SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
139
PROBATSIYA FAOLIYATI HUQUQIY ASOSLARINING NAZARIY
TAXLILI
Raxmatullayev G‘ayratjon Toshxo‘jayevich
IIV Akademiyasi magistratura “Tashkiliy-strategik
boshqaruv” mutaxassisligi 1-guruh tinglovchisi, podpolkovnik
https://doi.org/10.5281/zenodo.14908585
Sud-huquq tizmidagi islohatlar davlat hokimiyati va boshqaruv tizimida
huquqni muxofaza qilish sohasi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda huquqiy
tartibga solishni yangi bosqichga olib chiqdi diyishimiz mumkin. Masalan,
ozodlikdani mahrum iqilish ibilan ibog‘liq jazo choralarining sudlar tomonidan
1992-2001-yillarda keng qo‘lanilishi-dan so‘ng, dastlab,
“Jazoniiijroietishimuassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar
idoralarining ma’muriy nazoratiito‘g‘risida” gi qonun huquqiy asos bo‘lib xizmat
qildi. Shu bilan birga 1997 yildaiqabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-ijroiya kodeksi , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999
yil 12 apreldagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni
ta’minlash konsepsiyasi to‘g‘risida» gi qarori yurtimizda probatsiya faoliyatiga
oid huquqiy asoslarning shakllanishida va rivojlanishida o‘ziga xos ahamiyatga
ega bo‘ldi. Sababi, ushbu boshlangan islohotlar butun ichki ishlar tizimini
qamrab olganligi va faoliyatining barcha muhim sohalariga qaratilganligi bilan
o‘ziga xosdir .
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 27 martdagi
«O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarining faoliyatini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PF – 2822-son Farmoni ham ichki ishlar
organlarining probatsiya faoliyatiga oid huquqiy asoslari takomillashuvida
alohida ahamiyatga egadir. Boisi, ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligining tashkiliy tuzilishi va asosiy vazifalarini belgilab berdi.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyundagi «Jinoyatchilikka
qarshi kurashda profilaktika xizmati rolini kuchaytirish choralari to‘g‘risida» gi
qarori ham Ichki ishlar vazirligi probatsiya faoliyati huquqiy maqomi
mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Sababi, o‘sha davrda ushbu
sohaviy xizmat Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi
xizmatlarining tarkibiy qismlaridan biri edi. Mazkur islohotlarning natijasi esa,
huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarning sabablari va ularga imkon
bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni tubdan
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
140
qayta ko‘rib chiqish va kuchaytirish imkonini berdi, mamlakatimizda jinoiy
vaziyatni sezilarli darajada sog‘lomlashtirishni ta’minladi .
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26-
sentyabr kunidagi “Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga birinchi marta hukm
etilgan shaxslarning jazoni o‘tash sharoitlarini erkinlashtirish to‘g‘risida” gi va
2004 yil 19 iyuldagi «O‘zbekis¬ton Res¬publikasi ichki ishlar idoralari¬ning
faoliyatini yanada takomil¬lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi¬da» gi PF – 3264-
son Farmonlari probatsiya faoliyatining huquqiy maqomi takomillashuvida
alohida ahamiyatga egadir. Xususan, qayd etilgan normativ-huquqiy hujjatlar
asosida ichki ishlar organlari probatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy
tuzilmalarning ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va boshqa huquqni
muhofaza qilish organlari xamda o‘zga davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari va ular huzuridagi jamoat tuzilmalari hamda boshqa
fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik mexanizmlari joriy etilishiga
samarali ta’sir etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
2014 yil 14 mayda O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida» gi qonunining qabul qilinishi ham ushbu sohadagi
ishlarning samaradorligini oshishiga, sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda.
