-
atrofdagi vaziyatni ko‘rish va tahlil qilish, jinoyat sodir etilgan joydan uzoqroqda
bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat izlarini aniqlash imkonini beradi.
Mazkur bildirilgan takliflar transport vositalari harakati yoki ulardan
foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari bo’yicha tergovni
takomillashtirishga xizmat qiladi.
