O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARI

Abstract

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimi, ularning vazifalari va faoliyat yo’nalishlari tahlil qilinadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat xavfsizligini saqlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Maqolada huquqni muhofaza qiluvchi asosiy organlar, jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Sud hokimiyati hamda boshqa muassasalar faoliyatining huquqiy asoslari ko’rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ularning o’zaro hamkorligi va islohotlar jarayoni ham yoritiladi. Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekistonda qonunchilik va huquqiy tizimni yanada takomillashtirish yo’lida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Maqola huquqshunoslar, tadqiqotchilar va sohaga qiziquvchilar uchun foydali manba bo’lib xizmat qiladi deb o’ylayman.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
98-102
39

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Jo’rayev, U. ., & Tursunov , B. . (2025). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARI. Solution of Social Problems in Management and Economy, 4(2), 98–102. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/67980
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimi, ularning vazifalari va faoliyat yo’nalishlari tahlil qilinadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat xavfsizligini saqlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Maqolada huquqni muhofaza qiluvchi asosiy organlar, jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Sud hokimiyati hamda boshqa muassasalar faoliyatining huquqiy asoslari ko’rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ularning o’zaro hamkorligi va islohotlar jarayoni ham yoritiladi. Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekistonda qonunchilik va huquqiy tizimni yanada takomillashtirish yo’lida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Maqola huquqshunoslar, tadqiqotchilar va sohaga qiziquvchilar uchun foydali manba bo’lib xizmat qiladi deb o’ylayman.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

98

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUQUQNI MUHOFAZA

QILUVCHI ORGANLARI

Jo’rayev Umidjon

Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti

talabasi va Ilmiy rahbari

Tursunov Behruz Normurod O’g’li

Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14886993

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasining huquqni

muhofaza qiluvchi organlari tizimi, ularning vazifalari va faoliyat yo’nalishlari
tahlil qilinadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamiyatda qonun
ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish
hamda davlat xavfsizligini saqlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Maqolada
huquqni muhofaza qiluvchi asosiy organlar, jumladan, Ichki ishlar vazirligi,
Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Sud hokimiyati hamda boshqa
muassasalar faoliyatining huquqiy asoslari ko’rib chiqiladi. Shuningdek,
maqolada ularning o’zaro hamkorligi va islohotlar jarayoni ham yoritiladi.
Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekistonda qonunchilik va huquqiy tizimni yanada
takomillashtirish yo’lida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Maqola huquqshunoslar, tadqiqotchilar va sohaga qiziquvchilar uchun foydali
manba bo’lib xizmat qiladi deb o’ylayman.

Kalit so’zlar:

O’zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi

organlari, Sud, Adliya, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichi ishlar
organlari va shu kabi huquqni muhofaza qiluvchi hamda huquqni muhofaza
qilishga ko’maklashuvchi organlarning faoliyati va vazifalari. Ular amalga
oshiradigan ishlar.

Huquqni muhofaza qilish organlari — qonuniylik va huquqiy tartibotni

muhofaza qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jinoyatchilik va
boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shugʻullanuvchi idoralar.
Oʻzbekiston Respublikasida Huquqni muhofaza qilish organlariga quyidagilar
kiradi: Sudlar (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudga
boʻysunuvchi umumiy yurisdiksiyadagi sudlar, xoʻjalik sudlari); Sudlarning
faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradigan
organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezi-denti huzuridagi Sudyalarni tanlash va
lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi; Adliya vazirligi
huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy, texnik va
moliyaviy jihatdan taʼminlash departamenti) Prokuratura; Jinoyatlarni fosh etish
va tergov qilishga jalb qilingan organlar (surishtiruv va dastlabki tergov hamda


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

99

tergovga qadar surishtiruv organlari), Notarial faoliyatni amalga oshiruvchi
organlar (notariat va boshqalar); Advokatura bularga yaqqol misol bo’ladi.
Endilikda huquqni muhofaza qilish organlarining vazifalari va faoliyat
yo’nalishlari bilan tanishib chiqsak. Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro
shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda
kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini,
yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.Sudning faoliyati
qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini
ta’minlashga qaratilgandir. O’zbekiston Respublikasida quyidagi Sud organlari
mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi,
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy
sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha
tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar
sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari, tumanlararo ma’muriy
sudlardan iboratdir. O’zbekiston Respublikasida Prokuratura organlari ham
asosiy huquqni muhofaza qiluvchiorganlardan biri hisoblanadi. Prokuratura
organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari haqida quyida qisqacha
ma’lumotlar berib o’tilgan. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning
ijro etilishi ustidan nazorat qilish, fuqaroning huquq hamda erkinliklarini
ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish, O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining
harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, tezkor-
qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni
amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan
nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi
faoliyatini muvofiqlashtirish, jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish,
sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash,
sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
hamda iqtisodiy nizolarni ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud
hujjatlariga protest keltirish, soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta
sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek
davlatga etkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

100

etilishi ustidan nazorat qilish, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni
saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa
choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish,
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
ishida ishtirok etish va O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O’zbekiston
Respublikasining asosiy qonuni bo’lgan, konstitutsiyamizda nazarda tutilgan
boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi.

Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida o’z

faoliyatini mahsus vositalar, shaklar va uslublar bilan amalga oshiradigan
mahsus vakolatli davlat organidir. Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini
ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va o’z vakolatlari
doirasida quyidagi asosiy yunalishlar bo’yicha o’z faoliyatini olib boradi.
O’zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va davlat manfaatlari tashqi
hamda ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada
qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini
olish, ularni aniqlash va ularga barham berish. O’zbekiston Respublikasining
konstitutsiyasi tuzumi, suverinetetini va hududıy yaxlitligiga bo'lgan
tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo’yicha
razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish. O’zbekiston
Respublikasining davlat chegarasini qo’riqlash va himoya qilish va shu kabi
faoliyatining asosiy yo’nalishlari hamda vazifalarini amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasining Ichki ishlar organlari ( IIV organlari ) ham
huquqni muhofaza qilish organlarinining bir qismi hisoblanadi. Ichki ishlar
organlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. Jamoat tartibini saqlash va
jamoat xavfsizligini ta’minlash, tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki
tergovni o‘tkazish, jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan
terrorchilik harakatlariga chek qo‘yishda hamda garovga olinganlarni ozod
qilishda ishtirok etish yo‘li bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi
kurashish, ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta’sir
ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish
bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
yuritish, ma’muriy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish, yo‘l
harakati xavfsizligini ta’minlash, pasport tizimi talablarining bajarilishini
ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur
bo‘lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni
berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O‘zbekiston


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

101

Respublikasi hududida bo‘lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni
amalga oshirish, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallarning,
shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, psixotrop
moddalarning va ular prekursorlarining muomalada bo‘lishi sohasida nazorat
qilish, ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish, davlat ob’ektlarini, o‘ta
muhim, toifalangan ob’ektlarni va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik
shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash, harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro
muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish va boshqa o’z vakolatlari doirasidagi
vazifalarni amalga oshiradi. Bizni yana bir huquqni muhofaza qiluvchi
organimiz mavjud va bu ham bo’lsa O’zbekiston Respublikasining Adliya
organlaridir. O’zbekiston Respublikasidagi adliya organlari, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar faoliyatiga ko’maklashuvchi yani yordam beruvchi davlat
organi hisoblanadi. Adliya organlari vazifalari quyidagilardir. Davlat boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi masalalari
bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga
oshiradi, norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra qonunlar va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib
chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi, davlat boshqaruvi organlari
tomonidan qonun loyihalarini tayyorlashning zarurligi masalalari bo‘yicha
oldindan kelishishni amalga oshiradi, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va
vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini
aniqlash yuzasidan tahlil qiladi va huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va qonunga
muofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O‘zbekiston Respublikasining huquqni

muhofaza qiluvchi organlari tizimi, ularning vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari va
huquqiy asoslari batafsil tahlil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi huquqni
muhofaza qiluvchi organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini
ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jinoyatchilik va
boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishdan iboratdir. Sud organlari
fuqarolarning huquqlarini, davlat va jamoat manfaatlarini himoya qiladigan
hamda ijtimoiy adolatni qaror toptiradigan mustaqil tuzilma sifatida alohida
ahamiyatga ega. Prokuratura organlari qonun ustuvorligini ta’minlash va ijro


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

102

etilishini nazorat qilishda, shuningdek, davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlashda
muhim rol o‘ynaydi. Davlat xavfsizlik xizmati davlat manfaatlarini ichki va tashqi
tahdidlardan himoya qilish, shu jumladan razvedka va kontrrazvedka
faoliyatlarini amalga oshirish orqali mamlakat xavfsizligini ta’minlaydi. Ichki
ishlar organlari jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish,
shaxslarni qidirish va ma’muriy huquqbuzarliklarni bartaraf etish bilan
shug‘ullanadi. Adliya organlari esa norma ijodkorligi jarayonida ko‘maklashish,
qonun loyihalarini ishlab chiqish va huquqiy ekspertiza o‘tkazish orqali huquqiy
tizimni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Ushbu organlarning samarali faoliyati
davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati uchun mustahkam huquqiy asos yaratib,
ijtimoiy adolat, qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlashga xizmat
qiladi. O‘zaro hamkorlik va zamonaviy islohotlar huquqni muhofaza qilish
tizimini takomillashtirishda muhim omil bo‘lib, qonunchilikni rivojlantirish va
xalqaro standartlarga moslashishga zamin yaratadi. Shu sababli, huquqni
muhofaza

qiluvchi

organlar

faoliyatining

uzluksiz

takomillashuvi

O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va fuqarolarining huquqiy manfaatlarini
ta’minlashning garovidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://uz.wikipedia.org O’bekiston Respublikasining huquqni muhofaza

qilish organlari.
2.

https://advice.uz

3.

https://lex.uz/docs/-5534923 O’zbekiston Respublikasining “ sudlar ”

to’g’risidagi qonuni.
4.

https://lex.uz/acts/-106197 O’zbekiston Respublikasining “ Prokuratura

organlari ” to’g’risidagi qonuni.
5.

O’zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari” to’g’risidagi qonuni

6.

O’zbekiston Respublikasining “Adliya organlari” to’g’risidagi qonuni

References

https://uz.wikipedia.org O’bekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari.

https://advice.uz

https://lex.uz/docs/-5534923 O’zbekiston Respublikasining “ sudlar ” to’g’risidagi qonuni.

https://lex.uz/acts/-106197 O’zbekiston Respublikasining “ Prokuratura organlari ” to’g’risidagi qonuni.

O’zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari” to’g’risidagi qonuni

O’zbekiston Respublikasining “Adliya organlari” to’g’risidagi qonuni