2016 yil 16 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari
to‘g‘risida» gi qonunining qabul qilinishi ham ichki ishlar organlarining
probatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilma-larining huquqiy
asoslari, ularning tarkibiy tuzilishi va bugungi xolatini tushunish, maqsadi
hamda vazifalarini belgilab olishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan,
qonunning 2-moddasida ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va
yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun
ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan,
shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat
ekanligi, 4-moddasida esa, ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy
yo‘nalishlaridan biri sifatida huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning
sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash
hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni
aniqlash belgilab berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida” gi,
“Prokuratura to‘g‘risida” gi, “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida” gi, “Voyaga
yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
141
to‘g‘risida” gi vaiboshqa qonunlari bilan ichki ishlar organlarining soxaviy
yo‘nalishlari, xizmatlari hamda bo‘limlari faoliyatini tartibga soluvchi
munosbatlar, shuningdek ularning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va
majburiyatlari hamda javobgarligi tartibga solindi.
Uchinchi davr, 2016 yildan bugungi kunga qadar yoki Yangi O‘zbekiston
istiqbolli islohotlari davri xususida to‘xtalib, aytishimiz mumkinki, Yangi
O‘zbekiston islohotlari davrida ichki ishlar organlari tizimidagi islohatlarning
yangi bosqichiga, ya’ni, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi
kurash, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid ichki
ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator normativ
– huquqiy hujjatlarning qabul qilinishiga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategisi to‘g‘risida» gi PF–4947-son Farmoni
asosida qabul qilingan «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-
tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» asos bo‘ldi
desak
mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Xususan,
strategiyaning
2-bo‘limida
belgilanganidek, “ichki ishlar organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
va samaradorligini kompleks o‘rganish, tahlil qilish va baholash, birinchi
navbatda, jazoni ijro etish tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish zarurati
nazarda tutilgan” edi va bu ichki ishlar organlarida jazolarni ijrosini isloh etishga
amaliy turtki bo‘ldi.
Jumladan, mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 14
martda
qabul
qilingan
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-2833-sonli Qarorini
Yangi O‘zbekiston islohotlarining boshlanish davrida Ichki ishlar vazirligi Jamoat
xavfsizligi departamentining huquqiy asoslari takomillashtirilishidagi muhim
qadamlardan biri sifatida e’tirof etishimiz lozim. Sababi, mazkur qaror
huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’ektlarining hamkorligini takomillashtirishga
hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda
yanada samarali tizim yaratilishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi «Ichki ishlar
organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini,
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli ximoya
kilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» gi PF-5005-son Farmoni esa, tom ma’noda ichki ishlar organlarining
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
142
faoliyatini tubdan isloh qilish, takomillashtirish va huquqbuzarliklar
profilaktikasining dolzarb vazifalarini belgilab berdi.
Shuningdek, yurtimizdagi sud-huquq tizimidagi islohatlarning davomi
sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yili
7 noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4006-sonli Qarori bilan Probatsiya xizmati
tashkil etildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
8-maydagi 346-sonli “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi ja-zoning ijrosini
tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy jamoat ishlari turlarining
ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi hamda 2020-yil 14-fevraldagi 84-sonli “Ichki
ishlar organlariiProbatsiya xizmatiifaoliyatin samaral tashkil etishibo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorlari bilan probatsiya faoliyati
tegishlicha tartibga solib kelinmoqda.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi «Jamoat
xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar
organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» gi Farmoni ham ichki ishlar organlarining probatsiya faoliyatini
amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilmalarining huquqiy maqomiga oid normalar
yanada mustahkamlanishiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shdi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Xususan, mazkur Farmonda jamoat xavfsizligini ta’minlash,
huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit
tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika
darajasigacha samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini
joriy etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni
mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda ichki ishlar
organlari faoliyatini tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmlari belgilab
berildi.
Shu bilan birga, ushbu Farmonga asosan, Ichki ishlar vazirligi tuzilmasini
takomillashtirish orqali turdosh sohaviy xizmatlar faoliyatini boshqarish va
muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida Patrul-post xizmati
va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar prfilaktikasi
bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya
xizmatini o‘z ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va
shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi
xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etildi va ularning asosiy vazifalari etib, patrul-
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
143
post va yo‘l-patrul xizmati bo‘linmalari faoliyatini, shuningdek, mahallalar va
jamoat joylarida manzilli profilaktik tadbirlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish,
muqaddam sudlangan va probatsiya hisobiga olingan shaxslar bilan ishlash
hamda ichki ishlar organlarining tungi xizmatini tashkil etish belgilandi.
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Farmoni ham bugun
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida ichki
ishlar organlarining probatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy
tuzilmalarining
huquqiy
maqomini
yanada
takomillashtirilishi
va
mustahkamlanishida hamda aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash,
jamiyatimizda qonunga itoatkorlik hamda jamoat xavfsizligi madaniyatini
shakllantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur Farmon Jamoat xavfsizligi departamenting asosiy vazifalarini
belgilab berdi va uning asosiy vazifalaridan biri sifatida ichki ishlar
organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini ta’minlash,
profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish
ishlarini tashkil etish hamda voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa ularning
uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni
samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish,
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishni
ta’minlash, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish,
ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish ishlarini
tashkil etish ekanligi belgilandi.
Ta’kidlash lozimki, ichki ishlar organlarining probatsiya faoliyatini amalga
oshiruvchi
tarkibiy
tuzilmalarining
huquqiy
maqomini
yanada
takomillashtirilishi va mustahkamlanishida O‘zbekiston Respublikasining 2024
yil 7 avgustda qabul qilingan “Probatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-938-son Qonuni
g‘oyatda muhim ahamiyatga egadir. Xususan, qonunda mazkur faoliyatga oid
asosiy tushunchalar, Probatsiyani amalga oshirish sohasini tartibga solish,
Probatsiya xizmatining tizimi, huquqlari va majburiyatlari, Probatsiya
nazoratidagi shaxslarning huquq va majburiyatlari, Shaxsni probatsiya hisobiga
qo‘yish va probatsiya nazoratini amalga oshirish, Probatsiya nazoratidagi
shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan
rag‘batlantirish, intizomiy jazo va huquqiy ta’sir choralarining qo‘llanilishi,
Probatsiya nazoratidagi shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish kabi ushbu soha
faoliyatini tartibga solishga oid muhim normalar o‘z aksini topgan.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
144
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jinoiy jazolarni liberallashtirish sohasida
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida ozodlikdan mahrum
qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijrosini ta’minlashda ichki ishlar organlari
probatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilmalarning o‘rni muhim
ahamiyat kasb etadi. Xususan, bugungi kunda ular shaxslarga nisbatan
tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni
cheklash tariqasidagi jazolar va shartli hukm talablari ijro etilishi ustidan
nazoratni olib borishda hamda ushbu jarayonlarda jazolar ijrosini ta’minlash,
huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, huquqbuzarlarni axloqan tuzatish,
ularning haq-huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi
vazifalarni amalga oshiradilar.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq
bo‘lmagan jazolar ijrosini ta’minlashda ichki ishlar organlarining probatsiya
faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilmalarning faoliyatlari keng ko‘lamligi
va o‘ziga xos serqirraligi bilan ajralib turadi. Ushbu yo‘nalishda ularning asosiy
vazifalari ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm
etilgan shaxslarga tegishli tartibda jazo o‘tattirish bilan birga jamoat tartibining
buzilishiga olib keluvchi omillarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda
jamoat xavfsizligining samarali ta’minlashdir. Boshqacha aytganda, jamoat
tartibini saqlash orqali huquqbuzarliklarning oldi olinadi, huquqbuzarliklar
profilaktikasi orqali esa, jamoat tartibi saqlanib, jamoat xavfsizligi ta’minlashga
erishiladi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari probatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi
tarkibiy tuzilmalari tomonidan faoliyatni amalga oshirishda fuqarolarning
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklar uchun
javobgarlikning muqarrarligini anglatish orqali huquqbuzarliklar sodir
etilishining oldini olish, huquqbuzarlik sodir etgan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga
ega va huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni axloqan tuzatish dolzarb
masalalardan hisoblanadi.
